Andijon mashinasozlik instituti «avtomatika va elektrotexnika» fakulteti «axborot texnologiy



Download 21,45 Mb.
bet83/201
Sana31.12.2021
Hajmi21,45 Mb.
#209604
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   201
Bog'liq
КТТ

4-AMALIY MASHG’ULOT

Mavzu: Kommutator uchun manbaviy xavfsizlik choralarini qo’llash. VLAN larni tuzish va portlarni belgilash.

Ishdan maqsad: Dasturlanuvchi interfeysli mikrosxemalardagi buyruqlarni adreslash usullarini o’rganish Funksiyalar orasida aloqani aniqlashni o’rganish

Nazariy qism

Arduino elektronik loyihalar yaratish uchun mo’jjallangan ochiq platadir. Arduino platasida ham fizik elektrik zanjir (faqat mikrokontrollerni ishlatmagan holda), ham dasturiy buyruqlarda asoslangan elektrik zanjir shaklida loyihalar yaratish mumkin. Dasturiy buyruqlarda asoslangan loyiha afzal dasturiy ta’minot asosida yaratilgan buyruqlar ketme-ketligi mikrokontroller xotirasida joylashtiriladi va to’liq eletrik zanjirni mikrokontroller boshqaradi.

Xozirda Arduino platasi keng ommalashishiga asosiy sabablar:



  1. Loyihani ishlatishda qo’shimcha texnik qurilmalar, masalan programmator, zarur emasligi;

  2. Plata USB port orqali boshqarilishi;

  3. C++ dasturlash tilidadan foydalanish imkoniyati;

  4. Mikrokontrollerlar bilan erkin ishlash imkoniyati.

Arduino platasida oddiy foydalanuvchilar va yuqori malakali shaxslar eng sodda elektr sxemalar asosida sodda loyihalardan tortib murakkab loyihalar yaratish mumkin. Arduino platasining birinchi shakli 2005 yil IVREA Italiya instituti tomonidan tayyorlangan. Plataning yutuqlaridan biri mikrokontroller yordamida aktivlashtirish (actuator) qurilmalari va datchik (sensor) larga ulanish soddaligidir. Bu esa turli shakldagi sodda robotlarni yaratish imkoniyatini beradi.

Arduino tizimining g’oyasi “O’zing bajar” (Do it yourself).

Tizim 2011 yilda 300000 dona sotilgan bo’lsa, 2013 yilga kelib 700000 donaga yetdi. Bu esa uning imkoniyatlari kengligidan dalolat.

Tizim asosan Atmel firmasi tomonidan tayyorlangan mikrokontrollerlar uchun moslashtirilgan.





543 6

Arduino UNO platasining tuzilishi:
Xozirda Arduino platasining eng ommalashgan turi Arduino UNO platasidir.

Arduino platasi tok manbaiga ikki xil yo’l bilan: USB port (1) va Label (2) portlari orqali ulanadi. USB port orqali ulanganda plataga dasturiy vositalar orqali buyruq berish imkoniyati bo’ladi, Label port orqali ulanganda esa doimiy tok manbai o’zgarmas bo’ladi. Ushbu ulanishni amalga oshirishda 20 V yuqori bo’lgan tok manbaini ulash mumkin emas, aksincha 6 - 12 V manbalar tavsiya etiladi.

Arduino platasining asosiy ulanish nuqtalari 5 V, 3.3 V, GND, Analog, Digital, PWM va AREF lar hisoblanadi.

GND (3) ulanish nuqtasi (pin) zazemleniya, yani yerga ulanish vazifasi bajaradi. Platada 3 ta GND ulanish nuqtasi bo’lib, barchasi bir xil vazifani amalga oshiradi.

5 V (4) va 3.3 V (5) ulanish nuqtalari tok manbai nuqtalari bo’lib, 5 V li tok manba, 3.3 V li tok manba.

A0 dan A5 gacha ulanish nuqtalari ANOLOG IN (6) nuqtalari bo’lib, tashqi datchiklar orqali anologli ma’lumotlarni qabul qilish va ulardan foydalanish uchun raqamli ko’rinishga o’tkazish vazifalari yuklatilgan.



  1. dan 13 gacha bo’lgan ulanish nuqtalari DIGITAL (7) ulanish nuqtalari bo’lib, bu ulanishlar orqali raqamli ma’lumotlarni qabul qilish va yuborish imkoniyatlari mavjud.

  1. 5, 6, 9, 10 va 11 ulanish nuqtalari PWM (8) ulanish nuqtalari bo’lib, PWM - Pulse- Width Modulation vazifalarini bajaradi, ya’ni ushbu ulanish nuqtalari anologli chiqish ham bo’lishi mimkin.

AREF (9) anolog signallar uchun maxsus ulanish nuqtasi.

Qayta yoqish (RESET BUTTON) tugmasi (10) yaratilgan loyihani qayta ishga tushirish imkoniyatini beradi.

LED ON (11) svetidiodi platani tok manbasi bilan aloqadorligini anglatadi. Agar yonsa, demak plata tok manbaiga ulangan, aksincha, ulanishni qayta tekshirib ko’rish kerak.

TX RX LED (12) svetodiodlari Arduino platasida ma’lumot (dasturiy ma’lumot) yuklanganda yoki yuborilganda ishga tushadi. RX svetodiodi raqamli tizimda 1, TX esa 0 qiymatni anglatadi.

Arduino platasining asosiy miyasi, ya’ni boshqarish markazi bu IC - Integrated Circuit (13) bo’lib, platadagi asosiy boshqarilish markazdir. Arduino platasida asosisan ATMEL firmasi tegishli IC lardan foydalaniladi. IC va mikrokontroller aynan bir xil vositadir. AVR, yani ATMEL mikrokontrollerlari bir taktli generatsiyada katta hajmli instruksiyani yuklash va qayta ishlash, qurilma xotirasida qayta dasturlash, ya’ni FLASH ROM xotirasi orqali mikrokontrollerga 1000 marta dastur yozish, nafaqat quyi balki, yuqori darajali dasturlash tillarida ham dastur yozish, AVR mikrokontrollerlarida 32 li registr mavjudligi (Bu esa anologli mantiqiy-boshqaruv bilan ishlash imkonini beradi), energetik jihatdan kam xarajatli, keng tarqalgan va ommabob dasturlovchi qobiqlardan ham foydalanish imkoniyatlariga ega. AVR mikrokontrollerlarining 3 turi mavjud.

Ular:


1.Tiny AVR - kichik xajmli amallarni bajarishga mo’jjallangan;

2.Classic AVR - ishlab chiqarishda ishlatishga moslashgan, 16-MIPS, 2-8kbli FLASH xotiraga ega;

3.Mega AVR - katta xajmli ishni bajarishga moslashgan mikrokontroller.

AVR mikrokontrollerlarining 100 dan ortiq turi bo’lib, boshlang’ich o’rnanuvchilar uchun uning AT90S2313 sodda va o’rganishga osondir. Arduino UNO R3 platasida esa ATMega328P toifasidagi mikrokontrollerdan foydalanilgan.

Voltage Regulator - Kuchlanishni sozlash vositasi (14) pltaga berilayotgan kuchlanishni kamaytirish, faqat kamaytirish uchun xizmat qiladi, u faqat kuchlanish meyordan oshganda aktivlashadi. Eslatma: Arduino platasiga 20V yoqori kuchlanish berish mumkin emas.

Uning xarakteristikasi:




Turi

Operasion tizimi

CPU, prosessor tizimi Xotirasi Saqlash tizimi Grafikasi
Bir jinsli

Yo’q, ya’ni barcha operasion tizimlar uchun moslashgan

AVR, ARM Complex, Intel Quark firmalari uchun SRAM





RedBoard platasi Windows 8 operasion tizimi uchun universal moslashtirilgan bo’lib, u USB/FTDI bog’lanish asosida muammosiz ishlaydi. Plata 7-15V li tok manbaiga moslashtirilgan.



Arduino Mega platasi 54 ulanish nuqtalariga ega murakkab loyihalar uchun mo’jjallangan

platadir.

LilyPad Arduino platasi asosan e-texttile tizimiga asoslangan.
Flash memory, EEPROM Yo’q

Plata turi

Manba

Tezligi

Raqamli

kirish-


chiqishlar

soni


Anolog

kirishlar

soni


PWM

UART

Dasturlashish

shakli


Arduino

UNO


5V

16MHz

14

6

6

1

USB/ATMega328

RedBoard

5V

16MHz

14

6

6

1

USB/FTDI

LilyPad

Arduino


3.3V

8MHz

9

4

5

0

FTDI

Arduino

Leonardo


5V

16MHz

20

12

7

1

USB

Arduino

Mega


5V

16MHz

54

16

14

4

USB/ATMega16







Arduino Leanardo platasi mikrokontrollerlar bilan ishlashga moslashgan birinchi eng sodda platadir.

Arduino oilasiga mansub platalarining solishtirish


Nazorat savollari:



  1. Arduino nima?

  2. Arduino tizimi haqida?

3.Arduino platasi haqida?


Download 21,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish