Mavjud
|
Mavjud emas
|
Kuchlilik
|
+
|
Muskul bo‘shangligi
|
—
|
CHidamlilik
|
—
|
Toliqishlik
|
+
|
Tezkorlik
|
+
|
Sustkashlik
|
—
|
Egiluvchanlik
|
+
|
Qo‘pollik
|
—
|
CHaqqonlik
|
—
|
Beso‘naqaylik
|
+
|
Kurashchilar sport tayyorgarlik bosqichlari va
ularning davomiyligi
Sport
tayyorgarlik
bosqichlari
|
Bosqichning davomiyligi (yil)
|
Guruh
a’zolarining
soni
|
Mashg‘ulotlarga ajratilgan haftalik soat
|
Dastlabki
tayyorgarlik
|
2
|
14 - 16
|
6 - 9
|
Mutaxassislik
tayyorgarlik
|
3
|
10 - 12
|
10 - 18
|
YUqori
malakali
sportchilar
|
Sport natijalar pasaygunga qadar
|
6 -8
|
18 - 20
|
Kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarining
taqsimoti
Sport tayyorgarlik shakllari
|
Tayyorgarlik bosqichlari
|
Dastlabki
tayyorgarlik
|
Mutaxassislik
tayyorgarlik
|
YUqori
malakali
sportchilar
|
Tayyorgarlik davri (yil)
|
|
1
|
2
|
1
|
2
|
3
|
Natijaga
ko‘ra
|
Nazariy tayyorgarlik
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Jismoniy tayyorgarlik
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Texnik tayyorgarlik
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Taktik tayyorgarlik
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Ma’naviy, ruhiy - iroda tayyorgarlik
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Uslubiy hakamlik tayyorgarlik
|
|
|
|
|
+
|
+
|
T iklanish j arayonlari
|
Musobaqalardan so‘ng, jaroxat
|
anishlarda
|
O‘quv yig‘inlari
|
Musobaqalardan avval
|
Kurash mashg‘uloti tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar
Kurash turlari bilan ta’lim muassasalarida, sport maktablarida xamda sport saroylarida shug‘ullanish mumkin. Kurash to‘garaklariga bolalar jismoniy rivojlanishi, shaxsiy qibiliyatlari xamda qiziqishlari xisobga olingan xolda jalb etiladi. SHuningdek kurashchilarni tanlashda ularning oilaviy an’anaga muvofiq kurash bilan shug‘ullanishlari xam muhim ahamiyatga egadir. Kurash usullariga o‘rgatish o‘rta, maxsus va oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya va sport tadbirlari jarayonlariga kiritilgan. SHuningdek bolalar va aholi o‘rtasida yashash joylari, ishlab chiqarish korxonalari, dehqon fermer xo‘jaliklari, shahar va viloyat sport saroylari va sog‘lomlashtirish markazlarida ham kurash sporti turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Kurash turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar uch bosqichda olib boriladi. Bular dastlabki tayyorgarlik, mutaxassislik tayyorgarligi xamda yuqori malakali sportchilar tayyorlash bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh kurashchilar kurashchilarga xos bo‘lgan harakatlar va usullarga o‘rgatiladi. SHu bilan birga asosiy e’tibor ularning jismoniy fazilatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Mutaxassislik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida kurashchilarining texnik va taktik tayyorgarliklarini tashkil etish amalga oshiriladi. Bu bosqichda kurashchilarning nazariy, ruhiy iroda va ma’naviy tayyorgarliklari ham amalga oshiriladi.
YUqori malakali kurashchilar tayyorlash bosqichida texnik va taktik mahoratga xamda jismoniy barkamollikka ega bo‘lgan sportchilarni tayyorlash vazifalari amalga oshiriladi. YUqori malakali kurashchilar tayyorlash bosqichida umumiy va maxsus tayyorgarlikni takomillashtirish, uslubiy tayyorgarlik bo‘tsicha nazariy va amaliy bilim malaka va ko‘nikmalarni ortirish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Dastlabki sport tayyorgarlik bosqichida kurash mashg‘ulotlarini xaftasiga uch marta o‘tkazish mumkin. Lekin mashg‘ulot kunlariga o‘zgartirishlar xam kiritish mumkin. Biroq xar qanday shakllarda ham mashg‘ulotlar orasidagi interval 1-2 kun bo‘lishi lozim. Har bir mashg‘ulot 1 soat davom etadi. Mashg‘ulotlarning davomiyligi bolalarning yoshi va jismoniy xolatiga qarab belgilanadi. Kurashga o‘rgatish mashqlarida kuch va dinamik yuklamalar asta sekin oshib borishini esda tutish kerak. O‘smirning organizmi bu davrda juda tez rivojlanadi.
Kurash mashg‘uloti tarkibi mashg‘ulot jarayoni vazifalarini taqsimlanishini o‘zida aks ettiradi. Mashg‘ulot tuzilishi kurashchilar sport tayyorgarligi, yoshi va jinsi ko‘rsatkichlariga muvofiq tashkil etiladi. Mashg‘ulot ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni hal etishni o‘z oldiga qo‘yadi. Kurash mashg‘ulotining ta’limiy vazifasi kurashchilardi jismoniy tarbiya va sport hamda kurash turlari haqida nazariy bilimlarni shakllantirish, shu bilan birga sog‘lom turmush tarzi, mashg‘ulotlar va hayot faoliyatida shaxsiy va jamoat gigienasi talablariga rioya qilish, o‘z organizm xususiyatlari va ularning jismoniy yuklamalar ta’sirida rivojlanishi, organizmga salbiy etuvchi omillar, organizmni chiniqtirish muolajalari haqida nazariy bilimlar shakllantiriladi. Uslubiy tayyorgarlik jarayonlarida kurash mashg‘ulotlarining zaruriy jixozlari, kurash zallari va ularga qo‘yiladigan gigienik va texnik talablar, kurash mashg‘ulotlari va musobaqalarini tashkil etishning me’yoriy hujjatlari, kurash sportida ko‘p uchraydigan shikastlanishlar va ularni oldini olish, davolash muolajalari bo‘yicha bilim va malakalar hosil qilinadi.
Dastlabki sport tayyorgarlik guruhlarida kurash mashg‘ulotlari tayyorgarlik qismi uchun 15 - 20 daqiqa, asosiy qism uchun 25 - 30 daqiqa, yakuniy qism uchun 10 - 15 daqiqa ajratilishi mumkin. Mashg‘ulot tayyorlov qismida umumrivojlantirish, akrobatika va gimnastika mashqlari bajarilib kurashchilar orgaizmi jismoniy yuklamalar berishga tayyorlanadi. Mashg‘ulotning asosiy qismida kurashchilarga xos bo‘lgan harakatlar, uloqtirishlar texnikasi va taktikasi shakllantirilib boriladi. Kurash mashqlari tezlikka va chidamlilik hamda chaqqonlikka va kuchga bajarish tavsiya etiladi. Uloqtirishlar, himoya va hujum, qarshi hujum harakatlari bajariladi. Bir necha daqiqa bellashuvlar o‘tkazish ham mumkin.
Mashg‘ulotning yakuniy qismida jismoniy fazilatlarni rivojlantirish uchun mashqlari bajariladi, kurash turlariga oid harakatli o‘yinlar yoki estafetalar o‘tkaziladi. Kurash mashg‘ulotining jismoniy tarbiya darslaridan farqi shundaki mashg‘ulotda kurashchilar etarli darajada jismoniy yuklamalar olishi, mashg‘ulotlardan charchab chiqishlari kerak. Aks holda ularning sport tayyorgarliklarida ijobiy o‘zgarishlar amalga oshmaydi. Jismoniy toliqishlarni bartaraf etish uchun murabbiylar kurashchilar bilan bir oz ma’naviy tarbiya bo‘yicha suhbatlar o‘tkazishi, kurashga oid kino va video fil’mlar namoyishi tashkil etishi mumkin. SHuningdek kurashchilar jismoniy charchoqlarini bartaraf etishda issiq suvli vannalar va dush qabul qilish, quvvatli va vitaminli sharbatlar, ichimlik va dorivor giyohlardan choylar ichishlari kerak.
Kurashchilar dastlabki sport tayyorgarlik guruhlaridagi mashg‘ulotlar 60-100 daqiqa, mutaxassislik guruhlaridagi mashg‘ulotlar 100-120 daqiqa, yuqori malakali sportchilar guruhida ham 100-120 daqiqa bo‘lishi mumkin. Bunda mashg‘ulotlar takroriyligi muhim o‘rin tutadi. Dastlabki sport tayyorgarlik guruhlari mashg‘ulotlari haftasiga 3 marotaba bo‘lsa, mutaxassislik guruh kurashchilarining mashg‘uloti haftasiga 6 marta bo‘ladi. YUqori malakali sportchilar guruhidagi mashg‘ulotlar ham haftasiga 6 kun o‘tkazilib, ertalab bir marotaba hamda kechga yaqin ham bir marotaba bo‘ladi.
Dastlabki sport tayyorgarlik va mutaxassislik guruhi kurashchilarining hafta yakunidagi mashg‘ulotlarida sauna yoki sport o‘yinlari, kross o‘tkazish belgilanishi mumkin. YUqori malakali sportichilar guruhining ertalabki mashg‘ulotlari asosan jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Kechki mashg‘ulotlarda esa texnik va taktik maxoratni takomillashtirishga e’tibor beriladi. Murabbiylar tavsiyasiga ko‘ra mashg‘ulotlar shakli ham o‘zgartirilishi mumkin.
Musobaqalardan kamida 2 hafta oldin yoki bir oy oldin o‘quv yig‘ini mashg‘uloti tashkil etilib, mashg‘ulotda asosan jismoniy tayyorgarlikka e’tibor beriladi. SHunga qaramay texnik va taktik maxoratlarni takomillashtirish mashg‘ulotlari ham olib boriladi. O‘quv yig‘in mashg‘ulotlarining ko‘p qismi tog‘lik hududlarda tashkil etilib mashg‘ulotlar jarayonlarida kurashchilarning kuch chidamlilik fazilatlari hamda anaerob sharoitlarda og‘ir jismoniy yuklamalar bajara olish qabiliyatlari rivojlantiriladi.
Dastlabki sport tayyorgarlik guruhlarida kurash mashg‘uloti quyidagi shaklda tashkil etilish mumkin:
Tayyorlov qismi
Saflanish: Salomlashish, mashg‘ulot vazifasi va maqsadini tushuntirish.
Saf mashqlari burilishlar, yurish, yugurish.
Umumrivojlantirish mashqlarini yurganda, yugurganda, qatorda va doirada, buyumlar hamda sherigi bilan bajarish shakllari.
Kurashchilarning yordamchi mashqlari - oldinga va orqaga yumalash, baland, va past hamda uzunlikka yumalash, g‘ildirak, randat, flyak, kichik va katta sal’tolar, qo‘lda, tizzalarda va qo‘l - oyoq yordamida yurish turlari.
Kurash gilamida doirada kurashchilarning maxsus mashqlari - bo‘yin, elka, gavda, bel, tos - son, qo‘l va oyoq muskullarini cho‘zish uchun mashqlar.
SHerigi yordamida mashq bajarish. SHerigi qarshiliklari bilan mashqlar - surish, tortish, qisish, bosish mashqlari.
Asosiy qism
Kurashchilarni turish holatlari - chap, o‘ng, frontal, tik, o‘rta, past turish holatlari, oyoq, qo‘l va gavda holatlariga o‘rgatish.
Siljib yurishlar: oldiga, orqaga, o‘ngga, chapga, qadam tashlab, sakrab-sakrab, yurib, yugurib, qadamlab, juft qadam tashlab, bir oyoqni oldiga tashlab, yon tomonlarga harakatlanishlarga o‘rgatish.
Kurashchilarning bir birlarini ushlash shakllariga to‘rgatish:
Belbog‘idan va qo‘lidan ushlash, belbog‘idan va yaktagidan ushlash, belbog‘idan va bo‘ynidan ushlash, belbog‘idan va gavda qismlaridan ushlash harakatlariga o‘rgatish.
Uloqtirish harakatlariga o‘rgatish:
Qo‘llar yordamida uloqtirish:
Oyoqlar yordamida uloqtirish:
Gavda yordamida uloqtirish usullariga o‘rgatish.
Muvozanatdan chiqarish harakatlaridan o‘nga va chapga siltash, oldiga o‘ziga tortish va o‘zidan itarish harakatlariga o‘rgatish.
Tezkor hujum, ataka, qarshi hujum, aldov harakatlari, soxta harakatlar, fintlar, hiyla ishlatishlar, razvedka va manevr qilish kabi taktik harkatlarga o‘rgatish.
YAkuniy qism
Jismoniy fazilatlarni rivojlantirish mashqlari:
60 - 100 metrga tezkor yugurishlar.
Trenajerlarda kuch mashqlari bajarish.
Egiluvchanlik uchun gimnastika va akrobatika mashqlari bajarish.
CHaqqonlik uchun kurashga oid harkatli o‘yinlar o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |