6.Ko’p mashinali va ko’p protsessorli hisoblash tizimlari.
Ma’lumki hisoblash tizimlar ko’p mashinali va ko’p protsessorli ko’rinishlarda tashkil qilinadi. Ko’p mashinali hisoblash tizimi arifmetik- mantiqiy qurilma (AMK)ning ishlash tezligiga bog’liq bo’lib, u arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarishga mo’ljallangan. Bunda operatsiyaning operandlari avvaldan umumiy ish registrlariga joylangan bo’lishi shart. Natija umumiy ish registriga xam joylanadi. Arifmetik-mantiqiy qurilma o’zi kirish uchun operatsiyalar operandlari beriladigan, chiqish uchun esa natija olinadigan mikrosxemadan iborat. Shina va portlarni boshqarish sxemasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Port manzili va uni boshqaruvchi informatsiyani shakllantiradi.
2. Portdan uning xolati to’g’risida ma’lumot oladi.
3. Protsessor xamda kiritish-chiqarish portlari o’rtasidagi ma’lumotlar almashuviga barcha qurilma va mikrosxemalarni tayyorlaydi
Arifmetik-mantiqiy qurilma - sonli va simvolli, belgili axborotlar ustidagi barcha arifmetik-mantiqiy operatsiyalar ijro uchun mo’ljallangan
(kompyuterning ba’zi modellarida operatsiyalarni bajarishni jadallashtirish uchun AKM ga qo’shimcha matematik protsessor ulangan).
Arifmetik-mantiqiy qurilma-arifmetik va mantiqiy ma’lumotni ayirboshlash operatsiyalarini bajarish uchun ishlab chiqilgan, funktsional ravishda AKM (5.2-rasm), odatda ikkita registr- yiguvchi va boshqaruv sxemasidan (ma’alliy boshqaruv qurilmasi) tashkil topgan.
Yiguvchi-xisoblash sxemasi, kiruvchi o’zaro ikkilik kodlarni kiritish jarayonini amalga oshiradi; yiguvchi ikkilangan mashina so’zi razryadiga ega.
Ko’p protsessorli hisoblash tizimlari registrlarning ish faoliyatiga bog’liq bo’lib, registrlar- turli uzunlikdagi tezkor xarakatlanadigan xotira yacheykalaridir: register1 ikkilangan so’z razryadiga ega register2 esa so’z razryadiga ega
Operatsiya bajarilishida register1ga jalb qilingan birinchi raqam ro’yxatga kiritiladi va operatsiya yakunida natijalar yuklanadi; register2 - operatsiyada ishtirok etadigan ikkinchi raqam (operatsiyada axborot o’zgarmaydi). Register1 kodlashgan shinalardan ma’lumotlarni olishlari va ularga ma’lumot berishlari mumkin; register2 faqat ushbu shinalardan ma’lumot oladi.
AMK faqat oxirgi raqamdan so’ng, yani faqat ikkitadan ortiq raqamlardan keyin vergul bilan birga ikkilik ma’lumotlarda "+", "-", "x" va ">" arifmetik operatsiyalarini bajaradi. Suzuvchi punktning ikkilik raqamlari va ikkilik kodlangan kasr sonlar bo’yicha operatsiyalarni bajarish matematik protsessor yoki maxsus olingan dasturlarni moslashtirish bilan amalga oshiriladi.
Tizim shinasi bu - belgilangan yo’nalish bo’yicha signallar uzatishga mo’ljallangan liniyalar to’plami. Tizim shinasining asosiy vazifasi protsessor hamda boshqa elektron kompyuterlar o’rtasida ma’lumot ayirboshlashdan iborat. Tizim shinalari orqali informatsiya uzatish, qurilmalar adresatsiyasi hamda maxsus xizmatchi signallar amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar shinasi bo’yicha protsessor va operativ xotira o’rtasida yoki protsessor va kiritish-chiqarish portlari o’rtasida informatsiya almashuvi ro’y beradi. Ma’lumotlar shinasining asosiy harakteristikasi bu-razryadlilik. Zamonaviy personal komnyuterlarda 64-razryadli ma’lumotlar shinasidan foydalaniladi. 64-razryadli shina orqali bir vaqtning o’zida 8 bayt ma’lumot uzatish mumkin.
Manzil shinasi orqali protsessor xotiraning almashuvida ishtiroq etishi kerak bo’lgan yacheykasiga jo’natadi. Agar boshqaruv shinasining biror liniyasidan kiritish-chiqarish portiga ulanganlik to’g’risida signal uzatilgan bo’lsa, unda manzil shinasidagi manzil portning nomeri sifatida tushuntiriladi.
Boshqaruv shinasi turli boshqaruv signallarini uzatishga mo’ljallangan liniyalardan iborat.
Barcha zamonaviy kompyuterlar kombinatsiya qilingan tizim shinalariga ega, masalan, ISA (Industry Standard Architecture) - Standart Sanoat Me’morchiligi.
Shinalarning biri birlamchi tizim (EISA, ISA), keyingisi esa ikkilamchi (PCI) tizim deyiladi.
Tizim shinasining me’morchiligi protsessor turiga qarab aniqlanadi, albatta bunda mikrosxemalar guruxi va soni hamda periferik qurilmalarning razryadliligiga bog’liq.
Pentiym platformalaridagi tizim shinalari protsessorning operativ xotira bilan 64-razryadli ma’lumotlar almashuvini ta’minlaydi, bunda ma’lumotlar adresatsiyasi 32-razryadli manzil orqali amalga oshiriladi.
Periferik qurilmalar bilan birgalikda, ISA shinasi 16-razryadli ma’lumotlar kodi va 16-razryadli ma’lumotlar manzili kodini EISA shina esa 32-razryadli ma’lumotlar kodi hamda 32-razryadli manzilini kodini almashuvini ta’minlaydi.
Ko’pincha turli me’morchilikdagi shinalarning imkoniyatlarini solishtirish maqsadida shinaning o’tkazuvchanlik qobiliyatidan foydalanshadi.
Uni bir taktda uzatiladigan baytlar sonini uning ish chastotasiga ko’paytirish orqali hisoblash mumkin. Masalan Pentiym protsessorining PCI shinasi 533 Mbayt/s o’tkazuvchanlik tezligiga ega. Agar protsessorning taktli chastotasi tizim shinasinikida yuqori bo’lsa yoki protsessor bir taktda bir necha instruktsiya bajara olish qobiliyatiga ega bo’lsa, u shinaning o’tkazuvchanlik qobiliyatipi to’liq ishlatilishi mumkin. Bu protsessorning unumdorligini kamaytiruvchi to’xtab qolishlariga olib keladi. O’tkazuvchanlik imkoniyatining oshirilishi taktik chastotani yoki ma’lumotlar shinasining razryadliligini oshirishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |