Оsiyo trаnspоrti va tаshqi iqtisоdiy аlоqаlаri



Download 31,11 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi31,11 Kb.
#240266
  1   2   3
Bog'liq
Маъруза матни (2)


Mavzu: Mаrkаziy Оsiyo trаnspоrti va tаshqi iqtisоdiy аlоqаlаri.

Transport halq xo‘jaligi tarmog‘i bo‘lib, xo‘jalik va aholining yuk va yo‘lovchi tashishga bo‘lgan extiyojini o‘z vaqtida ta’minlab turadi. U shuningdek, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Xalq xo‘jaligini transportsiz rivojlantirish mumkin emas, chunki transport sanoat bilan qishloq xo‘jaligi o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarini mamlakatning turli rayonlari o‘rtasidagi mahsulot almashinishini, uning ichki va tashqi aloqalarini ta’minlaydi. Yangi xududlarni o‘zlashtirishdan oldin ularga transport yo‘llari o‘tkaziladi. Transportning mudofaa ahamiyati katta. Transport taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti bilan, shuningdek texnikaning istiqboli bilan ham bog‘liq. Transport qanchalik takomillashgan bo‘lsa, mamlakat uning jahon xo‘jaligi miqyosidagi roli, hamda ijtimoiy mehnatning xududiy taqsimlanishi taraqqiy etadi. Transport taraqqiyoti mamlakatda va uning ayrim rayonlarida ishlab chikarishning ixtisoslashuviga ta’sir ko‘rsatadi. Transport mamlakatning siyosiy va madaniy hayotida ham muhim ahamiyatga ega. O‘tmishga nazar tashlasak, Markaziy Osiyo xududidan “Buyuk ipak yo‘li”o‘tgan. Ipak yo‘li G‘arbiy Yevropani janubiy va sharqiy Osiyo bilan bog‘lab turgan, uning shaxobchalari Markaziy Osiyo xududi bo‘ylab tarqalgan. Markaziy Osiyodagi xalqlar bir birlari bilan shuningdek, qo‘shni xududlardagi halklar bilan ijtimoiy, madaniy aloqa qilganlar. ”Buyuk ipak yo‘li”ning ta’sirida yirik shaharlar, obod qo‘rg‘onlar barpo bo‘lgan. Madaniyat va ma’rifat taraqqiy etgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida dengiz yo‘llarining ochilishi, shuningdek, yaqin va o‘rta sharq mamlakatlarida vaziyatning keskinlashuvi oqibatida, Buyuk Ipak yo‘lining Markaziy Osiyo xududidagi mavqei pasayib borgan.

Chor Rossiyasi istibdodi davrida Markaziy Osiyo xududlarining katta qismi bosib olinishi tufayli boy tabiiy mineral resurslar vahshiyona o‘zlashtirildi. Mintaqa xom–ashyo yetkazib beruvchi o‘lkaga aylandi. Natijada transport aloqalari shakllandi. Dastlabki temir yo‘llar Chor Rossiyasi davrida qurildi. O‘zbekistonda temir yo‘l qurilishi 1888 yilda boshlandi, Chorjo‘y temir yo‘li davom ettirilib, Samarqandga olib kelindi, 1890 yilda esa temir izlar Toshkentdan Andijonga yetkazildi. 1905 yilda Orenburg va Toshkent oralig‘ida temir yo‘l ishga tushirildi.

Sobiq Ittifoq davrida 1931–yili Turksib temir yo‘l magistralining (1445 km) ishga tushirilishi Markaziy Osiyoning iqtisodiy va madaniy hayotida katta ahamiyatiga ega bo‘ldi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo xududida Aris–Orenburg, Aris–Novosibirsk, Toshkent–Krasnovodsk yo‘nalishlari bir–birlarini bog‘laydi. Respublikalarning ichki xududlari ham temir yo‘llar bilan ta’minlandi, temir yo‘l izlarining zichligi ortib borib, bu turdagi transportning salohiyati oshdi. Jumladan Qozog‘istonda Petropavlovsk–Borovoy temir yo‘li Qarag‘anda va Balxashga yetkazildi, Jarik–Jezqazg‘on, Atirau–Orsk, Janubiy Sibir temir yo‘l magistrallari qurildi. Shuningdek, O‘rta Sibir magistrali (Qustanoy, Ko‘kchatov–Irtish–Qorasu)Beyneu–Qo‘ng‘irot (1972) va Makat–Aleksandr Gay temir yo‘llari ishga tushirildi. Qirg‘izistonda Lugovaya–Bishkek–Baliqchi; O‘zbekistonda Chorjo‘y–Qo‘ng‘irot temir yo‘li 1952–1955 yillarda, Navoiy–Uchquduq–1962 yilda, Termiz–Qo‘rg‘ontepa–Yavan, Nukus–Chimboy 1990 yilda, Tuyamo‘yin–To‘rtko‘l yo‘nalishlarida temir yo‘llar qurildi.

Sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyo xududlaridagi shahar va qishloqlarni, tog‘–kon sanoati markazlarini, chorvador tumanlarni birlashtiruvchi tranzit va mahalliy avtomobil yo‘llari qurilib ishga tushirildi. Biroq bu xox temir yo‘l, yoki avtomobil yo‘li, xox quvur hamda suv va havo yo‘li bo‘lsin, ular “markaz” ko‘rsatma rejasi asosida barpo etilardi. O‘sha davrda xududdagi respublikalarning ixtiyori markazning qo‘lida edi. Shuning uchun ham extiyojdan kelib chiqqan holda biror–bir transport tarmog‘ini qurish va barpo etish “markaz” ko‘rsatmasisiz mumkin emas edi. Bunga quvur transporti orqali gazlashtirishni misol qilib olsak bo‘ladi. Sobiq Ittifoq davrida transport yo‘llarining zichligi respublikalarda bir xil emas edi. Masalan har 1000 kv. km.ga to‘g‘ri keladigan temir yo‘llar zichligi Qirg‘izistonda–1,8km; Turkmanistonda–4,9 km; O‘zbekistonda–14,7 km.ga; avtomobil yo‘llarining zichligi Ukrainada 412,2 km bo‘lgan xolda, Turkmanistonda 43,2 km, Tojikistonda 133,4 km. va O‘zbekistonda 207,4 km.ni tashkil qilgan.

Markaziy Osiyoda yuk va yo‘lovchi tashish uchun temir yo‘l transportining ahamiyati katta. Shu boysdan ham uchun ham tranzit temir yo‘llaridan tashqari maxalliy temir yo‘llar qurishga katta e’tibor berilmoqda. Transport yo‘llarining ahamiyati respublikaning tabiiy sharoiti, extiyojidan kelib chiqqan xolda bir– biridan farqlanadi. Masalan Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalarida rel’ef xususiyatini etiborga olganda avtomobil transportining xissasi salmoqlidir. Shuning uchun respublikalarda meridianal va kengliklar yo‘nalishidagi avtomobil yo‘llarining qurilishiga katta e’tibor qaratilgan. Bunday avtomobil yo‘llari Issiqko‘l xalqasida, Bishkek–O‘sh, O‘sh–Xorog, Dushanbe–Xo‘jand, Toshkent–Termiz orasida, janubiy Turkmanistonda ham qurilgan. Asosiy avtomobil yo‘li magistrallariga Almati–Bishkek–Shimkent– Toshkent; Pavlodar–Omsk yo‘nalishlari kiradi.

Markaziy Osiyoda suv transporti Balxash ko‘lida, Irtish, Ural, Amudaryoda mavjud, Markaziy Osiyo davlatlarini bog‘lovchi Turkmanboshi porti dengiz transporti markazi vazifasini bajaradi. 1962 yilda Turkmanboshi–Boku paromi ochildi va unda har xil yuklar tashiladi. Amudaryo suv transportidan Tojikiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston, Turkmaniston davlatlari foydalansa, Irtish daryosi transportidan Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy davlatlari foydalanishadi. Suv transportida ayniqsa Kaspiy dengizining, qisman Issiqko‘lning salmoqli ulushlari bor.

Markaziy Osiyo xududida asosan Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston, qisman Tojikiston va Qirg‘izistonda quvur transporti rivojlangan. Jumladan, Uzen–G‘arbiy Qozog‘iston, Atirau–Orsk. Uzen–Atirau–Sizran orolig‘ida neft quvuri qurilgan. Neft quvur transporti O‘zbekistonda dastlab 1908 yilda Chimyon neft konidan Vannovsk (Oltiariq) nefni qayta ishlash zavodiga tortilgan. Respublikada uzunligi 100 km bo‘lgan Ko‘kdumaloq–Buxora neft quvur transporti 1994–97 yillarda qurib ishga tushirilgan. Eng uzun gaz tashuvchi quvur transporti markazda Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston xududlaridan o‘tkazilgan. Nebitdog‘–Turkmanboshi, Jarqoq–Buxora–Samaqand–Toshkent; Muborak–Toshkent–Shimkent–Taraz–Bishkek–Almati shular jumlasidandir. Hozirgi vaqtda Turkmaniston va O‘zbekiston tabiiy gazini Xitoy eksport qiluvchi quvur transporti mavjud.

Markaziy Osiyoda havo transportining ham ahamiyati katta. Havo transporti respublikaning ichki qismlarini shuningdek, respublikalar orasini hamda xorijiy davlatlarni bir birlari bilan bog‘laydi va davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy hayotida muhim rol o‘ynaydi. Markaziy Osiyodagi ko‘plab aeroportlar xalqaro talablarga javob beradigan darajada rekonstruksiya qilingan.

Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishgandan keyin bu yerda transportning xo‘jalikka va aholiga xizmat ko‘rsatishini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish uchun bir qator ishlar amalga oshirildi, chora–tadbirlar ishlab chiqildi. Jumladan, O‘zbekistonda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksionerlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksionerlik mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoat korxonalariga aylantirildi. Shuningdek, mamlakat mustaqilligi va iqtisodiyoti katta ahamiyatga ega bo‘lgan Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Eron, Turkiya va G‘arbiy Yevropaning janubi bilan tutashtiruvchi Transosiyo magistrali Istambul–Toshkent–Almati–Pekin qurilishida xissaboy ishtirokida respublika quruvchilari uzunligi 133 km bo‘lgan Tajan–Seraks temir yo‘lini (133 km) qurishda qatnashdilar. O‘zbekiston Xitoyga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon–O‘sh–Ergashtom–Qashqar (1997), Hind okeaniga chiqishga imkon beradigan Toshkent–Termiz–Xitoy–Karachi avtomobil yo‘li qurilishida qatnashmoqda. Bunday hamkorliklar transportning boshqa turlari bo‘yicha ham olib borilmoqda va ular ijobiy natija bermoqda. Masalan: “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Germaniya, Fransiya, Rossiya firmalari bilan turli sohada xamkorlik qilmoqda. Shuningdek, Kaspiy bo‘yida yangi portlar qurish, dengizda kema qatnovini yaxshilash bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida hamkorlik qilish hozirgi kunning eng muhim mavzusiga aylangan.

Markaziy Osiyo davlatlari o‘z transportini takomillashtirish va rejalashtirishda, ichki va tashqi aloqalarni kuchaytirishda hamkorlik sharnomalarini tuzishmoqda va yaratuvchanlik ishlarini amalga oshirishga harakat qilishmoqda. XXI asrning birinchi choragida Markaziy Osiyo xududida yagona transport tizimini vujudga keltirish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada Markaziy Osiyo davlatlari ichki va tashqi ma’daniy, ma’rifiy, iqtisodiy va siyosiy aloqalari ortib bormoqda. Bu o‘z navbatida mintaqada ishlab chiqarish kuchlarini jadal rivojlantirishga, samarali ixtisoslashuvga xizmat qiladi.

Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy–ijtimoiy salohiyati yana ham katta. Hozirning o‘zida mintaqa davlatlari MDH va jahonda paxta, pilla, quritilgan meva, g‘alla, poliz, tez pishar sabzavot, qorako‘l terisi kabilarni yetishtirishda, tabiiy gaz, neft, fosforit qazib olishda, oltin, uran, mis, qo‘rg‘oshin kabi rangdor metallarni ishlab chiqarishda yirik mintaqalardan biri hisoblanadi.

Bu omillarning barchasi bozor munosabatlari sharoitida mintaqa davlatlarining umumjahon mehnat taqsimotida tutgan o‘rnini doimo yuksalib borishini ta’minlamoqda, xorijiy investitsiyalarning tobora faolroq qatnashuvi natijasida ishlab chiqarishda tub sifat o‘zgarishlarga erishilmoqda degan xulosa chiqarishga imkon beradi.

MDH doirasida qabul qilingan dastlabki eng muhim hujjat Iqtisodiy ittifoq to‘g‘risidagi Shartnoma hisoblanadi (1993 yil sentyabr). Mazkur xujjatda iqtisodiy integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning quyidagi asosiy bosqichlari belgilab berildi:



  • davlatlararo (ko‘p tomonlama) erkin savdo uyushmasi;

  • bojxona ittifoqi;

  • tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi umumiy bozori;

  • valyuta (pul) ittifoqi.

1994 yilning aprelida
Download 31,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish