16
kislotali yomg‘ir yog‘ishjidan tiriklikning nobud bo‘lishi, Fors ko‘rfazida dengiz suviga neftning
oqizib yuborilishi, reketa va bombalar portlashidan tabiiy holatning buzulishi kabi salbiy harakatlar
tabiat holatini yomonlashtirib yubormoqda. Har bir inson taboatda bo‘lgan munosabatini o‘zgartirib,
o‘zi yashab turgan muhit va ertangi kun haqida o‘ylaydigan vaqt keldi.
Tabiatdagi ―kasalliklar‖ tufayli yuzlab o‘simlik va hayvonlar yo‘qolib ketmoqda.
Atmosferaga tashlanayotgan zaharli gazlar, kimyoviy moddalar inson va tabiat, jonzotlarning hayoti,
ekologik holatni buzmoqda.
Tirik jonzotlar ma‘lum muhitda va uning omillari ta‘siri ostida yashab rivojlanadi, ko‘payadi,
ekologik omillar bilan muloqatda bo‘ladi, o‘zgaradi, doimiy harakatda bo‘lib nasl qoldiradi.
Biz ko‘pincha tirikni o‘likka, biologik holatni fizikaviy yoki kimyoviy holatga, jonli
tabiatni
jonsiz tabiatga, organik dunyoni neorganik dunyoga, aktivlik passivlikka, abiotik omillarni
biotik omillarga qarshi qo‘yamiz. Shunga qaramasdan tirik tabiatni juda tezlik bilan o‘lik tabiatdan
farqlaymiz, ular bir-biri bilan doim bog‘liq, ajralmas ekanini ham bilamiz. Hayot fizikaviy muhitsiz
bo‘lmaydi. Lekin tirik jonzotlar o‘z
navbatida shu fizikaviy, o‘zlari yashab turgan muhitga ta‘sir
qiladi. Bu ta‘sir Yerda hayotning saqlanishi uchun juda katta ahamiyatga egadir. Tuproq, atmosfera
va suvning xususiyatlari, har xil jinslarning hosil bo‘lishida o‘simlik va hayvonlar hayot-faoliyatining
roli kattadir.
Organizm faoliyatida urug‘ yoki tuxum xosil qilish tanma haroratini suv balansi bir xil
ushlashi, doim harakatda bo‘lishi, nafas olish va qon aylanish kabi jarayonlarni boshqarishi fizikaviy
muhit kuchlari (yerning tortish kuchi, energiya oqimi, kimyoviy reaksiyalar va hk.)
bilan teng
bormayotganga o‘xshaydi. Masalan; tog‘ jinslaridan kattaroq toshni qiyadan pastga qarab
yumalatganda energiya hosil bo‘ladi. Lekin bu yerda yerning tortish kuchi, jinsning yumalashidan
chiqqan
energiya, uning ma‘lum joyga kelib to‘xtab atrof-muhit bilan tenglashishi, tirik
organizmning na ko‘payishi na nafas olishiga to‘g‘ridan –ro‘g‘ri ta‘sir qilmaydi.
Fazoda uchayotgan qush o‘zini ushlash uchun tinimsiz energiya sarf qiladi, qanotlarini
ishlatadi,
buning natijasida muhitning fizikaviy qarshiligini hamda yerning
tortish kuchini yengadi va havoda uchadi. Qushning kuchi u hazm qilgan ozuqadan ajralib chiqadi va
qushning ma‘lum maqsadi-o‘ljani ushlash, yirtqichdan qochish yoki bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chishini amalga oshiradi.
Qush, asalari, may qo‘ng‘izining uchishi, otning chopishi, sherning yugurishi,
baliqning
suzishi tirik organizmlarga xos bo‘lgan faoliyatning boshlanishidir.
O‘simliklar ildizlari orqali tuproqdan mineral moddalarni olib, murakkab uglevodlar, oqsillar
fermentlarni sintez qiladi, o‘zlarining tanasini kattalashtiradi va muhitning fizikaviy kuchlarini
jilovlab bo‘lmaydi, ular cheksiz, har xil va doim harakatda bo‘lib tirik organizmlarga bir joyda bir
necha tabiiy kuch birlikda ta‘sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: