O„g„lum, o„gut olg„il biliksiz ketar, Talqin qimiq bo„lsa oqar bekmas hatar.
Ya‘ni, o‗g‗lim, o‗gitkengashimni qulog‗ingga ol, bilimsizlikni tashla, kimning
talqoni bo‗lsa, shinniga qoradi, deb aqpli odam nasihatini qabul qilish kerakligini
aytadi.
Buyuk mutafakkir Sa‘diy Sheroziyning (1184— 1291) ta‘kidlashicha, oiladagi
sog‗lom muhit bola tarbiyasida alohida o‗rinda turadi.
Oila bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch
— ota. U mas‘uliyat-li tarbiyachi. Ota o‗z bolalarini tarbiyalashi, o‗qiti-shi, jismonan
chiniqtirishi, qobiliyatini rivojlantirishi lozim, buning uchun esa u farzandini
tarbiyalashi kerak, tarbiya bo‗lmasa, boladagi qobi-liyat so‗nadi.
Alloma ta‘kidlashicha, insoniy muhabbat tuyg‗usi axloqiy tarbiyada asosiy
o‗rinni egallaydi. Shu ma‘noda u, yoshlarga murojaat qilib, ularni bi-lim egallashga,
axloqli bo‗lishga da‘vat etadi.
Muhtojlarga yordam berishni Sa‘diy oliy darajali insoniy fazilat hisobladi.
Ayniqsa, u yetim bolalarga ota-onalari kabi g‗amxo‗rlik qilishni, muhtojlar hayotini
yaxshi bilgan mehnat ahliga xos insoniy fazilat deb biladi.
Ye
timlar boshiga mudom soya sol,
Arid gardu changin tikan kirsa ol.
Yetim tursa oldingda ma‟yus dil,
O„z o„g„lingni hatto o„pib suymagil,
—
deydi Sa‘diy.
Sa‘diy Sheroziy odamlarni axloqiy me‘yorlarni bilishga va hayotda unga rioya
qilishga, bilimni go‗zal insoniy fazilatlarni shakllantirishga yo‗naltirishga da‘vat
etadi. Uning uqtirishicha, bilimni egallash va uning cho‗qqisiga ko‗tarilish, bilimga
qiziquvchan, hamma yerda va hamma vaqt izlanuvchan, yangiliklarni olg‗a
suruvchan bo‗lish bilan uni ongli ravishda o‗zlashtirish kerak.
27
O‗z pedagogik qarashlarida u odamlar o‗rtasida insoniy munosabat bo‗lishini
targ‗ib qiladi. Insoniyatni bir butun tana deb biladi, har bir odam-ni uning bir qismi
hisoblaydi. uning fikricha, tana sog‗lom, barcha a‘zolari sog‗ bo‗lishi kerak. Yosh
bolani kamol toptirish uchun, tarbiya jarayonida unda hayot uchun zarur bo‗lgan
sifatlarni shakllantirish kerak. Sifat esa, insonda asta-sekin, avvalo oilada va
maktabda tarbiya yo‗li bilan, katta bo‗lgandan keyin esa hayotiy tajriba yoki o‗z-
o‗zini tarbiyalash jarayonida shakllanadi.
Bola tarbiyasida ishontirish asosiy usul hisob-lanadi. Ishontirish bilan
birga, bolada rostgo‗ylik, xushfe‘llik, do‗stlik, ishonch fazilat-larini tarbiyalash
zarur. Buning uchun tarbiyachi, ya‘ni o‗qituvchining o‗zi shu sifatlari bilan
boshqalarning ishonchiga sazovor bo‗lishi kerakligini, ishontirish yo‗li bilan
yoshlarning odamlar bilan muloqotda bo‗lish qoidalarini egallab olish-lariga ahamiyat
berishi lozim.
Mirzo Ulug‗bek (1394—1449), avvalo, yosh avlodning aqliy va ma‘rifiy
tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da‘vat etadi.
Faqat rivojlangan fan va madaniyatgina inson tafakkurining kamol topishini
ta‘minlashiga ishonadi. Olimning fikricha, yoshlar olgan bilimlarning ahamiyatini,
bu bilimlardan maqsad nima ekanligini aniq anglab, bilimlarini takomillashtirib
borishlari, jamiyat va xalq farovonligi yo‗lida zarur hunar-larni egallab olishlari
lozim. Shu bois Ulug‗bek bilimlarni nafaqat kitoblardan, balki bevosita hayotning
o‗zidan ham olishni tavsiya etadi. U maktab va madrasalarda berilgan nazariy
bilimlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida mudarrislardan o‗quvchilar bilan
rasadxonada amaliy mashg‗ulotlar o‗tkazishni talab etadi, bunga o‗zi rahbarlik qiladi.
Ulug‗bek mudarrisni o‗z ustida tinmay ishlashga, bilimlarni takomillashtirib
borishga, har bir darsda beriladigan bilimning yuqori saviyada bo‗lishiga da‘vat
etdi.
Mirzo Ulug‗bek xalqning bilimli bo‗lishini orzu qiladi, uni dunyo
sirlaridan, boyliklaridan bahramand qilishni istaydi. Dunyoni bilish, anglash uchun
uning siru asrorini topish, shuningdek, topgan boyliklaridan xalq manfaati yo‗lida
foydalanish zarurligini aytadi. Alloma uqtirishicha, fan va madaniyatning
28
rivojlanishi bilan yurtda haqiqat barqarorlashadi. Bolaning bilim olishga bo‗lgan
qiziqishi, havasini oshi-rishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‗rinni egallaydi.
Oilada ota-onalar, ayniqsa, o‗qimishli ota-onalar o‗z farzandlarining haqiqiy
inson bo‗lib kamol topishiga alohida e‘tibor berishlari lozim.
Ulug‗bek o‗z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog‗lom, harbiy
hunarni puxta egallagan, jasur, mard bo‗lib yetishuviga alohida ahamiyat beradi.
Uning fikricha, odam sog‗lom va baquvvat bo‗lishi uchun yoshlik chog‗idanoq
jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanishi kerak. Har bir insonning axloqiy
shakllanishi olimlar o‗rtasidagi munosabatlarga ham bog‗liq, ular o‗rtasidagi yaxshi
hamkorlik talabalarning axloqiy tarbiyasida muhimdir.
Jaloliddin Davoniy (1427—1502) «Tarikayi tarbiyat ul-avlod», («Bolalarni
tarbiyalash usuli») asarida bolani barkamol qilib yetishtirishda, unda xulq-odobning
shakllanishi, dunyoqarashning tarkib topishida oila, maktab va ijtimoiy muhit alohida
omil bo‗lishi kerakligini aytadi. Davoniyning fikricha, oila tarbiyasida ota va ona
ishtirok etishi, bolaning xulq-odob qoidalarini, muayyan bir kasbni egallashiga
e‘tibor berishi lozim.
Aqliy tarbiya esa bolaning shaxs sifatida shakllanishida muhim vosita sanaladi.
Axloqlilik tushunchasi donolik, shijoat, adolat va iffatdir. Shijoat, bola egallab olishi
zarur bo‗lgan xislat. Shijoatning muhim xususiyati kamtarlik, mehr-shafqatlilik,
sabr-matonatlilik, chidamlilik, xushfe‘llilik, ruhan tetikliqsan iborat. Aql far-moyishi
bilan amalga oshgan, ko‗zlangan maqsadga erishilgandagina, shijoat haqiqiy shijoat
hisob-lanadi.
Davoniy haqiqiy shijoatni yuksak axloqlilik hisobladi, shaxs bo‗lib
shakllangan inson shunday fazilat sohibi bo‗lishi kerakligini aytdi.
Alisher Navoiy (1441—1501) faoliyatida inson butun borliqning ko‗rki va
sharofati, baxt-saodati uchun, uning kamoloti uchun kurapguvchi sifatida ulug‗lanadi.
Navoiy inson shaxsi odamlar bilan muloqot, ruhiy, ma‘naviy ta‘sir
natijasida shakllanishi g‗oyasini ilgari surdi. Uning uqtirishicha tarbiyaning
maqsadi yosh avlodni xalqparvar, bilimli, eng yaxshi fazilatlarga ega kishi qilib
yetishtirishdir. O‗z pedagogak qarashlarida Navoiy karamlilik, saxovatlilik va
29
himmatlilikni insoniy go‗zal fa-zilat hisoblaydi, el-yurtga, muhtojlarga yordam be-
rish eng yuqori karam ekanlishni aytadi.
Navoiy aql va ilm insonning eng go‗zal va zaruriy fazilatlaridan biri deb
xisoblaydi. Shuning uchun ham har bir insonning eng muhim burchi — ilm olishdir.
Ilmlarni egallashdan maqsad — xalq va jamiyatning farovonligi, xalqning baxt-
saodati uchun xizmat qilish. Jamiyatning uzviy qismi — a‘zosi bo‗lgan har bir shaxs
o‗z xalqiga xizmat qili-shi foyda keltirishi zarur. U xalq uchun, vatan uchun foyda
keltirar ekan, bu uning o‗zi uchun ham foyda ekanligini unutmasligi lozim.
Navoiy xalqini, vatanini, uning go‗zal tabiati-ni, ona tilini, madaniyatini, milliy
qadriyatla-rini sevgan odamni chin inson hisoblaydi. Muta-fakkirning fikricha,
vatanparvarlik faqat el-yurtni himoya qilishdan iborat bo‗lmay, vatanni obod va
farovon qilish uchun kurashish hamdir. Shuning uchun insonni sevish, uning qadr-
qimmatini ko‗tarish, unda eng yaxshi fazilatlarni rivojlanti-rish kerak.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) o‗zining mashhur «Boburnoma»
asarida inson shaxsi, tarbiya, jamiyat taraqqiyotida shaxsning tutgan o‗rni haqida
qimmatli fikrlarni bayon etgan. Asarda shaxsning xislatlarini o‗z davri kishilariga
namuna etib ko‗rsatgan. U mexnatga yuksak munosabat, yuksak insoniy axloq,
ijodkorlik va yangilikka intilish, aniq bir maqsadni ko‗zda tutgan holda, uni
nihoyasiga yetkazishni kishining eng ijobiy fazilati sifatida baholagan va o‗sha davr
kishilariga, ayniqsa, yoshlarga ibrat sifatida bayon etgan.
Zaxiriddin Muhammad Bobur har bir shaxsga baho berar ekan, avvalo, uning
mehnatga bo‗lgan munosabatini e‘tiborga oladi. Uning fikricha, tirishqoqlik,
intiluvchanlik, yaratuvchanlik — go‗zal fazilat, jiyani Haydar Mirzo shunday
fazilatga ega bo‗lgan. Bobur otadan yosh qolgan bu sultonzodani o‗z tarbiyasiga
olib, uni yaxshi fazilat sohibi qilib kamol toptirgan. Haydar Mirzo harbiy mahoratni
egallagan iste‘dodli shoir va yuksak savodli ziyoli bo‗lib yetishgan. Mirzo Haydar
«Tarixi Rashidiy» nomli tarixiy asarida Zahiriddin Bo-burdan bir umr
minnatdorligini, o‗zini to‗g‗ri yo‗lga solganini bir necha bor ehtirom bilan
ta‘kidlaydi.
30
Bobur inson yuqori mansabga erishgan sari o‗z tirishqoqligi, ijro intizomi
o‗rnini manmanlik egallashiga yo‗l qo‗ymaslik lozimligini aytadi. Mirzo Haydar
bekliqdan yanada yuksak martabaga erishsa ham sultoni Husayn Boyqaroga sadoqat
va ehtiromini saqlagan, beva-bechoralarga xayr-ehson qilish, qo‗li ochiqlik
xususiyatlari, mardlik va odamiylik uni tark etmagan, aksincha, bu ijobiy xislatlar
yanada mustahkamlangan va yangi xislatlar bilan boyigan. Bobur bunda shaxs xatti-
harakatini yoritishda tarbiya asosiy o‗rinda bo‗lganini aytgan. Bobur shaxs axloqiga,
birinchi navbatda, uning jamiyatda tutgan o‗rni, uning rivojiga qo‗shgan hissasini
hisobga olgan holda baho beradi. Bu bahola-rida uning faoliyatida xalq bilan
munosabati, xalqning unga bo‗lgan munosabati asosiy mezon bo‗lganligi o‗z
ifodasini topgan.
Boburning oddiy askarlar, yaqin bek va mulo-zimlariga bo‗lgan samimiy
munosabati Farg‗ona saltanati uchun Axmad Tanbalga qarshi olib borgan qurashida
aniq ko‗rinadi. Bunda Boburning shaxs axloqiga munosabati, insonning shaxs
sifatida shakllanishiga jiddiy e‘tibor bergani o‗z ifoda-sini topgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo`lib hayot kechirishi sababli
bolalarga tirikchilik o`tkazish yo`lidagi faoliyat (o`simlik mevalari, ildizlarini terish,
hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o`rgatish guruh a'zolari
tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o`yin
jarayonlarida o`zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega
bo`lganligi bois o`q‘il va qiz bolalarni tarbiyalashda o`ziga xos jihatlar ko`zga
tashlangan.
Erkin fuharolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari
borasidagi fikrlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |