«Ag’darish» o’yini. Bu qadimiy sport o’yini jangchilar orasida keng tarqalgan: ikki otlik yigit bir-birini otdan yikitib tushurishga harakat qiladigan mana shu o’yinda, albatta, dovyurak, kuchli va tadbirkor ishtirokchi g’olib chikkan. Bellashuvda o’zi mingan otni boshqarish mahorati ham katta ahamiyatga ega bo’lgan.
«Uloq». Eng murakkab va qiziqarli bu o’yin X-XI asrlardayoq ma'lum bo’lib, katta bayramlar va to’ylarda o’tkazilgan. To’y boshlanishi oldidan bir guruh yigitlar belgilangan joyga to’planishgan. U yerga so’yilgan echkining tanasi tashlab qo’yilgan. Yigitlar ba'zan bir necha o’n kishidan iborat bo’lib, ularning hammasi echki tanasini yerdan ko’tarib olishga va atrofdagilarga berib qo’ymay, marragacha olib borishga harakat qilganlar. Bunda chaqqon, jasur, irodali, qiyin vaziyatda dovdirab qolmaydigan yigitlargina ulokni marragacha olib borgan.
«Poyga». Bu o’yin chavandozlarning uzoqqa ot choptirish bo’yicha musobaqasidir. Ana shu musobaqa paytida qarindoshlarning bir-biriga yordamlashishi o’yin ishtirokchisining otini qamchi bilan urishi, hay-haylashi, hatto otning jilovidan tortishi ham mumkin bo’lgan. Bu musobaqada epchil, irodali, xushyor yigitlar g’alabaga erishganlar. Xalq orasida kuchli odamlar juda hurmat qilingan, atrofdagilar ularga havas bilan qaragan, tahsinlar aytgan. Shuning uchun belini bog’lab kurash tushadigan polvonlar xalq shodiyonalari va anjumanlarining ardoqli mehmoni bo’lgan. O’zaro kuch sinashiladigan o’yin, ya'ni kurash tushish uzoq davrlardan hozirgacha o’zbeklarning sevimli mashg’uloti va tomoshasi hisoblanadi.
O’zbek milliy kurashi har bir bayram va har bir ommaviy yig’inlarda albatta tashkil qilingan. Urush vaqtida qarama-qarshi ikki tomon o’z ko’shinlaridagi eng kuchli polvonlarni sarflab jangga solgan. Ular esa kilich, o’q-yoy, nayzalar bilan jang qilishgan. Bordi-yu barcha qurollar ishdan chiqsa, polvonlar o’z qurollari, ya'ni mushtlashish bilan o’z kuchlarini ko’rsatishgan. Ana shu jangda raqibini yenggan polvonning tarafi bo’lgan qo’shin g’olib hisoblangan. Hozirgi o’zbeklarning yanada qadimgi avlodlarida kurash an'anaviy odatlardan biri bo’lgan. Binobarin, hozirgi kurash tushish juda qadim zamonlarda vujudga kelgan, kuch, chaqqonlik, chidamlilik, jasoratni ko’rsatish bo’yicha o’tkazilgan musobaqalar kurashning tarixiy manbalari hisoblanadi.
Xalq o’zining polvonlari to’grisida rivoyatlar to’qigan. Aytishlaricha, VI-VII asrlarda Xorazmda yashagan Pahlavon Maxmud xind polvoni bilan bir necha kunga cho’zilgan olishuvda g’olib chiqqan va buning evaziga uning asirlikdagi o’n ming nafar yurtdoshlari ozod qilingan.
O’zbek xalqi o’yinlari orasida ayniqsa, dorboz va simvozlik san'ati alohida ajralib turilgan. Ilgari dor keng mashhur bo’lgan. Ommaviy va maxalliy bayramlar, mavsumiy bozorlar dorbozliksiz o’tmagan, deyishi mumkin. Registonda, bozor maydonlarida, Chorsularda dorlar ko’rilgan. Karnay-surnay va nog’oralarning qattiq sadolari tomoshalarning boshlanishidan darak berib turgan. Odamlar to’plangach, o’yinlar boshlangan. Tomoshabinlar baland qilib tortilgan arqon ustida o’ynayotgan dorbozning dadil harakatlarini hayajon bilan kuzatishgan.
Bir vaqtlar O’zbekistonda yogochoyoq o’yini keng tarqalgan. Yog’ochoyoq yugurib, sakrab, raqsga tushib va milliy cholg’u asboblarida, karnay-surnay va hokazolarda kuylar ijro etib, ajoyib tomoshalar ko’rsatgan.
O’zbek xalqida hayvonlar va kushlar haqidagi juda qiziqarli raqslar – «Kaptar o’yini», «Chagalak», «Yumronqoziq», «Ot o’yin» va hokazolar. Shuningdek, o’zbeklar orasida «Karnayli-surnayli», «Nina, ip, tuguncha», «Qovoq ekish», «Xo’roz va tovuq», «Qoch bolam, qush keldi», «Ok terakmi ko’k terak?» kabi o’yinlar ham mashhur bo’lgan. O’zbek xalq o’yinlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. An'analar, odatlar, shu jumladan, xalq o’yinlari o’zbeklar hayoti bilan bogliq bo’lib, avloddan-avlodga meros tariqasida o’tib kelgan.
Bolalar jamiyat rivojlanish bosqichida kattalar o’yinlarini o’ynaganlar. O’zbek xalq o’yinlarida xalqning ijtimoiy hayoti o’ziga xos shakllarda aks etgan.
O’zbek xalq o’yinlarini mazmuniga ko’ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Dramalashgan o’yinlar:
a) Hayotiy (tarixiy-hayotiy, madaniy-hayotiy, kasb-korlik-hayotiy);
b) Kulgili o’yinlar;
v) qo’shiq va raqs o’yinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |