Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika


Milliy xalq o’yinlarining tarixi va hozirgi kunda inson shaxsini tarbiyalashdagi o’rni



Download 12,39 Mb.
bet332/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   569
Bog'liq
boy ota

2. Milliy xalq o’yinlarining tarixi va hozirgi kunda inson shaxsini tarbiyalashdagi o’rni.

O’zbek xalq o’yinlarini hozirgi kunda ham inson shaxsini tarbiyalashdagi o’rni beqiyosdir. O’zbek xalq o’yinlari o’zining turli yosh, jins, shahar va qishloqqa mo’ljallangan keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Biroq, bu jihatlarning kam yoritilganligi va kam o’rganilganligi sababli o’zbek xalq o’yinlariga har tomonlama tasnif berish o’ta mushkul. Shunga qaramasdan, ularni nazoratdan o’tkazish va o’rganish o’yinlarni shartli ravishda quyidagidek turlarga bo’lib chiqish imkoniyatini beradi:



  1. turli yoshdagilar o’yinlari (go’daklik, bolalik, o’spirinlik va hokazolar);

  2. turli jinsdagi odamlar o’yinlari (o’gil bolalar, qiz bolalar, erkaklar va ayollar);

  3. mavsumiy o’yinlar (bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki);

  4. turli ifoda vositalaridan foydalanishga asoslangan o’yinlar (so’z, kuy, qo’shiq, raqs, pantomima, syujetli, sahna, turli xususiyatli va hokazolar).

So’nggi tur o’yin turli ifoda va sitatalardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Masalan, so’z, qo’shiq, raqs, harakat, sahna tomoshalari, shuningdek, kilich, kaltak, toshchalar, yongoqchalar kabi oddiy narsalar asosiy ifoda o’xshashligi yoki narsalar o’yinning xarakterini, shaklini, mazmunini va rolini belgilaydi. Deylik, o’yinda asosiy vosita so’z bo’lsa, so’z o’yini, agar harakat, tezlik, kurash bo’lsa, bu harakat – musobaqa o’yini bo’ladi. Agarda o’yinda syujet, badiiy timsol vositasida muayyan hayotiy xodisa o’z aksini topsa, bu sahna o’yini, asar asosiy rol qo’shiq jurnavozlikka berilsa, bu qo’shiq o’yini yoki jo’rnavozlikdagi qo’shiq o’yini bo’ladi.

Turli yoshdagi odamlar guruhiga moslangan va hayotning ma'lum bosqichida o’ynaladigan o’yinlar avloddan-avlodga o’tib kelgan. Yoshi o’tinkirab qolguncha odamlar bamisoli xalq o’yinlari «maktab»ini o’tgan, bunda har bir sinfda u yoki bu yoshga tegishli o’yinlardan foydalanganlar. Har bir yosh xususiyati o’yinlarning mohiyati va mazmunini belgilagan. Masalan, yosh bolalar o’rtasida o’yinchoq va qo’girchoqlar bilan bog’liq o’yinlar, oralik yoshdagi bolalar o’rtasida – syujetli taqlid o’yinlari keng tarqalgan. «Hakalam-hakalam», «Kelin-kuyov», «Quvlashmachoq» kabi o’yinlar bugungi kunda ham bolalar tomonidan sevib o’ynaladi.

O’yinlar bolalar va yoshlarga nima beradi? O’yin bolalarning, xususan, 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning asosiy mashguloti xisoblanadi, keyinchalik o’qish va mehnatga almashadi.

O’yinlar bolalar uchun hayotga, kelajakdagi voqea-hodisalarga o’ziga xos tayyorgarlik maktabi hisoblanadi. Ular bolalarni nafakat jisman, balki aqlan stirib, ongini boyitadi, bolalar xayolotini uygotadi, xotirasini charxlab, irodani mustahkamlaydi. O’yinlar jarayonida bola deyarli bilimlarni egallaydi, shaxs kamolotidagi zarur malakani oshiradi. O’yinlar kelajakdagi katta hayot bo’sagasidagi tayyorgarlik bo’lib xizmat kilgan. «Agar bola o’yinni vijdonan o’ynasa, hayotda ham vijdonan yashaydi» deb bejiz aytishmaydi-da. Xullas, o’yinlar bolalarda ijodiy faollik, tashabbus, jamoatchilik, tashkilotchilik o’quvi va malakasini rivojlantirishning samarali vositasidir.

O’yinlar inson hayotida shunday ahamiyat kasb etadiki, ularga qarab inson shaxsiyati, xarakteri manfaatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari haqida fikr yuritish mumkin. O’zbeklar farzandlarida bolaligidanoq baxodirlik, harbiylik, jangovarlik malakalarini shakllantirganlar.

Xalq dostoni «Alpomish»dagi sevimli bosh qahramon Hakimbek haqidagi satrlar shundan dalolat beradi. Demak, o’yinlar inson shaxsini kamol toptirishda asosiy vosita hisoblanadi. O’yin bola uchun birinchi maktab. Bobolar va buvilarning qattiqqo’l ota-onalarga «Bolalarning o’yiniga halaqit bermanglar!» deb tanbeh berishlari bejiz emasda. Milliy o’yinlarimizda tez harakatli va aqliy o’yinlar mavjud. Masalan, «Kes-kes» va «Olib qochar» o’yinlarini qarab chiqaylik.



Kes-kes o’yini. Bu o’yinda to’rt qadam kattalikdagi doira chiziladi. Doira markazida onaboshi turadi. Doira chetida esa barcha o’yinchilar turadilar. Ular doiradan kesib o’tib doiraning narigi chetiga chiqishga harakat qiladilar. Onaboshi esa yugurib o’yinchilarga qo’l tekizadi. Qo’l tekkan o’yinchi o’yindan chiqadi. Doirani ko’p kesib o’tgan va qo’l tekkizmagan o’yinchi g’olib chiqadi. Bu o’yin bolalardan chaqqonlikni, tez yugurishni, doirani kesib o’tishni talab etadi va o’ziga ishonchni tarbiyalaydi.

Har bir xalqning o’tgan avlodlari yaratib, bizga meros bo’lib qolgan madaniy boyliklari xazinasiga xalq o’yinlari ham kiradi. Xalq o’yinlari o’zining vujudga kelishi va rivojlanishiga ko’ra g’ayrioddiy xodisa emas, balki xalqning hayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat taraqqiyotining qonunlari bilan belgilanadigan maqsadga muvofiq faoliyatdir.

Xalq o’yinlari xalq ijodiyotining o’ziga xos janri bo’lib, ko’p asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichiga xos ijtimoiy voqealar anik aks etadi. Xar bir tarixiy davr olamni badiiy o’zlashtirish uchun o’z hissasini qo’shadi: san'at ijtimoiy hayotning ko’p qirralari hodisalarini to’liqroq va yaqqolroq aks ettirishga intilib, fan, madaniyat, siyosat, axloq va iqtisodiyotning yutuqlarini qandaydir tarzda umumlashtiradi. Jamiyat taraqqiyotining ilk pog’onalarida xalq o’yinlaridan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish unumli mehnat bilan boglik bo’lgan. Xalq o’yinlarining mazmuni va xarakteri hayotning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlaridan va tarkib topayotgan elatlarning psixik xususiyatlaridan kelib chiqqan. Xalq o’yinlari xarakteriga tarbiya sistemasining yo’nalishi, unumli, uning mafkurasi, turmush an'analariga ta'siri katta.

Tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq o’yinlarining tadrijiy rivojlanishining va mana shu o’yinlardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqishda xalq o’yinlarining har bir xaligi xos jihatlarni nazarda tutish kerak. O’yinlar xalq tomonidan yaratilgan va kishilarning kundalik hayotidagi voqealar hamda xodisalarni obrazli aks ettirib, ularning hayotiy taassurotlarini, kuzatishlarini, tajriba va hissiyotlarini gavdalantirib, o’zida so’z, musiqa, raqs shakllarini mujassamlashtirgan. Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning xarakterli jihati ularni urugning urf-odatlari, an'analari, tarixi bilan, shuningdek, xalq ogzaki ijodi, rivoyatlar, qo’shiqlar va raqslar bilan tanishtirishdan iborat bo’lgan.

Har bir xalqning o’z milliy o’yinlari mavjud bo’lib, ular xalq an'analari, millatlarning madaniyati va turmushiga xos xususiyatlar zaminida vujudga kelgan.

Xalq o’yinlari xalq ma'naviy madaniyatining ko’rinishlaridan biridir. Ularda etnik tarixga borib taqaladigan an'analar, ijtimoiy munosabatlar, mafkura-e'tiqodning ayrim elementlari, axloqiy estetik me'yorlar aks etadi. Xalq o’yinlari mamlakatning milliy xususiyatlarini, katta yoshli kishilarning fe'l-atvorini, odatlarini, mehnat jarayonlarini, jug’rofiy sharoitlarni ifodalaydi. Shunga ko’ra, o’zbek xalq o’yinlarini xalqning axloqiy-estetik tarixini, madaniyatini, boshqa xalqlar bilan aloqalarini o’rganishning manbaalaridan biri sifatida qarab chiqish lozim. O’zbek xalq o’yinlari tarixini o’rganishda xalq ma'naviy madaniyatining rivojlanish bosqichlarini yoritish juda muhim ahamiyatga molikdir.

O’zbek xalq o’yinlari o’zbek xalqi ijodining mahsuli bo’lib, ularni keng xalq ommasi yaratgan va saqlab kelgan. O’yinlar o’zbek xalqining ko’p avlodlari turmushi va ijtimoiy hayotining zarur elementi sifatida asrlar bo’yi mavjud bo’lib keldi va rivojlanishning har bir tarixiy bosqichida turli ijtimoiy vazifalarni bajardi. O’zbek xalq o’yinlari tarixning ijodiy kuchini, moddiy va ma'naviy boyliklarini o’zida mujassamlashtiradi, ularda atrofdagi voqe’likni bilish va o’zlashtirishning tarixiy tajribasi aks etadi.

O’zbek xalq o’yinlarida xalq badiiy madaniyatining o’ziga xosligi, uning milliy xususiyatlari yaqqol ko’rinadi. Mazkur o’yinlarning milliy xarakteri zamirida xalqning madaniy boyligi, katta merosi mavjuddir. Ko’p o’yinlar mazmunining mavzulari kabilalarning urf-odatlarini, qadimiy udumlarning, mehnat faoliyati yoki madaniyatini yoritishi mumkin.

Xalqning unutilayozgan iltijolari, baytlari va sanoklari bolalarning xalq o’yinlaridagina davom etib keladi. Guruh bo’lib o’ynaladigan o’zbek xalq o’yinlari va ayrim sport o’yinlari qadimiy kabilalarning o’yinlariga borib taqaladi. O’zbek xalq o’yinlari qadim zamonlarda, bizning eramizgacha bo’lgan davrlarda vujudga kelgan.

O’zbek xalq o’yinlari xalq ijodiy faoliyatining bir turidir. Ularni mehnatkash xalq yaratdi va keng xalq ommasi davom ettirdi. Hozirga qadar o’zbek xalqi uning tantanalarini katta xalq tomoshalari – sayillar bilan nishonlaydi. Ilgari sayillar diniy sanalar bilan bogliq bo’lgan. Diniy bayramlardan tashqari, axoli orasida ommaviy tomoshalar, sayillar o’tkazish odat bo’lgan. Mana shu bayramlarda xalqning hayoti, uning hayotni sevishi, mehribonligi, quvnoqligi namoyon bo’lgan.

Sayillar vaqtida «Olomon poyga», «Qiz quvish», «Kurash», «Ag’darish», «Ko’pkari», «Do’ppi tashlar» kabi musobaqa o’yinlari, sport o’yinlari va ko’ngilochar o’yinlar o’tkazishgan.

O’zbekistonda qadimdan dehqonlarning mehnat jarayoniga bog’liq tantanalar – «Hosil bayrami», «Qovun sayli» va hokazolar mavjud. Ana shulardan «Qovun pishdimi?», «Qovoq tanlash» kabi o’zbek xalq o’yinlari yuzaga kelgan.



«Olomon poyga» o’yini. Bunda bir guruh chavandozlar otni choptirib boraturib, qizlar irg’itgan har-xil rangli ro’molchalarni ilib olishlari va o’z egalariga keltirib berishlari lozim bo’lgan. Shu bahonada har bir yigit o’zining chaqqonligi, dovyurakligi va jasoratliligini ko’rsatgan.


Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish