Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма


- savolning Abiotik omillarga organizmlarning moslashishi



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

 
4- savolning Abiotik omillarga organizmlarning moslashishi 
Muhitning iqlimlik mohiyati unda turli tirik organizmlarning yashashidir. Jumladan , O‘rta
Osiyo cho‘l , dashtlari yoki Afrika savannalarida katta sutemizuvchilar bilan bir qatorda
hashorotlar ham yashaydi . Ya‘ni kiyiklar , saygaklar yoki yerdan 2 m balandlikdagi jirafalar va
o‘tlar orasidagi chumolilar uchun yashash muhiti har xildir. Shunung uchun ham
organizmlarning yashash muhiti –iqlimi : makroiqlim , mezoiqlim va mikroiqlimlarga bo‘lish
mumkin . 
Makroiqlim (yoki regional iqlim ) ma‘lum joyning geografik va orografik holatlaridan kelib
chiqadi . Masalan , Toshkent viloyati yoki Farg‘ona vodiysining yerlari , Qizilqum , Oloy
vodiysi kabi katta maydonlar makroiqlimga misol bo‘la oladi. Makroiqlim ichidagi ayrim
abiotik omillar komponentlarining o‘zgarib turishi , shu katta maydon ichida mezoiqlim (yerlik 
iqlim ) ni keltirib chiqaradi. Masalan, Chimyon tog‘idagi archazorlar, Qizilqumdagi saksovul 
o‘rmonlari , katta tepaliklarning shimoliy yoki janubiy qiyaliklari , ko‘l yoki suv omborlarining
atrofi mezoiqlimdir .Makroiqlim va mezoiqlimlar uchun ilmiy materiallar ma‘lum apparatlar
yordamida yig‘iladi . Apparatlar esa yer yuzidan 1-2-3 m balandlikda o‘simlik bilan qoplangan
tekis joyga o‘rnatiladi va shu apparat yordamida yorug‘lik , harorat , namlikka oid ma‘lumotlar
to‘planadi .
Mikroiqlim ( yoki ekoiqlim )-tirik organism darajasidagi iqlimdir . Makroiqlim va mezoiqlimda
tabiiy voqeliklar o‘rganilsa , mikroiqlimda organizmlarda hosil bo‘ladigan jarayonlar ,
harakatlar maxsus apparatlar yordamida o‘rganiladi .
Shu yuqoridagi muhit iqlimlari ichidagi turli abiotik omillar va ularning tirik organizmlarga 
ta‘sirini alohida- alohida ko‘rib chiqamiz
Yorug’lik va uning organizmlarga ta’siri .

Tiriklikning 


 
hamma xillari xislatlari kosmik hodisalar bilan chatishib ketgan. Yer yuzida
hayotning kelib chiqishi va tirik organizmlarning faoliyati abiotik omillardan quyosh nuriga
bo‘gliqdir. 
Yer yuziga yetib keladigan quyosh radiatsiyasi asosiy energiya manbai bo‘lib , sayyorada 
issiqlik balansi , organizmlarda suv, gaz, va moddda almashishi , o‘sish va kamayishi , avtotrof
organizmlar tomonidan organic moddalarning hosil bo‘lishi va organizmlarning hayot-faoliyatini
to‘la o‘tishi uchun yashash muhitini hosil qiladi .
Yer sharini qizib turgan qismi quyoshdan energiya oladi . Quyoshdan Yerga yetib
keladigan nurlar oqimining to‘lqinlari uzunligini mingdan kichik angstrem ( 1A = 10
8
sm 
) bilan
o‘lchanadi .
Murakkab quyosh radiatsiyasining oqimlari atmosfera qatlamidan o‘tib , Yer yuziga
ko‘rinuvchi nurlar (3900-7700A) sifatida yetib keladi , bu quyoshdan chiqayotgan nurning
taxminan 50% tashkil qiladi . Atmosferaning azon qatlamida ultrabinafsha(UBN)nurlarining bir
qismi (taxminan 25 km balandlikda) yutiladi , shu qatlamda uzun to‘lqinli nurlardan 2950A
atrofida infiraqizil nurlarining o‘rtacha 2,4·10

A va radioto‘lqinli nurlarning esa 10
6
.A dan
yuqorisi yuritiladi .Atmosferadan o‘tib keladigan quyosh
nuri doimiy bo‘lib, bir minutda 1,98 dan 2 kal /sm

ni yoki bir yilda 5·10
20
kkal/ sm 
2
ni tashkil
etadi. Yoki Yerning yuqori qismiga yetib keladigan quyosh nuri bir minut 8,3 Dj/sm
2
ga teng ,
buning yorug‘ligi quyoshning yorug‘lik energiyasi (2·10
9
)150 mln .km . masofani bosib Yer
yuziga yetib keladi . Sayyoraga yil davomida 5628·10
21
Dj quyosh energiyasi keladi. Yerning
issiqlik balansi o‘rtacha 3024·102-3318·10
2
Dj ( sm
2
/ yil),quruqlik uchun esa 2058·10
2
Dj ( sm
2

yil).Bu issiqlik bug‘lanishga va fotosintezga ( 23%) sarflanadi. 
Troposferaning azon qatlamida yutilib ketadigan ultrabinafsha nurlar (0,29mkm dan
kalta ) tirik organizmlar uchun juda havfli , ular Yer yuziga yetib kelmaydi. Yer yuziga yoki
o‘simliklar ustiga tushadigan nurlar kalta to‘lqinli λ=0.3-4,0 mkm va uzun to‘lqin λ>4,0 
mkm radiotsiyalarga bo‘linadi. Tirik organizmlarning hayot- faoliyati uchun qisqa to‘lqinli
quyosh radiatsiyasi katta ahamiyatga egadir. Qisqa to‘lqinli nurlar o‘z navbatida ultrabinafsha 
(λ< 0,4 mkm ), ko‘rinuvchi (λ=0,76-4,0


24 
mkm ) radiatsiyalarga bo‘linadi.
Inson ko‘zi bilan qabul qiladigan (ko‘ruvchi radiatsiya ) elektromagnit to‘lqinlarining
diapazoni fiziologik radiatsiya (λ=0,35-0,75 mkm ) mohiyatiga to‘g‘ri keladi . Bu o‘z navbatida
ekologik spektr jihatidan juda katta ahamiyarga ega , chunki shu ko‘rsatkichda quyosh
energiyasini yarmi mujassamlashgan , to‘plangan. Quyosh energiyasini ekologik spektri doirasida 
(l=0,35-0,75 mkm ) o‘simliklar tomonidan butun tirik organizmlar uchun katta ahamiyatli
fotobiologik jarayon yuzaga keladi .
Quyoshdan ajralayotgan radiatsiyaning (99,9% ) taxminan 19% i atmosferadan o‘tish
vaqtida yutilib ketadi , faqat 47% igina to‘g‘ri va sochilgan nurlar holatida Yer yuziga yetib
keladi . 
Quyoshdan kelayotgan energiyaning tarqalishi atmosferaning holari va quyoshning 
Yerdan qanday balandlikda turishiga bog‘liq. Masalan, Yer yuziga yetib keladigan nurlarning 
24% i to‘g‘ri va 23% i sochilgan nurlardan iborot . Shimoliy tumanlarda quyoshdan kelayotgan
nurning 70% i sochilgan nurlar ,ekvatorial mintaqalarda sochilgan nurlar 30% , to‘g‘ri nurlar esa 
70% ini tashkil qiladi . Bulutsiz atmozfera quyosh radiatsiyasining 400-480 nm to‘lqinlarini
mukammal o‘tkazadi . Yer yuziga faqat uzun to‘lqinlar ( 290-380nm)yetib keladi .
Yuqori Pomir tog‘ (3500-4100m balandlikda ) sharoitida UBN –lar va boshqa ekologik
omillar ta‘sirida o‘simliklar past , yer bag‘rlab o‘sadi , ularning yaproqlari kichik , ingichka , 
qalin bo‘lib, bashqa joylarda uchraydigan shunday turlarning sistematik belgilariga to‘g‘ri
kelmaydi . Hattoki , Zorko‘l suvida uchragan bir hujayrali suvo‘tlarning hujayra kattaligi
suvo‘tlarning hujayra kattaligi boshqa joylardagi suv havzalarida uchraydigan hujayralardan 2-
3-5mk kichik bo‘lgan . 
Ko‘z bilan ko‘rinadigan radiatsiya fiziologik radiatsiya (uzun to‘lqinlar 300-800nm ) 
mohiyatiga to‘g‘ri kelib , u bir necha mintaqalarga bo‘linadi . 
A) ultrabinafsha 400 nm dan ozroq 
B) ko‘k-pushti 400-500 nm 
D) sariq-yashil 500-600 nm 
E) to‘q-sariq-qizil 600-700 nm 
F) uzun qizil 700 nm dan katta
Atmosferaning Yer yuzasiga yaqin joyida quyosh radiatsiyasining kuchi 1,39 k vt/m
2
(quyosh konstanti) Ochiq bulutsiz havoda Yer yuziga 1000 vt/m
2
nur tushadi ( yoki quyoshdan
kelayotgan umumiy nurning 61% i ).Dengiz sathiga barobar o‘rta kengliklarning tekkisliklari
900 vt/m
2
(yoki 1,3 kal /sm
2
min ) umumiy nur oladi .
Shunday qilib , quyoshdan kelayotgan nurlarning bir qismi kosmik fazasiga qaytib , suv
parlariga yutilib , atmosferaning isishiga sabab bo‘ladi . UBN lar esa azon qatlamida yutiladi .
Yerga kelayotgan sochilgan nurlar atmosferadagi gaz molekulalari bilan birlikda moviy 
osmonning ko‘rinishini o‘zgartiradi .
Yerga qoyoshdan kelayotgan nur energiyasi oy, fasllar davomida va yerning turli
kengliklarida har hil bo‘ladi . (Zubov 1978).Masalan, Yer yuziga yil davomida quyoshdan
kelayotgan energiya Arktika mintaqasidan 16700-16800, boreal mintaqada 43600, mo‘tadil issiq
mintaqada 82000 kal/sm

ni tashkil qiladi .

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish