3.Qo’shiqli o’yinlar. Kuy va ashula, aytishuv asosida vujudga kelib, ularga “Yak-yak”, “Um-ufu”, “Bo’shama”, “Kichkina”, “Yurmana-yurman”, “Sidircha”, “Yozi-kal”, “Botmon-botmon”, “Oq terakmi-ko’k terak” kabilar kiradi.
4.Raqsli o’yinlar. Asosan, raqsli yoki pantomimali harakatlar asosida ijro etilib, ularga “Beshqarsak”, “Cho’pon o’yin”, “Xo’sh-xo’sh”, “Laka-lak” va boshqalar kiradi. Shuni ta'kidlash kerakki, vositali o’yinlar ko’pincha sof holda uchramaydi, ular boshqa o’yinlar bilan aralash holda, ya'ni turli yoshlilar, turli jinsdagi kishilar orasida yilning turli davrlarida ham o’ynaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |