Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika



Download 12,39 Mb.
bet311/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   569
Bog'liq
boy ota

Komandali o’yinlarda musobaqa komandalar o’rtasida olib boriladi. Bunda alohida o’yinchilarning manfaatlari komanda manfaatlariga bo’ysundiriladi.

Milliy harakatli va sport o’yinlari quyidagi o’xshashliklarga ega:



  1. Milliy harakatli o’yinlar ham, sport o’yinlari ham xalq ijodiyotining natijasidir.

  2. Milliy harakatli va sport o’yinlarining har ikkisi ham harakatlar va qatnashuvchilarning o’zaro harakatlaridan iborat faoliyatdir.

  3. O’yinlarning ikkalasi ham muayyan qoida bo’yicha va sudyalar ishtiroki bilan o’tkaziladi.

Sport o’yinlari harakatli o’yinlardan quyidagilar bilan farq qiladi:

  1. Sport o’yinlarining qatnashuvchilari jismoniy, texnik, taktik, psixologik nazariy jihatdan tayyorgarlik ko’rgan bo’lishlari talab qilinadi.

  2. Sport o’yinlari bo’yicha o’quv-trenirovka mashg’ulotlari yil davomida sistematik sur'atda o’tkazilib turilishi va qatnashuvchilar o’z mahoratlarini to’xtovsiz oshirib borishlari talab qilinadi.

  3. Fizkultura kollektivlaridan boshlab, Olimpiya o’yinlarigacha, hamma uchun barobar qoidalar asosida muntazam ravishda musobaqalar o’tkazib turish talab qilinadi.

Bunda o’yinni tanlash, tayyorgarlik ko’rish, o’yinga rahbarlik qilish va uni yakunlash o’qituvchidan katta pedagogik mahorat talab qiladi.

O’yinni tanlashda quyidagilar hisobga olinadi:

1. Darsning qaerda va qanday formada (jismoniy tarbiya darsida, tanaffusda, sport sektsiyasida, bayram kechasi va boshqalarda) o’tkazilishi.

2. Dars oldiga jismoniy tarbiya bo’yicha qo’yiladigan vazifalar, masalan, 1-sinfda jismoniy tarbiya darsida quyidagi vazifalar qo’yilishi mumkin: to’satdan o’zgaruvchan sharoitda yugurish yo’nalishini tez o’zgartirishga o’rgatish.Bunda darsda «Quvnoq bolalar» singari o’yinlar qo’llanilishi mumkin.

3. O’yin tanlashda yana muhim bir elementini hisobga olish lozim.

Birinchi o’yinchilarni uyushtirishga yordam beradigan, murakkab bo’lmagan, kam harakat talab qiladigan o’yinlar qo’llaniladi.

Ikkinchi o’yinchilarning organizmlarini darsning asosiy qismiga tayyorlash zarur. Bu maqsadda umumiy jismoniy tayyorlov mashqlari, ya'ni yugurish hamda sakrashlar bilan bajariladigan, o’rtacha harakat talab qiladigan o’yinlar qo’llaniladi.

Uchinchi harakat malakalarini takomillashtiradigan, jismoniy va psixologik sifatlarni chiniqtiradigan va organizmning funktsional tayyorgarligini yaxshilaydigan hamda katta harakat talab qiladigan o’yinlar qo’llaniladi.

To’rtinchi jadval harakatlardan so’ng aktiv dam olishga, shug’ullanuvchilar organizmining nisbiy tinch holatga o’tishiga va ularning diqqatini bir yerga to’plashga yordam beradigan o’rtacha hamda kam harakat talab qiladigan o’yinlar qo’llaniladi.

4. Biror pedagogik vazifani hal qilish uchun o’yin o’tkaziladigan joyning sharoiti va jihozlarning mavjudligi.

5. Milliy harakatli o’yinlarni jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari bilan birga qo’llash, bunda ularni boshqa mashqlar orasidagi o’rnini to’g’ri belgilash.
O’yinga rahbarlik. O’yinning samarali o’tishi unga qanday rahbarlik qilinishiga bog’liq. O’yin shartli signal bilan boshlanadi. Rahbar hamma qatnashuvchilar o’z o’rinlarini egallab o’yinga tayyor ekanliklariga ishonch hosil qilgandan keyin o’yinni boshlash uchun signal beradi. U o’yinning boshidan oxirigacha qatnashuvchilarning harakatlarini kuzatib borib, uning to’g’ri rivojlanishini ta'minlaydi. Buning uchun esa o’yinchilarning xatolarini iloji boricha o’yinni to’xtatmasdan turib bartaraf qilishga erishishi lozim. Shu bilan birga kelishilgan signal bilan o’yinchilarni o’yindan to’xtatishga odatlantirishi kerak.

O’qituvchi bolalarda o’yin qoidalarini tushunib, aniq bajarishni tarbiyalashi lozim. Lekin o’yinchilar o’yin qoidalarini hali uncha yaxshi tushunib yetmaganliklari tufayli, o’yin qoidasining ba'zi bir elementlariga rioya qilmasliklari mumkin. Buning uchun o’qituvchi o’yinni hadeb to’xtatavermasligi lozim, chunki o’yinchilarning qiziqishi pasayib ketadi. Shu jihatdan rahbar pedagogik nazokatli bo’lishi, ayniqsa, qo’pollikning oldini olishi va unga yo’l qo’ymasligi lozim.

Pedagog o’yin davomida o’yinchilar o’rtoqlik, do’stlik, o’zaro hurmat kabi fazilatlarning tarkib topishi va mustahkamlanishiga jiddiy e'tibor berishi, ular g’alabalardan mag’rurlanib, mag’lubiyatdan tushkunlikka tushib, o’yindan sovib ketmasliklarini kuzatib borishi muhimdir. Ayniqsa, o’quvchilarni komanda manfaatlarini o’z manfaatlaridan yuqori qo’yishga o’rgatish katta ahamiyatga molik.

Har bir o’yin xolisona sudyalikni talab qiladi. Agar o’yinning qoidalariga qanday rioya qilinayotganini diqqat bilan kuzatib turilmasa, o’yin o’z pedagogik jihatini yo’qotadi.

Sudyalik vazifasini o’yinchilardan birontasi bajarsa, yana ham maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu o’yinchilarda tashkilotchilik qobiliyatlarini tarbiyalaydi. O’yinga o’yinchilar sudyalik qilgan paytlarda pedagogning o’zi ham chetda turmasligi lozim.

Rahbar - sudya butun gruppaning va ayni chog’da har bir o’yinchining harakatlarini kuzatib turishi lozim. Noto’g’ri sudyalik qilingan yoki komandalarning birontasiga yon bosgan sudya o’z obro’sini yo’qotadi, pirovardida o’yinchilar uning ko’rsatmalariga ahamiyat bermay qo’yadilar, intizom buziladi. Xolisona sudyalik qilinganda esa o’quvchilarning harakat malakalari, jismoniy sifatlari, psixologik qobiliyatlari o’sadi va takomillashadi.

O’yin bir necha marta qaytarilganidan yoki belgilangan vaqt tugaganidan so’ng o’yin to’xtatiladi. O’yinchilar charchab qolmasidan, o’yinni to’xtatish pedagogdan katta mahorat talab qiladi.


Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish