Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма


Gidrobiontlarda tez harakat qilish



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

 
Gidrobiontlarda tez harakat qilish. 
Tana ustidan shilimshiq ajratib chiqarilishi 
qarshilikning kamaytirib, harakat tezligini kuchaytiradi (baliqlar boshoqlilar). Masalan, suvning 
qarshiligi delfin tanasiga qaraganda 10 barobar kamdir. Sakrash yo‘li bilan harakat qilish qobiliyati 
ko‘pchilik 
kolovratkalar 
qisqichbaqasimonlar, 
hashoratlarning 
lichinkalari, 
baliqlar, 
sutemizuvchilarda bo‘ladi. Masalan, kolovratkalar 0,25 mm/sek tezligida suzadi, sakrashda esa 6 
mm/sek masofani o‘tadi, boshqa turi 0,5 mm /sek tezligida suzib, 18,5 mm/sek masofada sakraydi. 
Suvdan sakrab chiqib havoda ma‘lum masofaga uchish ko‘pchilik boshoyoqlilar va 
baliqlarga hosdir. Masalan, kalmarning uzunligi 30-40 sm, suvda tezlik olib sakrab suv yuzasida 50 
m dan ortiq masofaga uchub borishi mumkin. Uning uchish tezligi
soatiga 50 m ga teng. Ayrim osminoglar, ko‘pchilik baliqlar uchishga moslashgan masalan, uchar 
baliqlar 10 sek davomida havoda bo‘lishi va shu vaqt ichida 100 metr masofani o‘tishi mumkin. 
Gidrobiomotlarning vertikal tarqalshi katta biologik voqelik bo‘lib milyardlab to‘nna 
gidrobiomolar suvning yuzasidan 10 va 100m, undan ham chuqurrroq qatlamlarga tushadi, ma‘lum 
vaqtdan keyin yuqoriga ko‘tariladi. Bunday tarqalishda plankton va nekton organizmlar qatnashadi 
bunga ularning aktiv harakati va solishtirma og‘irligining o‘zgarishi suv muhitidagi yorug‘lik, 
harorat, suv sho‘rligi gazlar tarkibi va ozuqa moddalar miqdorining o‘zgarishi sabab bo‘ladi. 
Organizmlarning kun davomida vertikal tarqalish chuchuk va dengiz suvlarida ham 
kuzatiladi. Artika va artanktika dengizlarida qutubni yorug‘ kun tunlarida gidrobiomotlarni kunlik 
migratsiyasi muloq bo‘lmaydi. Yorug‘likni suv qatlamlariga ko‘proq tushishi va chuqurroqqa o‘tishi 
bilan organizmlarni suvda mikratsiya qilish ortib boradi.
Gidrobiomotlarni vertikal mikratsiyasi quyoshning botishi yoki chiqishi bilan ham bog‘liqdir. 
Shunday qilib yorug‘lik vaqtini o‘lchovchisi bo‘lsa, hayvonlar o‘zlarining ―Ichki soatlari‖ asosida 
mikratsiya qilishni ma‘lum maromlarini hosil qilgan va bu holatlar turning biologik hislatlariga ko‘p 
jihatdan to‘g‘ri keladi.
Gidrobiomot mikratsiyalarga, suv havzalarida yil davomida rivojlanadigan va hayot davri 
uzoq bo‘lgan ko‘plab turlar kiradi. Ular migratsiya qilmaydigan turlarga qaraganda kam nobud 
bo‘ladilar. Ko‘pchilik tovush tarqatuvchi gidrobiontlar kun davomida mikratsiya qilib, tunda 
suvning yuzaroq qatlamiga 200 m gacha minutiga 0,6 dan 9 m tezlik bilan ko‘tariladi, ba‘zi 
organizmlar ko‘tarilmaydi. 
Baykal ko‘lida uchraydigan rechkilarning ayrim turlari qishda suvning 200-300 metr 
churuqligida, bahor faslida esa yuza qatlamiga ko‘tariladi. Bunday xolatlar Kasbiy dengizining o‘rta 
qismida tarqalgan radiolariya turlarida ham kuzatiladi. Ular suvning kuzdan qishga o‘tishida sovushi 
bilan suvning yuza qismidan pastga 50-200 m chuqurlikka tushub ketadi.
Organizmlar ichida aktiv gorizontal yo‘nalishda mikratsiya qilish Nektorn guruhiga kiruvchi 
baliqlar va sutemizuvchilarga xosdir. Ular dengizning ochiq qismidan qirg‘oq va daryolarga qarab 
mikratsiya qilishiga ammadrum, aksincha, unga qarama-qarshi yo‘nalishdagi mikratsiyaga Katadrom 
deb aytiladi (lotincha anna- 
yuqori, katta-past, dromeion-qochish ma‘nosini bildiradi).


15 
Baliqlar (ossetirlar, lasoslar) tuxum qo‘yish uchun dengiz daryoga o‘tadi, seld, treska kabi 
okean baliqlari qirg‘oqqa yaqinlashadi, ilon baliqlar esa tuxum tashlashga daryodan dengizga tushadi. 
Atlantik seld baliqlari fevral-mart oylarida tuxum tashlash uchun ochiq dengizdan Narvegiya 
qirg‘oqlariga qarab suzadi, tuzum qo‘ygandan keyin esa ular orqaga qaytishda tinimsiz ovqatlanadi. 
Ilon baliqlar Shimoliy Ovropa daryolaridan Sargass dengiziga kelib tuxum tashlash uchun 7-8 ming 
km masofani suzib o‘tadi va tuzum qo‘yib bo‘lib, shu yerda nobud bo‘ladi. Mikrotsiya davrida juda 
katta masofani bosib o‘tgan hayvonlarda kuchli navigatsion xislatlar bo‘lib, yuzlab daryolar ichidan 
o‘zi tuxumdan chiqqan daryoga borib tuxum tashlaydi.

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish