Globallashuv jarayonlarida millat va milliy o‘zlikni anglash masalalari, uning millat hayotida namoyon bo‘lish xususiyatlari.
Demografik globallashuv, ma’naviyat va qadriyatlar.
Ommaviy madaniyat.
Reja.
Demografiya (qadimgi yunoncha demos — xalq va - grafiya) — har yili turli sabablarga koʻra vafot etgan aholi oʻrnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga toʻldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga boglik holda oʻrganadigan fan. Demografiyaning paydo boʻlishi asosan 17-asrning 2-yarmidan angliyalik olim J. Graunt (1620— 1674) tadqiqotlari bilan bogʻliqdir. Demografiya terminini 1855 yilda fransuz olimi A. Giyar qoʻllagan. 1882 yil Xalqaro gigiyena va demografiya kongressining Jeneva sessiyasida rasmiy qabul qilingan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida keng tarqaldi. Oʻzbekistonda asosan 1960 yilardan qoʻllanila boshladi.

Globallashuv jarayoni kechayotgan bugungi kunda qator demografiyaga bog‘liq fanlarga ehtiyoj kattadir. Hozirgi davrda xalqaro demografik vaziyatning keskinlashuvi, nufus masalasining insoniyat global muammolarining ajralmas tarkibiy qismiga aylanganligi demografik fanlarning jadal rivojiga turtki bermoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik portlash, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagi demografik tanazzul, urbanizatsiya va xalqaro migratsiya muammolari globallashuv jarayoni kuchayganligining dalildir. Ayni paytda demografik muammolar ilmiy muammolar sarhadlarini buzib o‘tib, insoniyatning saqlanib qolishi va rivojlanishini belgilovchi umuminsoniy muammolarga aylanib bormoqda. Muammolarni hal etish yo‘llari, usullari bir xil emas, turli mintaqalarda turlicha yechimi mavjud, ba’zilarini hal etish yo‘llari esa, hali ishlab chiqilmagan. Shu boisdan, demografik fanlarning ham amaliy taraqqiyoti hozirgi zamon fanining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.