2 BOB. O‗QUVCHI SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY
QADRIYATLARDAN FOYDALANISHNING USUL VA VOSITALARI.
2.1
O‗quvchi shaxsini shakllantirishda mutafakkirlarning shaxs tarbiyasi
borasidagi merosidan foydalanish yo‗llari.
Shaxs tarbiyasi, uni shakllantirish usuli, shakl va vositalari, shaxs egallashi
lozim bo‗lgan fazilatlar o‗tmishda yashab, ijod etgan buyuk adib, olim va pedagoglar
asarlarida ham o‗z ifodasini topgan.
Sharq xalqlari ma‘naviyati rivojiga bebaho hissa qo‗shgan Imom al-Buxoriy
(810—870) «Adab kitobi»
3
asarida ma‘naviy poklik, axloqiy komillikka oid
fikrlarida odamlarni haqiqiy musul-mon, iymonli va diyonatli bo‗lishga da‘vat
etadi.
Al-Buxoriyning ta‘kidlashicha, hayo yaxshiliksiz kelmaydi, ya‘ni hayot bor
yerda ezgulik bo‗ladi. Iy-mon, e‘tiqod, insonparvarlik, vatanparvarlik, to‗g‗rilik,
mehr-oqibatlilik, shafqatlilik, vafo-dorlik kabi fazilatlarga ega bo‗lgan odam komil
insondir.
Al-Buxoriy har bir odamni ilm va hunar egallashga chorladi. Ahdga vafo
qilmoq, yaxshi muomalalilik, ota-onaga hurmatda bo‗lish, qarindoshlarga muruvvat
ko‗rsatish, ularga oqibatli bo‗lish, shirin so‗z va barcha ishda xushmuomalalilik
darkorligini,
yetim
va miskinlarga ko‗maklashishni, hayvonlarga rahmdil
bo‗lishning ulug‗ fazilat ekanligini ta‘kidladi. AlgBuxoriy ta‘limotiga ko‗ra, inson
axloqi iymon, ibodat, amalda shakllanadi.
Amalda aks etgan halollik, poklik, ota-onaga hurmat, yaxshilik, birodarlik,
do‗stlik, vafodorlik, rostgo‗ylik, hayo, muloyimlik, mehribonlik, saxovat, ilmlilik,
sabr-toqatlilik, mehr-muruvvatlilik, ezgulik, adolatlilik, shirin so‗zlik, rahmdillik,
g‗amxo‗rlik, kechirimlilik, beozorlikda aks etadi.
3
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy.
Hadis, «Adab kitobi». Hadislar. 4-jild. T.,
Qomuslar bosh tahririyati. 1997, 77-bet.
23
Amalda haqorat qilish, hasad, manmanlik, haromxo‗rlik, ikkiyuzlamachilik,
behayolik, isrofgarchilik, buzg‗unchilik, jaholat, g‗iybat, adolatsizlik, xiyonat,
tuhmat, adovat, zulm, ota-onaga itoatsizlik, qotillik, iymonsizlik aks etsa, bu —
inqiroz, halokatdir.
Buyuk olim, ma‘rifatparvar Abu Nasr Forobiy (873—950) insonni
mavjudotning eng buyuk — yetuk mahsuli hisoblaydi. Inson o‗zining ongi, aqli,
sezish a‘zolari orqali olamni har tomonlama o‗rganish qobiliyatiga ega. Inson o‗z
aqpi yordamida o‗zini o‗rab olgan borliqning mohiyatini tushunadi.
Forobiyning ta‘kidlashicha, inson o‗z mohiyati bilan ijtimoiydir, ya‘ni
jamiyatda, o‗zaro munosabatda inson bo‗lib yetishadi. Jamiyat insonlarning o‗zaro
birikuvi natijasida — insonlarning o‗z moddiy ehtiyojlarini qovdirishga bo‗lgan
intilishi natijasida vujudga keladi, insonlar jamoasidan ajralgan uning yordamisiz o‗z
ehtiyojlarini qondira olmaydi.
Inson yuksak kamolotga erishish, yetuk bo‗lishi uchun barcha qobiliyatini
sarf qiladi, bu yo‗lda tabiat hodisalaridan foydalanadi, ularni o‗ziga bo‗ysundiradi.
Bu yo‗lda tabiat hodisalaridan foydalanadi, ularni o‗ziga bo‗ysundiradi, buning uchun
esa, u ilm-fanni, turli hunarni o‗rganishi kerak.
Forobiyning fikricha, insonning tug‗ma qobiliyati tarbiya jarayonida
rivojlanadi, ijtimoiy muhit unda yangi qobiliyatlarni vujudga keltiradi, ijtimoiy muhit
ta‘sirida, izchil tarbiya yordamida yangi qobiliyatlarning vujudga kelishida, inson
shaxsining shakllanishida ilm, hunar, san‘at alohida o‗rinda tutadi.
Forobiy ta‘lim-tarbiyada jamiyatning ichki tartib-qoidalarini o‗rganib, uning
talablariga javob bera oladigan shaxsni yetishtirish zarurligini ta‘kidlaydi.
U ta‘lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi yoki ta‘lim oluvchi shaxsga
individual yondashuvni, uning tabiiy, ruhiy va jismoniy xislatlarini nazarga olish
zarurligini ta‘kidlaydi. U bu haqda shunday yozadi: «Bu barcha tabiiy xislatlarni,
ularni oliy kamolotga yetkazish yoki shu kamolotga yaqin bo‗lgan darajaga
ko‗tarishga xizmat qiluvchi vosita yordamida tarbiyalashga muhtojdir... Insonlar turli
ilm, hunar faoliyatga moyilligi va qobiliyatligi bilan tabiatan bir-biridan farq
24
qiladilar. Teng tabiiy xislatlarga ega bo‗lgan odamlar esa, o‗z tarbiyasi (malakalari)
bilan farqlanadilar.
Tarbiyasi jihatidan teng bo‗lganlar esa, bu tar-biya natijalarining turlichaligi
bilan bir-biridan farq qiladilar»
1
.
Demak, bola shaxsini tarbiyalashda, xususan, aqli-axloqiy tarbiyaga alohida
e‘tibor berish kerak. Forobiyning fikricha, bilim, ma‘rifat, albatta, yaxshi axloq
bilan bezatilmog‗i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk
bo‗lib yetishmaydi.
Forobiyning ta‘limoticha, inson axloqi uni o‗rab turuvchi samoviy jismlar
ta‘sirida, mahsulotlarni iste‘mol qilishda, boshqa odamlar bilan munosabatlarida
shakllanadi. Axloqiy barkamollik: salomatlik, nozik farosat, yaxshi xotira, zukkolik,
shirinso‗zlik, ilmga chanqoqpik, nafsni tiya olishlik, haqiqatparvarlik, qat‘iyatlilikni
talab etadi. Buning uchun inson donishmandlik, jasurlik, har sohada mohirlik
xususiyatlariga ega bo‗lishi kerak. Shunda u axloqiy kamolotga erishadi.
Berqarorlik, obro‗parastlik, johillik, nomussizlik, amalparastlikni Forobiy
barkamollikka zid illatlar hisoblaydi.
Ibn Sinoning fikricha, inson o‗zini o‗rab olgan tabiat va tabiiy hodiealardan
tashqaridagi narsalarga muhtojlik sezadi. U narsalarni faqat mehnat qilish bilan
yaratadi, lekin bunda boshqalar ham ishtirok etishi kerak yoki jamoa yordam berishi
lozim. Buning uchun jamoa a‘zolari yaxshi munosabatda bo‗lishlari kerak. Bu
munosabat til, so‗zlashuv orqali yuzaga keladi. Shu bilan birga, inson axloq
qoidalari, me‘yori, shartlarini egallagan bo‗lishi zarur, chunki qoidalarni bilmaganlar
jamoada bir-biri bilan inoq yashay olmaydilar. Bu axloqiy qonun-qoidalar ularni
ma‘lum bir tartibga solib turadi. Uning yordamida jamoa a‘zolari yaxshi harakat,
yaxshi munosabatni yomonlikdan farq qiladilar, yaxshilariga rioya etishga
intiladilar. Ibn Sinoning ta‘kidlashicha, yaxshi odat, yaxshi xulq va yomon axloq
haqidagi tushuncha, bilim insonda shu asosda shakllanib boradi.
Inson ongli suratda harakat qiladi. Aniq maqsad bilan harakat qilish
insonni va jamoani yomon ishlardan saqpaydi, yaxshi ishlar qilishga yo‗llaydi, unda
ishonch tuyg‗usini hosil qiladi.
25
Ibn Sino ta‘lim va tarbiya haqidagi ta‘limotida axloq tarbiyasiga alohida
ahamiyat beradi. U axloq qoidalarini egallashga, insonning axloqiy munosabatlarini
rivojlantirishga yordam beradi-gan tadbir orqali ta‘lim va tarbiyani izchil amalga
oshirish mumkinligini aytadi. Ibn Sino «Tib ilmlari qonuni» asarida yosh bolaning
tug‗ilganidan boshlab tarbiyalash masalasiga alohida e‘tibor beradi. Bola
tug‗ilganidan boshlab oyoqqa turguncha ma‘lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim.
Bolaning o‗spirinlikka o‗tish davri tarbiyasi o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lib, bu
davrda ularda xulq-atvor shakllanadi.
Ibn Sinoning fikricha, bola xulqini mo‗‘tadillikda saqlashga alohida e‘tibor
berish kerak. Bundan ikki manfaat bor. Birinchisi, bolaning ruhi uchun bo‗lib, u
yoshliqsan boshlab yaxshi xulqli bo‗lib o‗sadi va keyinchalik bu mo‗‘tadil odat,
ajralmas malaka bo‗lib qoladi.
Ikkinchisi, uning badani uchundir. Chunki yomon xulq turli mijoz
buzilishlaridan bo‗ladi. Shuningdek, agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz
buzilishiga sabab bo‗ladi.
Ibn Sino «Tib ilmlari qonuni» asarida bola o‗spirinlik chog‗ida jismoniy
tarbiyaga ahamiyat berish zarurligini aytadi. Uning uqtirishicha, odam yigitlik
yoshida sog‗liq-salomatligini saqlash uchun zarur bo‗lgan jismoniy mashg‗ulot bilan
shug‗ullanishi kerak. Jismoniy mashg‗ulot inson ruhini ham tetiklashtiradi. Ammo
jismoniy mashg‗ulotlar ortiqcha bo‗lmasligi kerak, aks holda badanning tezda
charchab qolishga olib keladi.
Axloqiy tushunchalar aqpga, aqliy bilimga asoslanishi lozim. Lekin inson
qanchalik bilimdon, olim bo‗lmasin, axloqiy qoidalarga tayanmasa, u odobsizlik va
yomonlikka yo‗l qo‗yadi. Ibn Sinoning uqtirishicha, insonning eng yaxshi
fazilatlaridan biri — o‗zining yomon axloqiy xislatlarini anglab, ularni yo‗qotishga
intilishidir.
Bolada axloqiy xislatlarni mehnat, jismoniy va axloqiy tarbiya bilan uzviy
birliqsa shakllan-tirish shaxsni kamol toptirishda asosiy omil sanaladi.
XI asrda Mahmud Qoshg‗ariy o‗zining «Devonu lug‗otit turk» («Turkiy
so‗zlar devoni») asarida mardlik, dovyuraklik, abjirlik vatan himoyachisiga xos
26
fazilat, deb ta‘kidlanadi. U insonning ruhiy olami, ma‘naviyati, ilm-fan, ma‘rifat va
madaniyat bilan bog‗liqligini ta‘kidladi. Uning fikri-cha, ilm o‗rganishda eng to‗g‗ri
yo‗l dono, bilimdon odamlarga ergashishdir. Ammo ularning pand-nasihatlarini
eshitishning o‗zi kamlik qiladi. Muhimi, ulardan eshitganlarini hayotga tatbiq
etishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |