1.2. Oila o‗quvchi shaxsini shakllantirish zamini sifatida
Mustaqillik tufayli O‗zbekistonda erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini qaror
toptirish ulug‗vor maqsadlardan biriga aylandi. O‗zbekiston Respublikasining
Prezidenti I.A.Karimov o‗z asarlarida oilaning shaxs kamolotini ta‘minlashdagi
o‗rni va roliga yuqori baho berar ekan, quyidagilarni qayd etadi: ―Oila turmush va
vijdon qonunlari asosiga quriladi, o‗zining ko‗p asrlik mustahkam va ma‘naviy
tayanchlariga ega bo‗ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning
talab ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. ...Bu esa oliy darajada ma‘naviy
qadriyat, inson qalbining gavharidir‖
1
.
Zotan fuqarolik jamiyati ulkan ijtimoiy makondir. Bu makonda erkinlik va
qonunga bo‗ysunish bir vaqtning o‗zida amal qiladi. Unda jamiyatning har bir a‘zosi
inson sifatida erkin va ozod bo‗lishi, har bir fuqaroning o‗zaro tengligi, fuqaro
maqomidagi mustaqilligi kabi prinsiplar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Demak, shu
jihatdan olib qaraganda, oila ham fuqarolik jamiyatining uzviy tarkibiy qismi
sanaladi, u ham muayyan ijtimoiy vazifani bajaradi.
Ma‘lumki, jamiyatning birinchi va birlamchi bo‗g‗ini hisoblangan oila
insonlarning turmush kechirish va hayot davomiyligini ta‘minlash tarzidir. ―Sharqda
qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog‗lom va mustahkam
bo‗lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt
mustahkam bo‗lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Zero, oila
farovonligi-milliy farovonlik asosidir.
Muhtaram
Prezidentimiz
Islom
Karimov
tomonidan
O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag‗ishlangan tantanali
marosimda 2014 yilni mamlakatimizda «Sog‗lom bola yili» deb e‘lon qilinishi
barcha yurtdoshlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.
Binobarin, Davlatimiz rahbarining bunday oqilona qarorga kelishi mustahkam
asoslarga ega. Boisi, mustaqillikning dastlabki yillaridan yurtimizda «sog‗lom ona
1
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиклол, иктисод, сиёсат, мафкура. 1 -том. Т., “Ўзбекистон”, 1996, 49-
бет.
14
— sog‗lom bola» masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishiga aylandi.
Farzandlarimizning hech kimdan kam bo‗lmay ta‘lim-tarbiya olishlari, o‗z bilim va
iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Natijada
bugungi yosh avlod o‗zining intellektual va jismoniy salohiyatlarini ishga solgan
holda nufuzli olimpiadalarda, musobaqa va tanlovlarda zafar qozonib, yuksak
marralarni qo‗lga kiritmoqda.
Holbuki, ayni paytda dunyoning qator rivojlanayotgan mamlakatlarida
millionlab bolalar boshlang‗ich ta‘lim olish baxtidan bebahra. Bu ham mayli, necha
minglab bolalar urush, notinchlik va turli nizolar tufayli qochqinga aylangan,
qo‗liga qurol tutgan, o‗lim va kasallik, ochlik va nochorlik xavfi ostida tahlikali
hayot kechirmoqda.
Yurtboshimiz sog‗lom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat bo‗lib o‗sib-
ulg‗ayishi ko‗pgina talab va omillarga bog‗liqligini ta‘kidlash barobarida o‗ta
muhim, hal qiluvchi mezonlarga alohida to‗xtaldilar. Xususan, sog‗lom bola
tarbiyasida mahalla va ijtimoiy tuzilmalarning o‗rni katta ekanligini yana bir bor
e‘tirof etdilar.
Darhaqiqat, oila institutini yanada mustahkamlash, nikoh munosabatlari
madaniyatini oshirish, shu bilan birga, xotin-qizlar o‗rtasida jinoyatchilik,
shuningdek, qizlarni erta turmushga uzatish, oilaviy nizolar kabi salbiy holatlarining
oldini olish masalalari o‗zini o‗zi boshqarish organlarining kundalik muhim
vazifalariga aylangan. «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi va
uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada keng ko‗lamli targ‗ibot-tushuntirish
ishlari olib borilmoqda.
Oilaviy turmush inson hayotining eng muhim jihatlaridan biri hisoblanadi.
Xuddi shu boisdan jamiyatning qonun qoidalariga nisbatan munosabat ham oiladagi
shaxslararo
turli
tuman
muammolalarda,
muloqotda,
fikr
almashuvda,
munozaralarda o‗z ifodasini topadi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
oilaning naqadar mustaxkam bo‗lishiga, ota-ona munosabatlarida oliyjanob xarakter
hislatlarini, bolada yuksak ma‘naviy hislarni shakllantirishga bog‗liqdir. Yosh
avlodni oilada komil inson qilib tarbiyalashdek yuksak va ma‘suliyatli vazifa ota-
15
onaga, oiladagi kattalarga yuklatilgandir. Darhaqiqat inson shaxsini shakllantirish
oila muhitidan boshlanadi. Xususan oilada, bolada xarakter xususiyatlari, iroda
sifatlari, milliy odatlar, fe‘l atrof, xulq, tevarak atrofga nisbatan munosabat, e‘tiqod
va qarashlar vujudga keladi. Ana shulardan kelib chiqqan holda, oilaviy turmushda
insonni kamol toptirish sharoitlari, faollik ko‗rsatish imkoniyatlarini izchil
o‗rganmay turib, shaxsning xususiyatlari va keltirib chiqaruvchi omillar to‗g‗risida
fikr yuritish mumkin emas. Oila murakkab ijtimoiy gurux bo‗lib, biologik, ijtimoiy,
axloqiy, idealogik va psixologik munosabatlarning uzviy birlashuvi natijasida
vujudga keladi. Shu sababdan turmushdosh va oila-a‘zolarining o‗zaro moddiy-
maishiy, iqtisodiy negizi o‗zgarishiga bevosita bog‗liqdir.
Oilaviy turmush va oila a‘zolarining o‗zaro muammolarini tadqiq qilgan
sotsiologlar 10-14 yoshdagi maktab o‗quvchilarining o‗qishga va mehnatga bo‗lgan
munosabatiga bevosita ta‘sir qiluvchi oilaviy muxit (vaziyat, sharoit) omillarini 4
guruxga ajratadi:
1.
Ota-onalarning jamoat faoliyati (ularning siyosiy pozitsiyalari, ishga
nisbatan munosabatlari).
2.
Oila davrasidagi munosabatlar (ota-onalarning o‗quvchilarga munosabati,
aka-ukalar va opa-singillarning o‗zaro munosabatlari).
3.
Ota-onalarning tarbiyaviy pedagogik faoliyati (ularning pedagogik
qiziqishlari, maktab bilan hamkorliklari, o‗quvchilarga dars tayyorlash negizida ota-
onalarning yordami, ularning tarbiyaviy metodlari).
4.
Oilada o‗quvchining faoliyati (o‗quvchining kun-tartibi, xo‗jalik
ishlardagi muayyan majburiyati) va boshqalar.
Tadqiqotchilarning tahlillariga ko‗ra, oilaviy muhit (vaziyat,sharoit)ni uch
kategoriyaga ajratish mumkin:
ijobiy;
o‗zgaruvchan;
salbiy.
Psixolog V.I.Selivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o‗rganib,
baxtli bolalik – bu oiladagi quvonchli ham jihatlikning hamda ota-onalarning o‗z
16
bolalariga g‗amxo‗rligining samarasidir degan xulosaga keladi. Agar oilalarning
yo‗nalishiga qarab uch toifaga mansub ekanligini ko‗rsatib beradi:
ijtimoiy;
progressiv taraqqiyparvar yo‗nalishdagi oila;
past darajadagi ijtimoiy yo‗nalishga mansub oila.
Birinchi toifaga xos bo‗lgan oilalar mamlakatimiz oilalarning ko‗pchilik
qismini tashkil qiladi. Bunday oilalarda shaxslararo munosabatlar milliy,
umumbashariy, xaqchil tamoyillardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi,
shuningdek, har tomonlama kamol topgan shaxsning ijtimoiy ideali nazarida
tutiladi. Ijtimoiy-progressiv yo‗nalishidagi oilalarning voyaga yetgan a‘zolari ishlab
chiqarishda, korxonada, jamoat yoshlarida faol ishtirok etadilar, ilg‗or madaniyatga
nisbatan qiziqishlarini namoyish qiladilar, shuning bilan birga bu narsalarga o‗z
farzandlarida ham havas o‗yg‗otadilar.
Xususan, O‗zbekiston Xotin-qizlar qo‗mitasi, «Kamolot» YoIH, Oliy va o‗rta
maxsus ta‘lim, Sog‗liqni saqlash, Xalq ta‘limi vazirliklari, Respublika Ma‘naviyat
targ‗ibot
markazi,
Din
ishlari bo‗yicha qo‗mita, O‗zbekiston milliy
teleradiokompaniyasi
bilan
hamkorlikda
2012-2013
yillarga mo‗ljallangan
kompleks chora-tadbirlar Dasturi asosida mahallalarda 35 mingdan ortiq targ‗ibot-
tushuntirish tadbirlari tashkil etildi.
O‗zbekistonning kelajagi buyuk ekaniga qat‘iy ishonch bilan yashayotgan
xalqimizning orzusi bu. Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, nimaniki o‗z oldimizga
maqsad qilib qo‗ymaylik, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik,
barcha olijanob harakatlarimizning negizida, barcha ezgu niyatlarimizning zamirida
farzandlarimizni ham jismonan, ham ma‘naviy jihatdan sog‗lom qilib o‗stirish,
ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko‗rish, dunyoda hech kimdan kam
bo‗lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir.
Mustaqillik yillarida ezgu maqsadlarimizni ro‗yobga chiqarish borasida ulkan
ishlar amalga oshirildi. Uzluksiz ta‘limning ―o‗zbek modeli‖ sifatida e‘tirof etilgan
va bugun o‗z samarasini berayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o‗z vaqtida
uzoqni ko‗zlab boshlagan olamshumul ishlarimizning asosi bo‗lib xizmat qilmoqda.
17
Barkamol avlod deganda avvalo sog‗lom naslni tushunamiz. Shu bois o‗tgan yillar
mobaynida yoshlarimizda nafaqat yuksak intellektual salohiyat, mustaqil fikr, keng
dunyoqarashni shakllantirishga, balki ularni jismonan chiniqtirishga, ommaviy
sportni rivojlantirishga, mamlakatimizning barcha hududlarida, xususan, chekka
qishloqlarida ham zamonaviy sport majmualari bunyod etishga alohida e‘tibor
qaratildi.
— 2014 yilning «Sog‗lom bola yili» deb e‘lon qilinishi mamlakatimizda davlat
siyosatining ustuvor yo‗nalishiga aylangan «Sog‗lom ona — sog‗lom bola»
tamoyilini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman. Davlatimiz
rahbari o‗z ma‘ruzasida sog‗lom bolani tarbiyalashda sog‗liqni saqlash tizimining
o‗rni, ta‘siri va mas‘uliyati katta ekanligini alohida ta‘kidladi. Biz shifokorlar
bundan o‗zimizga tegishli xulosalar chiqarib olishimiz zarur.
O‗sib kelayotgan bolaning sog‗lom voyaga yetishida oilaviy muhit muhim
o‗rin tutadi. Ota-ona bo‗lganimiz uchun aqlan, jismonan, ma‘nan yetuk bola
tarbiyalashni juda-juda istaymiz. Ba‘zida farzandimizning faqat o‗qishiga asosiy
e‘tiborni qaratamiz. Kun tartibi dars qilish va kitob o‗qishdan iborat bo‗lib qoladi.
Bunday holatda o‗sgan bola jismoniy jihatdan baquvvat bo‗lmaydi. Har bir
xonadonda oila a‘zolari ertalabki jismoniy tarbiyani yo‗lga qo‗yishi muhim
ahamiyatga ega.
Ma‘lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o‗qish davrida ham,
asosan oilada tarbialanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida Bolalarning
duneqarashi, xulqi va didiga ta‘sir ko‗rsatishi tabbiy holdir. Oila a‘zolarining
ma‘naviy birligi yoshlarni har tomonlama kamol toptirishning dastlabki va asosiy
omillaridan biri hisoblanadi.
Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib
borishi shaxs ongiga ko‗rsataetgan ko‗rinmas ta‘sirlarning kuchayishiga olib
kelmoqda. Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb-hunari,
malakalari kamlik qilib qolmoqda. Eng avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan did,
farosat, aql, odob, emotsional madaniyatga muhtojlik sezilmoqda. Estetik, axloqiy
va boshqa tarbia sifatlari kundalik haet ehtiejga aylanib bormoqda. Tabiiyki,
18
bunday sifatlarga oilaviy tarbia orqali asos solinadi, kamol toptiriladi. To‗g‗r,
bunda ijtimoiy tarbianing o‗rnini inkor etib bo‗lmaydi. Ona shu nuqtai nazardan
ularning birligiga, o‗zaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiasida
muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Oilaviy tarbia pedagogika fanida murakkab
muammolardan biridir. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila o‗ziga xos
ibtidoiy guruh bo‗lib, tarbiada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi.
Ta‘kidlaganimizdek, oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbia bilan almashtirish
bolalar kamolotiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, yasli, bog‗chalarga bormay,
faqat oilada o‗sgan va voyaga yetgan bolalar maktabga borganlarida o‗z tengqurlari
ichida ko‗p jihatlari bilan ajralib turadi. Oilaning bolalarga moddiy va ma‘naviy
g‗amxo‗rligini, ko‗rsataetgan tarbiasini yasli, bog‗cha tarbiasi bilan Ikki, aksincha,
yasli bog‗cha tarbiasini oilaviy tarbia bilan almashtirib bo‗lmaydi. Faqat o‗zaro
hamkorlik masalani ijobiy hal etish imkoniyatini beradi.
Lekin o‗zining xususiyatlari va takrorlanmas ta‘siri bilan oila Bola tarbiasida
muhim omilligicha qoladi. Amaliyotda kuzatganimizdek, Bolada ota-onasining
mehri, erkalashlari asosida ota-onalariga, qarindosh-urug‗lariga bo‗lgan hissietlari
shakllanadi. Bolaning otasiga bo‗lgan hurmati onaning hurmatini joyiga qo‗yishda
asos bo‗ladi. Onaga bo‗lgan mehr-muhabbat oqibat natijada o‗z oilasiga, xotini,
farzandlariga bo‗lgan munosabatlarda o‗z aksini topadi.
Ikkinchi tomondan Bolalar ham o‗z ota-onalariga ta‘sir ko‗rsatadilar. Oilaviy
aloqalarni oilaviy qiziqish, ma‘naviy qoniqish hislatlarini takomillashiga sabab
bo‗ladilar.
Ota-onalarning o‗ziga va bolalariga bo‗lgan talabchanligi, katta va
kichiklarning o‗zaro munosabatlari, do‗stona muhit, ishonch va o‗zaro bir-birlarini
tushunish oila, maktab va jamoatchilikning Bolalar tarbiasi yuzasidan olib
boriladigan muhim omillaridan biridir. Bunday birlikning ro‗ebga chiqishida, eng
avvalo, ota-onalarning siesiy ongliligi muhim rol o‗ynaydi. Chunki ota-onalarning
faolligi oilaviy hayotda o‗z ifodasini topadi. Shu ma‘noda bolalar o‗z ota-
onalarining siyosiy va fuqarolik qiyofalariga qarab o‗z xulq-atvorlarini tartibga
soladilar, hurmatlarini joyiga qo‗yadilar.
19
Oilalarning bolalar tarbiasi uchun imkoniyat doiralari ancha keng bo‗lib,
ko‗plab oilalarimiz moddiy jihatdan yaxshi ta‘minlangan. Ota-onaning ko‗pi eng
kamida o‗rta ma‘lumotli. Bunday holatlar ota-onalarning pedagogika, psixologiya
sohasidagi bilimlar bilan qurollanishiga va maktab bilan hamkorlikda Bolalar
tarbiasini yaxshilash imkoniyatlarini yaratadi. Ota-onalarning bilim saviyasi,
umumiy tarbiaga oid madaniyati, ijtimoiy intilishlari va talablari, Bolalar tarbiasiga
nisbatan turlicha munosabatlari, shakllangan haetiy tajribalari, tarbiya va ijtimoiy
taraqqiyot natijasida hosil qilgan ishonch va e‘tiqodlari, oiladagi o‗ziga xoslik
Bolalar tarbiasiga salmoqli ta‘sir ko‗rsatadi.
Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo‗lsagina o‗sib kelaetgan
yosh avlod farovonligini ta‘minlash mumkin. U yeki bunisining yo‗qligi tarbiyaviy
jaraenga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Respublikamizda ayni hozirgi kunda oilalarning
ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda. Oilalarning moddiy ehtiejlarini to‗laroq
qondirish asosida bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni kuchaytirish jaraeni
tezlashmoqda. Biz uchun oila mustahkamligini ta‘minlovchi axloqiy ruhiy aloqalar
juda muhimdir. Xuddi ana shu aloqadorlik oilaviy munosabatlar, to‗laqonli hissiy-
emotsional, otalik yeki onalik, oilaviy baxtni ta‘minlash ehtiejlarini qondiradi.
Ota-onalarga pedagogik bilim berish, oilaviy tarbiya bo‗yicha tajriba
almashishi, ota va onalarni tarbiya ishlariga qizg‗in jalb qilish uchun ularni
maktabga, mahalla qo‗mitalariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalarning
bu boradagi eng muhim vazifalari bolalari kamolotini oldindan tasavvur eta
olishlari, tarbiya maqsadini aniqlashlaridir.
Qo‗yilgan maqsadni amalga oshirish faoliyatni mohirlik bilan tashkil etishga
bog‗liq. Buning uchun -
a) Bolalarning haeti va mashgulotini to‗g‗ri tashkil etish (rejim, o‗yin,
mehnat, uydagi o‗quv ishlari, sport va shunga o‗xshash)
b) O‗zining shaxsiy faoliyati va dam olishini tashkil etish (ishda, uy-
xo‗jaligida, bolalarni parvarishlashda, o‗qishda, dam olishda, yosh avlod tarbiyasi
yuzasidan jamoat ishlarida va hokazo).
20
Biroq, bu yo‗lda bir qancha qiyinchiliklar mavjud. Birinchi qiyinchilik
shundan iboratki, ilg‗or oilalar ham tarbiyaning maqsadini va o‗z mas‘uliyatlarini
yaxshi bilsalar ham tarbiya uslublari, usul va vositalarini aniq qo‗llay olmaydilar.
Ma‘lumki, oilada biron-bir uslub alohida qo‗llanilmaydi, balki barcha uslublar
uyg‗unlashuvda qo‗llaniladi. Bizning hozirgi sharoitimizda ko‗proq ishontirish va
unga hamohang uslublar ko‗proq tatbiq etiladi (masalan, ma‘qullash,
rag‗batlashtirish). Majbur etish esa boshqalarga nisbatan yerdamchi usul sifatida
qo‗llaniladi.
Demak, tarbiya usullari va uslublarini tanlash, ularni takomillashtirish va
tatbiq etish oila haetining muhim formasidir. Yosh avlod tarbiyasining
muvaffaqiyati biron-bir alohida olingan usullarga emas, balki o‗ylab va yaxshi
tashkil etilgan uslublar tizimiga bog‗liqdir. Oilada qo‗llanilgan u yeki bu usullar
haqida gap ketganda, shuni esda saqlash lozimki, agar oilaning haet tarzi, turmushi
va axloqiga monand usullar tanlansa, tarbiyaviy samaradorlik oshishi yeki mos
kelmasa, aksincha bo‗lishi haetda ko‗plab kuzatilgan.
Insoniyat tarixida oilaning paydo bo‗lishi, shakllanishi va rivojlanishi tarixi,
uning etnopedagogikasi va etnopsixologiyasi - mohiyatini davr talabi nuqtai
nazaridan chuqur o‗rganish, ilg‗or g‗oyalarni amaliyotga tadbiq etish oila
farovonligi va barqarorligini ta‘minlash uchun zamindir. Shuningdek, xalqaro
hamkorlik asosida umumjahon ilg‗or tajribalardan o‗zbek oilasi mentalitetiga mos
foydalanish o‗zbekiston oilasini jahonga namoyon etishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Oilada ma‘naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy
hayot qurishga tayyorlash, ularni zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish
bilan bir qatorda, xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelgan kasb -hunar,
qadriyatlarga hurmat va e‘zozni shakllantirish oilaning iqtisodiy va ijtimoiy
manfaatlarini himoya qilishda muhim omil hisoblanadi. Jamiyatning asosiy tayanchi
hisoblanmish oila barqarorligi, farovonligi, tinch-totuvligi va mustakamligini
ta‘minlash bilan bog‗liq masalalarni hal etishda jamiyatning ushbu masalaga
21
daxldor barcha institutlarning hamkorligini ta‘minlash oila manfaatlarini
ta‘minlashda ijobiy samaralar garovidir.
Oila o‗quv-tarbiya jarayonini qayta qurishda maktabga yaqindan yordam
berib, o‗quvchilarning ta‘lim-tarbiyaning barcha jabhalarini egallashlari uchun
maktab jamoasiga yaqindan ko‗maklashadi.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |