4.Axborot-hisoblash tizimlarining turlari va vazifalari.
Shaxsiy kompyuterlarning quvvati shiddat bilan o’sishi axborot-hisoblash tizimlarining turlari va vazifalari zamonaviy INTEL mikroprotsessorlari bazasida yuzaga keldi. Bu jarayon mikroprotsessorlarning narxi tezlik bilan tushib ketishi bilan kuzatildi. Lokal ishni texnologiyasining (VESA va PGI) rivojlanishi bilan shaxsiy kompyuter arxitekturasidagi, “noziklik”lar bartaraf etilishi, ishchi stantsiyalar bilan raqobatlashish imkoniyatiga ega bo’lindi. Bunga javoban ishchi stantsiyalarni ishlab chiqaruvchilar “boshlang’ich darajali” maxsulot yaratishdi. Uning narxi, yuqori quvvatli shaxsiy kompyuterlar tasnifiga yaqin bo’lib, shu bilan birga imkoniyatlarini va quvvatini kengaytira olishi jixatidan ustunligini saqlab qolgan.
Axborot-hisoblash tizimlarining turlari: tashqi, global, mantiqiy va fizikaviy. Ular bir-biridan keskin farq qiladi. Tashqi usulda dasturlashtiruvchi o’ziga chunday tasavvur qilish mumkinki fayllar–bu bosh yozuv bo’lib xamma bo’ysungan tafsilot yozuvlari bilan birgalikda amaliy programmadagi fayllar to’g’risidagi tasavvurni bayon etadi.
Global usulda umumiy tashkil etish konseptual modeli bazasida xar xil tashkil etuvchilar mumkin qadar olinadi. Bu usulda axborot-hisoblash tizimlari ma’lumotlarini mantiqiy tasavvur etish ma’lumotlarni fizikaviy tashkil etishga nisbatan to’laligicha bog’liq emas.
Axborot-hisoblash tizimlarining fizikaviy tashkil etish usulida ma’lumotlarni
Pentium- protsessorlar bazasida yaratilgan shaxsiy kompyuterlar UNIX ishchi stantsiyasi bilan qanchalik muvafaqqiyatli raqobatlasha olishini kelajak ko’rsatadi, lekin hozirgi kunda bu ikki yo’nalishni qamrab olgan "personal ishchi stantsiyalari" paydo bo’lmoqda.
Meynfreym- bu katta universal EXM so’zining sinonimidir yani umumiy yo’nalishdagi quvvatli xisoblash tizimi bo’lib, uni foydalanish vaqti kunda 24 soat. Meynfreymlar o’zi ko’p protsessorli tizim bo’lib unda bir yoki bir necha markaziy va ‘ududiy protsessorlarning umumiy operativ xotirasi va o’zaro yuqori tezlikda ma’lumotlarni jo’natish magistrlariga ega. SHu bilan birga asosiy xisoblash yoki markaziy protsessorga qo’yiladi, ‘ududiy protsessorlar bo’lsa, turli xil qurilmalarni ishlashini ta’minlaydi. Dastlabki meynfreymlar xisoblashning markaziy modeliga moslashtirilgan biroq shaxsiy kompyuterlar quvvati yuqori tezlik bilan o’sishi qimmat meynfreymlardan arzonroq kompyuter turlariga o’tishga olib keldi. Bularga raqobat natijasida meynfreymni ishlab chiqaruvchilar uning imkoniyatlarini kengaytirishdi. Bugungi kunda ular turli xil protokollarni bog’lanishi OSI va TCP/IP bir biriga mos keltirishdi yoki UNIX operatsion tizimi boshqaruv ostida o’zining kompyuterida ishlash imkoniyatini yaratishdi.
Meynfreymlarning hozirgi kundagi eng asosiy kamchiligi uning ishlab chiqarish quvvatiniig narxiga nisbatan mosligidadir. Biroq meynfreymlarni yetkazib beruvchi firmalar bu ko’rsatkichni yaxshilashga xarakat qilmoqdalar. Shuni xam unutmaslik kerakki, dunyo bo’ylab meynfreymlarning katta ‘ajmdagi ma’lumotlar bazasi to’plangan bo’lib, ulardan voz kechib yuborish mantiqsizdir.
Superkompyuter - bu meynfreym singari umumiy yo’nalishdagi yuqori quvvatli xisoblash tizimi bo’lib, ishni kompyuterga nisbatan tez xarakatlanuvchan va katta lokal tarmoqning resurslariga ega. Aytish mumkinki superkompyuterlar- bu mashinalarning yig’indisi bo’lib, oneratsion tizim dasturiy taminoti foydalanuvchi va dasturiy qo’llanmalarning umumiy "bir butunligini" tashkil etadi. Super kompyuterlarning meynfreymlardan asosiy sifat farqi, markaziy protsessor tizimidir. U parallel xisoblashlarni amalga oshirishga mo’ljallangan. Meynfreymda bir necha Protsessor qamrab oladi, biroq ular xar biri o’z fukitsiyasini bajaradi. Super kompyuterning protsessori bir vaqtning o’zida turli protsessorlar bilan amalga oshirish mumkin bo’lgan xisoblashlarni beradi va shu yo’l bilan bir necha barobarga vaqtni qisqartiradi. Bunday parallel xisoblashlarni amalga oshirish texnik va matematik jixatdan o’ta murakkabdir. Bunga erishish uchun yangi texnologik yechimlarni va yangi operatsion tizimlarni yaratish va yangi dasturlash tillarini yaratish va bir qator matematik muammolarni xal etishga to’g’ri keldi. Super kompyuterlarning imkoniyatlari murakkab ilmiy xisoblashlar soxasi bo’lgan koinot tadqiqotlari, aviatsion texnologiyalarida va super katta baza ma’lumotlariga xizmat ko’rsatishda o’z yechimini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |