O’yinni yakunlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. O’yin tugagandan so’ng o’qituvchi butun gruppaning va ayni chog’da har bir o’yinchining harakatlariga baho berib, uni yakunlaydi. O’yinda aktiv qatnashgan va qoidani buzmagan o’yinchilarni alohida qayd qilib o’tadi.
O’yinni to’g’ri yakunlash uni yanada chuqur egallashga o’yinchilarning unga qiziqishlarini yana ham oshirishga yordam beradi. Yakunlash vaqtida o’yinning ayrim noaniq bo’lgan detallari aniqlanadi, ziddiyatli vaziyatlar esa hal qilinadi.
O’yinni katta pedagogik nazokat va mahorat bilan yakunlash o’quvchilarning intizomlarini darsdan-darsga yaxshilashda, ularda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga qiziqishning ortishida ijobiy rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |