Andijon davlat universiteti mirzakarimov h. Kurash turlari va uni o



Download 0,68 Mb.
bet23/25
Sana09.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#764483
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH

Mashq uslubi:

  • Kurash turlariga xos bo‘lgan harakatlar va mashqlarni qat’iy tartibda bajarish:

  • Jismoniy yuklamalar hajmi va miqdorini, yuklamalar ta’sirini ortirish, dam olishni davomiyligini aniq belgilash.

  • Mashg‘ulot jarayonlarida vositalar, anjomlar, jixozlar va tashqi ta’sirlardan samarali foydalanish.

Bu uslubdan kurashchilar sport tayyorgarliklari amaliyotida keng foydalanilib, yangi xarakatlar malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishda, jismoniy fazilatlar va qobiliyatlarni rivojlantirishda qo‘llaniladi.
O‘yin uslubi kurash harakatlari va mashqlarining barcha turlarini bajarishda qo‘llanilishi mumkin. O‘yin uslubining xususiyati harakatlarni tashkil etish biron “voqea” shaklida bo‘ladi. O‘yin voqealari hayotdan olinishi yoki jismoniy tarbiya jarayonlari talablariga muvofiq maxsus o‘ylab topilishi ham mumkin. O‘yin shakllari har bir mashg‘ulot xususiyatidan kelib chiqib ham qo‘llaniladi.
O‘yin uslubini qo‘llash shug‘ullanuvchilar harakat malaka va ko‘nikmalarini murakkab sharoitlarda, erkin holda rivojlantirish hamda jismoniy fazilatlardan chaqqonlik, harakatlarni boshqara olish sifatlarni, tashkilotchilik, mustaqillik va peshqadamlik jihatlarini takomillashtirish imkoniyatlarini beradi. SHu bilan birga o‘yin uslubi shug‘ullanuvchilarda intizomlilik, jamoatchilik va bir qator axloqiy va ma’naviy xislatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Musobaqa uslubi kurashchilar sport tayyorgarliklarining asoiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Bu uslubda kurashchilarda bellashuvlarda ishtirok etish, o‘zining barcha muhim xislatlarini namoyon eta olish malakalari shakllanadi. Musobaqa uslubi mashg‘ulotlardagi oddiy bellashuvlar shaklidan to sport musobaqalarda umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarni nazorat qilish shakllarigacha bo‘ladi. Musobaqalashish uslubining asosiy jihati bellashuv jarayonlarida ishtirokchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarni namoyon qilish, birinchilik va g‘oliblik uchun kurash.
Musobaqa uslubi yordamida bir qator pedagogik vazifalar hal etiladi. Bulardan jismoniy fazilatlarni, harakat malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish, axloqiy, ruhiy iroda sifatlarini tarbiyalashni ko‘rsatish mumkin. Bellashuv jarayonlaridagi raqiblik muhiti, xissiy va fiziologik omillar jismoniy mashqlarning ta’sirini kuchaytiradi hamda funksional imkoniyatlarni keng ochib berishni ta’minlaydi.
Nutq uslubi - og‘zakilik uslubi hisoblanib, shug‘uHanuvchilar tashqi sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatishni belgilaydi. Nutq orqali shug‘uHanuvchilarning kurashga oid nazariy bilimlarini rivojlantirish, mashg‘ulot maqsad va
vazifalarini tushuntirish, mashg‘ulotni boshqarish, kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berish mumkin.
Kurash mashg‘ulotlarida nutqdan foydalanishning quyidagi shakllari qo‘llaniladi:

  • Hikoya, suhbat va muhokama usullari:

  • Ko‘rsatma va tushuntirishlar:

  • Tavsiyalar va izohlar:

  • Buyruq va yo‘naltirish:

  • Baholash:

  • Og‘zaki hisobot va tahlil:

Sezgilar orqali harakatlar va mashqlar xaqida tushunchalar shakllantiriladi. Bu ko‘rish bilan birga eshitish, sezish shakllarida bo‘ladi.
Sezgi uslublaridan foydalanish shakllari:

  • Mashqlar va harakatlar namoyishi:

  • Ko‘rgazmali qurollar namoyishi:

  • Maket, model va j ixozlar namoyishi:

  • Kino va videofilmlar namoyishi:

  • Sezgi a’zolariga ta’sir etuvchi jixozlardan foydalanish.

Kurash mashg‘ulotlarining dastlabki tayyorgarlik mashg‘ulotlarida yosh kurashchilar bilan mashg‘ulotlar tashkil etishda nutqdan foydalanish uslubi samarali ta’sir etadi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish