1-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Bitlar, baytlar va o’lchov birliklari. Ulanish tezligi va faylni yuklash vaqtini hisoblash. Ethernet protokolida 10-megabitli tarmoqni hisoblash.
Ishdan maqsad: Talabalarda kompyuter tarmoqlari havfsizligini ta’minlashning kriptografik tizimlar, mahfiy kalitlar, parol qoyish usullari yordamida amaliyotda bajarish malakasini xosil qilish.
Nazariy qism
Avtomalashtirilgan axborot tizimlarining hayotiy tsikli: Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati vaqtga nisbatan «hayotiy tsikl» kabi iqtisodiy kategoriyani aks ettiradi. Ya’ni, uning yaratilishi undan foydalanishni to’xtatishgacha bo’lgan oraliqdagi hayot tsiklini anglatadi.AATning hayot tsiklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi:
Loyiha oldi bosqichi(rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil). Mavjud boshqaruv tizimini, birinchi galda axborot tizimlarini tadqiq va tahlil etish, yaratiladigan AATga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilash, texnik-iqtisodiy asos (TIA) va texnik vazifalarni AAT ishlab chiqishda rasmiylashtirish.
Texnik loyihalashtirish (mantiqiy loyihalashtirish). Ta’riflangan talablarga
muvofiq avtomatlashtiriladigan funksiyalar tarkibini (funksional arxitektura) va
ta’minlovchi kenja tizim tarkibini (tizimli arxitektura) ishlab chiqish, AATning texnik loyihasini rasmiylashtirish.
Qo’llanma loyihalashtirish (jismoniy loyihalashtirish). Dasturlarni ishlab
chiqish va tizim, ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonini ishlab
chiqish, xodimlar uchun qo’llanma yo’riqnomalarni yaratish, qo’llanma loyihani
rasmiylashtirish.
Tadbiq etish (testlash, tajriba ekspluatasiyasi). AAT kenja tizimlarini
kompleks tuzatish, xodimni o’qitish, AATni bosqichma-bosqich joriy etish,
ekspluatatsiyaga topshirish.
Ekspluatatsiya (kuzatib qo’yish, modernizasiyalashtiris h). Kundalik
ekspluatasiya, dasturiy va texnik vositalar, shuningdek butun loyihani kuzatib
borish, AATning ishi to’g’risida statistik ma’lumotlar yig’ish, xato va kamchiliklarni to’g’rilash, AATni modernizasiyalashga nisbatan talablarni rasmiy lashtirish va uni bajarish.
Axborot tizimlarining hayotiy tsikli interaktiv mazmun kasb etadi: hayotiy
tsiklning amalga oshirilgan bosqichlari vaqti-vaqti bilan yangi talablar va tashqi
muhitgacha o’zgarishlarga muvofiq qaytarilib turiladi. Hayot tsiklining har bir
bosqichi va pallasida navbatdagi qarorlar uchun asos sanaluvchi texnik qarorlar va
hujjatlar to’plami shakllanadi.
Nazorat savollari:
AT nima?
Axborot tizimining xayot tsikli?
Axborot tizimining xayot tsikli bosqichlari?
Do'stlaringiz bilan baham: |