Jismoniy tarbiya darsning mazmuni
Jismoniy tarbiya darsining mazmuni dars mashgʻulotlarini sifatini belgilovchi toʻrtta asosiy komponentning umumiyligida ifodalanadi. Bu elementlar oʻzaro uzviy bogʻlangan va darsning xarakterli komponentlari deb ataladi, ular:
a) darsning tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar. Darsning mazmunining eng yirik xarakterli komponentidir. Lekin bunday tushuncha bir tomonlama boʻlib, tarbiyalash, sogʻlomlashtirish, bilim berish vazifalarini hal qilishda shugʻullanuvchilar - uchun faoliyat predmeti boʻlib xizmat qiladi. Mashqlar darsning umumlashtirilgan predmetining mazmuni, boshqa ma’noda dars mazmunining bir qirrasi xolos.
b) tavsiya qilingan mashqlarning bajarish bilan bogʻliq boʻlgan oʻquvchilarning darsdagi faoliyati dars mazmunining navbatdagi yirik komponentdaridan biri. Bu komponent shugʻullanuvchini turli koʻrinishdagi, intyellektual va jismoniy faoliyatdan iborat boʻlib, ular: pedogogik eshitish, koʻrsatilayotgan mashqni e’tibor bilan kuzatish, harakat faoliyati orhali hosil boʻlgan tasavvurni ustida fikr yuritish, bajarilishi lozim boʻlgan faoliyatni loyihasini fikran tuzish, uni bajarish, oʻz harakatlarini nazorat qilish va baholash, vujudga kelgan muammolarni pedogog bilan birgalikda muhokama qilish, oʻz hissiyotini va kayfiyatini nazorat qila olish, vujudga kelgan emotsionallikni boshqarish va h.k.lardir. Shugʻullanuvchilarini dars vazifasini xal qilish boʻyicha barcha faoliyatlari dars mazmuni asosini tashkil kiladi.
v) pedogogning faoliyati dars mazmunining navbatdagi komponenti boʻlib, quyidagicha holatlarda namoyon boʻladi. Uyga vazifa berish va uni tushuntirish, darsning aniq vazifasini bayon qila bilish va uni hal qilishni tashkillash, shugʻullanuvchilarni doimiy nazoratda ushlash, ularni faoliyatini tahlil qilish, shuningdek shugʻullanuvchilarning faoliyatini lozim boʻlgan yoʻlga burish, ular orasidagi munosabatlarni oʻzining diqqat markazida ushlash va faoliyatlarini yoʻnaltirish, boshqarish, nazorat qilishdek ta’lim-tarbiya jarayonida ijobiy rol oʻynaydigan muhim asosiy holatlarni oʻz ichiga oladi.
g)shugʻullanuvchilar organizmida dars tarkibidagi mashqlarni bajarishda sodir boʻladigan fiziologik, psixologik, biomexanik va boshqa oʻzgarishlar dars mazmunining navbatdagi yirik xarakterli komponentlaridan biri hisoblanadi. Malakalarni shakllanishi orhali rejalashtirilgan, ularning natijasidagi oʻzgarishlar, shakllangan nazariy va amaliy bilimlar, uddalash, harakat malakasi va uning avtomatlashuvi orhali sodir boʻladigan yashirin (latent) davr darsning mazmunining toʻrtinchi komponenti hisobiga sodir boʻladi. Bunda oʻqituvchi faoliyati va oʻquvchilar faoliyatining samarasi yashiringan boʻladi. Rejalashtirilgan oʻquv tarbiyaviy ishlarni sodir boʻlmoqdami yoki yoʻqligi joriy nazorat qilinib, pedogogik faoliyat keyinchalik qanday davom ettirilishi lozimligi uchun yoʻriqnomalar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |