Bilish jarayonida va insonning amaliy faoliyatida modellashtirishning
roli.
Modellashtirishni ilmiy qidiruv ishlarida, muxandislik ijod sohasida va
umuman inson xayotida baholash murakkab masaladir. Ixtiyoriy har qanday tizimni
bilish yoki о‘rganish mohiyati bо‘yicha uning modelini yaratishga olib kelinadi. Xar
bir kurilma yoki inshoatni yaratishdan avval uning model loyixasi ishlab chiqiladi.
San’oatni har qanday asari haqiqiy dunyoni borliqni belgilovchi modeldir. Inson
biror bir harakat qilishdan oldin mumkin bо‘lgan xarakatlar ketma-ketligini о‘ylab
kо‘radi yoki sinovdan о‘tgan xarakatlar modeli bо‘yicha boshqaradi.
Konstruktiv modellar, ya’ni sistemani xarakteristikalarini uning parametrlariga
bog‘lanishni tadbiq etuvchi va xususiyatlarini belgilash imkoni beruvchi modellar
alohida ahamiyat kasb etadilar. Bunday modellar tizimlarini ishlashini
optimallashtirish imkonini yaratadi. Optimallashtiruvchi modellar-murakkab
tizimlar nazariyasini asosini tashkil etadi.
Modellashtirish ilmiy bilish usuli va texnik masalalarni yechish usuli sifatida
har doim yuqori baholanib kelingan. Texnikani rivojlantirish bilan mexanizm,
mashina va inshoatlar fizik modellashtirish keng qо‘llanila boshlandi.
Matematikaning yutuqlari turli tabiatga ega bо‘lgan obyekt va jarayonlarni
matematik modellashtirishni keng kо‘lamda tarqalishiga olib keladi. Shuni aytib
о‘tish kerakki, fizik tabiati turlicha bо‘lgan tizimlarni ishlash dinamikasi bir turdagi
bog‘lanishlar yordamida yoziladi, ya’ni bir turdagi modellar yordamida tasvirlash
yoki ifodalash mumkin. Turli-tuman tizimlarni tahlil va sintez qilishda muxandislar
foydalanadigan xisoblash formulalari bunday tizimlarni matematik modellardan
keltirib chiqarilgan.
Imitatsion modellashtirish uslubiyatini ishlab chiqish natijasida modellashtirish
yanada sifatli yangi pog‘onaga kо‘tarildi. Bu shundan iboratki, modellashtirish
yordamida tadqiq etiladigan tizimlar sinfi yanada kengaydi. Xozirgi zamonaviy
xisoblash texnikasini yangi imkoniyatlarini chuqurlashuvi va kengayishi
modellashtirishdan foydalanish sohalarini yanada kengayishiga va rivojlanishiga
olib keladi. Xozirgi sharoitlarda ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashuvi natijasida
chegaralangan moddiy, ish, energetik va vaqt resurslari asosida yuqori
samaradorlikka erishish shartlari bо‘yicha modellashtirish alohida ahamiyatga ega
bо‘lmoqda.
Xozirgi davrda modellashtirish kо‘llanilmaydigan inson faoliyati soxasini
topish qiyindir. Masalan, avtomobillarni ishlab chiqarish modeli, bug‘doyni
yetishtirish, inson organlarini ishlash modellari, Azov dengizini hayot faoliyati,
atom urishining oqibatlari va h.k. Kelgusida har bir tizimni о‘zining modellari
yaratilishi mumkin, har bir texnik yoki tashkiliy loyihani ishlatishdan
(kо‘llanishdan) avval uni modellashtirish zarur.
Mutaxassislarni aytishi bо‘yicha xisoblash tizimlarining asosiy vazifasi
modellashtirishdan iborat bо‘ladi. Haqiqatdan xozirgi davrda xisoblash texnikasini
amaliyotda tadbik etish texnologik jarayonlarni boshqarishni avtomotlashtirilgan
tizimlarga,
tashkiliy-iqtisodiy
komplekslari
va
loyixalash
jarayonlarini
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini hamda ma’lumotlar omborini keng
kо‘lamda yaratish kabi yо‘nalishlarda qо‘llanilmoqda. Ammo har qanday
boshqarish tizimi boshqariladigan obyekt yoki jarayon haqidagi axborotga muxtoj
bо‘ladi. Shuning uchun xisoblash texnikasi modellashtirish uchun ishlatish
(foydalanish) birinchi darajali ahamiyatga egadir.
Xisoblash tizimlari murakkab va qimmat bahoga ega bо‘lganliklari uchun
moslashtirish obyektlari bо‘lishlari mumkin va zarur.
Modellashtirish hisoblash tizimlarini loyihalash bosqichida, mavjud
ishlatilayotgan tizimlarni ishlashini elektromol sharoitlarda tahlil etish yoki tizimni
tarkibi, strukturasi, boshqarish turlari yoki ish hajmini о‘zgarishini о‘rganish
jarayonlari uchun foydalaniladi. Dastlab tanlab olingan loyiha yechimini taxlil qilish
modellashtirish bilan amalga oshiriladi. Bu esa о‘z navbatida kelajakdagi tizimning
kutiladigan xarakteristikalarini aniqlashni imkonini beradi, uning kuchli va kuchsiz
tomonlarini aniqlashga asos buladi. Agar uning xarakterstikalari qо‘yilgan talablarni
qanoatlantirmasa tahlil asosida loyihada о‘zgartirishlar kiritiladi. Sо‘ngra yana
modellashtirish о‘tkaziladi. Bu jarayon ishlab chiqilayotgan tizimni ishlash sifat
kо‘rsatkichlari talab darajasiga yetguncha davom ettiriladi.
Xozirgi davrda ishlab turgan tizimlarni modellashtirish yordamida tizimlarni
ishlash jarayonini chegaraviy shartlarini aniqlashda, ekstrimal sharoitlarni
immitatsiya qilishda foydalaniladi. Bunday sharoitlari sun’iy yaratish bir qancha
qiyinchiliklarga olib keladi va noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Modellashtirish muammosi bilan biz asosan ikki holda duch kelamiz:
birinchidan, bilish jarayonlarida, ya’ni obyekt va jarayonlarni bilish modelini
tuzishda, ikkinchidan boshqarish jarayonlarida, ya’ni obyektni maqsadga tomon
yо‘naltirilgan boshqarishda, ya’ni inson tomonidan qо‘yilgan maksadga erishish
uchun.
Bilish jarayonida bilish modeli yaratiladi. Bu model zaruriy kо‘rinishda
obyektni ishlash mexanizmni aks ettiradi. Bunday modellashtirishga misol sifatida
bizni о‘rab turgan tabiatni о‘rganishni olish mumkin. Tabiat xususiyatlarini
tushintira olish, ularni о‘zaro bog‘lanishi, mexanizmlarni tahlil etish va h.k. -mana
bunday modellashtirishni asosiy masalalarni tashkil etadi. Bunday modellashtirish
bilishdan kam farqlanadi. Modellarni asosiy maqsadi shunday modellar yaratish
kerakki ular inson uchun muhim bо‘lgan tabiat obyektlarini aks ettiruvchi modellar
ishlab chiqishdan iborat. Bunday xususiyatlar har bir obyekt yoki xodisadagi sabab
- oqibat bog‘lanishlarini turlicha kо‘rinishda aks ettirilishi bilan ifodalanadi. Bunday
bog‘lanishlarni biror bir sababni oqibatga «о‘zgartiruvchi» kо‘rinishda tasvirlash
mumkin.
4 rasm. Bilish obyektini tasvirlash.
«О‘zgartiruvchi» ni «ishlashini» biror bir tilda yozish model deyiladi. Demak model
deyilganda shunday fikrlash tushiniladiki (ixtiyoriy tilda - matematik, grafik,
algoritmik, sо‘zlashuv va h.k.) kuzatilayotgan xodisani immitatsiya qilish imkonini
bersin. Konkret maqsadlar model yoziladigan tilni ham aniqlashtiradi. Ma’lumki,
kо‘pgina texnik va fizik modellarni yozish matematika tilidan amalga oshiriladi.
Sababni X bilan, oqibatni esa Y bilan belgilaymiz. Bular orasidagi bog‘lanishni
shartli ravishda quyidagi kо‘rinishda yozamiz
Y=F(X),
Bunda F-sababini X-oqibatga Y- о‘zgartirish qoidasi. Bu modelni tashkil etadi.
F ni modelni operatori deyiladi.
5 rasm. Obyektni tashki muxit bilan uzaror ta’siri.
Kuyidagi 5-rasmda modellashtirilayotgan obyektni tashqi muxit bilan о‘zaro
ta’siri kо‘rsatilgan. Bu о‘zaro ta’sirlar X va Y kanallari bо‘yicha sodir bо‘ladi. X
kanali bо‘yicha tashqi muxit obyektiga ta’sir etadi, Y kanali buyicha obyekt tashqi
muxitga ta’sir etadi.
Modellashtirish masalasi operator F ni topishga mо‘ljallangan bо‘lib, operator
F obyektni kirish va chiqishlarini bog‘lab turadi.
Faraz qilaylik x
1
,x
2
, ... ,x
N
obyektni kirishini kuzatish bо‘lsin, y
1
,y
2
,... y
N
mos
ravishda diskret vaqt daqiqalaridagi 1,2,…№ chiqishni kuzatishlari bо‘lsin. Bu
kuzatishlar obyektni noma’lum operatori F
0
bilan bog‘lagan, ya’ni
Y
i
=F
0
(x
i
) (i=1,2,...,N)
Modellashtirish masalasi shunday model operatori F ni tuzishdan (sintez
kilishdan) iboratdir, ya’ni F
0
kuzatishlar buyicha x
i
va y
i
ni baxosini olishdan iborat.
Tabiyki biror bir kriteriy bо‘yicha model operatori F obyekt operatori F
0
yaqin
bо‘lishligi talab etiladi, ya’ni F~F
0
.
Bilish modellarini ahamiyatli xususiyatlari shundan ibratki obyekt yoki xodisa
mexanizmlari operator F strukturasida aks etirilishidir, ya’ni obyektdagi
modellashtirish jarayonida aniqlangan xamma sabab - oqibat bog‘lanishlari aks
ettirilishidir. Agar bu о‘zaro bog‘lanishlarni xisobga olmaslik modelni bilish
tomonlari ma’lum kamchiliklarga olib kelishi mumkin. YA’ni bilish uchun qanday
bu jarayon sodir bо‘lishi yetarli bо‘lmay balki nima uchun bu jarayon sodir bо‘lish
sabablarini ham aniklash kerak.
Modellashtirishni boshqa turdagi kurinishi – bu obyektni boshqarish
talablariga bevosita bog‘langan bо‘lib, boshqarishga nisbatan yordamchi xarakterga
ega. Xaqiqatdan boshqarish uchun oldindan nimani boshqarish kerakligini, ya’ni
obyekt modeliga ega bо‘lish va unda boshqarishni okibatini sinab kо‘rish va ulardan
eng yaxshisini tanlab olish zarur. Shuning uchun bu turdagi modellashtirish
jarayonlarida shunday model yaratish kerakki, u boshqarish talablariga javob berishi
kerak.
Shu sababli, «boshqarish» tushinchasi nimani angalatadi va boshqariladigan
obyektni modeliga talablar qо‘yilishini aniqlab olish kerak. Boshqarish deb -
obyektga shunday maqsadaga yо‘naltirilgan ta’sir kо‘rsatish jarayoni tushiniladiki,
natijada boshqarishgacha nisbatan obyekt ma’lum ma’noda qо‘yilgan maqsadlarni
bajarishga «yaqinrok» bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |