Bitiruv
malakaviy
ishining
ilmiy
yangiligi:
O‗quvchi shaxsini
shakllantirishda milliy qadriyatlardan foydalanishning mexanizmi ishlab chiqildi,
samarali usul va vositalar aniqlandi va amaliyotga tadbiq etildi, olingan natijalar
asaosida tavsiyalar ishlab chiqildi.
BMI ning tuilishi va tarkibi .Mazkur BMI kirish qismi, ikki bob, to‗rtta paragraf, xulosa,
iljvalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat.
7
I BOB. O‗QUVCHI SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY
QADRIYATLARDAN FOYDALANISH PEDAGOGIK ZARURIYAT
SIFATIDA
1.1.O‗quvchi shaxsini shakllantirishning nazariy asoslari
Shaxsning rivojlanishi uning axloqiy takomili bilan bevosita bog‗liq holda
tarkib topadi. Shaxs ham, axloq ham tarixiylik xususiyatiga ega. Shaxsning axloqli
bo‗lishi bolaligidan, ya‘ni uning shaxs sifatida shakllanishidan boshlanadi. Kattalar
bilan muloqotda bo‗lish bolaning shaxs sifatida shakllanishini ta‘minlaydi, asrlar
davomida yaratilgan axloqiy me‘yor va qadriyatlar uning shaxs sifatida
rivojlanishida muhim omil bo‗lib xizmat qiladi. Uquvchi shaxsini shakllantirish
uchun ta‘lim insonparvarlashtirilishi, er-kinlashtirilishi, o‗quvchi o‗z-o‗zini
rivojlantirishi kerak".
Ta‘limni
insonparvarlashtirishning
ob‘ekti
bo‗lgan
ongni
insonparvarlashtirish alohida o‗rinda turadi. Zero, mazkur iboraning mazmunini
bilmasdan turib, insonparvar bo‗lishi mumkin emas.
Insonparvarlik — ulug‗ insoniy fazilat. Bu — ota-ona haqida qayg‗urish, qarindosh
va do‗stlarga sadoqatda bo‗lish, marhumlarni xotirlash, bemorlarga hamdard
bo‗lish, moddiy va ma‘naviy yordamga muhtojlarga xayrixoh bo‗lish, hayotda
iymonli va e‘tiqodli bo‗lish demakdir.
Ta‘limni insonparvarlashtirish bilan inson hayotda o‗zini anglab oladi, boshqa
odamlarga va tabiatga bo‗lgan munosabatini uyg‗unlashtiradi.
Demak, bu jaryon inson faoliyatida namoyon bo‗ladi, kishida bilim va
ko‗nikmalarni shakllantiradi.
Ta‘limda o‗quvchi shaxsini shakllantirishda uning ruhiyatini faollashtirishga,
izchillashtirishga e‘tibor beriladi, chunki o‗z-o‗zini rivojlantirish, o‗zini shaxs
sifatida shakllantirish, bu — o‗quvchining istagi, ehtiyojidir. Har bir o‗quvchi o‗z-
o‗zini rivojlantirayotganda o‗qituvchining yordami kerakligini sezib turadi. Shunga
qo‗ra, o‗qituvchi faoliyat ko‗rsatayotgan o‗quvchiga hamisha ko‗maklashadi.
8
O‗quvchi shaxsini shakllantirish ta‘lim jarayonini demokratlashtirishni
(erkinlashtirish) ham taqozo etadi. Zero, bu — insonning o‗z xohishi va maqsadi
bo‗yicha fikrlash, harakat qilish, mexnat qilishidagi erkinlikdir. Insonda istak
erkinligi tashqi muhit va undagi vaziyat ta‘sirida yuzaga keladi. Buning uchun inson
o‗z maqsadi va faoliyat yo‗nalishini belgilab olishda mustaqil bo‗lishi kerak. Bu
ma‘noda erkinlik shaxsning o‗z irodasini namoyon etishida ko‗rinadi.
Ta‘limni insonparvarlashtirish va erkinlashtirishdan kuzatilgan asosiy maqsad
— o‗quvchida erkinlik hissini, erkin fikrlash qobiliyatini rivoj toptirish, uni erkin
yashashga tayyorlash, axloqiy fazilatlarni, mehnat qobiliyatini shakplantirish va
rivojlantirishdir. Inson shaxsining shakllanishida, axloqiy kamolotida mehnat asosiy
o‗rinda turadi. Chunki mehnat inson shaxsi-ning shakllanishida, ijtimoiy sohada
odamlar bilan muloqotda bo‗lishida asosiy omildir.
Inson barkamolligi, dunyoqarashi uning g‗oyaviy-axloqiy yetukligining
ifodasi sanaladi. Yuksak faoliyatlilik — ijtimoiy hayotda, ilg‗or fikrlashda faol
ishtirok etish, o‗zida go‗zal axloqiy xislatlarni tarkib toptirishdan iborat.
Ijtimoiy faoliyat jamiyatning asosiy talabi bo‗libgina qolmay, balki
shaxsning o‗z-o‗zini ri-vojlantirishi uchun ham muhim qadriyat hisoblanadi.
Har tomonlama rivojlanish — insonparvarlik, ijodiy qobiliyatni hayotda
namoyon etish, yuksak axloqiylik ham demak.
Shaxs umumiy tizimlilik xususiyatiga ega bo‗lib, bu tizim o‗zaro uzviylik va
bir butunlikdagi faoliyat, ijtimoiy muloqot va tarbiyadan iborat. Ular insonning
jamoadagi faoliyatida namoyon bo‗ladi.
Ma‘lumki, inson bir butun uyg‗unlikda har tomonlama rivojlanadi. Uyg‗unlik
esa shaxsning odamlar bilan doimiy muloqotda bo‗lishini taqozo etadi. Inson
aql,jismoniy sog‗liq va axloqning uyg‗unligida kamol topadi.
Axloqli shaxsda e‘tiqodlilik, adolatlilik, intizomlilik, to‗g‗rilik, sadoqatlilik,
diyonatlilik, poklik, sabr-toqatlilik, sertavozelik kabi fazilatlar mujassam bo‗ladi.
O‗zbek xalqi asrlar davomida yosh avlodni hayotga tayyorlashda, ularni
shaxs sifatida shakllantirishda qo‗llagan usul va vositalari, o‗ziga xos an‘analari, urf-
9
odatlari bolalarda mehnatsevarlik, insonparvarlik, jangovarlik, do‗stlik, go‗zal
axloqlilik kabi fazilatlarni shakllantirishda asosiy omildir.
Oilada
ota-onaning
o‗zaro ahilligi, ma‘naviy-axloqiy barkamolligi,
mehnatsevarligi, xalqning tinchligi, osoyishtaligi uchun kurashi va yoshlarning
axloqiy pokligi uchun qilgan g‗amxo‗rligi ham bolalarda ota-onalarga, jamoa
ahllariga hurmat-ehtirom hissini kuchaytiradi. Ularda vatan faro-vonligi, xalq baxt-
saodati uchun kurashmoq, mehnat. qilmoq orzusi barqarorlashadi.
Ularning ongida ota-ona va jamoa oldida javobgarlik hissi shakllana
boshlaydi.
Oiladagi totuvlik, tarbiyada qo‗llangan usul va vositalar natijasida bolalar ona
zamin va uning tabiati, tabiat hodisalari, odamlarning kundalik hayot tarzi, hayvonot
va jonsiz olam haqida tasavvurga ega bo‗ladilar. Shu bilan birga turli elat va xalqlar
birlik, do‗stlik va samimiylikni ulug‗lashni o‗rganadilar, xalqning qahramonlik va
mardlik haqidagi ideallari, sodiq do‗st, vafoli yor, oqibatli jigar haqidagi orzu umidlari
xalq og‗zaki ijodi qahramonlari Alpomish, Barchinoy, Qorajon, Qaldirg‗och,
Qultoy va Yodgor timsolida tasvirlanadi. Xalq ularni dushmanlarga qarshi kurashda
har ishga qodir, jismoniy baquvvat, ma‘naviy yetuk qahramonlar qilib yaratdi.
O‗zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda qo‗llagan vosita, tadbir,
urf-odat va an‘analari, tarbiya haqidagi fikrlari, g‗oya va hayotiy tajribalari, xalq va
donishmandlarning yoshlarni davr talablariga mos yetuk shaxs qilib tarbiyalash
haqidagi ta‘limotlari xalq og‗zaki ijodida mujassamdir.
Hali ommaviy maktablar urf bo‗lmagan, pedagogika fan sifatida
shakllanmagan davrdayoq, qabila a‘zolarining bolalarda mehnatsevarlik, jangovarlik,
axloq-odob, do‗stlik kabi xislatlarni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy usullari
o‗sha davrdagi hayotiy tajribaning mevasi sifatida ijtimoiy hayotga bog‗liq holda
shakllandi va rivojlandi.
Xalqning milliy urf-odat va an‘analari, jamoa ahlining o‗z-o‗zini va ijtimoiy
burchini anglashiga, shaxs sifatida shakllanishiga ijobiy ta‘sir etdi, ularning hayot
kechirish, tinchlik uchun kurashish yo‗l-yo‗riqparini bilib olishlarida asosiy omil
bo‗ldi.
10
Jamoa a‘zolarining mehnati zamirida vujudga kelgan urf-odatlar, an‘analar
jamiyat rivojiga, odamlar ongining o‗sishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi. Odamlar o‗z
mehnatlari, xatti-harakatlarini urf-odat va an‘analarga uyg‗un holda davom ettirdilar.
Xalq o‗z hayotiy tajribasida axloklilik bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb
etishini angladi va axloq qonun-qoidalarini yaratdi. Insoniylik mezoni axloq
qonuniyatining asosi bo‗ldi.
Bola tug‗ilgan kundan boshlab oila muxitida ota-onaning parvarishida o‗sib
ulg‗ayadi, atrof-muhitdagi voqealarni ko‗radi, unda o‗simlik, hayvonot, qushlar
olami haqida tasavvur, ularga muhabbat, mexr-shafqat hissi shakllanib, rivojlana
boshlaydi.
Bolada mehnat faoliyati boshlanishi bilan odamlarga, o‗z tengdoshlariga
nisbatan mexr-muruvvat ham shakllanib rivojlanadi. U mehr-muruvvatni odamlarga
faqat moddiy emas, ma‘naviy jihatdan ham ko‗rsatish mumkinligini
anglaydi. Shu zaylda u, hamdardlik, saxovatlilik, rahmdillik, xushmuomalalik,
insonparvarlik ekanligini tushunadi. Shunday xislatlarga ega bo‗lganlar hayotda hur-
matda bo‗layotganiga ishonch hosil qiladi.
Tabiat insonda estetik his etish va didni tar-biyalashda bitmastuganmas
manbadir. Uning go‗zalligi bolalar ma‘naviy dunyosining tarkib topishi va rivojida
muhim ahamilt kasb etadi, go‗zalligi bilan ularni o‗ziga maftun etadi. Tabiat lavhalari
o‗zining tabiiy go‗zallik ko‗rki, jamoli bilan ularda yorqin hissiyot uyg‗otadi
O`zbek xalq pedagogikasida bolalarning jismoniy tarbiyasi quyidagicha to`rt
yo`nalishda davom etib kelganligidan dalolat beradi:
- Bolalarning soq‘lom bo`lib o`sishida, ota-ona va umuman keksa avlodning
q‘amxo`r – tarbiyasi;
- Yoshlarning jismonan yetuk bo`lib o`sishiga yordam beradigan bolalar
o`yinlari;
- Ayrim sport vakillari tarbiyasi;
- Harbiy sport va harbiy – jismoniy tarbiya.
Xalq ijodi materiallarida bolalarning soq‘lom o`sishlarida ota-ona va keksa
avlodning q‘amxo`rligi va tarbiyasiga oid ma'lumotlar nisbatan kam uchrasa ham,
xalq pedagogikasida bolalarning yoshlik xususiyatlariga mos keladigan tarbiyaviy
tadbirlar amalga oshirilib kelinganligi ma'lum. Ayniqsa, bolalarni o`z vaqtida
11
ovqatlantirish, uxlatish, o`ynatish – kiyintirish, ozoda va toza yurish ham jismoniy
rivojiga oid mashq malakalari, rasm, odatlar xalq pedagogikasida uzoq vaqtlardan
buyon davom etib keladi. Masalan, «Uch oq‘ayni botirlar» ertagida, keksa ota
o`q‘illarini safarga jo`natar ekan, bolalarga qarab: «o`zimdan keyin baxtsiz bo`lib
qolmanglar, deb sizlarni o`qitdim. Buning ustiga sizlarni uch narsa bilan tarbiya
qildim. Birinchidan, soq‘lom vujudli qilib tarbiyaladim – baquvvat bo`ldingizlar.
Ikkinchidan yaroq‘ bilan tanishtirdim – yaroq‘ ishlatishga usta bo`ldingizlar.
Uchinchidan – qo`rqitmay o`stirdim –qo`rqoq bo`lmay, botir bo`ldingizlar» deb
nasihatini davom ettiradi.
Folklor materiallarining ko`rsatishicha, O`rta Osiyo xalqlari orasida tarqalgan
harbiy harbiy – jismoniy tarbiyaning mazmuni – sipohgorchilik, jangu-jadal,
«hunarni» o`rganishga qaratilgan bo`lib, ayniqsa, kurash tushish, ot chopish,
tirondozlik, qilichbozlik, kamon bilan o`q otish, miltiq otish, nayza sanchish, suvda
suzish, gurzi urish kabi harbiy-jismoniy tarbiya
– asosiy o`rinni egallar edi. Bu
jihatdan qaraganda, O`rta Osiyodagi qadimdan davom etib kelayotgan harbiy –
jismoniy tarbiya juda ko`p jihatdan qadimgi Yunoniston – sport harbiy – jismoniy
tarbiyasi mazmunini aks ettiradi. Masalan, «Shaxzoda Asad», «Mamir bilan Samir»
ertagida qadimgi davrlarda yoshlarga harbiy – jismoniy mashqlar o`rgatilgani
ko`rsatiladi.
O`zbek xalq dostonlari qahramonlarining hammasi harbiy – jismoniy tarbiya
olgan kishilar sifatida xarakterlanadi. Xalqimizning suyukli qahramoni – Go`ro`q‘li,
Xasanxon, Avaz, Rustam, Ravshanxon, Erali, Sherali va boshqalar ana shular
jumlasidandir.
O`zbek xalq oq‘zaki ijodida ifodalangan yana bir muhim tomoni yuqoridagi
kabi xalq farzandlarining jismoniy kamolotini ularning yuksak ma'naviy fazilatlari
bilan birga tarannum etilishidir.
Allomalar tarbiyada mehnatning afzalligi to`q‘risida.
Mehnat tarbiyasining mazmuni.
mehnat tarbiyasining usullari.
Xalq pedagogikasida nafosat tarbiyasi.
12
Yoshlarni mehnatsevar qilib yetishtirishda eng ko`p qo`llaniladigan
usullaridan biri ishontirish bo`lib, uni tadbiq qilishda ham xilma-xil vosita va
shakllardan foydalanilgan. Ayniqsa, keksalar tomonidan mehnat va mehnat ahlini
ardoqlaydigan hamda ishyoqmas, dangasalarni aytib berish, ishontirish vositalaridan
biri bo`lib xizmat qilgan. Keksalarimizning yoshlar tomonidan mehnatni, jamiyat
taraqqiyotidagi buyuk o`rinni anglab yetishlari, unga e'tiqod qo`yishi uchun aytib
beradigan kichik va katta hajmdagi ertaklari ko`p bo`lgan. Masalan, «Kichik
kelinning davlati», «Sirli tush» ertaklarini keltirish mumkin.
Xalq pedagogikasida bolalarni mehnatga tayyorlash va mehnatsevar qilib
tarbiyalashda o`git-nasihat, namuna ko`rsatish usullari ham katta o`rin tutadi.
Respublikamizda yosh avlod tarbiyasi borasida muhim tadbirlar amalga
oshirilayotgan hozirgi davrda musiqiy qadriyatlarni tiklash, ommaviy xalq musiqa
pedagogikasi namunalarini tahlil etish, buyuk donishmandlarning musiqiy, ma'rifiy
ijodini, nafis yodgorliklarini, o`rganadigan va amaliyotga tadbiq etish pedagogik
masalalardan biridir.
Nafosat tarbiyasi bolada eng nozik tuyq‘ular orqali go`zallikni anglash, unda
baxra olish va bevosita go`zallikni yaratuvchilarga aylanish kabi jihatlarni
tarbiyalaydi.
Xalq pedagogikasi fani orqali milliy me'rosimizga aylangan nafis san'at
asarlari, asari-aqiqalar, mumtoz kuy, qo`shiqlarning ta'lim-tarbiya jarayonida shaxs
kamolotida tutgan o`rni va beqiyos tarbiyaviy ahamiyati o`rganiladi.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |