Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika



Download 12,39 Mb.
bet305/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   569
Bog'liq
boy ota

Gigiyenik talablar: o‘yinchoq qurilishi qanday materialdan va rangdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalay olish mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.

Badiiy talablar: shakl, bo‘yoq va bezaklar bilan har tomonlama uyg‘unlashuv, bir-birini rang va shakl jihatdan to‘ldirib, ta’kidlab, o‘yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. o‘yinchoqlarning tuzilishi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarda idrok etish xususiyatlariga to‘la mos kelmog‘i lozim.

To‘g‘ri tanlangan o‘yinchoq - bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.



Farzandning yoshi. Yosh o‘yinchoq tanlashda asosiy mezon hisoblanadi. Tanlangan o‘yinchoq bolajoningizning yoshiga albatta mos tushishi kerak. Bola o‘sadi-ulg‘ayadi. Shu tariqa uning o‘yinchoqlari ham yoshiga mos ravishda murakkablashib borishi lozim. O‘yinchoqlarning yoshga qarab tanlanishi bolaning aqli, harakatlari, tafakkuri rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ikki-uch yoshli bolalar uchun turli shaklli kubik, piramida kabi o‘yinchoqlar nihoyatda muhimdir. Bu yoshdagi bola uchun o‘yinchoqning funksiyalari juda qiziqarli tuyuladi va uni uzoq vaqt davomida o‘ynashiga xizmat qiladi. Har-xil shakldagi kubiklarni o‘ynash, qum solish hamda to‘kish shaklidagi turli o‘yinlar bolaning harakatini bir maqsadga qaratadi. Avvalo, qo‘llar bilan shakllarni his etish, so‘ng ko‘z bilan uning shakli, rangini chamalash rivojlanadi, farqli taraflari solishtiriladi. Kattaroq yoshdagi bolajonlar uchun aqlni rivojlantiruvchi o‘yinchoqlarni tanlagan ma’qul.

O‘yinchoqning sifati. O‘yinchoq tanlashda uning sifatiga ham alohida ahamiyat qaratish lozim. Ularning xavfsiz, ekologik toza, sifatli mahsulotdan yasalganiga ishonch hosil qilib, rangi, ko‘rinishi, yorlig‘i, yo‘riqnomasi va firmasini ko‘zdan kechirish foydadan holi bo‘lmaydi. Sifatli va toza mahsulotlardan yasalgan o‘yinchoqlar bolajonlarning sog‘lom va baquvvat bo‘lib ulg‘ayishlarida muhim o‘rin tutadi.

O‘yinchoqning xavfsizligi. Kichkintoylar uchun o‘yinchoqlar tanlaganda, ularning juda mayda qismlardan, kesuvchan va o‘tkir qirralardan xoli bo‘lishiga, og‘irligi va hajmiga e’tibor qaratish lozim. Bunday turdagi o‘yinchoqlar bolangizga ziyon yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, o‘yinchoq xavfsiz materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Tabiiy mo‘yna va daraxt po‘stlog‘idan yasalgan o‘yinchoqlarni sotib olishga harakat qiling. Ko‘pincha yumshoq o‘yinchoqlarda bakteriyalar to‘planib, infeksiya manbayiga aylanadi, shuning uchun ham ular juda kichkina va allergiyaga moyil bolajonlarga tavsiya etilmaydi. Agar musiqiy o‘yinchoq sotib olmoqchi bo‘lsangiz, uning ovozi, hajmi va tuzilishiga e’tibor qarating. Yoqimsiz, haddan tashqari baland ovoz bolani qo‘rqitib yuborishi mumkin. Bundan tashqari, qo‘rqinchli, bolani dahshatga soluvchi o‘yinchoqlardan ham yiroq bo‘lgan ma’qul. O‘yinchoq bolada tajovuzkorlik, zo‘ravonlikni yoki sababsiz qo‘rquv va xavotirni uyg‘otmasligi kerak.
O‘yinchoqning qiziqarliligi. Tanlayotgan o‘yinchog‘ingizni o‘zingizning qiziqishlaringiz va istaklaringizga qarab emas, bolajoningiz xohish-istaklariga qarab sotib olganingiz ma’qul. Aks holda kichkintoy bunday o‘yinchoqdan juda tez zerikib qoladi. Yaxshisi, o‘yinchoq sotib olish uchun do‘konga farzandingiz bilan birga boring va bolangizga yoqqan o‘yinchoqni u bilan maslahatlashgan holda harid qiling.

O‘yinchoqning foydaliligi. O‘yinchoq tanlaganda, uning foydalilik jihatiga ham alohida ahamiyat qarating. Dizaynerlik va qurilish materiallari, jumboqlar, sport o‘yinlari, uskunalar to‘plami va kasbga yo‘naltiruvchi (oshxona buyumlari, sartaroshlik jihozlari, shifokorlik asboblari kabi) hamda aqlni rivonlantiruvchi, tafakkurini o‘stiruvchi, ma’nan va axloqan tarbiyalovchi o‘yinchoqlarni harid qilishga harakat qiling.

Bundan tashqari, o‘yinchoqlarning qadriyat va mentalitetimizga mos kelishi ham juda muhim. To‘g‘ri tanlangan o‘yinchoqlar bolalarning ma’naviy va axloqiy, aqliy, jismoniy, badiiy hamda estetik jihatdan rivojlanishida, sog‘lom, barkamol va yetuk shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida asosiy vosita hisoblanadi. Tanlagan o‘yinchog‘ingiz eng chiroyli va qimmatbaho bo‘lishi shart emas, asosiysi bolangizga manzur bo‘lishi, uning harakteri va qiziqishlariga mos tushishiga ahamiyat qarating. Har holda u kichkintoyingizning eng yaqin hamrohi, do‘stiga aylanishini unutmang. Va aksincha, bilib-bilmay tanlangan ba’zi bir o‘yinchoqlar bola ruhiyatiga salbiy ta’sir qilib, ularning xudbin, qo‘rqoq, tajovuzkor va ma’nan qoloq bo‘lishlariga olib kelishi mumkin.




Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish