Andijon davlat universiteti mirzakarimov h. Kurash turlari va uni o


Kurash harakatlarga o ‘rgatish bosqichlari



Download 0,68 Mb.
bet24/25
Sana09.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#764483
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH

Kurash harakatlarga o ‘rgatish bosqichlari:
Birinchi bosqich - harakatlar xaqida tushunchalar hosil qilish, daslabki o‘rganish harakatlari. Birinchi bosqich maqsadi harakat texnikasi oddiy shakllarini o‘rganish. Bu jarayonlar vazifalari:

  • Kurash harakatlari xaqida tushunchalar hosil qilish:

  • Kurash harakatlari texnikasini qismlarga bo‘lib o‘rgatish:

  • Kurash harakatlarini bajarish maromini shakllantirish:

  • Kurash harakatlarini bajarishdagi xatolarni bartaraf qilish.

Kurash harakatlari xaqida tushunchalar u xaqda nazariy bilim berish va bajarib ko‘rsatish bilan hosil qilinadi. Harakatlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish mumkin, o‘rgatish jarayonlarida yordamchi mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ikkinchi bosqich - kurash harakatlarini to‘liq o‘rganish, harakat malakalarini shakllantirish. Bosqich maqsadi kurash harakatlari texnikasini qismlarga bo‘lib o‘rganish va yaxlit holda takrorlashdan iborat.
Bosqich vazifalari:

  • Kurash harakatlari xaqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lish:

  • Kurash harakatlarni shug‘ullanuvchi xususiyatlariga muvofiq o‘zlashtirish:

  • Kurash harakatlari bajarish maromini takomillashtirish:

  • Kurash harakatlarini erkin bajarish usullarini qo‘llash.

Ikkinchi bosqichni yakunlashda shug‘ullanuvchida kurash harakatlari texnikasini to‘liq, yaxlit holda bajarish malaka va ko‘nikmasi shakllanadi.
Uchinchi bosqich - kurash harakatlari malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish. Bosqich maqsadi harakatlar texnikasini har hil sharoitlarda qo‘llay olish mahoratini shakllantirish.
Bosqich vazifalari:

  • Kurash harakatlari texnikasi malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish, sport maxoratini ortirish:

  • Kurash harakatlari texnikasini yuqori darajada bajara olish imkoniyatini beruvchi jismoniy fazilatlarni takomillashtirish:

  • Kurash harakatlari texnikasini noqulay sharoitlarda takomillashtirish:

  • Kurash harakatlari texnikasini shug‘ullanuvchi xususiy imkoniyatlariga moslashtirish.

Kurash harakatlariga o‘rgatishda quyidagi talablarga rioya qilinadi:

  1. Kurash harakatlari bilan tanishish, harakatlarni bajara olish:

  2. Kurash harakatlarini qismlarga bo‘lib o‘rgatish.

  3. Kurash harakatlarini mukammal o ‘ rganish.

  4. Kurash harakatlarini takomillashtirish.

  5. Kurash harakatlarini yuqori saviyada bajara olish qobiliyatini shakllantirish.

Kurash harakatlari texnikasini rivojlantirish, takrorlash va takomillashtirish natijasida sport mahoratlari shakllanadi. YUqori malakali kurashchilarda sport mahoratini kurash harakatlari texnikasini yuqori saviyada, avtomatik tarzda bajara olish qobiliyati deyish mumkin. Kurashchilar sport mahorati mashg‘ulotlar jarayonlarida takomillashib boradi va harakatlarni bajara olish qobiliyati yillar davomida saqlanib qoladi.
Kurashchilar sport tayyorgarliklarni takomillashtirish
Kurashchilar tayyorgarliklarni takomillashtirish uchun jismoniy yuklamalarni ortirib borish, ular ta’sirini o‘zgartirib turish xamda trenirovka mashg‘ulotlarni muntazam reja asosida o‘tkazib borish kerak. Kurashchilarni tayyorgarligini oshirishda ularning shaxsiy xususiyatlari xamda yosh ko‘rsatkichlariga muvofiq mashg‘ulotlarini individual tanlash kerak. Kurashchilarning texnik-taktik mahoratini takomillashtirish jarayonlarini trenirovka mashg‘ulotlarining yuqori malakali sportchilar tayyorlash bosqichlarida amalga oshiriladi. Kurashchilarning jismoniy fazilatlari bo‘lgan kuch, egiluvchanlik, chidamlilik, tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini uzviy rivojlantirib borish talab etiladi.
Kurash mashg‘ulotlarida texnik va taktik mahoratlarni va jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish sport musobaqalarda doimo ijobiy natijalarga erishib kelishning asosiy omili bo‘la oladi. Kurash turlarida yuksak natijalarga erishish uchun trenirovka mashg‘ulotlarini to‘g‘ri rejlashtirish hamda kurashchilar ta’lim tarbiya jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Kurash turlarida trenirovka jarayonlari texnik va taktik hamda jismoniy tayyorgarlikdan iborat bo‘lgan tayyorgarlik davriga bo‘linadi. SHuningdek kurashchilar sport mahoratini nazorat qilish uchun tashkil etiladigan davr musobaqalar davri ham tashkil etiladi.
Kurash mashg‘ulotlarida yuklamalarni me’yorlash uslublari: ish bilan dam olishni to‘g‘ri tartibga solib turish uchun qo‘llaniladi. YUklamalar mashqlarning soni hamda vaqti, mashq va usullami bajarish tezligi, hajmi va ular o‘rtasidagi dam olish vaqtlari. SHuningdek mashqlar qiyinchiligi, kurashchilar tayyorgarligi, sherigi yoki raqiblarining qobiliyatlari bo‘yicha; o‘quv-musobaqa bellashuvlari keskinlik darajasi va mas’uliyatHligi bo‘yicha me’yorlarga bo‘linadi. Murabbiy mashg‘ulotlarda jismoniy yuklamalar bilan bog‘liq masalalarni xal etadi. Jismoniy yuklama deganda butun mashg‘ulot jarayoni va jismoniy mashqlarning shug‘ullanuvchilar organizmiga ko‘rsatadigan muayyan ta’siri tushuniladi. Jismoniy yuklama, jismoniy mashqlarning takrorlanishi, mashqlarni bajarishga ajratiladigan vaqt, shuningdek, ularni bajarish sharoitlari bilan belgilanadi.
Kurashchilar organizmiga etarlicha yuklama berishi kerak. Bu vazifalar organizm barcha a’zolarining faoliyatini yaxshilashni ham ta’minlaydi. Buning uchun jismoniy mashqlardan moxirona foydalanish va ularning shug‘ullanuvchilar organizmiga qanday ta’sir etishni bilish kerak.
Mashg‘ulotlardagi jismoniy yuklama quyidagicha boshqariladi:

  1. harakatlar va mashqlar miqdorini o‘zgartirib;

  2. harakatlar va mashqlarni turlicha miqdorda takrorlash;

v) harakatlar va mashqni bajarish vaqtini ko‘paytirib yoki ozaytirib;
g) harakatlar va mashqni bajarish soni va hajmini o‘zgartirib;

  1. harakatlar va mashq amplitudasini ko‘paytirib yoki ozaytirib;

  2. harakatlar va mashqni murakkablashtirib yoki soddalashtirib;

j) harakatlar va mashqlar bajarishda turli buyumlardan foydalanib.
Jismoniy yuklamalarning me’yordan ortib ketishi ham kurashchilarni jarohatlanishlariga, holsizlanishlariga olib keladi. Bu holat ularning yuzini oqarishi, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, hushdan ketish, terlash yoki sovuq ter chiqishi, loqayd bo‘lib qolishi bilan kuzatiladi. SHuning uchun murabbiylar jismoniy yuklamalarni boshqarishda kurashchilar jismoniy tayyorgarliklari bilan bir qatorda yosh va jins ko‘rsatkichlari hamda shaxs xususiyatlariga katta e’tibor qaratishlari kerak.

  1. Kurash musobaqalarining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati

Kurash musobaqalari omaviy jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishning eng samarali shakllaridan biri hisoblanadi. Kurashchilar xalqaro musobaqalarga, olimpiada o‘yinlarga tayyorgarliklarini nazoratga olishda musobaqalardagi natijalarni qayd etib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kurashchilar musobaqalardagi g‘alabalariga muvofiq sport darajalariga ega bo‘lib boradilar. Ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda kurashchilar sport tayyorgarlik darajalari hamda sport unvonlariga ega bo‘ladilar.
Kurashchining musobaqalardagi yuqori natijalari faqat o‘ziga tegishli emas balki millatning yutug‘i hisoblanadi. Bunday g‘alabalar mamlakatning xalqaro sport jamiyati oldidagi nufuzini yanada ko‘taradi. Bu sohada jahon rekordlari, jahon chempionatlari va olimpiada o‘yinlardagi g‘alabalar qadrlanadi.
Mamlakatimizda tashkil etiladigan barcha sport musobaqalari odatda uch guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruh - talaba va yoshlar o‘rtasida tashkil etiladigan ommaviy sport musobaqalari, sport bayramlari, spartakiadalar, Universiadalar, Barkamol avlod sport o‘yinlari, Umid Nihollari sport musobaqalari.
Ikkinchi guruh - yuqori malakali sportchilarni terma jamoalarga saralash musobaqalari, Respublika birinchiliklari, Respublika kubogi bellashuvlari.
Uchinchi guruh - o‘rtoqlik uchrashuvlari, tanatanalarga bag‘ishlangan sport bayramlari, xalq o‘yinlari, sayllar, ochiq birinchiliklar va turnirlar. Bu musobaqalarda aholining barcha qatlamlari ishtirok etadilar, horijiy sportchilar ham tashrif etilishi mumkin.
Musobaqalarga qatnashishda kurashchilar dastlabki saralash musobaqalarida ishtirok etadilar. Musobaqalar ta’lim muassasalarining barcha o‘quvchi talabalari, barcha yoshdagi aholi o‘rtasida tashkil etiladi. Bu bosqichda musobaqalarning eng katta ommaviyligi ta’minlanadi. Keyingi bosqichda tuman, viloyat va shahar birinchiliklari o‘tkaziladi. Musobaqalar g‘oliblari final musobaqalari Respublika birinchiliklarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Respublika g‘oliblari mamlakat terma jamoasi safiga saralanib yurtimiz nufuzini xalqaro sport
musobaqalari, jahon, qit’a birinchiliklarida, olimpiada o‘yinlarida himoya qilish sharafiga ega bo‘ladilar.
Barcha kurash musobaqalari shaxsiy, shaxsiy - guruh, guruh birinchiliklariga bo‘linadi. Musobaqalar bir marotabalik, bir kunlik va ko‘p kunlik, an’anaviy, rasmiy, o‘rtoqlik uchrashuvlari, turnirlar va ochiq chempionatlar shakllarida bo‘ladi.
Kurash musobaqalar- ommaviy sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini samarali tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi. Kurash musobaqalari yoshlar umumjismoniy va amaliy sport tayyorgarliklarini hamda sport maharotlarini takomillashtirish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Sport natijalari - yoshlarni kurash mashg‘ulotlari jarayonlarida tashkil etiladigan jismoniy, texnik va taktik tayyorgarliklarining ko‘rsatkichlari bo‘lib hisoblanadi. Musobaqalar jarayonlarida kurashchilar sport mahoratlari bilan birga ma’naviy axloqiy hamda ruhiy iroda tayyorgarliklarini ham namoyon etadilar. Demak kurash musobaqalari o‘quv trenirovka mashg‘ulotlari vositalari bo‘libgina emas balki, sport tayyorgarlik jarayonlarini samarali baholash mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
Musobaqalar kurashchilarning sport mahoratlarini baholash, terma jamoalarga saralash bilan birga barcha yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini ommaviylashtirishga katta yordam beradi. Musobaqalar yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik rishtalarini mustahkamlaydi. Kelgusi o‘qish va mexnat faoliyatida hamkorlik qilish bo‘yicha aloqalarni shakllantirishga katta yordam beradi.
Kurash musobaqalarni ommaviy tashkil etishning bosh omillarida biri yuqori saviyadagi tashkilotchilik hisoblanadi. Musobaqalarni rejalashtirish, musobaqalar joyi va manzilini tanlash va tayyorlash, musobaqalar dasturi va nizomlarini ishlab chiqish, musobaqalar tashkiliy qo‘mitasini shakllantirish, hakamlar hay’atini saralash, musobaqalarni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot va tashviqot qilish, reklama va afishalar tayyorlash shular jumlasidan.
Tashkiliy qo‘mita musobaqalar talabnomasini yig‘ish, rasmiylashtirish, sportchilar, murabbiylar, yordamchi hodimlar, vakillar va mexmonlarni joylashtirish bilan birga quyidagi asosiy vazifalarni ham bajaradilar:
Musobaqalar kundaligi, jadvali, o‘tkazish tartiblarini ishlab chiqish: Musobaqalarning ochilishi, g‘oliblarni taqdirlash hamda musobaqaning yopilish marosimlarini o‘tkazish:
Kurash zallarini hamda yordamchi honalarni musobaqalarga
tayyorgarliklarini ta’minlash:
Musobaqa joylari, jixozlar, xonalarni tibbiy gigienik talablarga javob bera olishini ta’minlash, musobaqa jarayonlarida tibbiy yordamni tashkil etish:
Musobaqa ishtirokchilari va mexmonlarga yuqori saviyada maishiy xizmat ko‘rsatish:
Tomashabinlar va musobaqa mexmonlariga etarli shart sharoitlarni yaratish: Musobaqa jarayonlari, sportchilarning natijalari xaqida shaffof axborotlar berib borilishini, tele va radiotranslyasiyani tashkil etish:
Kurash musobaqalari taqvim rejalarini sport uyushmasi hodimlari xalqaro kurash assosiasiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqadilar. Musobaqalar taqvim rejalari bir yil davomiga tuziladi. Sport uyushmasi mas’ul vakili musobaqalar taqvim rejalarini barcha BO‘SMlar va ta’lim muassasasi sport to‘garaklari rahbarlariga tarqatadilar. Barcha murabbiylar va kurashchilar musobaqalar taqvimi bilan tanishtiriladi. Ko‘rgazmali axborot - afisha sifatida e’lonlar taxtasiga ilib qo‘yiladi.
Kurash musobaqalari nizomi - musobaqalarning asosiy hujjati hisoblanib, musobaqa bo‘yicha barcha ko‘rsatmalar keltiriladi. Musobaqalar tashkilotchilari, bosh hakam, hakamlar hay’ati, jamoalar, jamoalar sardorlari, jamoalar vakillari, musobaqa ishtirokchilari musobaqalar jarayonlarida nizomga muvofiq ish ko‘radilar. Musobaqalar nizomi quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi: Musobaqaning nomlanishi, musobaqa xususiyatlari:
Musobaqa maqsad va vazifalari, musobaqalar tashkilotchilari:
Musobaqa turi va mazmuni:
Musobaqa o‘tkazish manzili va muddati:
Musobaqa dasturi:
Bellashuvlar natijalarni qayd etish tizimi:
Talabnomalarni taqdim etish tartibi va muddati:
Musobaqaning tibbiy gigienik va texnik ta’minoti:
SHaxsiy va guruh bellashuvlari g‘oliblarini taqdirlash tartiblari:
Norozilik bildirish va ularni muhokama qilish tartiblari:
Musobaqa tashkil etishdagi qo‘shimcha talablar:
Musobaqalar nizomini ishlab chiqishda barcha jamoalar va kurashchilar imkoniyatlarini hisobga olinadi. Ta’lim muassasasida tashkil etiladigan musobaqalar nizomini ishlab chiqishda, sport uyushma hodimlari kurash to‘garaklari rahbarlari, murabbiylar kengashi, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan hamkorlik qiladilar. Musobaqalar nizomini ta’lim muassasasi rahbari, kasaba uyushmalari hamda sport uyushmasi raislari tasdiqlaydilar. Musobaqa nizomi musobaqa o‘tkazilishidan bir oy oldin barcha jamoalarga etkazilishi shart.
Musobaqa tashkilotchilari musobaqaga tayyorgarlik va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadilar. Musobaqani targ‘ibot va tashviqot qilish guruhi tashkil etiladi, ularning vazifalari belgilanadi. Kurash zallari hamda yordamchi honalar tayyorgarliklarini ta’minlash, ularning gigienik va texnik xavfsizlik qoidalariga javob bera olishini tashkil etish, musobaqa hakamlari hamda tibbiyot hodimlari hay’ati tarkibini tuzish, ular faoliyatini nazoratga olish vazifalaridan iborat bo‘ladi.
Musobaqalarning tibbiy gigienik hamda texnik xavfsizligi bo‘yicha bajariladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Har bir kurash musobaqalarda shifokorlar hay’ati faoliyat olib borib, musobaqalar joylarini tibbiy gigienik talablarga javob berishini nazorat qiladilar. SHuningdek musobaqa ishtirokchilari sog‘ligini muxofaza qilish hamda bellashuvlar jarayonlarida jarohatlanishlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vazifalarini bajaradilar.
Bosh shifokor musobaqa bosh hakamining o‘rinbosari bo‘lib hisoblanadi. Hakamlar hay’ati jamoalardan musobaqaga ishtirok etish uchun talabnomalarni qabul qilishda, faqat shifokor kurashchini sog‘lom deb, muxr bilan tasdiqlagan talabnomalarni qabul qiladilar. Bu talabga javob bera olmagan talabnomalar qabul qilinmaydi va kurashchilar musobaqaga qo‘yilmaydi. SHunga asosan bu jarayonda norozichiliklar qabul qilinmaydi va hakamlar hay’atinmg qarori qat’iy bo‘lib hisoblanadi. Musobaqa tashkilotchilari hamda hakamlar hay’ati musobaqalar jarayonlarida baxtsiz hodisalar va favquloddagi hodisalarni sodir bo‘lmasligi uchun barcha shart sharoitlarni yaratib qo‘yishlari kerak. Musobaqa qoidalariga ko‘ra musobaqalar tashkilotchilari bellashuvlar jarayonlarida jarohatlanishlarni oldini olish uchun mas’uldirlar.
Hakamlar hay’ati musobaqalardan bir necha kun oldin tasdiqlanadi. Hakamlar tarkibini bosh hakam va uning o‘rinbosarlari tashkilashtiradilar. Hakamlarning musobaqadagi vazifalari, musobaqa rejalari va ularning mazmuni, musobaqa nizomining moddalarini tushuntirish bo‘yicha yig‘ilish va muhokamalar o‘tkaziladi. Hakamlar hay’ati bosh hakam va uning tibbiy yordam va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlaridan, musobaqa kotibi va uning o‘rinbosarlari, vaqt nazorati hakami, axborotchi hakamlardan iborat bo‘ladi. Hakamlar tajriba va malakasiga muvofiq holda oddiy hakamlar, birinchi toifali hakam, respublika toifasidagi hakam, xalqaro toifadagi hakam darajalariga ega bo‘ladilar. Kurash musobaqalari turlari va toifalari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar hakamlar o‘zlarining maxsus belgilangan kiyimlarida bo‘lishlari shart.
Musobaqalarni boshlanishidan oldin, musobaqalar borayotgan davrda va musobaqalardan so‘ng targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borilishida quyidagi omillarga katta e’tibor beriladi.
Musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlarini yoritish bo‘yicha tele va radio eshittirishlar tayyorlash, afishalar, dasturlar va taklifnomalar tarqatish.
Foto ko‘rgazmalar, videoroliklar, elektron taqdimotlar tayyorlash.
Musobaqalarning tanatanli ochilish va yopilish marosimlarini tashkil etish va ularni ommaviy axborot vositalari yordamida yoritib borish.
Musobaqa jarayonlarida bellashuvlar natijalari va kurashchilar tayyorgarliklari hamda musobaqalar yangiliklarini muntazam eshittirib borish.
Musobaqalar natijalari elektron jadvallarini, axborotnomalami tayyorlash.
Musobaqalar, bellashuvlarni odilona yakunlash, g‘oliblarni musobaqa nizomiga muvofiq aniqlash, g‘oliblarni tantanali taqdirlash, medallar, diplom va yorliqlar taqdim etish.
Musobaqa yopilish marosimida namoyish, parad, shou va konsert tadbirlarini tashkil etish.
Musobaqalar natijalarini ommaviy axborot vositalari yordamida yoritish.
Musobaqa joylari hisoblangan arena va kurash zallari, tomashabinlar joylari, yordamchi xonalar yorqin va bayramona bezatilgan, reklama, bayroqlar, musobaqa shior va ramzlari ilingan bo‘lishi kerak.
Musobaqa jarayonlarining moddiy iqtisodiy ta’minoti sport inshoatlarini musobaqa talablariga mos keladigan talabda ta’mirlash, zamonaviy sport jixozlari va musobaqa anjomlari bilan ta’minlanishiga katta yordam beradi. Jamoalar, sportchilar va jamoa vakillari, hakamlar va musobaqa ishtirokchilarini transport vositasida olib yurish, ularni mexmonxonalarda joylashuvini ta’minlash, ovqatlanish va oziq ovqat bilan ta’minlash hamda musobaqalarning targ‘ibot va tashviqot qilish vositalari afishalar, taklifnomalar va tamosha chiptalari tayyorlash, sovg‘alar, medal va yorliqlar sotib olish, yopilish marosimlaridagi konsertlarni tashkil etish, vazifalari ham iqtisodiy ta’minot hisobidan bajariladi. SHuning uchun musobaqalardan oldin musobaqa tashkilotchilari homiylar va kasaba uyushmalari hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda, musobaqa o‘tkazish bo‘yicha sarf harajatlar hajmini ishlab chiqadilar va ularni tasdiqlaydilar. Musobaqalar sarf harajatlariga hakamlar, yordamchi hodimlarning ish xaqlari bilan birga sportchilarning yutuqlari sovrinlarini ham kiritish mumkin.
Kurash bilan shug‘ullanishda har bir o‘smir yoshlar o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

  • sog‘likni mustahkamlash, to‘g‘ri va ko‘rkam qad qomatni shakllantirish,

  • jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, hayotiy zarur harakat malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish

  • axloqiy, ma’naviy va ruhiy barkamol bo‘lish

  • bo ‘ sh vaqtlami maroqli o ‘tkazish

  • kurash bo‘yicha yuqori natijalar Olimpiada o‘yinlari va jahon birinchiliklari g‘olibi darajasiga erishish.

Sport trenirovkasi qonuniyatlari kurashchilarni musobaqalarda yuksak natijalarga erishishlari va sportda uzoq muddat samarali faoliyat olib borishini nazarda tutadi. Kurashchilarning sport musobaqalardagi yutuqlari ularning texnik va taktik maxorati, jismonan barkamolligi bo‘libgina qolmay balki ularning nazariy, ruhiy va iroda tayyorgarliklari natijasi ham hisoblanadi. Musobaqalarda kurashchilar yutuqlarga erishishlarining zamirida ko‘p yillik mashaqqatli mexnat, doimo o‘zini nazorat qilish, sport maxoratlarini ortirib borish, shaxs xususiyatlarini tarbiyalash jarayonlari turadi. SHuning uchun kurashchilarning musobaqalardagi muvaffaqiyatlari muntazam moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni talab etadi.
Kurashchilarning sport tayyorgarlik jarayonlari dastlabki tayyorgarlik, ixtisoslashtirish va yuqori malakali sportchilar tayyorlash bosqichlaridan iborat bo‘ladi. SHuningdek sportda uzoq muddat yuqori natijalarga erishish jarayonlari ham kurashchilarning sport maxoratiga bog‘liq bo‘ladi.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh kurashchilar kurash turlarining umumiy harakatlari malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Bu bosqichdagi mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi kurashchilarga xos bo‘lgan jismoniy fazilatlar kuch, tezkorlik, chidamlilik va egiluvchanlik hamda chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. SHu bilan birga mashg‘ulotlar jarayonlarida yosh kurashchilarning axloqiy va ruhiy iroda fazilatlari ham shakllanib boriladi. Dastlabki tayyorgarlik jarayonlarida yosh kurashchilarda bellashish va musobaqalarda ishtirok etish malaka va ko‘nikmalari shakllantiriladi. Murabbiylar yosh kurashchilarga bellashuv jarayonlarida o‘zini tuta bilish, sarosimaga tushmaslik, dovyuraklik va mardlik hamda botirlik hamda extiyotkorlik, puxtalik va qati’yatlilik sifatlari musobaqalarda muhim ekanligi ko‘rsatadilar. O‘z o‘zini nazorat qilish, o‘z ustida ishlash, xato va kamchiliklarini bartaraf qilish, murabbiy ko‘rsatmalarini to‘liq bajarish kerakligi tushuntiriladi. Dastlabki tayyorgarlik bosqichida kurashchilarning jismoniy fazilatlarini rivojlantirish muhim vazifa qilib
belgilanadi. Jismoniy fazilatlarni rivojlantirishda og‘irliklami ko‘tarish,
trenajerlarda mashqlar, kross yugurishlari, sport o‘yinlari va suzish mashg‘ulotlari hamda akrobatika va gimnastika mashqlaridan keng foydalaniladi. Dastlabki tayyorgarlik bosqichi ba’zan olimpiya zaxiralari tayyorlash jarayonlari deb ham yuritilishi mumkin.
Ixtisoslashtirish bosqichida kurashchilar o‘zlarining jismoniy qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlariga muvofiq kurash harakatlari va usullarini o‘zlashtirib boradilar. Ba’zi bir usullarni o‘zlarini imkoniyatlari darajasida o‘zgartirib harakatlariga moslashtirib oadilar. Bunday usullar kurashchilar uchun “shox” usullari deb ataladi. “SHox” usullarni bajarish darajasi juda mukammal saviyada rivojlantirib boriladi. Buning natijasida kurashchilar o‘zining “shox” usulini har qanday vaziyatda bajarishga kuch ham imkoniyat ham topa oladilar. Ixtisoslashtirish bosqichida kurashchilar mashg‘ulotlar jarayonidagi vazifalarni mustaqil bajarib boradilar, usullar texnikasini takomillashtirish va bellashuv taktikalarini rivojlantirishda murabbiylardan ko‘rsatma va tavsiyalar oladilar. Bu bosqichda karashchilarning texnik va taktik tayyorgarliklariga katta e’tibor qaratiladi. Musobaqalashish malakalari takomillashtiriladi.
YUqori malakali sportchilar tayyorlash bosqichida terma jamoalarga saralangan, kurashchilar bilan texnik va taktik maxoratni takomillashtirish, jismoniy fazilarlarni yanada rivojlantirish mashg‘ulotlari olib boriladi. Zamonaviy sport talabalariga muvofiq yuqori malakali sportchilar tayyorlash bosqichida kurash mashg‘ulotlarida har to‘rt kurashchiga ya’ni ikki juftlikka bir murabbiy tayinlanadi. Bu murabbiylar kurashchilarning texnik va taktik maxoratini takomillashtirishni nazorat qiladilar. Jismoniy fazilatlarni rivojlantirishni tashkil etish bo‘yicha bir murabbiy bir guruh jamoaga tayinlanib, jamoa a’zolari 14 - 16 kurashchidan iborat bo‘lishi mumkin. SHuningdek kurashchilarining ruhiy va iroda tayyorgarligini tashkil etish va tavsiyalar berib borish uchun ham ruhshunos mutaxassis faoliyat olib boradi. Kurashchilarning organizm faoliyatini nazorat qilish, jarohatlarda va jismoniy charchoq va toliqishlarda tibbiy muolajalar va tiklanish tadbirlari o‘tkazish uchun shifokorlar guruhi ham faoliyat ko‘rsatadi. Ular
kurashchilarga dori vositalar, tibbiy muolajalar, ovqatlanish tartibi va tarkibi xaqida ko‘rsatmalar va tavsiyalar berib boradilar.
Sportda uzoq muddat yuqori natijalarga erishish bosqichida bo‘lgan faxriy kurashchilar texnik va taktik tayyorgarliklar, jismoniy fazilatlarni takomillashtirish jarayonlarida mustaqil ishtirok etadilar. Sport tayyorgarlik darajalariga muvofiq mashg‘ulotlar hamda musobaqalarda ishtirok etish jarayonlarini rejalashtiradilar. Kurash sportida uzoq muddat yuqori natijalarga erishib kelish bir oz mushkul vazifa bo‘lib hisoblansada, kurash turlarida ikki uch marta olimpiada o‘yinlari g‘olibi, bir necha marotaba jahon chempioni, ko‘p marotaba qit’a va mamlakat g‘olibi va sovrindori bo‘lgan afsonaviy pahlavon kurashchilar ham bo‘lganlar. Ularning bu darajada muvaffaqiyatlarga erishishlarida texnik va taktik maxoratni yuqori darajada bo‘lishi, jismoniy fazilatlarni oliy darajada takomillashgani bilan bir qatorda, kurash sportiga yoshlikdan mexr qo‘yganliklari, kurash sporti milliy an’ana darajasiga ko‘tarilganligi sabab bo‘la oladi.
Kurashchilar musobaqalarining taqvimiy rejalari
Kurashchilar sport musobaqalari taqvimiy rejalari ta’lim muassasasi sport tadbirlari rejalari asosida tashkil etiladi. Musobaqalar, guruh ichida, guruhlar aro, bosqichlar aro hamda bo‘limlar aro o‘tkazilishi mumkin. Guruhlar, bosqichlar va bo‘limlar aro musobaqalarda kurashchilar bilan bir qatorda sportchi talabalar ham ishtirok etishlari mumkin.
YOshlar o‘rtasida tashkil etiladigan musobaqalar ko‘p hollarda kurashchi yoshlar ishtiroki bilan o‘tkaziladi. Bunday musobaqalar o‘quv rejalar bilan muvofiq bo‘lmasligi mumkin. Kurashchilarning o‘quv jarayonlari tartibiga o‘zgartirishlar kiritilishiga yoki ularni fanlardan o‘quv materiallarini mustaqil erkin tartibda o‘zlashtirishga ruxsat beriladi.
Ta’lim muassasalarida kurash tadbirlari va musobaqalarining yillik taqvimiy rejalari ko‘p hollarda an’analarga mo‘ljallanib rejalashtiriladi. Musobaqalar tantanali kunlarda, xotira kunlarida, bayramlarda tashkil etilishi yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini keng ommaviylashtirishga hamda yoshlar bo‘sh vaqtlarini maroqli tashkil etishga yordam beradi. Kurash sport turlarida tashkil etiladigan sport musobaqalarining nizomlari va dasturi hamda hakamlik qoidalari, ularga qo‘yiladigan talablar bilan ham barcha kurashchi yoshlar yaxshi tanish bo‘lishlari kerak.
Ta’lim muassasasida o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan kurash musobaqalar, ularning shakllari va turlari hamda musobaqalashiladigan kurash turlari, musobaqalar dasturi va nizomlari hamda ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar, hakamlik qoidalari, musobaqalarning ochilish va yopilish marosimlari, g‘oliblarni taqdirlash marosimlari bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlangan bo‘ladi. Guruhlar va bo‘limlar aro o‘tkaziladigan musobaqalar qoidalari oddiy bo‘lishi, barcha yoshlarni musobaqalarda ommaviy ishtirok etishlarining imkoniyatini beradi.
Kurash mashg‘ulotlari yoshlarni jismoniy barkamol va ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Kurashchilarni sport mahorati hamda ruhiy ma’naviy tayyorgarlik darajalari kurash musobaqalarida tashkil etiladigan bellashuvlar jarayonlarida baholanadi. Kurashchilarda sport tayyorgarliklar, kurash mashg‘ulotlari va kurash musobaqalari xaqida nazariy bilimlarni shakllantirish, kurash bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlarda ishtirok etish malaka va ko‘nikmalarini xosil bo‘lishiga yordam beradi.

  1. Kurashchilar sport tayyorgarliklarini nazorat shakllari

Kurashchilar faoliyatini nazorat qilish maqsadi - kurashchilarning har tamonlama sport tayyorgarlik darajalarini hisobga olgan holda, mashg‘ulotlar samaradorligini ortirish. Bu jarayonlarda har bir bosqichga xos bo‘lgan sport tayyorgarlik darajalarini nazorat qilinadi hamda kurashchilar mahorati baholanadi. Nazorat usullari uch hil bo‘ladi.
Bosqich nazorati o‘quv trenirovka jarayonlarining bir necha yillik yoki, makrosikllar davomidagi natijalarini baholash.
Joriy nazorat bo‘lib o‘tayotgan mashg‘ulotlar yoki musobaqalarda kurashchilar sport tayyorgarliklari va sport maxoratlarini baholash.
Tezkor nazorat hozirda mashg‘ulotlar va musobaqalarda kurashchilar namoyon qilayotgan sport tayyorgarliklari va sport mahoratlari darajalarini baholash.
Nazorat turlari kurash turlari xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. SHuningdek o‘z o‘zini nazorat qilish jarayonlari ham kurashchilar sport tayyorgarliklari samaradorligini baholash mezoni bo‘ladi. Nazorat uslublari va vositalari pedagogik, ruhiy, tibbiy biologik shakllarda tashkil etiladi. Nazorat jarayonlari kurash turlari xususiyatlari, shug‘ullanuvchilar tarkibi hamda mashg‘ulotlarda ta’lim tarbiyaning texnik vositalari, jixozlaridan foydalanish, mashg‘ulot joylari va uning moddiy texnik ta’minotiga bog‘liq bo‘ladi. Bularni hisobga olgan holda har bir murabbiy sport tayyorgarlikni nazorat qilish bo‘yicha talablar va mezonlar hamda o‘tkazilish muddatlari ishlab chiqadi.
Kurashchilar sport tayyorgarliklari, jismoniy fazilatlarini takomillashganligi, amaliy jismoniy tayyorgarligini musobaqalar va bellashuvlarda baholash bilan birga, ularni kurash turlari bo‘yicha texnik va taktik maxoratlarini shakllanganlik darajalarini baholashda nazorat sinovlaridan ham foydalaniladi.

  1. Kurash bilan shug‘ullanishda o‘z o‘zini nazorat qilish Organizm jismoniy holatini yaxshilashga, jismoniy fazilatlarini rivojlantirishga hamda harakat malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratilgan kurash mashg‘ulotlari sport - sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari deyiladi. Kurash mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi shug‘ullanuvchilar organizmi jismoniy rivojlanish holatini yaxshilashga qaratilgan bo‘ladi. Kurash mashg‘ulotlarining ham tarkibiy qismi jismoniy yuklamalar va ularning samaradorligi, yuklamalar turlari, hajmi, ta’siri, shiddati va davomiyligidan iborat bo‘ladi. SHuningdek mashg‘ulotlarning tartibi, davriyligi va davomiyligi hamda mashg‘ulotlar orasidagi dam olish shakllari ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Kurash sporti bilan muntazam shug‘ullanish organizm jismoniy rivojlanishini va salomatlikni mustahkamlanishini ta’minlaydi. SHunga qaramay mashg‘ulotlarni noto‘g‘ri tashkil etish hamda jismoniy yuklamalar ta’sirini haddan
ortirish natijasida organizmda salbiy o‘zgarishlar, charchoq holatlari kelib chiqishi mumkin.
Nazorat usullarining asosiy shakllari: o‘z o‘zini nazorat qilish, tibbiy nazorat, dispanser nazorati, pedagogik nazorat. Jismoniy yuklamalar ta’sirini, shiddatini shug‘ullanuvchi imkoniyatlariga muvofiq tashkil etilmaslik organizm funksiyalari va a’zolari faoliyatida salbiy o‘zgarishlar keltirib chiqaradi. Bunday salbiy ta’sirlar yurak qon tomir faoliyatida ham aniq kuzatiladi. Organizmga jismoniy yuklamalar ta’sirini me’yorga keltirish va nazorat qilishda o‘z organizm faoliyatini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘z o‘zini nazorat qilish - kurash bilan shug‘ullanish jarayonlarida organizm salomatligini, jismoniy rivojlanish jarayonlari va jismoniy yuklamalarni organizm rivojlanishiga ijobiy va salbiy ta’sirlarini nazorat va tahlil qilish uslublari. Kurashchilar o‘z o‘zini nazorat qilishda organizm faoliyatining ob’ektiv va sub’ektiv ko‘rsatkichlarini qayd etib boradilar. Organizm sub’ektiv ko‘rsatkichlariga kayfiyat, uyqu, ishtaha, ishchanlik qobiliyati, tanadagi og‘riqlar yoki noxush sezgilarni kiritish mumkin.
Kayfiyat kurash mashg‘ulotlarining organizmga ta’sirlarini belgilaydi. Kayfiyat a’lo, yaxshi, qoniqarli va tushkun bo‘lishi mumkin. Uyquning tiniqligi, sokinligi hamda tinchligi shu bilan birga uyquning buzilishi, bosinqirash, uyqusizlik holatlari sportchi kundaligiga qayd etib boriladi. Ishtaha yaxshi, qoniqarli va past bo‘lishi mumkin. Ishtahaning buzilishi, organizmdagi salbiy jarayonlar, kasalliklar yoki charchoq oqibatida hosil bo‘lib, salomatlikni buzilishiga olib keladi. Mashg‘ulotlarga qatnashishlik va kurash mashqlar bajarishga ishtiyoq organizmning faoliyatining samarali tiklanishi hamda jismoniy yuklamalarning ijobiy ta’sirlari deb hisoblash mumkin. Doimiy mashg‘ulotlarga bo‘lgan ishtiyoq kurash mashg‘ulotlari to‘g‘ri tashkil etilayotganligini ko‘rsatadi.
Ko‘p hollarda mashg‘ulotlar va musobaqalardan keyingi kunlarda mashg‘ulotlarga qatnashish hohish bir oz susayadi. SHuning uchun bu kunlarda madaniy hordiq chiqarish yoki engillashtirilgan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.
Organizmdagi og‘riq sezgilari jarohatlanishlar, kasalliklar va charchoqlar tufayli hosil bo‘ladi. Og‘riqlami bartaraf etishda issiq hammom, sauna va vannalar qabul qilish yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Davomli og‘riqlarda mashg‘ulotlar yuklamalarini kamaytirish tavsiya etiladi. Muskullar zo‘riqishi va tonusi ortib ketishida, massaj qilish, qizdiruvchi, og‘riq qoldiruvchi moylar, surtmalar surish yaxshi natija beradi. Muskul tortishishlarida esa vitaminlar, asosan vitamin S va R qabul qilish kerak.
Kundalikka qanday mashqlarni bajarilgandan so‘ng, qaysi muskul guruhlarida og‘riq paydo bo‘ladi, og‘riqlar shakli, davomiyligi hamda darajasi belgilab qo‘yilishi kerak. Agar og‘riqlar yurak sohasida sodir bo‘lsa tezda shifokorga murojaat etish tavsiya etiladi. Organizm sub’ektiv ko‘rsatkichlari sifatida yurak urishlari soni, tana vazni, muskullar guruhlari kuchi - dinamometriya, stanometriya, ter ajralishi va shu kabilarni ko‘rsatish mumkin.
O‘z o‘zini nazorat qilish natijalari kurashchilarning o‘zlariga qolaversa, kurash murabbiyi uchun jismoniy yuklamalarni to‘g‘ri rejalashtirish, mashg‘ulot uslublari va vositalaridan samarali foydalanish uchun tavsiyalar va ko‘rsatmalar berish uchun qo‘llanma bo‘ladi. Kurashchilar jismoniy tayyorgarlik darajasini muntazam nazorat qilib turish uchun jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlari rivojlanish darajalarini
musobaqalarda baholab borish kerak.
Kurash mashg‘ulotlari jarayonlarida o‘z o‘zini nazorat qilish, o‘zini anglash, sog‘ligini nazorat qilish, shaxsiy va jamoat gigienasi talabalariga qat’iy rioya qilish hamda sog‘lom turmush tarzi qoidalariga asosan hayot faoliyatini tashkil etishga ko‘mak beradi. O‘z o‘zini nazorat qilish kurashchilarda organizm a’zolarining faoliyati, ulardagi ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni nazorat qilish va baholash, kurash mashg‘ulotlariga ijobiy munosabatlarni shakllantirishga asos bo‘ladi. O‘z o‘zini nazorat qilish ta’limiy, ma’naviy, axloqiy va ruhiy tarbiyaviy vazafalarni bajaradi.

  1. Kurash mashg‘ulotlarida shikastlanishning oldini olish

Kurash mashg‘ulotlari va musobaqalar jarayonlarida jarohatlanishlar sodir bo‘ladi. Jarohatlanishlarning sabablari quyidagicha. Organizmni etarli darajada qizdirmaslik. Jismoniy yuklamalarni jismoniy tayyorgarlik darajasi, yosh va jins ko‘rsatkichlarga muvofiq kelmasligi. Og‘ir jismoniy yuklamalardan so‘ng dam olish tadbirlarini yaxshi tashkil etilmasligi. Kurashchilar organizmida kasalliklarni mavjudligi. Kurashchilarni tayyorgarligida dori vositalardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish.
Kurash mashg‘ulotlari va musobaqalarida sodir bo‘ladigan jarohatlanishlar xaqida nazariy bilimlar berib borish kerak. Lat eyish, muskullarni cho‘zilishi va ezilish tufayli sodir bo‘ladi. Lat egan joy mayda qon tomirlari yoriladi, qon to‘ladi, ko‘karish sodir bo‘ladi. Qattiq og‘riq bo‘lib, terida issiqlik paydo bo‘ladi. Tez yordam: sovuq suvga tutish, muz qo‘yish, og‘riq qoldiruvchi dori ichish, shifokorga murojaat qilish.
Pay cho'zilishi noto‘g‘ri harakatlar hamda og‘ir jismoniy yuklamalar ta’sirida yuz beradi. Pay cho‘zilganda shish paydo bo‘ladi. Qattiq og‘riq bo‘lib, terida issiqlik paydo bo‘ladi. Tez yordam: sovuq suvga tutish, muz qo‘yish, og‘riq qoldiruvchi dori ichish, siqib bog‘lash, shifokorga murojaat qilish kerak.
Suyaklarni sinishi kurash harakatlarida xavfsizli koidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘ladi. Suyakni ochiq va yopiq sinish shakllari mavjud. Suyakni ochiq sinishida muskullar va teri butunligi zararlanib, qon ketishi sodir bo‘ladi. Tez yordam: jarohatdan qon ketish to‘xtatiladi, zararsizlantirish dorilar qo‘llaniladi. Jarohat bog‘lanadi. Suyaklar harakatsizligini ta’minlash uchun taxtakach bilan bog‘lanadi. Jarohat yuzasi ochiq qoldiriladi. Og‘riq qoldiruvchi dori beriladi. Tez tibbiy yordam chaqiriladi.
Suyaklarni yopiq sinishida muskul va yumshoq to‘qimalar zaralanmaydi. Kurashda qo‘l, oyoqlarni sinishi, qovurg‘a, o‘mrov suyagini sinishi hamda kam holatda son suyagi va umurtqa pog‘onasini sinishi uchraydi. SHuningdek bo‘g‘imlarni chiqish holati ham ko‘p uchraydi, asosan qo‘lning chig‘anoqdan, elkadan va oyoqlarni to‘piqdan va tizzadan chiqish holatlari ko‘p bo‘ladi. Tez yordam: Sovuq suvga tutish, muz qo‘yish, og‘riq qoldiruvchi dori ichish, siqib bog‘lash kerak, Suyaklar harakatsizligini ta’minlash uchun taxtakach bilan bog‘lanadi. SHifoxonaga olib boriladi.
Terini yirtilishi - kurashchilarning to‘qnashuvi, yoki gilamga surkalishi hamda jixozalardagi mashqlarda sodir blishi mumkin. Terining ochiq jarohatlari paydo bo‘ladi. Tez yordam: Terini antiseptik vositalar spirt, brilliant ko‘ki yoki yod eritmasi bilan tozalanadi. Bog‘lov qo‘yiladi.
Miyaning chayqalishi kurashchilar bosh bilan qattiq to‘qnashilganda yoki bosh bilan yiqilganda sodir bo‘ladi. Belgilari kurashchi boshi aylanib yiqiladi, xushsiz bo‘lib qoladi, ko‘ngli aynib, qusadi. Nafas olishi va yurak urishlar soni tezlashadi. Tez yordam: yotqizib qo‘yiladi, gavdasiga, bo‘yniga va bosh sohasiga muz yoki sovuq suvga shimdirilgan sochiq qo‘yish mumkin. Tez tibbiy yordam chaqiriladi.
Jarohatlanishlar murabbiyning nazariy va amaliy bilim saviyasi pastligi, kurashchilarni mashg‘ulotda jiddiy ishtirok etmaganligi, razminka mashqlar etarli darajada bajarilmaganligi, kurashchining surunkali kasalliklari mavjudligi, bajarilayotgan mashqlar va jismoniy yuklamalar shug‘ullanuvchining jismoniy tayyorgarliklari, yosh va jins ko‘rsatkichlariga muvofiq bo‘lmasligi, jismoniy mashqlar va harakatlarni bajarish va o‘rganishda texnika xavfsiligi qoidalariga rioya qilmaslik, kurash honalari tibbiy gigienik hamda texnik talablarga mos bo‘lmasligi sababli sodir bo‘ladi.
Kurash mashg‘ulotlarida jarohatlarni o‘rganishda asosiy ko‘rsatmalar va tavsiyalar hamda holatlarni o‘rganish zarur bo‘ladi.
Jarohat - bu qandaydir tashqi ta’sir natijasida to‘qimalar butunligining buzilishidir. Kurashda jarohatlanishlarning oldini olish uchun murabbiy har xil jarohatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan asosiy shart va sharoitlar, sabablarni yaxshi bilish kerak. Sport jarohatlari uchun yopiq jarohatlar harakterli: lat eyish, cho‘zilish, tari qatlamini yirtilishi va boshqalar. Jarohatlarning harakteri va ularning og‘irligi sportning turiga bog‘liq. Kurash mashg‘ulotlarida muskul
cho‘zilishi, suyak sinishi, chiqishi va umurtqa pog‘anasining lat eyish shakllari hamda quloq chanog‘i pardasini ezilishi ko‘p uchraydi.
Tayanch harakat apparati travmalarining etiologiyasi quyidagicha: Mashg‘ulotlar olib borish uslublaridagi xato va kamchiliklar ya’ni kuchaytirilgan tayyorgarlik, yoshni hisobga olmagan holdagi razminka, mashg‘ulotlar olib borishni tashkil qilishdagi kamchiliklar - kurash zallarini yoritilishining yomonligi, jixozlar, gilamlar va tatamilarning yaroqsizligi. Material-texnik bazaning noto‘g‘riligi - kurash zallarini texnik talablarga mos kelmasligi. Noqulay iqlim va gigienik sharoitlar (nam, issiq yoki sovuq havo). SHug‘ullanuvchilarning noto‘g‘ri harakati (shoshilishi, diqqatini bir joyga qo‘ymasligi). Tayanch harakat apparatining o‘ziga xos xususiyatlari. Jismoniy tayyorgarlikning etarli darajada emasligi. O‘ta charchash natijasida muskullar va qon tomirlarning spazmga - tirishishga moyilligi, harakatlar koordinasiyasining (muvozanatining) buzilishi; Jarohatlanish va kasallanishdan so‘ng tiklanish muddatiga rioya qilmaslik, mashg‘ulotlarni to‘liq tuzalmasdan turib boshlash; Trenirovkalarga shifokor ko‘rigisiz qatnashish;
Jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlarida, tayanch harakat apparati jarohatlari va kasalliklarning oldini olishda quyidagilar tavsiya etiladi.
To‘liq razminka; Gigienik talablarga rioya qilish - xona harorati, namlik, yorug‘lik, sport jixozlarining sozligi. Uslubiy tamoyillarga rioya qilish - jismoniy yuklamalarni o‘ta kuchaytirmasligi, tayyorgarlik darajasini xisobga olish, yosh, jinsi, mashg‘ulotlarning izchilligi, sog‘lik holati. Mashqlar va usullar bajarishda ehtiyotlash va himoya choralarini malakali qo‘llash. Da’vo muolajalaridan smarali foydalanish. Massaj, o‘z-o‘zini massaj, hammom qabul qilish. Sport faoliyatini sababsiz yoki kasllik oqibatida to‘xtatilishi sportchining tayyorgarlik darajasini va sport ko‘nikmalari - sport formasini pasayishiga olib keladi.
Tayanch harakat apparati kasalliklari va jarohatlarini oldini olish va konservativ davolash uchun reabilitasion majmua yaratilgan. YUqori malakali sportchilar uchun majmua 2 etapdan iborat. Birinchi etap - tiklanish uchun davo, jarohatdan 3-5 kun keyin-og‘riqni kamaytirish, muskul gipertonusini kamaytirish, shishlami tugatish, to‘qimalar gipoksiyasi va gipoksemiyasini tugatish, mikrosirkulyatsiyani normallashtirish. Ikkinchi etap: kasallik yoki jarohat 5-7 kun keyin, mashg‘ulotlarga qatnashish tiklanganidan so‘ng regeneratsiya jarayonini tezlashishiga imkoniyat yaratiladi, organizm funktsiyalarini tiklanishiga yordam beradi, muskul kontrakturalari yo‘qoladi.
Murabbiy uchun kurashchi jarohatlanganidan yoki kasallanganidan so‘ng trenirovkalarini qaytadan boshlash muddati muhimdir. Xozirgi vaqtda murabbiy sub’ektiv ma’lumotlarga tayanib, jarohatning maxsus xususiyatlarini, to‘qimalar regenerasiya muddatini, sport stajini, yoshi va sportchining funksional holatini esa xisobga olmaydi va natijada jarohat yoki kasallik qaytalanishi yoki surunkali shaklga o‘tishi mumkin. Har qanday jarohat lokal muskul spazmi bilan birga kechadi, bu esa nerv to‘qimalarini retseptorlarining zararlanishi va gematomaning bosim bilan ularga ta’sir qilishi natijasida og‘riqning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, sportchining ahvoli, ya’ni o‘zini his qilish yaxshilanishi bilan to‘qimalarning regenerasiyasi teng ravishda emas balki kechroq rivojlanadi. Ana shuning uchun shishlar, muskullar, gipertonus va og‘riq yo‘qolganidan so‘ng trenirovkalarni faqat teyplar yordamidagina tashkil etish mumkin. Teyplarning qo‘llanilishi tayanch harakat apparati kasalliklari va jarohatlanishlarini sportchilarda ozgina jismoniy yuklamalar bilan davolashga yordam beradi. Teyplar bilan engil jismoniy yuklamalar bajarish tiklanish davridagi davolashning birinchi kunlarida muskullarda qon aylanishini kuchaytiradi, to‘qimalar metobolizmini me’yorlashtiradi, to‘qimalarga kislorod etkazib berilishini ko‘paytiradi, to‘qimalarda oksidlanish jarayonlarini normallashtiradi. Qo‘l va oyoqlarning tayanch funksiyasini tiklaydi va bu bilan jarohatlangan to‘qimalardagi tiklanish jarayonlarni faollaydi. Teyplarni qo‘llash muddatti jarohatlangan to‘qimalarning regeneratsiyasi muddatiga, sportchining yoshiga, uning stajiga bog‘liq bo‘ladi va 15 kundan 30 kungacha yoki undan ham ortiq bo‘lishi mumkin.
Lat eyish - bu to‘qimalarning qon tomirlar yorilishi bilan kechadigan zaralanishidir; bunda asosan suyakka yopishib turgan yumshoq to‘qima
zararlanadi. Muskullar, suyak ust pardasi, bo‘g‘imlar, nervlar va boshqa organlar lat eyishi mumkin.
Muskul cho‘zilishi: Bunda muskul tolalarining payga o‘tish joyida qisman yirtilishi yoki uzilishi mumkin. SHuning uchun 3-5 kunga gips qo‘yilib, immobilizasiya qilinadi.
Umurtqa pog‘onasining bog‘lovchi apparatining cho‘zilishi: Ko‘pincha xaddan tashqari zo‘rlab egilish natijasida umurtqa pog‘onasining orqa yuzasining bog‘lamlari zararlanadi. Bo‘g‘imlarning bog‘lov apparatining cho‘zilishi ko‘p uchraydi. Nisbatan kaltaroq tolalarining uzilishi, boylamlarning cho‘zilishi va ularning suyakka birlashish joyida yirtilishi yuzaga keladi. Ko‘pincha bunday cho‘zilish tizza, ilik, kaft bo‘g‘imlarida uchraydi.
Gemartroz-bo‘g‘im bo‘shlig‘iga qon quyilishi. Ko‘pincha tizza bo‘g‘imi jarohatlanganida uchraydi. Bunda bo‘g‘imning konturi yo‘qoladi, chunki shishib ketadi, xajmi oshadi, harakatlar og‘riq tufayli chegaralanadi, tizza qopqog‘ining qimirlashi harakterli bo‘ladi.
Gematoma-to‘qimalarda qon quyilishi va qon to‘planishi, muskullarda, teri osti qatlamidagi bo‘shliqlar va anatomik yoriqlarda qon to‘planishi tomirlar zararlanganida yuzaga keladi.
CHiqishlar; Suyaklarning bo‘g‘im oxirlarining turg‘un siljishi, bo‘g‘im qopchasining zararlanishi bilan, ba’zida bo‘g‘imni o‘rab turuvchi to‘qimalar ham zararlanadi - muskul, pay, nerv-tomir apparati zararlanishi. Bunda bo‘g‘im shakli o‘zgarib, chiqqan qo‘l yoki oyoq shishib majburiy holatni egallaydi.
Bosh miya chayqalishi - jarohat natijasida sodir bo‘lib, bir necha sekunddan bir necha minutgacha, jarohatning og‘ir yoki engilligiga qarab xushdan ketish bilan xarakterlanadi. Bosh miya chayqalganida amneziya, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, quloqqa shovqin va umumiy holsizlik kabi belgilar yuzaga keladi. Uzoq vaqt davom etuvchi vegetativ buzilishlar yuzaga keladi.
Quloq suprasini shikastlanishi - sport kurashi usullari bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda bunday jarohatlanish juda ko‘p uchraydi. Bunda quloqning yumshoq suprasi ezilishi natijasida to‘qima oralig‘iga gematoma to‘planadi. Ko‘karib
shishib ketadi. Uni shpris orqali olib tashlash mumkin. SHunga qaramay quloq suprasi ko‘rinishi o‘zgarib ketadi va dag‘al hamda bujmaygan holda to‘qimalar bitib ketadi. Hozirgi kunda AQSH va Evropaning ko‘plab kurashchilariga mashg‘ulotlarda va musobaqalarda quloq suprasining himoya vositasi - maxsus quloqchinlar taqishga ruxsat berilgan. Maxsus ishlab chiqilgan quloqchinlar quloq suprasini ezilish va lat eyishdan saqlaydi, ular qulay va raqibga hech qanday zarar keltirmaydi.
Kurashchilarni jarohatlanishlarni oldini olish maqsadida quyidagi tavsiyalarga rioya qilish talab etiladi.
Kurash bilan shug‘ullanuvchilarni doimo tibbiy kuzatuvi;
Kurashchilarning kasalliklari va jarohatlariga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish;
Kurash bilan shug‘ullanuvchilarning organizmiga noqulay ta’sirlarni oldini olish, mashg‘ulotning eng qulay gigienik sharoitlarini aniqlash;
Jarohat olgan va kasal bo‘lgan kurashchilarning ovqatlanishi, jismoniy ish qobiliyatining tiklanishi va sportga qaytarish masalalarining hal qilinishi;
Kurashchilarni shifokor ko‘rigidan o‘tishi birlamchi, qayta va qo‘shimcha tekshiruvlarga bo‘linadi. Birlamchi tekshiruvda - shifokor kurash bilan shug‘ullanishga ruxsat berish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaydi.
Qayta ko‘rikda esa jismoniy yuklamaning organizmga ta’sirini o‘rganadi va xulosa qiladi. Qo‘shimcha shifokor ko‘rigi - kurashchini musobaqalarga qo‘yish masalasini hal qiladi, xamda jarohat va kasallikdan so‘ng sportchini trenirovkaga qo‘yishni hal qiladi.

  1. Kurash mashg‘ulotlari sport inshootlari va ularning jihozlanishi

Kurash zallari - sport anjomlari va jihozlar bilan etarli darajada jihozlangan, kurash turlari bo‘yicha o‘quv - mashg‘ulotlari va musobaqalar o‘tkazishga mo‘ljabangan bino kurash zali deyiladi. Kurash zallari o‘quv mashg‘ulotlarini va sport to‘garaklarini uyushtirish va o‘tkazish uchun asosiy va qo‘shimcha sport anjom va jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Maktab kurash zallarini umumiy texnik, gigienik va pedagogik talablarga javob berishi, kerakli sport
anjomlar bilan ta’minlanganligi ma’muriyat va kurash murabbiylari vazifasi hisoblanadi.
Maktab kurash zali o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan binolarga yonma-yon qurilib, kurash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari va sport musobaqalari o‘tkazish uchun texnika havfsizligiga rioya qilingan bo‘lishi kerak. Kurash zallarini qurilishi arxitektura loyihalariga rioya qilgan holda qurilgan bo‘lishi kerak. Zallar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishga ham hizmat qiladi. Katta maktablarga ikkita va undan ko‘p zallari qurilgan hollarda ulardan foydalanishda bir zaldan ikkinchi zalga o‘tishni hisobga olish kerak.
Pol qismini paski qismi asosan beton yoki yog‘och buruslardan bo‘lishi kerak. Pol qismini baquvvat va sifatliligi uzoq muddatga chidashni ta’minlaydi. Pol issiqliklarni va tovushini me’yorida bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lmasligi kerak. Polni chirimasligi va uzoq foydalanish maqsadida ishlovlar berilishi va ventilyasiyalar qo‘yilishi kerak.
Kurash zalining devor qismi asosan yuqori tom qismini ushlab turadigan qismi bo‘lganligi uchun barcha texnik talab normalariga qat’iy rioya qilingan holda qurilishi shart. Bundan tashqari zalni tom va devor qismiga sport jihozlarini osilishi va qatirilishini, loyihalashda va qurishda hisobga olish kerak. Zal oynalari 2 m balandlikda bo‘lib, tashqariga ochilishi maqsadida muvofiqdir, Eshiklarni eni va ochilishi ham talab darajasida bo‘lishi kerak, chunki jihozlarni olib kirish va chiqarish hamda yong‘in chiqqanda yoki tabiiy ofatlarda texnika havfsizligiga rioya qilingan bo‘lish kerak.
Kurash zallari ikki usulda yoritiladi. Tabiiy va sun’iy usulda. Zallarni loyihalashtirish va qurishda yorug‘likni tabiiy yoritish uchun belgilangan normada bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Deraza quyosh chiqish va botish tomoniga o‘rnatish kerak, shu bilan birga quyosh nuridan saqlash uchun parda osiladi. Zalni elektr yoritqichlari ishchi va avariya hollari uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Zalga o‘rnatilgan lampochkalar mahsus plafonda yoki lyuminisensli lampa o‘rnatiladi.
Kuz va qish faslida kurash zallarda o‘quv va sport trenirovka mashg‘ulotlarini bir me’yorda o‘tishi u erdagi havo haroratiga katta bog‘liqdir. Kurash zalida havo harorati +15-17 echinish xonasida +19-23, yuvinish xonasida (dushda) +25, tualetda esa +17-21 bo‘lishi kerak. Sport zalida havo namligi 40-60% me’yorda bo‘lishi kerak.
Kurash zallari tabiiy va sun’iy shamollantiriladi. Tabiiy shamollantirish tashqaridagi havoni zalga kiritib zalni shamollanishiga va havoni yangilab turishiga yordam beradi. Sun’iy shamollatgich maxsus asboblar kondinsionerlar yordamida havoni tashqaridan ichkariga yoki ichkaridan tashqariga, kirib chiqishini ta’minlaydi. Kurash zallarni shamollatishning asosiy vazifasi zallar havosini changlardan tozalash va toza havo bilan ta’minlashdir.
Mashg‘ulot joylari. Kurash mashg‘uloti xonalari chang va korbanat angdrid gazidan holi bo‘lishi zarur. Bu joylarda chekish taqiqlanadi. Xona tekis, toza, yorug‘ va toza havo bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Xona harorati mo‘tadil, 20­25 gradus atrofida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Kurash gilamlari va tatamilar, sport jixozlari, anjomlar va trenajerlar soz, gigienik talablarga mos bo‘lishi kerak.
Toza havoda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning sog‘lomlashtirish ta’siri katta bo‘ladi. Kiyimlar fasllar va iqlim xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak.
Kurash mashg‘ulotlar jarayonlarida jarohatlanishlarni oldi olinishi shart. Jarohatlanishlar sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Mashg‘ulotlar uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilmaslik;

  • bajara bilish, shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish kabi uslubiy tamoyillarga amal qilmaslik:

  • jixozlarni, anjomlarni nosozligi, mashg‘ulot joylari tayyor emasligi;

  • o‘zini himoya qilish qoidalarini bilmaslik va ularga rioya qilmaslik;

  • kurash maydonlari va zallarida shug‘ullanuvchilarning me’yordan ko‘p bo‘lishi;

  • mashg‘ulot joylarini gigienik texnik talablarga javob bermasligi, mashg‘ulot joylarini yaxshi tozalanmasligi, yaxshi yoritilmaslik, sovuq yoki haddan ortiq issiq bo‘lishi, toza havo bilan ta’minlanmasligi;

  • shug‘ullanuvchilar intizomsizligi.

SHuningdek mashg‘ulotlarda jarohatlanishlarga shug‘ullanuvchilammg organizmidagi salbiy holatlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Bulardan organizmni charchashi yoki holsizlanish, surunkali kasalliklar mavjudligi, tayanch harakat apparati, muskul tizimida yoki boshqa a’zolardagi salbiy o‘zgarishlarni ko‘rsatish mumkin.
Kurash bilan shug‘ullanish organizm barcha a’zolari holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, faoliyatini takomillashtiradi. Tana vazni me’yorga keladi, ko‘krak qafasi to‘g‘ri shakllanadi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi ortadi, yurak qon tomir tizimini jismoniy yuklamalarga chidamliligi yaxshilanadi.
Kurash mashg‘ulotlari tashkil etish uchun zaruriy
jixozlar va xonalar



Jixoz nomlanishi

Soni

1

Kurash gilami 12 X 12 m, Tatami

1 - 2 tagacha

2

Tarozi

1 dona

3

Tibbiy yordam burchagi

1 komplekt

4

Gantellar 1 - 5 kg

3 komplekt

5

Giralar 16 kg, 24 kg, 32 kg

3 komplekt

6

Og‘ir atletika shtangasi

1 komplekt

7

Gong

1 dona

8

Axborotlar oynasi

1 dona

9

Hushtak

4 dona

10

Rangli bayroqchalar

4 dona

11

Sekundomer

2 dona

12

Xronometr yoki katta soat

1 dona

13

Ko‘zgu 2 x 3 m

1 dona

14

Massaj uchun yotoq

1 dona

15

Kurash usullari bajarish uchun tulum

2 dona

16

To‘ldirma to‘plar

10 dona

17

Futbol to‘pi

2 dona

18

Basketbol to‘pi

2 dona

19

Gandbol to‘pi

2 dona

20

Regbi to‘pi

2 dona

21

SHved narvoni

4 dona

22

Gimnastik skameykalar

4 dona







23

Sakrash arqonchasi

20 dona

24

Rezina espanderlar

20 dona

25

Kuch rivojlantiish Trenajerlari

3 komplekt

26

Murabbiylar xonasi 3 x 3 m

1 xona

27

Kompyuter texnologiyalari apparatlari

1 komplekt

28

Televizor

1 komplekt

29

Video apparatura

1 komplekt

30

Sovutgich

1 dona

31

Kiyinish xonasi 3 x 5 m

30 bo‘lma

32

YUvinish bo‘lmalari (dush)

20 bo‘lma

33

Hojatxona

2 bo‘lma

34

YOng‘in texnika xavfsizligi burchagi

1 komplekt




Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi fanidan


og‘zaki savollardan namunalar

  1. O‘zbek milliy kurashi turlari tarixi va taraqqiyoti

  2. Belbog‘li kurash usullarini shakllanishi va rivojlanishi

  3. Buxorocha kurash usullarini shakllanishi va rivojlanishi

  4. Sport kurashi kurashi usullari va ularning rivojlanishi

  5. Ta’lim muassasalarida kurash turlariga o‘rgatish

  6. Kurashchilarni tibbiy nazorat qilish

  7. Kurish mashg‘ulotlarda shaxsiy va jamoat gigienasi talablari.

  8. Kurashchilarning texnik tayyorgarligi

  9. Kurashchilarning taktik tayyorgarligi

  10. Kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi

  11. Kurashchilarning nazariy va uslubiy tayyorgarligi

  12. Kurashchilarning ma’naviy iroda va ruhiy tayyorgarligi

  13. Kurash zallariga qo‘yiladigan texnik, tibbiy va gigienik talablar

  14. Belbog‘li kurash usullarida hujum va himoya taktikalari

  15. Buxorocha kurash usullarida hujum va himoya taktikalari

  16. Sport kurashi kurashi usullarida hujum va himoya taktikalari

  17. Kurash mashg‘ulotlarida ta’lim vositalari

  18. Kurash mashg‘ulotlarida ta’lim uslublari

  19. Kurash mashg‘ulotlarida ta’lim tamoyillari

  20. Kurash mashg‘ulotlarim tashkil etish va ommaviylashtirish

  21. Kurash mashg‘ulotlarida nazorat shakllari

  22. Kurash mashg‘ulotlarida o‘z o‘zini nazorat qilish

  23. Kurash mashg‘ulotlarida shikastlanishlar va ularni oldini olish

  24. Kurash turlarida olimpiada zaxiralarini tayyorlash tizimi

  25. YUqori malakali kurashchilar tayyorlash tizimining faoliyati

  26. Mamlakatimizda milliy kurash turlarini rivojlantirish tadbirlari

  27. Mamlakatimizda sport kurash turlarini rivojlantirish tadbirlari

  28. O‘zbek kurashchilarining xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlari

GLOSSARIY



O‘zbek
tilida

Rus tilida

Ingliz tilida

Ma’nosi o‘zbek tilida

1

Milliy
kurash

Национальна я борьба

National
wrestling

Har bir millatning o‘ziga xos kurash sport turi

2

Kurash

Борьба

Wrestling

Buxorocha kurash negizida shakllangan kurash xalqaro sport turi

3

Belbog‘li
kurash

Борьба на поясах

Belt wrestling

Farg‘onacha kurash negizida shakllangan kurash xalqaro sport turi

4

Sportcha
kurash

Спортивная
борьба

Wrestling

Ba’zi kurash turlarini o‘z ichiga olgan kurash xalqaro sport turlari

5

Erkin
kurash

Вольная
борьба

Freestyle
wrestling

Barcha usullarga ruxsat berilgan kurash xalqaro sport turi

6

YUnon
Rum
kurashi

Греко
Римская
борьба

Greco-
Roman
wrestling

Bel yuqorisidan ushlab kurash tushishga ruxsat berilgan xalqaro sport turi

7

Dzyu-do
kurashi

Борьба
Дзюдо

Judo
wrestling

YAponiya milliy kurash turi negizida shakllangan kurash xalqaro sport turi

8

Sambo
kurashi

Борьба
Самбо

«Sambo»
wrestling

Rus sportchilari yaratgan kurash xalqaro sport turi

9

Kurash
sportining
maqsadi

Цель
спортивной
борьбы

The purpose of wrestling

YOshlarni jismonan sog‘lom va ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalash hamda kurash usullari bo‘yicha yuksak natijalarga erishish

10

Kurash
tarixi

История
борьбы

History of the wrestling

Kurash usullarini shakllanishi va rivojlanishi

11

Kurash
texnikasi

Техника
борьбы

Wrestling
technique

Kurashchilarning holati usullarni bajarish, uloqtirishlar kabi harakatlar

12

Kurash
taktikasi

Тактика
борьбы

Fighting
tactics

Kurashda hujum va himoya harakatlarini bajarish malaka va ko‘nikmalari

13

Kurashchil
ar
umumrivoj
lantiruvchi
mashqlari

Обще
развивающие
упражнения
борцов

General developmenta l exercises for wrestlers

Mashg‘ulotlarga organizmni jismoniy tayyorlashga qaratilgan mashqlar to‘plami

14

Kurashchil ar masus

Специальные
упражнения

Special exercises for

Kurash texnikasi va taktikasini egallashga asos bo‘ladigan










mashqlari

борцов

wrestlers

mashqlar to‘plami

15

SHikastlani
shlar

Травматизм

Injury

Mashg‘ulotlar va musobaqalarda kurashchilar tana qismlari va organlarining jarohatlanishlari va shikastlanishlari

16

Kurashga yo‘naltirish va saralash

Направления и отбор в борьбе

Directions and selection in wrestling

Kurash mashg‘ulotlariga bolalarning jismoniy qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlari hamda qiziqishlariga muvofiq jalb etish

17

Tibbiy
nazorat

Медицински й контроль

Medical
control

Kurashchilarni mashg‘ulotlarga va musobaqalarga tayyorgarliklarini tibbiy nazorat qilish

18

Atropometi
rik
ko‘rsatkich
lar

Антропометр
ические
данные

Anthropomet ric results

Kurashchilar tana tuzilishi, bo‘y va tana qismlari uzunligi, vazn, ko‘krak qafasi aylanasi, O‘TS, bilak va bel muskullari kuchi dinamometriyasini baholash.

19

Pedagogik
nazorat

Педагогичес кий контроль

Pedagogical
control

Kurashchilaring mashg‘ulotlarda, musobaqalarda ishtiroki va mustaqil tayyorgarlik jarayonlarida ishtirokini nazorat qilish

20

Kurashga
o‘rgatish

Обучения
борьбе

Wrestling
training

Kurash harakatlariga o‘rgatishda tarbiyaning amaliy va og‘zakilik hamda ko‘rgazmalilik uslublaridan foydalanish

21

Kurashchil ar asosiy holati

Основные положения в борьбе

Main stance of wrestlers

Kurashchilarning tik, o‘rta va past holatda turishlari.

22

Ushlashlar

Захваты

Capture

Milliy kurash usullarida kurashchilarni belbog‘dan, chopondan, qo‘llardan ushlash shakllari.
Sport kurashi turlarida gavdanining barcha qismlaridan shlash shakllari

23

Uloqtirishl
ar

Броски

Throws

Milliy kurashda belbog‘dan ushlab, oyoq yordamida, chopondan ushlab uloqtirishlar.
Sport kurashida qo‘l va oyoq hamda tana qismlari yordamida uloqtirishlar

24

Hujum
harakatlari

Нападающие
действие

Forwards
action

Uloqtirishlar, chalishlar, surishlar, bosishlar, muvozanatdan chiqarish



















harakatlari

25

Himoya
harakatlari

Защитное
действие

Protective
action

Raqib harakatlariga, usullariga qarshilik qilish va qarshi harakatlar

26

Og‘riq
berish

Болевые
приёмы

Painful
techniques

Dzyu do va Sambo kurash turlarida bo‘g‘imlarga og‘riq berish usullari

27

Ushlab
turish

Удержания

Retention

Dzyu-do va Sambo kurash turlarida raqibni ikki kuragini tekizgan holda ma’lum muddat ushlab turish

28

Bellashuv
shakllari

Виды
схваток

Types of fights

Erkin va YUnon Rum kurashida tik holatda yoki parterda kurash olib borish shakllari

29

Sof g‘alaba

Чистая
победа

Clear victory

Erkin va YUnon Rum kurashida raqibni ikki kuragini tekizgan holda uloqtirish

30

Mashg‘ulot
lar
shakllari

Формы
занятий

Forms of classes

Kurash mashg‘ulotlarining nazariy, amaliy va mustaqil tayyorgarlik shakllari

31

Mashg‘ulot
lar
vositalari

Средство
тренировки

Exercise tool

Kurash mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi, maxsus va yordamchi mashqlar hamda tabiat omillaridan foydalanish

32

Jismoniy
yuklama

Физическая
нагрузка

Exercise
stress

Kurashchilar organizmiga ta’sir etadigan jismoniy mashqlarning hajmi, shiddati, miqdori va ta’siri

33

Umumiy
tayyorgarli
k

Общая
подготовка

General
preparation

Kurashchilarning nazariy, axloqiy, ruhiy va iroda tayyorgarliklari

34

Maxsus
tayyorgarli
k

Специальная
подготовка

Special
training

Kurashchilarning texnik, taktik va jismoniy tayyorgarliklari

36

Jismoniy
tayyorgarli
k

Физическая
подготовка

Physical
training

Kurashchilarning kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik fazilatlarini rivojlantirish

37

Tayyorgarl
ik
bosqichlari

Этапы
подготовки

Preparation
stages

Kurashchilarning dastlabki tayyorgarlik, ixtisoslashtirish, takomillashtirish va uzoq muddat natijalarga erishish bosqichlari

38

Kurash
musobaqal
ari

Соревновани я по борьбе

Wrestling
competition

Kurashchilar umumiy va maxsus tayyorgarliklarini baholash uchun tashkil etiladigan bellashuvlar







39

Hakamlar

Судьи

Judges

Musobaqalarni tashkil etish, bellashuvlarni boshqarish, kurrashchilarni musobaqalarda ishtirok etishini nazorat qilish va baholashni amalga oshiradilar.

40

Musobaqa
turlari

Виды
соревновани
й

Types of competition

Saralash, xalqaro musobaqalar, turnirlar, o‘rtoqlik uchrashuvlari, chempionatlar

41

Musobaqa
hujjatlari

Документаци
я
соревновани
й

Competition
documentatio
n

Musobaqalarnin tashkil etish, o‘tkazish hamda yakunlash bo‘yicha meyoriy hujjatlar

42

Kurash
inshootlari

Борцовские
здания

Wrestling
buildings

Kurash mashg‘ulotlari va musobaqalari tashkil etiladigan maxsus binolar

43

Kurash
jixozlari

Борцовские
снаряжения

Wrestling
equipment

Kurash mashg‘ulotlari va musobaqalari tashkil etiladigan zaruriy jixoz va asboblar

44

Texnik
talablar

Технические
требования

Technical
requirements

Kurash mashg‘ulotlari va musobaqalari tashkil etish jarayonlarida yong‘in xavfsizligiga rioya qilish, tabiiy ofatlarga tayyorgarlik talablari

45

Gigienik
talablar

Г игиеническ ие
требования

Hygiene
requirements

Krash mashg‘ulotlari, musobaqalari, kurashchilar sog‘ligi, kurashchilar kiyimlari va jixozlariga qo‘yiladigan tibbiy gigienik va sanitariya talablari




ADABIY OTLAR



  1. Ш.М.Мирзиёев. Танкидий тахлил, катьий тартиб интизом ва шахсий

жавобгарлик - хар бир рахбар фаолиятининг кундалик коидаси булиши керак. Тошкент. 2016.

  1. Ш.М.Мирзиёев. Эркин ва фаровон, демократик Узбекистан давлатини

биргаликда барпо етамиз. Тошкент. 2016.

  1. Туманян Г.С. Спортивная борьба: отбор и планирование., М., 1984.

  2. Алиханов В. И. Техника и тактика вольной борьби. М., 1985.

  3. Одилов Т. Узбек полвонлари. Тошкент. 1985.

  4. Борьба на кушаках: Единые правила / Разраб. М.Фахретдиновым. .-М:,

1986.

  1. Игуменов В.М. Организация и поведение соревнований по классической

борьбе. М., 1986.

  1. Галковский Н.М. Керимов Ф.А. Вольная борьба. Ташкент 1987.

  2. Башкирская национальная спортивная борьба «Курэш» Правила

соревнований. -Уфа, 1991.

  1. Нуршин Ж.М., Саломов.Р.С., Керимов Ф.А., Узбекча миллий спорт

кураши. Тошкент. 1993.

  1. Ахмадиев М.Г., Кадиров М.К. Татаро-башкирская спортивная борьба.

Правила соревнований -Казань: 1997.

  1. Ахмадиев М.Г., Кадиров М.К. Татаро-башкирская спортивная борьба.

Казань: 1997

  1. Атаев А.К. Ёш усмирларга узбек курашини ургатиш услубиёти. Укув

кулланма. 2003 й. Тошкент.

  1. Багаутдинов А.Н. Правила соревнований башкирско-татарской

спортивной борьбы «Курэш». -Уфа: 2004

  1. Керимов Ф.А. Спорт кураши назарияси ва усулияти. Дарслик. Тошкент.

2018.

  1. Belbog‘li kurash bo‘yicha sport pedagogik mahoratini oshirish.

Sh.Mirzаqulоv Toshkent, 2018

  1. 7. Kurash sport pedagogik mahoratni oshirish. A.Taymurodov, S.Atajanov. Toshkent, 2018

  1. 8. Yunon-rim va erkin kurash sport pedagogik mahoratni oshirish. N.Tastanov, Sh.Abdullayev, Sh.Tursunov, S.Adilov. Toshkent, 2018

  1. Теория и методика спортивной борьбы.Ф.А.Керимов. - Ташкент, 2018.

  2. Греко-римская борьба . И.А. Турсуналиев. - Ташкент, 2018

  3. Дзюдо . Л.П. Югай., Д.Е. Нурышов. -Ташкент , 2018

  4. Erkin kurash . Sh. A. Abdullayev, L. Z. Xolmurodov. - Toshkent, 2018.

  5. Yunon-rum kurashi nazariyasi va uslubiyati N .A.Tastanov. -Toshkent, 2018.

  6. Dzyudo . Sh.A.Arslonov. - Toshkent, 2018.

  7. Yosh kurashchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. A.U. G'ofurov.

- Toshkent, 2018.

  1. Yunon-rim kurashi. F.A. Kerimov , N.A.Tastanov, E.I. Qodirov. - Toshkent,

2018.
MUNDARIJA

KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH METODIKASI 2
MIRZAKARIMOV H. 2
SO‘Z BOSHI 2
Kurash turlari va ularning rivojlanishi hamda taraqqiyoti 3
1.1.Milliy kurash turlarining shakllanishi va rivojlanishi 9
1.3.O‘zbek kurashi (Buxorocha) usulining taraqqiy etishi 16
1.4.Sport kurashining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 18
Dzyu-do 18
Sambo 19
YUnon-Rum kurashi 19
Erkin kurash 19
2Bob. Kurash mashg‘ulotlarining maqsad va vazifalari 20
2.1.Kurash mashg‘ulotini tashkil etish shakllari va vositalari 24
2.2.Kurash mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan gigienik talablar 27
2.3.Kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklari 34
2.4.Kurash turlari texnika va taktikasiga o‘rgatish 39
2.5.Kurashchilar jismoniy fazilatlarni rivojlantirish 40
3Bob. Kurash mashg‘ulotlarini tashkil etish qonuniyatlari 46
3.1.Kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarini 53
tashkil etish 53
Kurashchilar sport tayyorgarlik bosqichlari va ularning davomiyligi 62
Kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarining 62
3.2.Kurash mashg‘uloti tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar 63
Tayyorlov qismi 66
Asosiy qism 66
YAkuniy qism 66
Kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarining 68
ko‘rsatkichi (%) 68
Kurash turlarida yillik musobaqa faoliyatini rejalashtirish (marta) 69
3.4.Belbog‘li kurash texnika va taktikasiga o‘rgatish 70
3.4.O‘zbek kurash usuli texnikasi va taktikasiga o‘rgatish 74
3.5.Sport kurash turlari texnikasi va taktikasiga o‘rgatish 75
4Bob. Kurash mashg‘ulotlarini tashkil etish tamoyillari 85
va uslublari 85
Kurash mashg‘ulotlari uslublari 89
vazifalarini tushuntirish, mashg‘ulotni boshqarish, kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berish mumkin. 90
4.1.Kurash musobaqalarining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati 94
4.2.Kurashchilar sport tayyorgarliklarini nazorat shakllari 104
4.4.Kurash mashg‘ulotlarida shikastlanishning oldini olish 107
4.5.Kurash mashg‘ulotlari sport inshootlari va ularning jihozlanishi 113
Kurash mashg‘ulotlari tashkil etish uchun zaruriy jixozlar va xonalar 116
Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi fanidan og‘zaki savollardan namunalar 117
GLOSSARIY 118
ADABIY OTLAR 121
MUNDARIJA 122
СОДЕРЖАНИЯ 123
ANNOTATSIYA 125
АННОТАЦИЯ 126

  1. Боб. Кураш машгулотларини ташкил этиш тамойиллари ва услублари... 99-108

    1. Кураш мусобакаларининг таълимий ва тарбиявий ахдмияти 108-117

    2. Курашчилар спорт тайёргарликларини назорат шакллари 117-118

    3. Кураш билан шугулланишда уз узини назорат килиш 118-120

    4. Кураш машгулотларида шикастланишнинг олдини олиш 120-126

    5. Кураш машгулотлари спорт иншоотлари ва уларнинг жихрзланиши... 126-129

  1. Кураш турлари ва уни укитиш фанидан огзаки назорат шакллари 130

Адабиётлар 131
СОДЕРЖАНИЯ

KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH METODIKASI 2
MIRZAKARIMOV H. 2
SO‘Z BOSHI 2
Kurash turlari va ularning rivojlanishi hamda taraqqiyoti 3
1.1.Milliy kurash turlarining shakllanishi va rivojlanishi 9
1.3.O‘zbek kurashi (Buxorocha) usulining taraqqiy etishi 16
1.4.Sport kurashining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 18
Dzyu-do 18
Sambo 19
YUnon-Rum kurashi 19
Erkin kurash 19
2Bob. Kurash mashg‘ulotlarining maqsad va vazifalari 20
2.1.Kurash mashg‘ulotini tashkil etish shakllari va vositalari 24
2.2.Kurash mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan gigienik talablar 27
2.3.Kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklari 34
2.4.Kurash turlari texnika va taktikasiga o‘rgatish 39
2.5.Kurashchilar jismoniy fazilatlarni rivojlantirish 40
3Bob. Kurash mashg‘ulotlarini tashkil etish qonuniyatlari 46
3.1.Kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarini 53
tashkil etish 53
Kurashchilar sport tayyorgarlik bosqichlari va ularning davomiyligi 62
Kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarining 62
3.2.Kurash mashg‘uloti tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar 63
Tayyorlov qismi 66
Asosiy qism 66
YAkuniy qism 66
Kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarining 68
ko‘rsatkichi (%) 68
Kurash turlarida yillik musobaqa faoliyatini rejalashtirish (marta) 69
3.4.Belbog‘li kurash texnika va taktikasiga o‘rgatish 70
3.4.O‘zbek kurash usuli texnikasi va taktikasiga o‘rgatish 74
3.5.Sport kurash turlari texnikasi va taktikasiga o‘rgatish 75
4Bob. Kurash mashg‘ulotlarini tashkil etish tamoyillari 85
va uslublari 85
Kurash mashg‘ulotlari uslublari 89
vazifalarini tushuntirish, mashg‘ulotni boshqarish, kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berish mumkin. 90
4.1.Kurash musobaqalarining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati 94
4.2.Kurashchilar sport tayyorgarliklarini nazorat shakllari 104
4.4.Kurash mashg‘ulotlarida shikastlanishning oldini olish 107
4.5.Kurash mashg‘ulotlari sport inshootlari va ularning jihozlanishi 113
Kurash mashg‘ulotlari tashkil etish uchun zaruriy jixozlar va xonalar 116
Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi fanidan og‘zaki savollardan namunalar 117
GLOSSARIY 118
ADABIY OTLAR 121
MUNDARIJA 122
СОДЕРЖАНИЯ 123
ANNOTATSIYA 125
АННОТАЦИЯ 126

  1. Download 0,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish