Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika



Download 12,39 Mb.
bet324/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   569
Bog'liq
boy ota

Kes-kes o’yini. Bu o’yinda to’rt kadam kattalikdagi doira chiziladi. Doira markazida onaboshi turadi. Doira chetida esa barcha o’yinchilar turadilar. Ular doiradan kesib o’tib doiraning narigi chetiga chikishga harakat kiladilar. Onaboshi esa yugurib o’yinchilarga ko’l tekizadi. Ko’l tekkan o’yinchi o’yindan chiqadi. Doirani ko’p kesib o’tgan va ko’l tekkizmagan o’yinchi golib chikadi. Bu o’yin bolalardan chaqqonlikni, tez yugurishni, doirani kesib o’tishni talab etadi va o’ziga ishonchni tarbiyalaydi.

Har bir xalqning o’tgan avlodlari yaratib, bizga meros bo’lib kolgan madaniy boyliklari xazinasiga xalq o’yinlari ham kiradi. Xalq o’yinlari o’zining vujudga kelishi va rivojlanishiga ko’ra gayrioddiy xodisa emas, balki xalqning hayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat tarakkiyotining konunlari bilan belgilanadigan maqsadga muvofik faoliyatdir.

Xalq o’yinlari xalq ijodiyotining o’ziga xos janri bo’lib, ko’p asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichiga xos ijtimoiy voqealar aniq aks etadi. Har bir tarixiy davr olamni badiiy o’zlashtirish uchun o’z xissasini ko’shadi: san'at ijtimoiy hayotning ko’p kirralari xodisalarini to’likrok va yaqqolrok aks ettirishga intilib, fan, madaniyat, siyosat, axloq va iktisodiyotning yutuklarini qandaydir tarzda umumlashtiradi. Jamiyat tarakkiyotining ilk pogonalarida xalq o’yinlaridan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish unumli mehnat bilan bog’liq bo’lgan. Xalq o’yinlarining mazmuni va harakteri hayotning ijtimoiy-iktisodiy sharoitlaridan va tarkib topayotgan elatlarning psixik xususiyatlaridan kelib chikkan. Xalq o’yinlari harakteriga tarbiya sistemasining yo’nalishi, unumli, uning mafkurasi, turmush an'analariga ta'siri katta.

Tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq o’yinlarining tadrijiy rivojlanishining va mana shu o’yinlardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqishda xalq o’yinlarining har bir xaligi xos jihatlarni nazarda tutish kerak. O’yinlar xalq tomonidan yaratilgan va kishilarning kundalik hayotidagi voqealar hamda xodisalarni obrazli aks ettirib, ularning hayotiy taassurotlarini, kuzatishlarini, tajriba va xissiyotlarini gavdalantirib, o’zida so’z, musiqa, raqs shakllarini mujassamlashtirgan. Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning harakterli jihati ularni urugning urf-odatlari, an'analari, tarixi bilan, shuningdek, xalq ogzaki ijodi, rivoyatlar, qo’shiqlar va raqslar bilan tanishtirishdan iborat bo’lgan.

Har bir xalqning o’z milliy o’yinlari mavjud bo’lib, ular xalq an'analari, millatlarning madaniyati va turmushiga xos xususiyatlar zaminida vujudga kelgan.

Xalq o’yinlari xalq ma'naviy madaniyatining ko’rinishlaridan biridir. Ularda etnik tarixga borib takaladigan an'analar, ijtimoiy munosabatlar, mafkura-e'tikodning ayrim elementlari, axloqiy estetik me'yorlar aks etadi. Xalq o’yinlari mamlakatning milliy xususiyatlarini, katta yoshli kishilarning fe'l-atvorini, odatlarini, mehnat jarayonlarini, jugrofiy sharoitlarni ifodalaydi. Shunga ko’ra, o’zbek xalq o’yinlarini xalqning axloqiy-estetik tarixini, madaniyatini, boshqa xalqlar bilan alokalarini o’rganishning manbaalaridan biri sifatida karab chikish lozim. O’zbek xalq o’yinlari tarixini o’rganishda xalq ma'naviy madaniyatining rivojlanish bosqichlarini yoritish juda muxim ahamiyatga molikdir.

O’zbek xalq o’yinlari o’zbek xalqi ijodining maxsuli bo’lib, ularni keng xalq ommasi yaratgan va saklab kelgan. O’yinlar o’zbek xalqining ko’p avlodlari turmushi va ijtimoiy hayotining zarur elementi sifatida asrlar bo’yi mavjud bo’lib keldi va rivojlanishning har bir tarixiy bosqichida turli ijtimoiy vazifalarni bajardi. O’zbek xalq o’yinlari tarixning ijodiy kuchini, moddiy va ma'naviy boyliklarini o’zida mujassamlashtiradi, ularda atrofdagi vokelikni bilish va o’zlashtirishning tarixiy tajribasi aks etadi.

O’zbek xalq o’yinlarida xalq badiiy madaniyatining o’ziga xosligi, uning milliy xususiyatlari yakkol kurinadi. Mazkur o’yinlarning milliy harakteri zamirida xalqning madaniy boyligi, katta merosi mavjuddir. Kup o’yinlar mazmunining mavzulari kabilalarning urf-odatlarini, qadimiy udumlarning, mehnat faoliyati yoki madaniyatini yoritishi mumkin.

Xalqning unutilayozgan iltijolari, baytlari va sanoklari bolalarning xalq o’yinlaridagina davom etib keladi. Guruh bo’lib o’ynaladigan o’zbek xalq o’yinlari va ayrim sport o’yinlari qadimiy kabilalarning o’yinlariga borib takaladi. O’zbek xalq o’yinlari qadim zamonlarda, bizning eramizgacha bo’lgan davrlarda vujudga kelgan.

O’zbek xalq o’yinlari xalq ijodiy faoliyatining bir turidir. Ularni mehnatkash xalq yaratdi va keng xalq ommasi davom ettirdi. Hozirga qadar o’zbek xalqi uning tantanalarini katta xalq tomoshalari – sayillar bilan nishonlaydi. Ilgari sayillar diniy sanalar bilan bog’liq bo’lgan. Diniy bayramlardan tashkari, aholi orasida ommaviy tomoshalar, sayillar o’tkazish odat bo’lgan. Mana shu bayramlarda xalqning hayoti, uning hayotni sevishi, mehribonligi, quvnoqligi namoyon bo’lgan.

Sayillar vaqtida «Olomon poyga», «Kiz kuvish», «Kurash», «Agdarish», «Ko’pkari», «Do’ppi tashlar» kabi musobaqa o’yinlari, sport o’yinlari va ko’ngilochar o’yinlar o’tkazishgan.

O’zbekistonda qadimdan dehqonlarning mehnat jarayoniga bog’liq tantanalar – «Hosil bayrami», «Kovun sayli» va hokazolar mavjud. Ana shulardan «Qovun pishdimi?», «Qovoq tanlash» kabi o’zbek xalq o’yinlari yuzaga kelgan.



«Olomon poyga» o’yini. Bunda bir guruh chavandozlar otni choptirib boraturib, kizlar irgitgan har xil rangli ro’molchalarni ilib olishlari va o’z egalariga keltirib berishlari lozim bo’lgan. Shu baxonada har bir yigit o’zining chaqqonligi, dovyurakligi va jasoratliligini ko’rsatgan.

«Ag’darish» o’yini. Bu qadimiy sport o’yini jangchilar orasida keng tarqalgan: ikki otlik yigit bir-birini otdan yikitib tushurishga harakat kiladigan mana shu o’yinda, albatta, dovyurak, kuchli va tadbirkor ishtirokchi golib chikkan. Bellashuvda o’zi mingan otni boshqarish mahorati ham katta ahamiyatga ega bo’lgan.

«Uloq». Eng murakkab va qiziqarli bu o’yin X-XI asrlardayok ma'lum bo’lib, katta bayramlar va to’ylarda o’tkazilgan. To’y boshlanishi oldidan bir guruh yigitlar belgilangan joyga to’planishgan. U yerga so’yilgan echkining tanasi tashlab qo’yilgan. Yigitlar ba'zan bir necha o’n kishidan iborat bo’lib, ularning hammasi echki tanasini yerdan ko’tarib olishga va atrofdagilarga berib ko’ymay, marragacha olib borishga harakat qilganlar. Bunda chaqqon, jasur, irodali, kiyin vaziyatda dovdirab kolmaydigan yigitlargina uloqni marragacha olib borgan.

«Poyga». Bu o’yin chavandozlarning uzoqqa ot choptirish bo’yicha musobaqasidir. Ana shu musobaqa paytida karindoshlarning bir-biriga yordamlashishi o’yin ishtirokchisining otini kamchi bilan urishi, hay-haylashi, hatto otning jilovidan tortishi ham mumkin bo’lgan. Bu musobaqada epchil, irodali, xushyor yigitlar galabaga erishganlar. Xalq orasida kuchli odamlar juda xurmat kilingan, atrofdagilar ularga xavas bilan karagan, taxsinlar aytgan. Shuning uchun belini boglab kurash tushadigan polvonlar xalq shodiyonalari va anjumanlarining ardokli mexmoni bo’lgan. O’zaro kuch sinashiladigan o’yin, ya'ni kurash tushish uzok davrlardan hozirgacha o’zbeklarning sevimli mashguloti va tomoshasi hisoblanadi.

O’zbek milliy kurashi har bir bayram va har bir ommaviy yiginlarda albatta tashkil kilingan. Urush vaqtida karama-karshi ikki tomon o’z ko’shinlaridagi eng kuchli polvonlarni sarflab jangga solgan. Ular esa kilich, o’q-yoy, nayzalar bilan jang qilishgan. Bordi-yu barcha qurollar ishdan chiksa, polvonlar o’z qurollari, ya'ni mushtlashish bilan o’z kuchlarini ko’rsatishgan. Ana shu jangda rakibini yenggan polvonning tarafi bo’lgan qo’shin golib hisoblangan. Hozirgi o’zbeklarning yanada qadimgi avlodlarida kurash an'anaviy odatlardan biri bo’lgan. Binobarin, hozirgi kurash tushish juda qadim zamonlarda vujudga kelgan, kuch, chaqqonlik, chidamlilik, jasoratni ko’rsatish bo’yicha o’tkazilgan musobaqalar kurashning tarixiy manbalari hisoblanadi.

Xalq o’zining polvonlari to’grisida rivoyatlar to’kigan. Aytishlaricha, VI-VII asrlarda Xorazmda yashagan Paxlavon Mahmud hind polvoni bilan bir necha kunga cho’zilgan olishuvda g’olib chiqqan va buning evaziga uning asirlikdagi o’n ming nafar yurtdoshlari ozod qilingan.

O’zbek xalqi o’yinlari orasida ayniksa, dorboz va simvozlik san'ati aloxida ajralib turilgan. Ilgari dor keng mashhur bo’lgan. Ommaviy va maxalliy bayramlar, mavsumiy bozorlar dorbozliksiz o’tmagan, deyishi mumkin. Registonda, bozor maydonlarida, Chorsularda dorlar ko’rilgan. Karnay-surnay va nogoralarning kattik sadolari tomoshalarning boshlanishidan darak berib turgan. Odamlar to’plangach, o’yinlar boshlangan. Tomoshabinlar baland qilib tortilgan arqon ustida o’ynayotgan dorbozning dadil harakatlarini hayajon bilan kuzatishgan.

Bir vaqtlar O’zbekistonda yog’ochoyoq o’yini keng tarqalgan. Yog’ochoyoq yugurib, sakrab, raqsga tushib va milliy cholg’u-asboblarida, karnay-surnay va hokazolarda kuylar ijro etib, ajoyib tomoshalar ko’rsatgan.

O’zbek xalqida xayvonlar va kushlar haqidagi juda qiziqarli raqslar – «Kaptar o’yini», «Chagalak», «Yumronkozik», «Ot o’yin» va xokazolar. Shuningdek, o’zbeklar orasida «Karnayli-surnayli», «Nina, ip, tuguncha», «Qovok ekish», «Xo’roz va tovuq», «Qoch bolam, qush keldi», «Ok terakmi ko’k terak?» kabi o’yinlar ham mashhur bo’lgan. O’zbek xalq o’yinlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. An'analar, odatlar, shu jumladan, xalq o’yinlari o’zbeklar hayoti bilan bog’liq bo’lib, avloddan-avlodga meros tarikasida o’tib kelgan.

Bolalar jamiyat rivojlanish bosqichida kattalar o’yinlarini o’ynaganlar. O’zbek xalq o’yinlarida xalqning ijtimoiy hayoti o’ziga xos shakllarda aks etgan.

O’zbek xalq o’yinlarini mazmuniga ko’ra quyidagicha tasniflash mumkin:




Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish