Andijon davlat universiteti mirzakarimov h. Kurash turlari va uni o



Download 0,68 Mb.
bet13/25
Sana09.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#764483
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH

Egiluvchanlik - harakatlarni keng ko‘lamda bajarish qobiliyati. Egiluvchanlik irsiy xususiyatlarga bog‘liq, shunga qaramay egiluvchanlik qobiliyatiga yosh va jins hamda jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari ham ta’sir etadi. Umumiy va maxsus egiluvchanlik farqlanadi.
Umumiy egiluvchanlik - bo‘g‘imlarnining harakatchanligida izoxlanib, barcha harakatlarni keng ko‘lamda bajara olish qobiliyati deyish mumkin.
Maxsus egiluvchanlik - sport turlariga muvofiq bo‘lgan harakatlarni bajarishda namoyon etiluvchi egiluvchanlik.
Kurash turlarida egiluvchanlik qobiliyati etakchi jismoniy fazilat bo‘lib hisoblanadi.
Egiluvchanlik shakllari:

  • Faol egiluvchanlik: muskul kuchi yordamida amalga oshiriladi.

  • Sust egiluvchanlik: tashqi ta’sirlar ta’sirida amalga oshiriladi.

  • Dinamik egiluvchanlik: harakatlar davomida bajariladi.

  • Statik egiluvchanlik: tana holati o‘zgarmasdan namoyon etiladi.

Egiluvchanlik muskullar, bo‘g‘imlar hamda paylarning egiluvchanligiga
muayyan bog‘liq bo‘ladi. Egiluvchanlikni ortirish uchun razminka - muskullarni qizdirish mashqlari, egiluvchi muskullar guruhini massaj yoki cho‘zish mashqlarini bajarish kerak. Egiluvchanlikka tashqi muhit harorati, kun vaqtlari ham ta’sir etadi.
Egiluvchanlik qobiliyati ham tug‘ma qobiliyatlardan hisoblanib, mashg‘ulotlar davomida yanada rivojlanishi mumkin. SHunga qaramay egiluvchanlik fazilati tezkorlik va chaqqonlik fazilati kabi tez salbiy o‘zgarishga uchrovchi fazilat hisoblanib, muntazam jismoniy tayyorgarlikni, maxsus mashqlarni bajarishni talab etadi. YOshga muvofiq bu jismoniy fazilatlar sustlashib borish kuzatiladi.
Egiluvchanlikni rivojlantirishda muskullar, pay va bo‘g‘imlarning cho‘zilishini ta’minlovchi mashqlarni sekin asta bajarish tavsiya etiladi. Mashqlar tezligi va ko‘lamini bir maromda ortirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mashqlar oddiy, egiluvchan, cho‘ziluvchan keng ko‘lamdagi harakatlardan, tashqi ta’sirlar yordamida, rezina espanderlar va og‘irliklar bilan bajarilishi mumkin. Bu shakllardagi mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, bo‘g‘imlar cho‘ziluvchanligiga ta’sir etadigan jismoniy yuklamalardan keng foydalanish bo‘g‘imlar egiluvchanligini rivojlantiradi.
Jismoniy fazilatlar, harakatlar bajarish jarayonlarida harakat maqsadiga muvofiq o‘zaro bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Jismoniy fazilatning birining yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi boshqa fazilatlarni ham takomillashuviga olib keladi. Jismoniy tayyorgarlik jarayonlarida jismoniy fazilatlarni uyg‘un rivojlantirishga katta e’tibor qaratish kerak.
Jismoniy tayyorgarlik darajasi ortib borish bilan kurashchilar maxsus fazilatni takomillashtirishga harakat qiladilar. Ko‘p holatda bunday tayyorgarlik jismoniy fazilatlarni nomutanosib rivojlanishiga ham olib kelishi mumkin. Og‘ir yuklama bilan bajariladigan statik mashqlar tezkorlik bilan bajariladigan harakatlarni egallashga to‘sqinlik qilishi mumkin. Tezkorlikni rivojlantirish uchun esa og‘ir yuklamalarni bajarish maqsadga muvofiq emas. Bunga og‘ir atletikachilarni sport o‘yinlari harakatlarini bajarishdagi qiyinchiliklari yoki sprinterlarni og‘ir yuklarni ko‘tarishda paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarini misol qilish mumkin. SHuning uchun sportchilar jismoniy tayyorgarliklarini tashkil etishda jismoniy fazilatlarni o‘zaro muvofiqlikda rivojlantirishga e’tibor qaratish kerak. Buning uchun mashg‘ulotlarning haftalik tartibiga sport o‘yinlari, suzish, kurash, gimnastika va akrobatika hamda kuch mashqlarini bajarish uchun bir kun ajratish kerak.
Kurashchilarni jismoniy fazilatlarni rivojlantirishda maxsus sifatlarni ham tarbiyalashga katta e’tibor berish kerak. Kuch namoyon qilish jarayonlarida, tezkorlik mashqlari hamda harakatlarni boshqarish mashqlarni bajarishda ongli ravishda yondoshish kurashchilarda maxsus jismoniy sifatlarni shakllanishiga olib keladi.

  1. Bob. Kurash mashg‘ulotlarini tashkil etish qonuniyatlari

Kurash turlarida sport mashg‘ulotlarini tashkil etishda bir qator qonuniyatlarga amal qilinadi. Bu qonuniyatlar kurashchilarning har tamonlama rivojlanganligini ta’minlash. Bunda kurashchining texnik va taktik hamda jismoniy tayyorgarliklari hisoblangan maxsus sport tayyorgarliklarini kurashchining umumiy sport tayyorgarligi hisoblangan ruhiy iroda, ma’naviy va nazariy hamda uslubiy tayyorgarliklari bilan muvofiqlikda tashkil etilishini ta’minlashdan iborat. SHu bilan birga kurash mashg‘ulotlari jarayonlarida kurashchilar organizmi morfo funksional holatini mustahkamlash, organizmni sog‘lomlashtirishni tashkil etish, kurash sportida yuksak maxoratga ega bo‘lib, kurash bo‘yicha eng nufuzli musobaqalarda yuksak natijalarga erishishni belgilaydi.
Mashg‘ulotlar qonuniyatlarini amalga oshirishda sport tayyorgarliklarini takomillashtirishga katta e’tibor qaratiladi. Sport tayyorgarliklarini takomillashtirishda jismoniy yuklamalardan samarali foydalanish tavsiya etiladi. Kurash mashg‘ulotlari jarayonlarida kurashchilarning sport tayyorgarliklari bosqichlari, shaxsiy xususiyatlari hamda jismoniy qobiliyatlariga muvofiq jismoniy yuklamalarni rejalashtirish tashkil etiladi. Jismoniy yuklamalar ta’siri ularning hajmi, miqdori, sur’ati hamda shiddatiga muvofiq boshqariladi. Kurashchilarga jismoniy yuklamalar berishda asosan yuklamalar ta’sirini bosqichma bosqich, ortirish, to‘g‘ri chiziqli ortirish hamda to‘lqinsimon ortirish shakllaridan foydalaniladi. Jismoniy yuklamalarning ta’sir etish shakllaridan sport tayyorgarlik bosqichlari xususiyatlariga muvofiq foydalanish mumkin.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichlarida jismoniy yuklamalarni to‘g‘ri chiziqli ortishi muhim bo‘lsa, kurashchilar ixtisoslashtirish bosqichida jismoniy yuklamalarning bosqichma bosqich ortirish o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. YUqori natijalarga erishish bosqichida esa jismoniy yuklamalar ta’sirini to‘lqinsimon o‘zgarishidan samarali fodalanish mumkin. SHu bilan birga barcha bosqichlarda jismoniy yuklamalarning ta’sir etish shakllarining barcha turidan foydalanish kurashchilar sport maxoratlarini takomillashtirishda samarali ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Kurashchilar sport tayyorgarlik mashg‘ulotlari ma’lum bir davrlarga taqsimlanib tashkil etiladi. Davrlarga taqsimlashda kutilayotgan sport musobaqasigacha bo‘lgan muddat hisobga olinish mumkin. Bu davr mashg‘ulotlammg bir sikli bo‘ladi. Kichik musobaqalargacha bo‘lgan tayyorgarlik jarayonlari mashg‘ulotlammg kichik sikllari - mikrosikllar hisoblansa, katta musobaqalargacha bo‘lgan davrlar mashg‘ulotlammg katta sikllari - makrosikllar deb ataladi. Kurashchilarning sport tayyorgarlik jarayonlari mashg‘ulotlar sikllari xususiyatlariga muvofiq rejalashtiraladi. Jamoalardagi o‘rtoqlik uchrashuvlari, hudud va mamlakat birinchiliklari uchun sport tayyorgarliklari mikrosikllarda olib borilsa, olimpiada o‘yinlari va jaxon birinchiliklariga tayyorgarliklar mezosikl va makrosikllarda tashkil etiladi.
Kurash turlarida sport mahoratlarini takomillashtirish jarayonlarini o‘rganish va nazorat qilishning zamonaviy pedagogik, ruhiy, va tibbiy biologik nazorat sinovlari qo‘llanilmoqda. Bu nazorat me’yorlari kurashchilarning 10 yildan ortik og‘ir mexnatlari natijalarini tahlil etishga yordam bermoqda.
Kurash mashg‘ulotlari o‘quv trenirovka jarayonlarini rejalashtirish kurash turlari xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Kurashchilar sport tayyorgarliklarni rejalashtirish shakllari: Istiqbolli rejalashtirish - bir necha yilni o‘z ichiga oladi. Yillik rejalashtirish - bir yillik mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Joriy va tezkor rejalashtirish - bir oy yoki bir hafta tayyorgarlikdan tashkil topadi.
Istiqbolli rejalashtirish yosh kurashchilarni kelajakda yuqori malakali sportchi darajasiga etkazish hamda kurash sportida eng yuksak natijalar, jahon chempionatlari va olimpiada o‘yinlarida muvaffaqiyatlarga erishishlarini hisobga oladi. Istiqbolli rejalashtirish kurashchilar sport tayyorgarlik mashg‘ulotlari vazifalarini bosqichma bosqich murakablashtirib borishni talab etadi. Kurash turlarida sport tayyorgarlik mashg‘ulotlari kurashchining asosiy o‘quv jarayonlariga xalaqit bermagan holda muntazam tashkil etilishi kerak. Istiqbolli rejada kurashchining sport tayyorgarlik bosqichlarining vazifalari, jismoniy yuklamalarning yillik hajmi, miqdori va shiddati belgilanadi, jismoniy tayyorgarlikni baholash mezonlar tuziladi, mashg‘ulotlarning yillik rejalari aks etadi.
Istiqbolli rejalashtirish ko‘p yillik rejalashtirish bo‘lib uning muhim tamoyillari mashg‘ulotlar vazifalarini izchil o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Kurash harakatlari texnikasi va taktikasini takomillashtirishda harakatlarni to‘liq o‘rganish, rivojlantirish, takrorlash va takomillashtirish tamoyillaridan keng foydalaniladi. Kurashchilar texnik va taktik mahoratlari, jismoniy fazilatlari takomillashganlik darajalari muntazam nazoratlar orqali hamda musobaqalardagi bellashuvlar bilan baholanib borilishi kerak.
Yillik rejalashtirish kurash mashg‘ulotlari vazifalarini yil davomiga taqsimlashni ko‘zda tutadi. Bunday rejalashtirish ikki hil bo‘lib, birinchi ko‘rinishi oddiy rejalashtirish - mashg‘ulotlar vazifalari yil davomiga teng taqsimlanadi. Ikkinchi shaklda rejalashtirishda musobaqalarga katta e’tibor berilib, yil davomida ko‘plab bellashuvlar rejalashtiriladi. Yillik rejalashtirishning turlarini tanlashda kurash turlarining xususiyatlari, kurashchilarning mahorati, sport tayyorgarliklarning yillik bosqichlari e’tiborga olinadi.
Trenirovka mashg‘ulotlarini yillik bosqichi uch davrga bo‘linadi: tayyorlov, musobaqa va o‘tish davrlari. Ternirovka davrlari sport mahoratini shakllanishiga asos bo‘ladi. Sport mahoratini shakllanishi uch fazadan iborat bo‘ladi: trenirovkalarning tayyorlov davrida sport mahoratini shakllanishi, musobaqalar davrida sport mahoratlarini namoyon qilish va o‘tish davrida sport mahoratini susayish fazalari bo‘lib o‘tadi.
Trenirovka jarayonlarini rejalashtirish musobaqalar taqvimiy rejalariga muvofiq bo‘lishi, muhim musobaqalarga kurashchilar har tamonlama tayyorgarlik ko‘rishlari uchun ma’lum muddat kerakligini ko‘rsatadi. Kurashchilarni musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishlarida o‘quv jarayonlari xususiyatlarini hisobga olish maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi. YUqori malakali kurashchilarni musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari va musobaqalarda ishtirok etish muddatlarini hisobga olgan holda ularga o‘quv mashg‘ulotlarni mustaqil erkin reja asosida o‘zlashtirishga ruxsat beriladi. Eng nufuzli musobaqalar hisoblangan jahon birinchiliklari, Universiadalar hamda Olimpiada o‘yinlarida kurashchilarni muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini ta’minlash uchun ta’tillar ham berish ko‘zda tutiladi.
SHuning uchun yosh kurashchilar bilan trenirovkalarning yillik rejalarini tuzishda o‘quv yili muddatlarini hisobga olish, mashg‘ulotlarni sentyabr oyidan boshlab yoz fasli oxirigacha davom ettirilishi mumkin.
Tayyorlov davri 3 oydan 8 oyga qadar davom etishi mumkin. Trenirovka mashg‘ulotlarinmg bu davri davomiyligini mashg‘ulotlar sikllari belgilab beradi. Bu davrda dastlab jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratilsa, so‘ngra texnik va taktik tayyorgarlikni takomillashtirish mashg‘ulotlariga urg‘u beriladi. Tayyorlov dari yakunida kurashchilar yuqori sport mahoratga erishgan holda bo‘lishi ta’minlanishi kerak.
Musobaqalar davri trenirovka jarayonlarining yillik rejasiga kiritilgan musobaqalar kunlariga muvofiq bo‘ladi. Musobaqalar davrida kurashchilar o‘zining barcha umumiy va maxsus sport tayyorgarlik mahoratlarini namoyon qiladilar. Musobaqalar davrida ham kurashchilarning ma’naviy iroda sifatlarini tarbiyalashga, ruhiy axloqiy fazilatlarini shakllantirishga e’tibor qaratiladi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish