Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika



Download 12,39 Mb.
bet341/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   569
Bog'liq
boy ota

Ertak o’yinlar: Xalqning afsonalariga asoslanadi.

Yuqoridagi o’yinlarni tashkil qilishda quyidagilarni ham hisobga olish zarur:

O’quvchilar jamoasini har tomonlama o’rganish. Ularning qiziqishi va mayillarini hisobga olish va shulardan to’la konikish, o’yin vaqtida foydalanishni rejalashtirish;

O’quvchilarni o’yinning maqsadi, vazifasi, bosqichlari va borishi hamda xususiyatlar bilan tanishtirish. Bolalarning o’yinda ishtirok etish darajasini baholash va rag’batlantirish;

O’quvchilarni navbatdagi o’yinga ma'naviy tayyorlashning muhim elementlari. O’zbek xalq o’yinlarining maqsad va vazifalarini tushuntirish bilan birga uni ifodalovch kinofilm, o’quvchi shaxsiga qanday ta'sir qilishini tushuntirish, uning umuman o’zbek xalq o’yinini, shuningdek, uning bosqichlarini hamda qanday sharoitlarda o’tishini tushuntirish.

O’yinni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun uning maqsadi, vazifasi, borishi va asosiy bosqichlari bilan bolalarni tanishtirish, ijobiy munosabat uyg’otishga ham bog’liqdir. Chunki bolalar o’yinning mazmuni va uning natijasiga qiziqmas ekan, hech qachon ularda quvnoqlik, topqirlik, chaqqonlik, g’alabaga intilish kabi ijobiy xis-tuyg’ular hosil bulmaydi. Musobaqa mazmuniga ega bo’lgan o’yin, o’yinlarda bolalarni guruhlarga to’gri taqsimlay olishi ham muhim ahamiyatga ega.

Kuchli, chaqqon, topqir, ziyrak bolalar bitta guruhga kirib qolmasligi lozim. Kuchlar shunday taqsimlansinki, yinda goh u tomon, goh bu tomonning qo’li baland kelsin.

O’zbek xalq milliy o’yinlari jarayonida bolalar o’zlashtirishi zarur bo’lgan so’z, tushuncha va tasavvurlar doirasini ham oldindan belgilab olish zarur. Chunki milliy o’yinlarimizning ko’pchiligi bolalarga yangi-yangi so’zlar, tushunchalarni o’zlashtirib borish imkonini beradi.

O’qituvchi esa o’yin davomida qo’llaniladigan ana shu so’zlarni bolalar tomonidan to’gri, aniq, ifodali talaffuz qilinishini ta'minlash kerak.

Shuni ham ta'kidlash lozimki, o’yin juda cho’zilib ketmasligi lozim. Aks holda, bolalar charchab yoki zerikib qolishlari mumkin. O’qituvchi buni paykashi va o’yinni to’xtatib yoki bo’lmasa boshqacha yo’nalishga burib yuborishi mumkin.

Hozirgi sharoitda o’zbek xalq o’yinlarining asosiy vazifasi o’z mazmuni va metodikasi bilan bolalarni jamiyatimiz talablariga muvofiq yo’sinda tarbiyalashni ta'minlash, ularda axloqiy, irodaviy sifatlarni rivojlantirish, ijodkor va bunyodkorlarga xos bilim, ko’nikma xamda malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Qadimiy tarbiya tizimidagi o’yinlardan shaxsni shakllantirish vositasi sifatida keng foydalanilgan. Juda uzok davrlar mukaddam pedagogik fikr namoyondasi o’yinning tarbiyaviy imkoniyatlarini goyat ziyraklik bilan faxmlashgan. Bolalarni yosh xususiyatini hisobga olib, ularga mos o’yinlarni tanlash masalasi qo’yilgan, bolani o’zining yoshiga muvaffaq ishlar va turli o’yinlar bilan mashgul qilish zarur deb topilgan.

Kuzatishlardan ayonki, atrofdagi vokelik yorqin, kishilarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari va faoliyati jihatdan tushunarli bo’lsagina o’yinni yuzaga keltiradi. Atrof-muhitdagi barcha murakkablikni avvalo bola o’yinda bartaraf etadi. Bolalar o’yinining mohiyati muayyan rolni bajarishdan iboratdir.

O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanish muvaffaqiyatli bo’lishi uchun o’yin bolaning o’z faoliyati ekanini, undagi tashabbuskorlikni va mustaqillikni saqlash hamda rag’batlantirish zarurligini hisobga olish kerak.

O’zbek xalq o’yinlarini o’rganish tarbiya jarayonini uzluksiz yangilaydi, o’quvchilarda hayotiy vaziyatlarni yaxshi anglash kobiliyatini rivojlantiradi. Biz o’zbek xalq o’yinlariga jamiyatning butun ma'naviy madaniyati bilan tarkibli birgalikda bolalarni tarbiyalashning eng muxim vositalaridan biri sifatida karaymiz.

O’zbek xalq o’yinlarining tarbiyaviy ahamiyati haqida gap borar ekan, shuni alohida ta'kidlash lozimki, ular eng avvalo bolalarda o’z qishlogiga, shahriga, tabiatga, mamlakatimizda yashovchi barcha xalqlarga muhabbat ruhida tarbiyalaydi. Eng muhimi o’zbek xalqining milliy madaniyati, o’tmishdagi va hozirgi turmushiga, milliy an'analari hamda san'atiga muhabbat uyg’otadi. Shuningdek, o’quvchilarni halollikkka, saxovatlilikka o’rgatadi, kattalarning tajribasini bolalar va yoshlarga yetkazishning vositasi sifatida xizmat qiladi. O’gil va qizlarda mehnatga ongli munosabatni shakllantiradi. Ularning kuchli, chaqqon, serharakat, ziyrak, topqir, o’zaro hamkor bo’lishlariga yordam beradi.

O’qituvchi bolalarda turli o’yinlarga, jismoniy mashqlarga, shuningdek, kun tartibiga rioya qilishga qiziqish uyg’otish, harakatli o’yinlarni mustaqil ravishda tashkil qilish va o’tkazish uchun zarur bilim va malakalar hosil qilishi lozim.




Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish