Kurash turlarida sport mashgUlotlarimng mazmuni Kurash mashg‘ulotlarini tashkil etishda murabbiylar og‘zakilik va amaliy uslubdan keng foydalanadilar. Har bir harakatni bajarish va har bir mashqga tayyorgarlik jarayoni haqida murabbiy to‘liq tushantirish beradi. Mashqni va harakatni bajarib ko‘rsatadi. Kurashchilar mashq va harakatni bajarib takrorlaydilar. Tushunmagan vaqtda savol berish, qayta bajarib ko‘rsatishni taklif etishlari mumkin. YOsh kurashchilar mashqni va harakatni bajarib o‘rganishda dastlab qismlarga bo‘lib bajaradilar. Kurashchi mashq va harakatni uslubiy jihatdan to‘g‘ri bajarganlaridan so‘ng, murabbiy mashq va harakatni yaxlit shaklda bajarishlari talab etadi.
Kurashchilami harakatlar va mashqlami bajarishdagi kamchiliklarini bartaraf etish va to‘g‘ri bajarish bo‘yicha murabbiy uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalar beradi. Mashq va harakatni bir necha bor takrorlab ko‘rsatib berishlari mumkin. SHundan so‘ng har bir kurashchini alohida holatda kurash mashq va harakatlarini bajara olish malakasini nazorat qiladi. Kamchiliklarini tuzatadi. Kerakli tavsiyalarni beradi.
Kurashchilar har bir mashq va harakatni ko‘p marotaba takrorlashlari kerak. Bu jarayonda kurash mashqlar va harakatlarini avtomatik tarzda bajara olish maxorati shakllanadi. SHu bilan birga kurash mashq va harakatlarini bellashuv jarayonlarida samarali bajarish malakasi shakllantiriladi. Buning uchun har bir mashg‘ulotda aynan bir kurash mashq yoki harakatini qo‘llab kurash tushish tavsiya etiladi. Bu uslub kurashchilarda kurash harakatlari va mashqlarini bellashuv jarayonlarida muvaffaqiyatli bajara olish malakasini shakllantirishga katta yordam beradi.
Kurash turlarida mashg‘ulotlar jarayonlarida quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, texnik va taktik mahoratni shakllantirish. Jismoniy fazilatlarni rivojalantirish har bir mashg‘ulot jarayonlarida tashkil etiladi. SHu bilan birga haftalik mashg‘ulot jarayonlarining bir kunini jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi ham mumkin. Bunda chidamlilikni rivojlantirish uchun uzoq masofalarga yugurishlar va krosslar o‘tkaziladi. Kuch fazilatini rivojlantirishda kuch trenajerlarida mashqlar bajariladi. CHaqqonlikni rivojlantirish uchun futbol, basketbol, gandbol yoki regbi o‘yini o‘tkazilish mumkin. SHuningdek suzish mashqlari yordamida ham kurashchilar organizmi jismoniy rivojlantirilishi va sog‘lomlashtirilishi mumkin.
Har bir mashg‘ulotlarda kurashchilar jismoniy fazilatlarini rivojlantirishda xususiy yondoshishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda kurashchilar o‘zlarining yaxshi rivojlanmayotgan jismoniy sifatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratadilar. Jismoniy mashqlarda quyidagi mashqlarni bajarish tavsiya etiladi.
Mukul kuchini rivojlantirish uchun: og‘irliklar bilan mashqlar. Gantellar, shtanga va polvon toshlar bilan kuch mashqlari bajarish. Kurashchilarning o‘tirib turish mashqlarini bajarish: chuqur o‘tirish, o‘rta o‘tirish, bir oyoqqa o‘tirish, o‘tirib harakatlanishlar. SHerigi qarshiliklari bilan mashqlar - surish, tortish, qisish, bosish mashqlari.
Tezkorlikni ortirish uchun arqonda sakrash mashqlari. SHerigi yordamida tezkor mashqlar bajarish.
CHaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantirish uchun akrobatika mashqlari: oldinga va orqa tamonga do'mbaloq oshish, balandlikka va uzunlikka do‘mbaloq oshish mashqlari, elka bilan do'mbaloq oshish. Gilamga tushish zarbasini pasaytirish, himoyalanish harakatlari.
Jismoniy fazilatlarni rivojalantirish mashqlar shakllari: YUrish, yugurish va sakrashni navbatlashtirish. Yo‘nalishni o‘zgartirib sportcha yurish, chuqur odimlab yurish.
CHo‘qqayib yurish, tizzalarni baland ko‘tarib yurish, qo‘llami harakatlantirib yurish, sakrab-sakrab yurish, maksimal tezlik va turgan joyda yurish, yugurish: tabiiy to‘siqlarni engib o‘tib yurish va yugurish, turgan joyda burilib turib oldinga, orqaga, yon tomonlarga uzunlikka sakrash.
Buyumlarsiz bir kishi bajaradigan mashqlar. Ular asosiy muskul guruhlarini qisqartirish, cho‘zish va bo‘shashtirishga hamda kuchlilikni, tezlikni, chaqqonlikni va egiluvchanlikni rivojlantirish uchun harakatlar koordinasiyasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Buyumlarsiz bajariladigan mashqlar bir joyda tik turib, o‘tirib va yotib bajariladi. Ular katta amplituda bilan ravon, tezlikni asta-sekin oshirib va tez ijro etiladi.
Kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarining
ko‘rsatkichi (%)
Sport tayyorgarlik shakllari
|
Tayyorgarlik bosqichlari
|
Dastlabki
tayyorgarlik
|
Mutaxassislik
tayyorgarlik
|
YUqori
malakali
sportchilar
|
Nazariy tayyorgarlik
|
5-7%
|
6-8%
|
7-9%
|
Jismoniy tayyorgarlik
|
43-55%
|
32-40%
|
22-28%
|
Texnik tayyorgarlik
|
14-18%
|
16-20%
|
18-23%
|
Taktik tayyorgarlik
|
16-19%
|
25-30%
|
24-35%
|
Ma’naviy, ruhiy - iroda tayyorgarlik
|
10-14%
|
20-26%
|
40-50%
|
Uslubiy hakamlik tayyorgarlik
|
|
12-18%
|
30-40%
|
T iklanish j arayonlari
|
|
6-7%
|
7-10%
|
O‘quv yig‘inlari va musobaqalar
|
0,5-1%
|
1-2%
|
3-5%
|
Kurash turlarida yillik musobaqa faoliyatini
rejalashtirish (marta)
Musobaqalar turlari
|
Sport tayyorgarlik bosqichlari
|
Dastlabki
tayyorgarlik
|
Mutaxassislik
tayyorgarlik
|
YUqori
malakali
sportchilar
|
1 yil
|
2 yil
|
1 yil
|
2 yil
|
3 yil
|
Natijaga ko‘ra
|
Nazorat
|
—
|
1
|
2
|
3
|
4
|
8
|
Saralash
|
—
|
—
|
1
|
2
|
3
|
4
|
O‘rtoqlik
|
—
|
2
|
3
|
4
|
4
|
Ixtiyoriy
|
Asosiy
|
—
|
—
|
—
|
1
|
4
|
4
|
Guruhdagi
bellashuvlar
|
8
|
12
|
16
|
20
|
30
|
Ixtiyoriy
|
Belbog‘li kurash texnika va taktikasiga o‘rgatish
Belbog‘li kurash usulida kurashchining turish holati majburiy ixtiyoriy shaklda bo‘ladi. CHunki kurashchilar belbog‘ni ushlagandan so‘ng raqibining holatiga muvofiq harakat qiladilar. shunga qaramay kuchli va tajribali kurashchilar belbog‘dan ushlash bilanoq raqibni o‘z harakatlariga bo‘ysundirishga erishadilar. Mohir kurashchilar belbog‘dan ushlash bilan usul qo‘llashga harakat qiladi. Ayniqsa bo‘ holat kichik va o‘rta vaznli kurashchilarda kuzatiladi. Og‘ir vaznli kurashchilarning harakatlari salobatli va sekin bo‘lganligni uchun dastlabki daqiqalar bir birini nazorat qilish, usul qo‘llashga payt poylashdan iborat bo‘ladi. Belbog‘li kurash usullarida qarshi harakatlar va qarshi hujum qo‘llash imkoniyati chegaralangan bo‘lib, bunda kurashchidan katta kuch va maxorat talab qilinadi. SHuning uchun kurash harakatida usul qo‘llashga birinchi uringan, tezkor va kuchli kurashchi usulni samarali bajarishga erishadi.
Kurash boshlanishidan avval kurashchilar belbog‘larni ko‘krak qismidan erkin shaklda o‘lchanib dastlab qizil belbog‘li kurashchi belbog‘ni ushlaydi, so‘ng raqib belbog‘ni ushlab olishga qulay sharoit yaratib beradi. Kurashchilar belbog‘dan ushlashgandan so‘ng bellarini orqaga qilib, yarim egilgan holda hakam buyrug‘i bilan bellashuvni boshlaydilar. Kurash dastlab boshlanishida kurashchining boshi raqibning elka qismida turadi va oyoqlari bilan yon tomonga, orqaga va oldga siljish harakatlari bajaradi. SHu yo‘sinda harakatning uyg‘unlashuvi va raqibning harakatlarini nazorati susayganda usul qo‘llashga eng samarali sharoit sodir bo‘ladi.
Kurashchilarning turish harakatlari va belbog‘dan ushlash shakllarini rivojlantirishda dastlabki sport tayyorgarlik guruhi a’zolari kurashchilarida bu harakatlar malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga katta e’tibor qaratiladi. Kurashchilarni turish va belbog‘dan ushlash harakatlar texnikasini o‘rgatishda yosh kurashchilarga belbog‘dan o‘zlariga qulay ushlashga o‘rgatish hamda bellashuvning birinchi soniyasidan mustahkam turish holatini tanlashga erishishni o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bellashuvning daslabki harakatlarini boshlash malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirishda kurashchilarni navbat bilan belbog‘dan ushlab bir birini o‘ziga tortish hamda belbog‘dan qattiq siqib raqibni ko‘krak oldida baland ko‘tarish harakatlarini bajarish tavsiya etiladi.
Bebog‘li kurash usullarida asosiy kurash harakatlaridan siltash, kiftlash, bosish, tizzaga mindirish, to‘sish, bosma, qayirma, yonbosh, chalaqaytarma, qaytarma, qadamlash, aylantirish, ilish, hamda chalg‘itish usullari qo‘llaniladi.
“Siltash” usuli. Belbog‘li kurashda kurashchilar usulni boshlada siltash usulidan foydalanadilar. Siltash usuli aslida kurashchini muvozanatdan chiqarish usuli bo‘lib hisoblanadi. Siltash bilan kurashchini oldga, orqaga va ikki yon tamonga yiqish mumkin. Bunda raqibni belbog‘dan siqib, orqa tamonga itarib muvozanatdan chiqarish, belbog‘dan qattiq ushlab old tamonga tortish, belbog‘dan ushlab yon tamonlarga surish bilan kurashchini muvozanatdan chiqariladi. Bu harakatlarni bajarishda belbog‘ni burab qattiq siqib ushlash harakatni oson bajarishga yordam beradi.
Kurashchini orqaga itarish bilan uni o‘tirgizib qo‘yish mumkin. Kurashchini oldiga tortish bilan esa tizzilatib qo‘yiladi. YOn tamonlarga surishda esa raqib o‘z oyoqlariga chalishib qolib yiqiladi.
“Kiftlash” usuli. Bu usul oyoq va qo‘l hamda elka yordamida bajarish shakllari mavjud. Bu harakatlarda kurashchi raqibni o‘ziga ortadi va oyoq yoki qo‘l va elka yordamida tepaga qaratib turtki - kift beradi.
“Bosish” usuli. Bosish usuli asosan qarshi harakat usuli hisoblanib raqib usulni to‘liq bajara olmaganida kurashchi bu usulni amalga oshiradi. Kurashchi muvozanatini yo‘qotgan raqibini belidan qattiq siqib o‘ziga tortish bilan bir vaqtda ko‘kragidan bosh yoki jag‘i yordamida butun gavdasi kuchi bilan itarib, pastga bosadi.
“Tizzaga mindirish” usuli. Bu usulni qo‘llash kurashchi raqibni dast ko‘tarib amalga oshiradi. Ko‘tarish usullari shakllari raqib o‘ng oyog‘i oldida bo‘lganda kurashchi o‘ng oyog‘i raqib oyoqlari orasiga qadamlab kiritilib, o‘ng oyoq tizzasi yordamida ko‘tarish va o‘nga burish, tizza yordamida shu tamonga uloqtirish bajariladi. Raqibning chap oyog‘i oldida bo‘lganda , chap oyoq oldiga qo‘yilib kiftlanadi va yon tamonga buriladi, raqib tizza yordamida burilgan tomonga uloqtiriladi.
“To‘sish” usuli. Belbog‘li kurashda ko‘p uchraydigan usullardan biri hisoblanadi. Bu sulni qo‘llashda kurashchi raqibning oldga qilgan harakatiga qarshi o‘laroq harakatlanib raqib yon tamoniga o‘tadi va shu tamonga raqibni aylantirib uloqtiradi. Raqibni o‘ng tamoniga kurashchi o‘tganda o‘ng tamonga aylantirib, chap tamoniga o‘tganda chap tamonga aylantirib uloqtirish mumkin. Ro‘paradan kelganda esa kurashchiga eng qulay va takomillashgan uloqtirish tamoniga tashlash mumkin.
“Bosma” usuli. Bu usulda kurashchi raqibni siqib dast ko‘tarib, yana shu joyni o‘ziga bosib tashlash shaklida bo‘ladi. Bu usulni qo‘llashda kurashchi raqibini qattiq o‘ziga tortib siqib ushlashi va siltab muvozanatdan chiqarishi hamda raqibni bosib yiqitish bilan usulni yakunlaydi. Usulni bajarishda raqibning o‘ng oyog‘i oldida bo‘lsa kurashchi ham o‘ng oyog‘ini oyoqlar orasiga qadamlab kiritib kiftlanadi, raqib chap oyog‘i oldida bo‘lsa kurashchi chap oyog‘ini oldinga tashlab kiftlanadi. Harakatlar ko‘tarilgan raqibni bosish bilan chyakunlanadi.
“Qayirma” usuli. Bu usulni kurashchi raqibni ko‘tarib olgandan so‘ng bajaradi. Raqibni oyoqlari oldiga qo‘yilishiga muvofiq usul qo‘llaniladi. Raqib o‘ng oyog‘i oldida bo‘lsa, kurashchi ham o‘ng oyog‘i bilan kiradi, raqib chap oyog‘i oldida bo‘lsa kurashchi chap oyog‘ini oldiga tashlab kiradi. Harakatlarda tizza yordamida kiftlanadi va oyoqlarga qarama qarshi tamonga raqib qayirib uloqtiriladi. Bu usulda kurashchi raqibni ko‘tarmasdan qayirishi ta’qiqlanadi.
“YOnbosh” usuli. Qayirma usuliga deyarli o‘xshash bo‘lsada, harakatlari tez va raqibni aylantirish hisobiga usul chiroyli va jozibali chiqadi. Bu usulni qo‘llashda kurashchi tikkalanishi va raqibni kuch bilan o‘ziga tortishi hamda kiftlab bir oz aylantirishi kerak bo‘ladi. Kuchli kurashchilar egilib olgan raqibni ham katta kuch bilan o‘ziga tortib olib bu usulni muvaffaqiyatli bajara oladilar.
“CHalaqaytarma” usuli. Bu usul oyoq, qo‘l va elka yordamida bajariladi. Usulni oyoq yordamisiz bajarish shakli ham mavjud. Bu usulni qo‘llashdan oldin kurashchi raqibni kiftlash bilan ko‘tarib oladi va birinchi oyoq bilan qadamlab raqib oyog‘i orasiga kiritiladi, ikkinchi oyoq bilan esa raqib yon tamoniga o‘tiladi va u dast ko‘tarib qaytarib tashlanadi.
“Qaytarma” usuli. CHalaqaytarma usulining mukammal shakli hisoblanib harakatlar shu usul kabi bajariladi. Bunda ko‘tarish baland va qaytarish harakati keskin bajariladi. Raqibning ikki oyoqlari teng turganda kurashchi tayanch oyog‘ini oldiga tashlashi yoki u ham ikkala oyoqlarini raqib oyoqlariga moslashi mumkin. SHu holatdan tizza va bel yordamida kiftlab raqib dast ko‘tariladi va yon tomonga qaytarib tashlanadi.
“Qadamlash” usuli. Qadamlash usulining elkaga mindirish usulidan farqi shuki, bu usulda raqibni ko‘tarmasdan irg‘itib tashlanadi. Bu usul bir yo‘la to‘xtamay bajariladi. Masalan, raqibning o‘ng oyog‘i oldinda bo‘lganda, chap oyoq bilan qadamlab o‘ng oyoq yoniga qo‘yiladi. CHap qo‘l bilan raqibning o‘ng tirsak qo‘lini siqib, o‘ng elka tomonga burilib o‘ng oyoqni ham oldinroqqa tortib, o‘ng elka tomonga irg‘itib tashlanadi. Bu usulni chap oyoqda qaytarganda o‘ng qo‘lni o‘tkazish shart emas. Bunda raqibni qattiq siltash orqaligina usulni bajara olish mumkin.
“Aylantirish” usuli. Aylantirib tashlash siltash va kiftlash harakatlari bilan bajariladi. Belbog‘li kurashda aylantirish ko‘p qo‘llaniladigan usullardan hisoblanadi. Kurashchi tanyach oyog‘in oldiga tashlab raqibni siqib, siltaydi va kiftlab dast ko‘tarib oladi va yon tomonga aylantiradi, raqib doira shaklida aylangach oyoqlari ko‘tarilib ketadi, kurashchi to‘xtaganda raqib havoda aylanishda davom etadi. Kurashchi keskin to‘xtashi bilan raqib oyog‘i ko‘tarilib o‘z inersiyasi bilan yiqiladi, bunda kurashchi raqib yiqilishini nazorat qilish uchun harakatlarini muvofiqlashtirishi, raqibni kurak bilan tushishini ta’minlashi kerak bo‘ladi.
“Ilish” usuli. Bu usul kurashchidan katta kuch va tezkorlik hamda epchillikni talab etadi. Bu usulni kichik vaznli kurashchilar juda jozibali amalga oshiradilar. Kurashchi raqibini siltash bilan o‘ziga tortadi va tizzaga mindirmay faqat qo‘l kuchlari bilan uloqtiradi. SHunga qaramay bu shakldagi uloqtirishda oyoqlarda katta qadamlash va raqibni tortib aylantirilganda tizzalar bilan kiftlash muhim harakat hisoblanadi. Harakatlami kurashchi raqibini etaklash va muvozanatdan chiqarish bilan boshlaydi.
Kurashchilarni usullarni qo‘llashda aldov harakatlari va hiylalardan foylanish, razvedka yoki soxta harakatlar raqibni “CHalg‘itish” usuli deb atash mumkin. CHalg‘itish bir usulga harakat qilib boshqa usulni bajarish, raqibning harakatlariga qarshi harakatlar bajarish, raqib xatolari va kamchiliklaridan samarali foydalanish shakllarida bo‘lishi mumkin.
Kurashchilarning texnik maxoratlarini takomillashtirishda uloqtirish usullarini ko‘p marotaba bajarish tavsiya etiladi. SHu bilan birga kurash usullarini kurashchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarliklari va shaxsiy xususiyatlariga muvofiq takomillashtirish va o‘z harakatlariga moslashtirib olishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Uloqtirish harakatlarini ko‘p marotaba takrorlashda uloqtirish harakatlarini vaqtga bajarish kurashchilarda tezkorlikni rivojlantiradi. Og‘ir vaznli kurashchilarni uloqtirish harakatlarini bajarish esa kurashchilar kuch fazilatini takomillashtiradi. SHu bilan birga uzoq vaqt jismoniy yuklama ta’sirida bellashuv olib borish kurashchilar chidamliligini rivojlantirishga yordam beradi.
Kurashchilar taktik tayyorgarliklarini tashkil etishda muntazam o‘zaro bellashuvlar o‘tkazib turish muhim ahamiyatga ega. SHu bilan birga kurashchilar taktik maxoratlarini shakllantirishda har bir uloqtirish usullariga qarshi usullarni qo‘llay bilish hamda himoya usullaridan samarali foydalana olish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish kerak. Ko‘p marotaba bellashuvlarda ishtirok etish, har hil usulda kurash tushuvchi raqib bilan bellashish kurashchilarda musobaqalashish faoliyatini takomillashtirib boradi. Ularni taktik va texnik maxoratlari rivojlanishi bilan birga bellashuvlar jarayonida ma’naviy ruhiy iroda sifatlari ham tarbiyalanadi.
O‘zbek kurash usuli texnikasi va taktikasiga o‘rgatish
Kurashchini turish shakllari: chap, o‘ng, frontal, yuqori, o‘rtacha, past.
Siljib yurishlar: oldiga, orqaga, o‘ngga, chapga, qadam tashlab, sakrab-sakrab.
Ushlashlar: Bir qo‘li bilan belbog‘idan, ikki qo‘li bilan belbog‘idan, bir qo‘li bilan belbog‘idan va yaktagidan, tanasidan.
Muvozanatdan chiqarish: o‘zidan o‘ngga va chapga siltab; oldinga o‘ziga tortib va orqaga o‘zidan itarib; o‘zi atrofida o‘ngga va chapga burilish bilan.
Uloqtirishlar: Kurash usullarida asosan qo‘llar bilan uloqtirishlar raqibni orqaga, oldinga, yon tomonlarga bir zarb bilan ko‘tarib va siljib muvozanat xolatidan chiqarish va so‘ng uloqtirish (yiqitish); belbog‘dan, yaktakdan, belbog‘ va yaktakdan ushlab uloqtirish; qo‘lini, gavdasini ushlab uloqtirish; yaktak va gavdasidan ushlab uloqtirish; turli xilda ushlab uloqtirish.
Belbog‘li kurash qoidasi bo‘yicha kurash texnikasida oid usullar. Quyidagilar eng ko‘p tarqalgan usul xisoblanadi: bosma, ilma, qaytarma, o‘ng va chap yonga tashlash, ko‘tarib yon tomonga tashlash, yonbosh.
Kurash turlaridagi asosiy taktik harakatlar: xujum va himoya harakatlari, qarshi xujum harakati; razvedka, manevr qilish, raqibini chalg‘itish.
Qat’iy hujumkorlik harakatlari, oddiy ataka usuli, mudofaa, himoya va qarshi hujum harakati.
Aldash va soxta harakatlar: qo‘llar bilan, gavdasi bilan; oyoqlari bilan aldash va soxta harakatlar qilish; qo‘li, oyog‘i va gavdasi bilan aldash; siljitish va masofa bilan aldash.
Sport kurash turlari texnikasi va taktikasiga o‘rgatish
Kurashchilarni 3 xil turish texnikasiga o‘rgatish:
Baland turish. Kurashchi o‘ng oyog‘i oldida chap oyog‘i orqada, tizza sal bukilgan xolda, qo‘llar ko‘krak oldida bo‘ladi.
O‘rta turish. O‘ng oyoq yoki chap oyoq oldinga tizza bukilgan xolda, orqa oyoq ham bukilgan xolda bel egilib, gavda qismi belda bir oz balandroq turadi.
Past turish. Bunda kurashchini oyoqlari bukilgan xolda tizzasi gilamga tegishiga bir oz qoladi. Bel va gavda qismi ham o‘ta egilgan xolda kurashchi harakatlanadi. Parterda 3 xil turishda bo‘ladi. YUqori parter, O‘rta parter, Past parter. Har bir turishning qoidasi bor.
Sportcha kurashda kurashchi raqibni chalg‘itib bir harakat bilan uni oyog‘i, qo‘li, yoki bo‘ynidan, qo‘ltig‘i tagidan, belidan mahkam ushlab olib shu ushlagan joyidan unga xujum bilan usul qo‘llaydi. Kurashchi qadam tashlab raqibni qo‘ltig‘i tagidan o‘tib raqibni parter holatiga tushiradi. Raqibni kurashchi bo‘ynidan va elkasidan kuchli siltash bilan parterga tushirib o‘zi tezda orqasiga o‘tib oladi. Kurashchi raqibni oyog‘idan ushlab o‘ziga qulay tomonga ag‘daradi yoki usul bajaradi.
Zarb bilan uloqtirish natijasida kurashchi gavdasi va qo‘li bilan raqibni ag‘daradi. Qayirib uloqtirish-bunda raqib o‘z bo‘yi o‘qi atrofida buriladi. Elkadan oshirib uloqtirish usulda raqibni qo‘li yoki oyog‘i, boshi va qo‘ltig‘i tagidan ushlab olib elkalardan oshirib gilamga tashlaydi. Orqadan oshirib burilib uloqtirish usulda kurashchi raqibga orqasi bilan burilib bel tos yordamida raqibni oldinga yiqitadi. O‘tirib usul bajarishda - kurashchi raqibni qo‘lidan ushlab oyoq orasidan qo‘lini o‘tkazib cho‘kkalab olgan xolda raqibni ko‘tarib gilamga yiqitadi.
Kurashchi raqibni xujumiga va yo‘nalishiga qarab unga qarshi usul bajaradi. O‘tirgan xolda (parterda) bunda kurashchi gilamga o‘tirib raqibga oyog‘ini tirab keyin orqasi bilan dumalatib, uni o‘zini ustidan oshirib yuboradi. Raqibni qo‘lini elkasidan ushlab bir qo‘lni qo‘ltig‘i tagidan o‘tkazib teskari o‘tirib belidan va elkasidan oshirib uloqtiradi. Kurashchi avvalo raqibni soxta va aldov harakatlar bilan harakat qilib chalg‘itadi.
Kurashchi raqibga bir usul harakatini boshlab 2- usulni bajarishi bilan fint ishlatadi. Kurashchi raqibga o‘ng tomondan xujumni boshlab chap tomonga usul bajarish bilan raqibni muvozanatdan chiqaradi. Bir usulni harakatini yarmini boshlab raqibni qarshiligini va uning tayyorgarligini razvedka qilib oladi. Takroriy xujumni ketma-ket bajarib, oxirgi harakat xal qiluvchi, qolganlari esa aldamchi harakat xisoblanadi.
Kurashchi raqibini oyog‘i, qo‘li, beli, boshi va gavdasi bilan to‘sib uni harakatini sustlashtiradi. Bunda kurashchi raqibni belidan, oyog‘idan bo‘yin orqasidan qo‘lidan ushlab to‘sib unga harakat qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Raqibni qulochidan chiqishda uni bog‘lamini tez harakatlar bilan uzish zarur. Bunday holatda oldinga, orqaga, yoki chapga va o‘ng yonboshlarga chiqib ketish bilan bajariladi. Raqibini xujumini to‘xtatish uchun undan ximoya qilish bilan uni xujumiga qarshi usul bajariladi.
Raqibni parter holatda yoki yotgan holatda va tik turgan holatda, belidan, qo‘ltig‘i ostidan, belidan, oyoq yoki qo‘lidan va bo‘ynidan bir qo‘l bilan mahkam bog‘lam bilan ushlab turiladi. Og‘riq beruvchi usullarni bajarishda bo‘g‘imlarni qayirish, qattiq bukish yoki paylarni ezish mumkin bo‘ladi. SHunda raqib og‘riqni xis qiladi. Qo‘ldan, oyoqdan, beldan, bo‘yindan ushlab olib qo‘l yoki oyoq yordamida qisib og‘riq beradi.
Sambo, Dzyudo kurashida bo‘g‘ishda kimanodan yoki kiyimidan ushlab qattiq bo‘g‘iladi. Ushlab turishda maxsus qo‘l bilan, bo‘yin yoki oyoq bilan, bo‘yindan, boshi bilan ma’lum vaqtgacha mahkam ushlab turiladi. Bu harakatlarni bajarishda qo‘pol harakatlar qilish man etiladi. Noto‘g‘ri bog‘lanish ham mumkin emas. Og‘riq beruvchi usullar bajarayotganda raqibni qo‘li, oyog‘i, bo‘yni qismini to‘g‘ri ushlab turib og‘riq berish kerak. Raqibni bir qo‘li bo‘sh bo‘lishi kerak. SHu qo‘li bilan gilamga urib kurashni to‘xtatishni ishorasini xakamga bildiradi.
Sport kurash texnika va taktikasi - bellashuv jarayonida 15-20 ta shakldagi harakatlar texnika va taktikasini kurashchi xujumda qo‘llaydi. Xujum yaxshi taktik jihatdan tayyorlangan vaqtda kuch va tezkorlik ishlatiladi. Kurashchi kuchni talab etmaydigan taktik harakatlarni qo‘llayotib kuchni tejaydi va bellashuv oxirigacha ish qobiliyatini saqlaydi. Kurashchi chaqqon va egiluvchan bo‘lishligi uchun o‘zini xujum yoki ximoya paytida kerakli texnik va taktik harakatlardan foydalanishi lozim.
Kurashchini raqib qarshisidagi har bir harakati raqibga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: qattiq ushlash, qadamlash elka bilan surish. Qo‘ldan tortish bo‘ynidan yoki gavdasidan mahkam ushlash kabi harakatlar kurashchini chaqqon va epchilligidan dalolat beradi. Kurashchi oqilona texnik va taktik harakatni qo‘llaganda jismonan kuchli bo‘lgan raqibni ham engadi. Kurashchini muvozanatini saqlashda asosan oyoqlariga mustahkam tayanch nuqtasini yig‘ib, gavda, bel, oyoq qo‘lini mustahkam bir meyorda ushlab turish.
Bellashuvni olib borish asosan raqib tayyorgarligiga bog‘liq. Bellashuvda bo‘sh raqib bilan bo‘ladigan kurashda kurashchi “Sof g‘alabani” maqsad qilishi kerak. Kuchli raqib bilan esa ochkolar bo‘yicha g‘alabaga erishish kerak.
Bellashuvda-Razvedka, xujum, qarshi xujum, ximoyalanish, faollikni namoyish qilish, ustunlikni ushlab qolish, kuchni tiklash, gilam chetida ushlab olishni amalga oshirish, xavfli holatni amalga oshirish, yuqori malakali kurashchilar uchun xususiy tayyorgarlik bo‘lib xisoblanadi.
Kurashchi taktik va texnik tayyorgarligi yaxshi bo‘lsa u har qanday vazndagi kurashchi bilan kurasha oladi. Og‘ir vaznli bo‘yi uzun kurashchini aldash va soxta harakatlar bilan chalg‘itib uni charchatish kerak. Unga tez va chaqqon usullar bilan uni chapchitish zarur bo‘ladi. Engil vazndagilar bilan kurashganda ularga aldov harakatlar berib qo‘pollik qilmay ko‘proq qarshi usul yoki ximoyani qattiq ushlash zarur.
Sport kurashdagi usullar: Tik turib uloqtirishlar oldinga engashib usul bo‘lib unda raqibni qo‘lidan va belidan ushlab 180 gradus burilib belidan oshirib gilamga uloqtiradi. Elkadan oshirib (burilib)-usul bo‘lib bunda kurashchi raqibni qo‘llari, qo‘l va oyog‘i, boshi va oyog‘i, kiyimidan ushlab olib tutib turgan elkalardan oshirib gilamga tashlaydi.
Uloqtirishlar: qo‘llar bilan uloqtirishlar-raqibni orqaga, oldinga, yon
tomonlarga bir zarb bilan ko‘tarib siljib muvozanat xolatidan chiqarib so‘ng uloqtirib yiqitish. Oyoq bilan uloqtirish ich tomonidan, boldirdan, tovonini tashqariga, ichkariga qaratib ilib uloqtirish. Gavda bilan uloqtirish: soni va elkasidan oshirib uloqtirish, qo‘llarini ushlab olib, raqibga o‘girilib, qo‘llar bilan uloqtirish, qo‘li va bo‘yni elkasiga qilib uloqtirish.
Ximoya harakatiga qarshi usul ishlatish bilan xujumga o‘tish yoki undan qochish. Qulay ximoyalanib olib, qarshi xujum qilishdan iborat. Usulga ximoya qilib o‘zini harakatidan foydalanish. Ximoya, qo‘l, oyoq va gavda bilan bajariladi.
Qarshi usullar. Raqibni bajarayotgan usuliga qarshi usul qilish yoki raqib xujumiga qarshi xujum qilish kerak bo‘ladi. Raqibni qaysi usulni bajarishini sezib unga qarshi usul ishlatish kerak. Qarshi uloqtirish, javob uloqtirishlari, ximoyadan keyin uloqtirishlar bajarish.
Erkin kurash usullaridan ko‘rinishlar
Dzyu do kurash usullaridan ko‘rinishlar
Sambo kurash usullaridan ko‘rinishlar
Bob. Kurash mashg‘ulotlarini tashkil etish tamoyillari
va uslublari
Kurash mashg‘ulotlari ham pedagogik jarayon hisoblanib, ta’lim va tarbiya tamoyillari mashg‘ulotlami samarali tashkil etishda muhi o‘rin tutadi. Pedagogikaning umumiy tamoyillari hisoblangan onglilik, va faollik, ko‘rgazmalibk, bajara bilish, muntazamlilik va taraqqiyot tamoyillari kurash mashg‘ulotining uslubiy tamoyillari vazifalarini bajaradi. Kurashchilarning sport tayyorgarliklarida uslubiy tamoyillar yanada mukammalikka ega bo‘ladi.
Onglilik va faollilik tamoyili - jismoniy tarbiya va sport mashqlar bilan shug‘ullanishga ongli va barqaror munosabatni shakllantirishga qaratilgan. Bu holat qiziqishlar va intilishlar zamirida shakllanadi. Kurash mashg‘ulotlariga shug‘ullanuvchilar qiziqishlari hamda o‘zining shaxsiy intilishlari sabablari bilan keladilar. SHu bilan birga kurashchilar salomatlikni mustahkamlash, kelishgan tana tuzilishini shakllantirish, sportda yuksak natijalarga erishish, shuningdek
bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazish, yaxshi dam olish yoki jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida yaxshi o‘zlashtirishga ega bo‘lish maqsadida ham
mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar. Mashg‘ulotlar davomida murabbiylar
shug‘ullanuvchilar bilan kurash bilan shug‘ullanishning maqsad va vazifalari hamda afzalliklari haqida tushuntirish ishlari olib borish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Faollilik tamoyili asosida mashg‘ulotlarga faol ishtirok etish, murabbiy bergan vazifalarni to‘liq va muvaffaqiyatli bajarish, o‘z ustida ishlash, kamchilik va xatolarni bartaraf etib borish bilan shug‘uHanuvchilar sportda yutuqlarga erisha boradilar. Tamoyillar talablariga muvofiq shug‘ullanuvchilar mashg‘ulotlar davomidagi yutuqlari va kamchiliklarini muntazam nazorat qilish va tahlil etib borishlari kerak bo‘ladi.
Ko‘rgazmalilik tamoyili - kurash harakatlarni bajarish xaqida nazariy va amaliy tushunchalarga ega bo‘lish.
Bevosita ko‘rgazmalilik - murabbiylar tomonidan kurash harakatlari bajarib ko‘rsatib berish jarayoni.
Bilvosita ko‘rgazmalilik - bu jarayonda kurash mashqlar va harakatlarni bajarish bo‘yicha tushunchalar ko‘rgazmali qurollar, videofil’mlar namoyishi, ko‘p hollarda manekenlar yordamida amalga oshiriladi.
Kurash mashg‘uloti vazifalari xaqida faqat ko‘rish orqali emas balki boshqa sezgi organlari orqali ham tushuncha hosil qilinadi. Harakatlarni bajarishdagi ritmlar va tovushlar ham ahamiyatli bo‘lib, ularni bajarishni o‘rganishda eshitish sezgilari muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rgazmalilik tamoyili mashg‘ulotlarning boshlang‘ich bosqichi bilan bir qatorda rivojlantirish va takomillashtirish mashg‘ulotlarda ham o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi.
Bajara bilish tamoyili - shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarlik, ruhiy va jismoniy qobiliyatlari hamda shaxs xususiyatlarini mashg‘ulotlar jarayonlarida qat’iy hisobga olishni talab etadi. Bajara bilish tamoyilida shu ko‘rsatkichlarga asoslanib mashg‘ulotlarni tashkil etish,
kurashchilami jismoniy mashqlar va harakat malaka, ko‘nikmalarni egallash darajasiga muvofiq shug‘ullanishlarini amalga oshirishni tavsiya etadi.
Bajara bilish tamoyilida kurashchilar dastlabki tayyorgarlik guruhi talablariga muvofiq bo‘lgan kurash harakatlari texnikasi va taktikasini egallagandan so‘ng ixtisoslik guruh shug‘ullanuvchilari harakatlari texnikasi va taktikasi elementlarini egallab boradilar. Texnik va taktik tayyorgarlik mashqlari majmuyi oddiydan murakkabga qarab tuziladi va o‘rgatiladi. Boshlang‘ich tayyorgarlik mashg‘ulotlari harakat malaka va ko‘nikmalariga o‘rgatish mashg‘ulotlari, so‘ng malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish va takomillashtirish mashg‘ulotlari shakllarida tashkil etiladi.
Xususiylashtirish tamoyili kurashchilarning jismoniy tayyorgarliklari, jismoniy qobiliyatlari, yosh va jins ko‘rsatkichlari hamda shaxs xususiyatlariga muvofiq tashkil etiladi. xususiy yondoshish kurashchilarning shaxs qobiliyatlarini yaqqol namoyon eta olishga hamda kurash usullarining ba’zi bir shakllarini o‘z qobiliyatlariga muvofiq qo‘llay olish san’atini shakllanishiga katta yordam beradi.
Kurashchilarning jismoniy tayyorgarliklari, jismoniy qobiliyatlari, yosh va jins ko‘rsatkichlariga muvofiq mashg‘ulotlar davomida jismoniy yuklamalarni bajarishni tashkil etish, kurashchilarning sport mahoratini ortishiga katta yordam beradi. Aksincha me’yordan ortiq berilgan jismoniy yuklamalar kurashchilarni jarohatlanishlariga yoki mashg‘ulotlardan bezib qolishlariga olib kelishlari mumkin. SHuningdek mashg‘ulotlar jaryonlarida etarli darajada jismoniy yuklamalar bajarmaslik kurashchilarning sport tayyorgarliklarini takomillashtirishni ta’minlay olmaydi.
Mashg‘ulotlar jarayonlarida xususiy yondoshishda kurashchilarning shaxs xususiyatlariga muvofiq ular bilan muomala qilish, mashg‘ulotlar jarayonlarida rag‘batlantirish, qo‘llab quvvatlash ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Muntazamlilik tamoyili - kurash mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanish, dam olish va jismoniy yuklamalarni to‘g‘ri tashkil etishni talab etadi. Mashg‘ulotlar davomida beriladigan ruhiy va jismoniy yuklamalarni dam
olish bilan to‘g‘ri navbatlashtirish kerak. Jismoniy yuklamalar to‘rt fazadan iborat bo‘ladi - quvvat sarf etilishi, dam olish, tiklanish, dastlabki holatga qaytish.
Muntazamlilik tamoyili kurash mashg‘ulotlari vazifalarini izchillik va ketma ketlikda o‘zlashtirishga yordam beradi. Mashqlar va harakatlarni takrorlash, ularni erkin bajarish jarayonlarida ham muntazamlilik tamoyilarining ahamiyati katta bo‘lib, mashg‘ulot vazifalarini to‘liq o‘zlashtmshga asos bo‘ladi. Mashg‘ulotlarda harakatlarni takrorlash omillari kurashchilar sport tayyorgarliklarida aossiy o‘rin tutadi. Kurash harakatlari malaka va ko‘nikmalarm takomillashtirish jarayonlarining o‘ziga xos qonuniyatlari harakatlarni muntazam takrorlashni talab etadi.
Erkin harakatlar - jismoniy mashqlar va harakatlarning qabul qilingan texnikasi va shakllarini maqsadi o‘zgartirmagan holda shug‘ullanuvchi, jismoniy tayyorgarliklari ko‘rsatkichlariga muvofiq o‘zgartirish deb tushunish mumkin. Ushbu jarayonlar o‘quv trenirovka jarayonlarini qiziqarli tashkil etish, ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etishga yordam beradi. O‘quv trenirovka mashg‘ulotlarining kunlik, haftalik, oylik va yillik vazifalarini ketma ketlikda o‘zlashtirish ham muntazamlilik tamoyilining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. SHuni esda tutish kerakki mashg‘ulotlarda muntazam ishtirok etish kurashchilarni sport formasiga erishishga katta yordam beradi va aksincha mashg‘ulotlarni sababsiz yoki kasallanish va jarohatlar tufayli qoldirish natijasida sport tayyorgarlik darajasi barham topadi. 16 kunga sababsiz qoldirilgan sport mashg‘uloti ta’sirida kurashchining sport tayyorgarligini tiklash uchun bir yil mashaqqatli sport mashg‘uloti talab etiladi.
Taraqqiyot tamoyili - mashg‘ulot vazifalarini oddiydan murakkabga qadar rivojlantirib borishni talab etadi. Bu tamoyil jismoniy yuklamalar hajmi, miqdori va shiddatini ortirib borish bilan mashg‘ulot vazifalarini sekin asta murakkablashtirib borishni amalga oshiradi. SHunga ko‘ra kurpashchilarning texnik va taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlari vazifalari yangilanib, murakkablashtirib borish tavsiya etiladi. Bizga ma’lumki, mashqlar va harakatlar
majmu’ini yangilab borilmasa murakkab harakatlar texnika va taktikasini egallash, harakat malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish ta’minlanmaydi.
Bir hil ta’sirga ega bo‘lgan jismoniy yuklamalarga organizm morfo funksional imkoniyatlari moslashib borishi kuzatiladi. Jismoniy fazilatlar va ruhiy sifatlarni rivojlanishi ta’minlanmaydi. SHuning uchun mashg‘ulotlar davomida jismoniy yuklamalar hajmi, shiddati va ta’sirini organizm moslashib borishini hisobga olgan holda ortirib borish tavsiya etiladi.
Jismoniy yuklamalarning ta’sirini ortirishda har hil shakldagi mashg‘ulotlardan sekin asta foydalanish kerak. Jismoniy yuklamalarni to‘g‘ri chiziqli ortirish mashg‘ulotlarida jismoniy yuklamalar hajmi, miqdori va shiddati bir maromda ortirib boriladi. Jismoniy yuklamalar ta’sirini bosqichma bosqich ortirishda yuklamalar ta’siri bosqichma boqich keskin ortiriladi. YUklamalarni keskin ortirish organizm jismoniy yuklamalar ta’siriga moslashgandan so‘ng amalga oshiriladi. Jismoniy yuklamalar ta’sirini to‘lqinsimon ortirishda mashg‘ulotlarning haftalik, oylik va yillik vazifalarini bajarishda jismoniy yuklamalar ta’siri sekin asta muddat yarmigacha ko‘tarilib boradi va muddat yakunigacha susayib boradi.
Kurash mashg‘ulotlari uslublari
Kurash mashg‘ulotlarida pedagogikaning umumiy uslublari bilan bir qatorda sport mashg‘ulotlariga xos bo‘lgan uslublar ham keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |