erkin savdo zonasi, 1994 yilning oktyabrida to‘lov ittifoqi va Iqtisodiy ittifoqning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organi sifatida Davlatlararo iqtisodiy qo‘mita (DIQ) tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Uzoq tarixiy rivojlanish mobaynida yuzaga kelgan chuqur integratsion aloqalar, ishlab chiqarishni mamlakatlar bo‘yicha ixtisoslashuvi, korxona va tarmoqlar darajasidagi keng tarmoqli kooperatsiya, umumiy infratuzilmaning mavjudligi MDH tashkil topishining ob’ektiv asosi hisoblanadi.
MDHning raqobatbardosh resurslari jumlasiga, arzon ishchi kuchi va energiya resurslarini kiritish mumkin. Hamdo‘stlik mamlakatlari bo‘yicha bu yerdahar yili jahon elektr quvvatining 10 foizi ishlab chiqariladi va bu iqtisodiy o‘sish uchun muhim shart–sharoit bo‘lib xizmat qiladi.
MDHga a’zo mamlakatlar iqtisodiy integratsiyasining strategik maqsadlari xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish, barqaror ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash uchun ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiyasini rivojlantirish, Hamdo‘stlikka kiruvchi barcha mamlakatlar aholisi turmush farovonligini yaxshilash hisoblanadi.
Garchi, MDH doirasida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish sohasida qator chora–tadbirlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, unga a’zo mamlakatlar iqtisodiyotlarining integratsiyalashuvi past darajada qolmokda. Sobiq Ittifoqda respublikalararo tovar aylanmasi ittifoqdosh respublikalar jami tashqi savdo aylanmasining 69 foizini, Yevropa Ittifoqida unga a’zo mamlakatlar o‘zaro tashqi savdo aylanmasining jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 62 foizni tashkil etsa, MDHda bu ko‘rsatkich 28 foizga teng, xolos.
Hamdo‘stlikka a’zo alohida mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatlari turlicha. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Rossiya alohida o‘ringa ega. MDH aholisining yarmidan ko‘prog‘i, YaIMning 70,1 foizi va sanoat mahsulotining 51 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
MDH aholisining 9 foizi, yalpi ichki mahsulotning 2,5 foizi, yalpi sanoat mahsulotining 2 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.
MDH va umumjahon mehnat taqsimotida mintaqa mamlakatlarining o‘rnining oshib borishi, respublikalar iqtisodiyotining keng doirada erkinlashuvi, chet el investitsiyalarini kiritish asosida ilg‘or xorij ishlab chiqarish texnologiyasi negizida korxonalar va tarmoqlar tarkibini bozor munosabatlari talablariga moslashtirish eng muhim, diniy ekstremizm va islom fundamentalizmini bartaraf etish orqali ijtimoiy barqarorlik va tinchlikka erishishni taqozo etadi. Ular esa o‘z navbatida Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rnining doimo oshib borishiga zamin tayyorlaydi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
1. Transport (lotincha
Do'stlaringiz bilan baham: |