Jismoniy tarbiya darsida mustaqil malakalarini shakllantirish
Oʻquvchilarni mustaqil ishlashi mashgʻulotlarni tashkillashning alohida shakli sifatida xam, belgilangan vazifalarni hal qilish uchun o’quvchi faoliyatini tashkillash ususliyati tarzida xam koʻzga koʻrinishi mumkin. Mustaqil ishlashni oʻrgatishning asosiy va xususiy maqsadi mashgʻulotlarda oʻquvchilarni mustaqil shugʻullantirilishini tarbiyalash.
Oʻquvchining faoliyatidagi mustaqil ishlash malakasining dastlabki belgilari, tashqaridan yordamsiz yoki ahamiyatsiz darajadagi yordam bilan ishlashi orhali namoyon boʻladi.
O’quvchining mustaqilligining darajasi uni yoshiga xos anglashi imkoniyatlari va o’quv materialining mazmuniga bogʻliq.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda mustaqillik birinchi navbatda taqlid qilish va uni qaytarish tarzida namoyon boʻladi. Oʻrta va katta maktab yoshida mustaqil ish quyidagicha olib boriladi:
1)bilimning turli xil manbalari — jismoniy tarbiyaning darsliklari, oʻquv va koʻrgazmali qurollaridan foydalanish bilan;
2)amaliy o’quv materiali—vazifalar koʻrsatilgan oʻquv kartochkalari, buyurtma qilingan mashqlar, oʻrganishni nazorati-kartochkalari, dasturni oʻrgatuvchi algoritmlar printsipi asosida tuzilgan vazifalar asosida va boshhalar.
Oʻquvchilarni oʻquv va koʻrgazmali qurollarni oʻrganish orhali mustaqil ishlari ular tomonidan teks matnini, koʻrgazmali qurolda ifodalangan mazmunni oʻrgangandan soʻng oʻqituvchini bilimlar nazorati dasturidagi tanlab olingan savollarga va uning turli variantlariga bergan javoblari tarzida namoyon boʻladi.
Oʻquv vazifa kartochkasida (oldin oʻzlashtirilgan harakat faoliyatlarini mustahkamlash, umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun), har bir shugʻullanuvchini bitta dars (yoki bir necha dars) davomida jismoniy mashqlar sanalgan boʻladi. Kartochkalar boʻyicha muvaffaqiyatli ishlash faqat o’qituvchi bilan oʻquvchilarni bir-birlarini toʻla tushunishlari va yaxshi moddiy texnik bazani mavjud bo’lishligi orhali amalga oshiriladi xolos. Bu oʻquvchilarga bir-biriga xalaqit bermay, oʻzini navbatini u yoki bu snaryadda kutmay bajarish imkonini beradi.
Buyurtma tarzidagi mashqlar ~ mashq-buyurtmaning ma’nosi shundan iboratki, shugʻullanuvchilarga xar tomonlamalilik, ma’lum darajadagi xushyorlik, oʻziga ishonishdek xislatlarni namoyon qilish talabini qoʻyadigan harakatlar (mashqlar) tavsiya qilinadi.
Nazorat qilib ta’lim beradigan topshiriqlar orhali koʻrsatma, vazifa berib darsning vazifasini hisobga olish bilan oʻquvchilarni mustaqil ijodiy faoliyatga yoʻnaltiriladi. Bunday topshiriqlar har bir sinf, dars, ta’lim etapi uchun ishlab chiqiladi. Jismoniy tarbiya darslarida quyidagi nazorat-ta’lim topshiriqlarining xillari qoʻllaniladi:
a)harakat malakalari va koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha;
b)umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni amalga oshirish boʻyicha;
v)harakat faoliyatining tashkillashni ratsional shakllarini anglab olish oʻyinlar va musobahalarda individual va guruhlar bilan bajariladigan mashqlarda taktik usullarni maqsadga muvofiq qoʻllash orhali.
Topshiriqning birinchi qismi ta’lim yoʻnalishiga ega (masalan, chigal yozish uchun tavsiya qilingan poyma-poy, chala mashqlardan ularni ketma-ketligiga rioya qilib kospleks tuzish), ikkinchi qismi-nazorat yoʻnalishi (masalan, tuzilgan kompleks boʻyicha sinf bilan chigal yozish oʻtkazish).
Algoritm tipidagi ta’lim programmasi asta-sekinlik bilan qiyinligi oshiriladigan, bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq komplekslarni va sekin-astalik bilan harakat malakalarini muvaffaqqiyatli oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan oʻquv vazifalarini o’z ichiga oladi. Kompleks 5-6-seriyadan iborat o’quv vazifalaridan iborat. Birinchi seriyada oʻzlashtirilishi kerak boʻlgan harakat faoliyatini egallash uchun oʻquvchilar jismoniy tayyorgarligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan mashqlarni oʻz ichiga oladi. Ikkinchisi-oʻrganilayotgan harakat faoliyatidagi dastlabki holatni (yoki asosiy elementni) oʻzlashtirish uchun mashq beriladi. Uchinchi-oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan harakatni bajarilishini ta’minlovchi mashq beriladi va uni yordami bilan faoliyat oʻzlashtiriladi. Toʻrtinchi va beshinchi seriya harakat faoliyati texnikasini ayrim qismlari (elementlari)ni oʻzlashtirilishi bilan bogʻliq mashqlarni, oltinchi seriya texnikani takomillashtirishga yoʻnaltirilgan mashqlarni oʻz ichiga oladi.
Oʻquvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda bajarilishi lozim boʻlgan mustaqil faoliyatning hajmi, undan kelib chiqadigan maqsad nimadan iboratligiga aniqlik kiritiladi, shuningdek, mashq texnikasini bajarish (agar texnika ularga tanish boʻlmasa) ya’ni o’quvchilarni bajarishi lozim boʻlgan vazifa haqida toʻliq koʻrsatmalar, tushuntirishlar qilinishi lozim boʻladi.
Jismoniy mashqlarni mustaqil bajarilayotganining asosiy nazorat vositasi, oʻquvchilarni harakat faoliyati va ularning javoblaridir, shuningdek ularning javoblarini toʻgʻriligi, xatolarining soni va xarakteri haqidagi oʻqituvchining analitik faoliyatidir.
Darsda oʻquvchilarni mustaqil faoliyati boʻyicha pedogogik zoʻr berishning mantiqiy yakuni, ularning yutuq va kamchiliklarini aniqlash haqida oʻtkaziladigan muhokamadir. Unda dars, oʻquvchi, oʻqituvchi faoliyati mukammal tahlil qilinadi va oʻquv faoliyatlarining xarakteri va toʻgʻriligiga baho beriladi. o’quvchilarning mustaqil ishini samaradorligini oshirish uchun o’quv jarayonining tashki tomoni bilan bir qatorda ichki tomonining teskari aloqasini yoʻlga qoʻyilishi ya’ni o’quvchining oʻzi mustaqil ishi natijalariga koʻra olgan, egallagan, oʻzlashtirgan bilimlari haqida ma’lumotining ahamiyati katta.
Mustaqil ish paytida ichki aloqa va uni teskarisini yuzaga keltirishning imkoniyati oʻz-oʻzini nazorat va oʻzini-uzi tyekshirish orhali yoʻlga qoʻyilsa natija kutilgandyek boʻladi.
Oʻz-oʻzini nazorat malakasini rivojlanganligi darajasining koʻrsatgichi jismoniy mashqlarni bajarishda va pedogog tomonidan qoʻyilgan vazifaning natijasini oʻquvchi tomonidan mustaqil muvofiqlashtira olishi qobiliyati orhali namoyon qiladi. Oʻquvchining oʻzini, oʻz faoliyati boʻyicha kamchiliklari va yutuqlari hamda oʻzining ijobiy tomonlari haqidagi fikrining mavjudli, shular haqida suhbat, baxs, munozaraga maxtalligini tarbiya jarayonidagi mohiyati beqiyosdir.
Oʻz faoliyatiga tuzatishlar kirita olishi, uni toʻgʻri yoki notoʻgʻriligi haqida oʻziga baho bera olishi jismoniy tarbiya darsida yoki jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish mashgʻulotlarida oʻqituvchining oʻz oʻquvchilariga mustaqil ishlash malakasini berganligidan dalolatdir. Bu malakani berish butun dars davomida emas, uni bir boʻlagi yoki qismida xam davom ettirilishi tarbiya jarayonining samarasiga tag zamin (poydevor)dir.
Jismoniy tarbiya darsita quyidagi talablar qoʻyiladi: - jismoniy tarbiya darslari muayyan umumiy va xususiy vazifalarga ega boʻlishi; umumiy vazifalar barcha dars yoki darslar turkumi jarayonida, xususiy vazifalar esa alohida olingan bir dars mobaynida xal qilinishi; dars usuliy tomondan va tarbiyaviy jihatdan toʻgʻri tashkil qilinishi; oldingi oʻqitilgan materiallarni mashgʻulotlarda izchil davom ettirish va ayni paytda ular yaxlit tugallangan, muayyan darajada boʻlgʻusi darsning vazifasi va mazmuni bilan bogʻlanishi; o’quvchilarning tarkibi, ularning yoshi, jinsi, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi har tomonlama jismoniy rivojlanish, sogʻlikni mustahkamlash, qaddi qomatni shakllantirishdek tarbiyalar uchun yordam beruvchi mashqlar va oʻyinlarni toʻgʻri tanlash; darsni oʻquvchilar uchun qiziqarliligi ularni harakat faoliyatga da’vat etishi; jismoniy tarbiya darsi o’quv kuni tarkibidagi boshqa darslar bilan muvofiq, uzviy olib borilishidek talablar jismoniy tarbiya darsining asosiy talablaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |