O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va Buxgalteriya Hisobi fakulteti br- 51 guruh talabasi Raxmidinov Jaxongirning Moliyaviy Tahlil fanidan Mustaqil Ishi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI Moliya va Buxgalteriya Hisobi fakulteti BR- 51 guruh talabasi Raxmidinov Jaxongirning Moliyaviy Tahlil fanidan Mustaqil Ishi
Korxonalar moliyaviy holatini bashoratlash moliyaviy hisobotning quyidagi birliklari yuzasidan tuzib chiqiladi.
1. Aktivlar va passivlar balansi bo‘yicha;
2. Daromadlar va xarajatlar balansi bo‘yicha;
3. Pul mablag‘lari kirimi va chiqimi balansi bo‘yicha.
Moliyaviy holatni bashoratlash uchun asos bo‘luvchi manba bu moliyaviy hisobotlardir. Joriy yildagi moliyaviy hisobot ma’lumotlari yaqin va uzoq davriylikda bashoratlash uchun iqtisodiy va moliyaviy jihatdan asos vazifasini bajaradi. Korxonaning kelgusidagi rivojlanishi yuzasidan belgilangan topshiriqlardan kelib chiqqan holda moliyaviy hisobotning barcha elementlari qayta korrektirovkalash asosida tuzib chiqiladi. Bashoratlash yakunida bashoratlangan buxgalteriya balansi, bashoratlangan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti, bashoratlangan pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotlari tuzib chiqiladi va ushbu manbalar moliyaviy starategiyani belgilashda muhim manba sifatida qaraladi.
liyaviy holaMotni bashoratlash uchun asos bo‘luvchi manba bu moliyaviy hisobotlardir. Joriy yildagi moliyaviy hisobot ma’lumotlari yaqin va uzoq davriylikda bashoratlash uchun iqtisodiy va moliyaviy jihatdan asos vazifasini bajaradi. Korxonaning kelgusidagi rivojlanishi yuzasidan belgilangan topshiriqlardan kelib chiqqan holda moliyaviy hisobotning barcha elementlari qayta korrektirovkalash asosida tuzib chiqiladi. Bashoratlash yakunida bashoratlangan buxgalteriya balansi, bashoratlangan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti, bashoratlangan pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotlari tuzib chiqiladi va ushbu manbalar moliyaviy starategiyani belgilashda muhim manba sifatida qaraladi.
Moliyaviy hisobot elementlarini bashoratlash uning muxim elementlari bo‘lgan aktivlar, kapital va majburiyatlar, moliyaviy natijalar, foyda va zararlarni prognozlashni nazarda tutadi.
- korxonada nimalardan va qachon pul mablag‘lari keladi? - ular nimalarga ishlatiladi? - ijobiy pul oqimlariga chiqish yuzasidan korxonaga kancha pul mablag‘lari zarur? - ushbu pul mablag‘lariga qachon zaruriyat seziladi? - pul mablag‘lari qaysi shaklda korxonalarga jalb qilinadi (xususiy kapital ko‘payishi shaklida yoki qarz kapitali shaklida)? - keyingi davrlar bo‘yicha korxonaning moliyaviy holati qanday holati kuzatiladi?
Moliyaviy hisobot elementlarini bashoratlash quyidagi muhim savollarga javob topishg imkonini beradi:
Aktivlar, kapital va majburiyatlarni bashoratlash Moliyaviy holatni bashoratlashda eng muhim obyekt bu buxgalteriya balansidir. Uning muhim elementlariga aktivlar, kapital va majburiyatlar kiradi. Buxgalteriya balansini bashoratlash orqali korxonaning joriy davrdagi holatining kelgusidagi kutilishlari rejalashtiriladi. Bashoratlash modelini tuzib chiqish yuzasidan quyidagi tartibdagi amallar bajariladi. Buxgalteriya balansining tuzilishi: A = K + M Bu yerda: A – Aktivlar;
K – Kapital; M – Majburiyatlar;
Buxgalteriya balansining likvidlik va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha kengaytirilgan tarkibi
UMA + JA (TMZ+DM+PM) = O‘MM + M (UMM+QMM+KM)
Bu yerda: UMA – Uzoq muddatli aktivlar;
JA – Joriy aktivlar;
TMZ – Tovar moddiy zaxiralar;
DM – Debitorlik majburiyatlari;
PM – Pul mablag‘lari;
O‘MM – O‘z mablag‘lari manbasi;
UMM – Uzoq muddatli majburiyatlar;
KM – Kreditorlik majburiyatlari