Davolash-harakatli o’yinlari har xil meditsina muassasalarida davolash fizkulturasida, sog’lomlashtirish gruppalariga umumiy ishchanlikni oshirish, yurak faoliyatini mustahkamlash va nafas olish sistemasini rivojlantirish uchun qo’llaniladi.
Hordiq chiqarish o’yinlari maktablarda tanaffus vaqtida, bayramlarda, kuni uzaytirilgan gruppalarda, istirohat bog’larida, dam olish uylarida, oromgohlarda aktiv dam olishni tashkil qilish maqsadida qo’llaniladi.
O’quv o’yinlari esa bolalar bog’chalaridan tortib, to oliy o’quv yurtlarigacha, hammasida harakat malakalarini egallash uchun jismoniy sifatlarni rivojlantirish, umumiy va maxsus jismoniy, psixologik, texnik va taktik tayyorgarlikni yaxshilash hamda rivojlantirish uchun qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |