Dramalashgan o’yinlar:
Ular uchun o’zbek xalq ertak va afsonalari asos qilib olingan. O’yinning vazifasi ertak va afsonalarni ijro etishdan iborat. O’yinning qoidalari o’yin harakatlari rivojining izchilligini belgilaydi. Quyi sinf oquvchilari rolni ijro etishda turli voqealarni ifodalab, vatanparvarlik bilim va ko’nikmalarini mustahkamlaydilar.
Kulgili o’yinlar:
Xarakter va fe'l atvorni ziyraklik bilan ochib tashlashga, kishilardagi salbiy sifatlar ustidan kulishga asoslangan. Bu o’yinlar uzbek xalqi madaniyatini aks ettiradi. Ularda askiyachilik katta o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |