1-ma’ruza. Model va modellashtirish tushunchalari.
1. Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni.
2. Matematik model tushunchasi. Matematik modelga misollar.
3. Bilish jarayonida va insonning amaliy faoliyatida modellashtirishning
roli.
4. Matematik modelni ifodalash shakllari.
1. Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni.
Xayoliy modellar haqiqiy
dunyoni nazariy tushinish va aks ettirish shakli bо‘lib, uni fizik bilish uchun katta
о‘rin egallaydi. Shuning uchun nazariy bilish va uslubiy jixatdan modellarni
shakllantirish masalasi, ularni bilishda qо‘llash va boshqa modellar, xayoliy va real
tajribalar, gipoteza, nazariyalar bilan aloqasi katta axamiyat kasb etadi.
Modellar-ilmiy gipoteza bо‘lib, fanni rivojlantirish shakli sifatida qurib
kelgusidagi takomillashgan nazariya modellari kо‘rinishida о‘rganiladi.
Xayoliy va material modellarni quyidagicha ta’riflash mumkin:
Modellashtirish - bu biror bir obyektni (orginalni) boshqasi (model bilan)
almashtirish va orginalni xususiyatlarini modelni xususiyatlarini tadqiq etish yо‘li
bilan urganishdan iborat. Almashtirishdan asosiy maqsad orginal xususiyatlarini
о‘rganishni aniqlashni tezlashtirish, soddalashtirish, narxini kamaytirish imkonini
beradi. Umuman obyekt-original sifatida ixtiyoriy tabiiy yoki sun’iy, real (xaqiqiy)
yoki xayoliy tizim bо‘lishi mumkin.
Modellashtirish usuli xozirgi zamonda kо‘pdan kо‘p olimlar tomonidan tadbiq
etilmoqda. Misol sifatida mexanika, fizika (qattiq jismlar) ximiya, biologiya,
meditsina, iqtisodiyot va boshqa sohalarni kо‘rish mumkin. Modellashtirish
konsepsiyasidan maqsad asosan modellarni nazariya yaratish jarayoniga kiritishdan
iboratdir, chunki ideal modellar nazariyani boshlang‘ich bosqichi bо‘lishi mumkin
yoki nazariyani interpretatsiya qilish modeli ham bо‘lishi mumkin.
Gipotezalar nazariyaning ideallashtirilgan obyektlardan farqli bо‘lib,
nazariyani interpretatsiya qilish modeli yoki dastlabki pogonadagi model
kо‘rinishida tasvirlash mumkin. Gipotezalar shakillantirilayotgan modellarni
dastlabki qadamlari (pogonalari) sifatida kо‘rilishi mumkin.
Dastlabki modelni ishlab chiqishda tadqiqotchi intuitsiyasi katta rol о‘ynaydi.
Boshlang‘ich vaqtlarda katta miqdordagi modellar oldinga surilishi mumkin. Ammo
tadqiq etish jarayonida ularning soni kamayadi.
Model bilan ishlash shakli sifatida xayoliy tajriba kuriladi. Ayrim hollarda
hayoliy tajribalarni ideallashtirilgan deyiladi, chunki ular real tajribalar bilan
bog‘liqdir. Ma’lum miqiyosda hayoliy tajriba real tajribani ma’lum tomonlarini
(xususiyatlarini) xayoliy obrazli rekonstruksiya qilishdan iboratdir. Chunki,
aytiladiki «fikirlash ongda tajriba о‘tkazish maxsulidir». Xayoliy tajriba shartsiz
ravishda xaqiqiy tajribaga qaraganda kulaydir. Fikrlar bizda xar doim mavjud va
xaqiqatga nisbatan ongda tajribalarni yig‘ish (tо‘plash) onsondir. (Engelmayer
sо‘zlari buyicha)
Tajriba obyekt orginalni ma’lum tomonlarini (xususiyatlarini) modelda aks
ettirishni adekvatlik kriteriyasi bо‘lib kelmokda. Tajriba hakam rolida bо‘lib, model
yordamida olingan ta’savurlarni olib qolish yoki tashlab yuborish tо‘g‘risida
yechimini qabul qiladi.