Andijon mashinasozlik instituti «avtomatika va elektrotexnika» fakulteti «axborot texnologiy



Download 21,45 Mb.
bet2/201
Sana31.12.2021
Hajmi21,45 Mb.
#209604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
Bog'liq
КТТ

O‘QUV-USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI


1.

O‘quv materiallar:




1.1.

Ma’ruza kursi.

5

1.2.

Amaliy mashg‘ulotlarni bajarish boyicha uslubiy ko‘rsatma.

189

1.3.

Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma

190

2.

Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari:

223

2.1.

Mustaqil ta’lim bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma.

293

2.2

Kurs loyiha va kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma

318

2.3

Hisob-chizma ishi, ijodiy va boshqa mustaqil ishlar

-

3.

Glossariy

330

4.

Ilovalar:

347

4.1.

Fan dasturi.

347

4.2.

Ishchi o‘quv dastur.

358

4.3.

Sillabus.

365

4.4.

Tarqatma materiallar.

373

4.5.

Testlar.

375

4.6.

Baholash mezoni

385


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

Kompyuter tizimlari va tarmoqlari”



fanidan

MA’RUZA MASHG’ULOTLARI BO’YICHA

O‘QUV MATERIALLARI

Andijon - 2020 y.

1-modul. Kompyuterning arxitekturasi.

1-mavzu. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari fanining tarixi va rivojlanish tendensiyalari.

Reja:

  1. Kompyuter tizimlari fanining tarixi va rivojlanish tendensiyalari.

  2. Kimyo sanoat korxonalaridagi kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanilayotgan hisoblash mashinalari, sistemalari va tarmoqlari, jarayonlarning modellari to’g’risida umumiy ma’lumot.

Tayanch iboralar: axborot, axborot texnologiyalari, axborotlashtirish, davlat standarti, axborot kommunikatsion texnologiyalar, elektron xujjat, fayllarni, video, audio.

1.Kompyuter tizimlari va tarmoqlari fanining tarixi va rivojlanish tendensiyalari.

Davlat standartiga ko’ra kompyuter tizimi (KT) deganda - axborotni o’lchash, uni shaklini o’zgartirish va ishlash uchun mo’ljallangan, funktsional jixatidan birlashtirilgan, xamda ist’emolchiga, ya’ni foydalanuvchiga u talab qiladigan ko’rinishda axborotni (ma’lumotni) taqdim etadigan tizim tushuniladi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari - o’lchash, xisoblash va boshqa yordamchi texnik vositalar majmuasidan iborat buladi.

Yetmishinchi yillarning o’rtalariga kelib alohida kompyuterlar birlash- tirilib - xisoblash tizimlari, ya’ni Kompyuter tizimlari va tarmoqlari, keyinchalik esa axborot-xisoblash tizimlari va tarmoqlari xosil kilindi. Elementlar ba - zasi texnologiyasining rivojlanishi - o’rta, yuqori va o’ta yuqori integra- tsiyali integral sxemalarning ishlab chiqilishi bunday o’zgarishlarga asosiy sabablardan biri bo’ldi.

Intel firmasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun Intel 8086, 80286, 80386, 80486, Pentium I, II, III, IV protsessorlari va Kompyuter tizimlari va tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan yuqorida sanab o’tilgan protsessorlarga o’xshash bo’lgan protsessorlar 1980-1995 yillar davomida va hozirga qadar xam ketma-ket ishlab chiqarila boshladi.

Bu davrlar mobaynida kompyuterlar, kompyuter tizimlari va tarmoqlari va tarmoqla­ri nisbatan oddiy bo’lgan xisoblashlarni bajarish, matnli fayllarni ishlash va o’zaro almashinish tizimlaridan, hozirda biz bilgan va ancha mu- rakkab bo’lgan amallarni bajaradigan tizimlarga aylandi. Bunday amallarga misol kilib na fakat oddiy matnli fayllarni ishlash, balki matn tarkibida turli chizma va tasvirlar bo’lgan fayllarni, video va audio fayllarni ishlash va boshka-boshka amallarni keltirish mumkin.

Hozirgi paytga kelib kompyuterlar va Kompyuter tizimlari va tarmoqlari - axborot- xisoblash tizimlari sifatida ishlatilib, ma’lumotlarni o’lchash, yig’ish, saqlash, ishlash va jarayonlarni boshkarish vazifalari uchun qo’llanilmokda. SHuning uchun Kompyuter tizimlari va tarmoqlari va axborot tizimlari terminlarini si­nonim terminlar deb hisoblab ma’ruzalarni davom ettiramiz.

Kompyuter tizimlari va tarmoqlarining ichki arxitekturasini ko’rib chiqamiz. Kompyuter tizimi axborot almashinish-hisoblash jarayonlarini amalga oshirish uchun tashkil kilingan, tarkibida bitta yoki bir nechta kompyuterlari yoki protsessorlari bo’lgan, xamda o’zining programma ta’minoti va tashki qurilmalari bo’lgan bir tizimdir.

Bitta kompyuterli kompyuter tizimiga misol kilib axborotlarni tele- ishlash tizimini keltirish mumkin. Aslida esa Kompyuter tizimlari va tarmoqlari deganda, ko’p mashinali va ko’p protsessorli hisoblash tizimlarining variantlari tushunilgan. Xozirda bunday tizimlar - superkompyuterlar deb ataladi.

Avvalgi Kompyuter tizimlari va tarmoqlari asosan xisoblash amallarini parallel bajarish yuli bilan tezkorlik va ishonchlilik kabi kursatgichlarni yaxshilash maksadida kurilgan.

Xozirda keng qo’llanilayotgan Kompyuter tizimlari va tarmoqlari uchun esa

- foydalanuvchilarga xar-xil kurinishdagi axborotni yigish, saklash va kerakli joyga yetkazib berish xizmatlarini yaxshilash va uning sifatini oshirish xisobla- nadi. Bu yerda keng qo’llanilayotgan Kompyuter tizimlari va tarmoqlari deganda kupchilik foydalanuvchilar bevosita mulokot kiladigan quyi qatlamda joylashgan kompyuter tizimlari va tarmoqlari nazarda tutilmokda. Yuqori qatlamdagi kompyuter tizimlari va tarmoqlari foydalanuvchilari bulib, aloxida olingan foydalanuvchilar emas, balki operatorlar, administratorlar va shularga uxshash tizim yoki tarmoqning normal ishlashini ta’minlab turuvchi foydalanuvchilar tushiniladi. Bular katoriga tarmoqlarning birlashgan joylaridagi, ya’ni tu- gunlaridagi superkompyuterlarning ishini nazorat kilib turuvchilar xam kiradi. Hozirda xisoblashlar tezkorligini va tizimning ishonchliligini oshirish esa kup protsessorli kompyuter tizimlari va tarmoqlari xisoblangan anna shu superkompyuterlar uchun muxim vazifalar katoriga kiradi.

Kompyuter tizimlari va tarmoqlari - bitta kompyuterli, kup kompyuterli va kup pro- tsessorli tizimlar sifatida kuriladi.

Kompyuter tizimlari va tarmoqlari - tezkor (on line) va tezkor bulmagan (off line) re jimlarida ishlashi mumkin.

Kompyuter tizimlari va tarmoqlarini boshkarish - markazlashtirilgan va markazlash- tirilmagan tarzda amalga oshiriladi.

Kompyuter tizimlari va tarmoqlarining vositalari - bir joyga tuplangan xolda, yoyil - gan xolda, ma’lumotlarni bir satxli ishlash vositalari sifatida va kup satxli ishlash vositalari sifatida kuriladi.

XXII asr insoniyat taraqqiyotida o’ziga xos bosqich bo’lib, u tarixga dunyo xalqlarining o’zaro muloqoti asri bo’lib kirmoqda. Bu aloqalarning bosh mezoni esa axborot-texnologiyasi tizimi rivoji bilan belgilanadi. Xuddi mana shu xususiyatni xisobga olib birinchi prezidentimiz I.A.Karimov XXII asrga, axborot asri, yangi texnika va texnologiya asri deb bejiz baho bermagan.

Jamiyatni kompyuterlashtirish axborot texnologiyasini rivojlantirish, Kompyuter tizimlari va tarmoqlari va tarmoqlarini takomillashtirish yuzasidan amaliy vazifalarni hal etish uchun 2012 yil 21 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-komunikatsion texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” gi farmoni qabul qilindi. Farmonni bajarish yuzasidan va axborot kommunikatsiya texnologiyalarni soxasida strategik ustuvorlikni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Qabul qilingan xujjatlarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyasi xisoblash tizimi xamda uning tarmoqlarini boshqaruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni rivojlantirishning aniq vazifalari oldinga qO’yilgan, maqsadli yo’nalishlar ifodalab berilgan.

Ana shu belgilangan vazifalar mo’iyatidan kelib chiqib Oliy va O’rta maxsus ta’lim tizimida bilim olayotgan talabalarga kompyuter va axborot texnologiyalari, Kompyuter tizimlari va tarmoqlari uning O’ziga xos ‘ususiyatlari, kompyuter tizimi va tarmoqlaridagi shakllanayotgan yangicha texnologik jarayonlar uning mazmuni xamda yo’nalishlari ‘aqida mukammal ilmiy tasavvurlar berish maqsad qilib qo’yilgan.

Axborotlash va kompyuter tarmoqlari va tizimini barpo etish, iqtisodiyotga va jamiyatning har bir a’zosi avvalo o’quvchi talaba yoshlar hayotiga kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarini ommaviy joriy etish, Kompyuter tizimlari va tarmoqlari va tarmoqlarini takomillashtirish hozirda eng asosiy vazifadir.

-Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan jarayon axborot texnologiyasi deb ataladi. Axborot texnologiyasi – axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan ja’mi uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.

-Aniq hisoblashni bajarish modeli algoritm deyiladi, masalalarni bajarish algoritmni tuzilishi algoritmlash deyiladi.

"Algoritm" termini Al-Xorazmiy nomi bilan bog’langan. Matematik masalalarni yechish jarayonida algoritmlash masalalari bilan Paskal, Dekart, Leybnits, Laplas va boshqalar shuьullanishgan. By soxadagi eng katta qiziqish Gilbertni mashxur muammosi bilan bog’liq.

XX asrga kelib algoritm nazariyasi rivojlandi. Bunga quyidagi familiyalarni sanab o’tishimiz mumkin: Gedel, Klini, CHerch, Tyuring, Post, Markov va Peter. Nazariya bilan parallel ravishda amaliy jixatdan ishlaydigan hisoblash qurilma yaratish bo’yicha xarakatlar qilindi. 1642 yilda Paskal qo’shishni bajaradigan qurilma yaratdi. 1673 yilda Leybnits 4 xil arifmetik amallarni bajaradigan arifmometr yaratdi. XIX asrning birinchi yarmida ingliz matematigi CHarlz Bebbidj odamni ishtirokisiz xar qanday amallarni bajara oladigan universal mashina yaratishga xarakat qilgan. Dasturlar bunga perfokartalar orqali kiritilar edi. Perfokartalar bu davrda to’quv dastgoxlarida ishlatilar edi. SHunday mashina AQSH da 1943 yilda yaratildi.

Algoritmlar bo’yicha yana bir necha nazariyalar mavjud. Hozirgi kompyuterlarga yaqinroq bu Tyuring va Postaning tasavvurlari, ularga binoan hisoblash protsessi avtomatik ishlaydigan mashinaning ishlanishi natijasidir.

-Ta’limni axborotlashtirish deganda o’quvchilarga ma’lumotlar bazalaridagi, bilimlar bazalaridagi, elekton spravochniklar, arxivlar va ensiklopediyalardagi ma’lumotlardan erkin foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish tushuniladi.

Bu terminalogiyaga mos xolda ta’limda axborot texnologiyalari (TAT) o’quv jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullarining yig’indisi sifatida ta’riflasa buladi. TATda qo’llaniladigan Elektron vositalar tarkibiga metodik qo’llanmalarida ko’rsatiladigan apparat, dasturiy va axborot komponentlari kiradi.



2.Kimyo sanoat korxonalaridagi kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanilayotgan hisoblash mashinalari, sistemalari va tarmoqlari, jarayonlarning modellari to’g’risida umumiy ma’lumot.

Kimyo sanoat korxonalarida kompyuter tizimlari va tarmoqlaridan samaradorli foydalanish uchun loyihalashtirishda, ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashda, ishlab chiqarishni texnologik jarayonlarida Kompyuter tizimlari va tarmoqlaridan uzluksiz foydalanish talab etiladi.

Texnologiya so’zi grekchadan tarjima qilinganda sanoat, ustalik, malaka maonosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material mahsulotni xosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig’indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob’ektining dastlabki, boshlanьich xolatini O’zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan xolatga keltiradi. Misol uchun, sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, yog’ va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang’ich hom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot ma’sulotinigina olish mumkin. Ushbu xolda xam «texnologiya» tushunchasining maonosi saqlanib qolinadi. Faqat unga «axborot» so’zini qo’shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy ma’sulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.

 Texnologiyani quyidagicha ta’riflash mumkin. Texnologiya — bu sun’iy ob’ektlarni yaratishga yunaltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yunalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik ya’shi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu erda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini uzgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot xosil qilish maqsadida xam boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin.

Axborot texnologiyasi — bu axboriy ma’lumotni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jixatidan yangi ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.

Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi ma’sulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo’lgan, uni taxlil etish va u asosida qaror Qabul qilishi kerak bo’lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo’llab, bitta moddiy resurs­lardan turli ma’sulotlar olish mumkin. ‘uddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan xam aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda xar bir O’quvchi boshlanьich axborotni qayta ishlash uchun O’zining bilimini qo’llaydi. Masalaning echimi bo’lgan yangi axborot ma’suloti, O’quvchi tanlay olgan masalani echish texnologiyasi, usuliga boьlik.

Moddiy ishlab chiqarishda turli ma’sus ji’ozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun xam uzining «uskunalari», vositalari mavjud. BO’lar kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, O’zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo’llanilmokda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo’llanishiga urьu berish maqsadida ko’pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya ‘aqida gapirishadi.

 Axborot texnologiyasi o’zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog’liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli hil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo’lgan tartiblashtirilgan jarayondir.

Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng mu’im usullaridan biri bo’lib, hozirgi vaqtga kadar bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib O’tdi.

Ana shu bosqichlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.

1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda «qo’llik» axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya, yani aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.

2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.

3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo’lib, «Elektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi xam uzgardi. Unda asosiy urgu axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shakllantirishga ko’chirildi.

4-bosqich. XX asr o’rtalariga tugri kelib, «elektron» texnologiyalar qo’llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi e’mlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.

5-bosqich. XX asr oxiriga tugri keladi. Bu bosqichda «kompyuter» texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan dasturiy vositalarga ega bo’lgan sha’siy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa soxalarga mo’ljallangan texnik vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.

Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika ‘odisasi bo’lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning mu’im omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muxim xo’jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya soxasi, savdo) misol keltirish qiyin. Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni to’plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chikdi. SHunday qilib, xalq xo’jaligini axborotlashtirish kelgusiga yorib o’tish demakdir.

Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar keng qo’llanilib kelayotgan ayrim soxalarni ko’rib chiqamiz.

O’quv muassasalarida axborot texnologiyalarining axamiyati juda kattadir. Bizning tibbiyot kollejimizda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart tizimga nisbatan O’quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini O’stiradi, bilim berishga differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, musta’kamlash va nazorat qilishni engillashtiradi. Talabani O’quv jarayonining suboektiga aylantiradi.

 Ma’lumki, «robot» so’zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi bor bu so’zni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel CHepek ishlatgan. Ammo «mexanik odamlar» undan oldinrok xam ma’lum edi. Urta asrlarda inson isteododlariga ega bo’lgan musiqachi-kugirchok yoki rassom-kugirchoqlar paydo bo’lganligi ma’lum.

Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni oxir va zararli mexnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo’ldi. Ular garchi odam qiyofasida bo’lmasa-da, ko’plab funktsiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. Masalan, uzdaewoo avto O’zbekiston — Koreya qo’shma avtomobil korhonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo’llanilgan.

Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po’lat quyish tsexlarida, ximiyaviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo’llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shugullanadigan texnikaning mahsus shoxobchasi — robototexnika paydo bo’ldi.

Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar — o’ta sezgir va kuchli mexanik qo’ldir.

Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, yani kompyuter robotning «miyasi»dir, ular telekameralar orqali «ko’rib», mikrofonlar yordamida «eshitadilar», yani axborot Qabul qiladilar. Mahsus datchiklar «sezgi» organi vazifasini utaydi.

Ishlab chiqarishning deyarli barcha soxalarida kompyuterlar qo’llanilib kelmoqda. Kompyuterlar ko’pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo’lib chiqqunga qadar bo’lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.

Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli uzgartirishlar yasab, kog’ozga chop etishi mumkin.

Mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni xisob-kitob qilishda va boshqa ishlarni bajarishda xam kompyuter beg’araz yordamchidir.

Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga etkaziladi. U erda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yiьa boshlaydi. Tayyor ma’sulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo’natiladi.

O’zbekistonda AKT soxasini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari, amaldagi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Maxkamasining qarorlari, Respublikada kompyuterlashtirishni va AKTni rivojlantirish dasturi va undagi vazifalar.

Axborotlashtirish soxasidagi asosiy meyoriy-xuquqiy xujjatlar

O’zbekiston Respublikasining 11 ta Qonuni;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta Farmoni;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma’kamasining 40 dan ortiq qarorlari xamda 1000 ga yaqin soxaga oid meyoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.

O’zbekistonda AKT soxasini rivojlantirishdagi amaldagi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Ma’kamasining qarorlari.

Qonunlar

Prezident Farmonlari va Qarorlari

Xukumat qarorlari

Axborotlashtirish to’g’risida (2003y.)

Telekommunikatsiyalar soxasida boshqaruvni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida (2000y.)

Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida (2002y.)

Elektron raqamli imzo to’g’risida

(2003y.)


Kompyuterlashtirish-ni yanada rivojlan-tirish va axborot-kommunikatsiya texno-logiyalarini joriy etish to’g’risida (2002y.)

Axborotlashtirish soxasida normativ-’uquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida (2005y.)

Elektron hujjat aylanishi to’g’risida

(2004y.)


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida (2005y.)

Davlat va xo’jalik boshqaruvi, Ma’alliy davlat ‘okimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiya-laridan foydalangan xolda yuridik va jismoniy shaxslar bilan O’zaro aloqadorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida (2007y.)

Elektron tijorat to’g’risida

(2004y.)


O’zbekiston Respublikasi-ning jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida (2005y.)

Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Xukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida (2007y.)

Elektron to’lovlar to’g’risida

(2005y.)


Respublika axolisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida (2006y.)

Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Xukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylash-tirish tartibi to’g’risida (2009y.)


1.1-jadval.

Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish soxasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan e’tiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari xamda axborot tizimlaridan foydalangan xolda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni;

axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;

O’zR Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida» 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son farmoni

Iqtisodiyotning turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim soxa-lariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish xamda axolining turli qatlamlariga zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng foydalanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratib berishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi Farmonining qabul qilinishi asosiy qadam bo’ldi. Ushbu qaror bilan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

AKTni rivojlantirish va joriy etish masalalari belgilangan;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma’kamasi ‘uzuridagi Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi;

Soxada tashkiliy O’zgartirishlar amalga oshirildi (O’zAAA, AKTni rivojlantirish Jamьarmasi, TATU tashkil etildi;

Tadbirkorlikni qo’llab-quvvvatlash bo’yicha bojxona va soliq imtiyozlari belgilandi;

Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish Markazi UZINFOCOM tashkil etildi.

O’zR Prezidentining «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117 son qarori

Ushbu qarorga asosan:

- 2010 yilgacha telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, ma’lumotlarni uzatish va AKTni qo’llashning maqsadli yo’nalishlari;

- 2010 yilgacha ma’alliy davlat boshqaruvi va davlat ‘okimiyati organlari faoliyatida AKTni qo’llash dasturi;

- Milliy axborot-qidiruv tizimini shakllantirish va rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi.

- Davlat organlarining veb-saytlarini va xukumat portalini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi.


Download 21,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish