7-mustaqil ta’lim Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi



Download 21,27 Kb.
bet1/2
Sana23.01.2023
Hajmi21,27 Kb.
#901692
  1   2
Bog'liq
7-mus.ta\'lim psixologiya


7-mustaqil ta’lim
Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi

Tashqi olamda turli hodisalar ma`lum darajada o`zaro doimiy bog`liqdir, ma`lum sharoitlarda namoyon bo`ladigan biror mustahkam xususiyatga va tuzilishga egadir. (olov hamma vaqt kuydiradi, tundan so`ng tong otadi). Ob`ektlar bilan hodisalar o`rtasidagi bunday barqaror (invariant) munosabatlarni ob`ektlarning muhim xususiyatlari va hodisalarining qonuniyatlari deb yuritiladi. Bu ularning kelajakda qay darajada o`zgarishi va shu maqsadga muvofiq ish to`tish, ya`ni ob’ekt va hodisalarning “xatti -harakatlari”ni oldindan ko`ra olish imkoniyatini beradi. Tashqi, ya`ni buyumlar bilan qilinadigan bunday holda go`yo ichki, ya`ni ideal faoliyatning oldindan payqab olinadi. Ob`ekt (narsa) ustida qilinadigan konkret ishlar bu ob’ektlarning muhim xususiyatlari ustida qilinadigan operatsiyalar bilan, ya`ni ideal (psixik) ishlar bilan almashinadi. Boshqacha qilib aytganda, narsalar bilan jismoniy tarzda qilinadigan ishlar shu narsalarning mazmuni bilan qilinadigan ideal ishlar bilan almashinadi. Tashqi real ishdan ichki ideal ishga mana shunday o`tish jarayonini interiorizatsiya deb yuritiladi. (Ichki ishga aylanadi). Inson psixikasi interiorizatsiyasi tufayli ayni chog`da ko`z o`ngida yo`q bo`lgan narsalarning obrazlari bilan ishlay bilish qobiliyatiga ega. Ma`lumki, odamning ichki dunyosi paydo bo`lganidan so`ng har bir narsani, har bir harakatni oldindan ichida o`ylab, so`ngra amalga oshiradi. Oldin ichida o`ylab, so`ngra bevosita tashqi munosabatga o`tishni faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb yuritiladi. Inson aqliy taraqqiyotida interiorizatsiyaning ahamiyati kattadir.

3. Faoliyatni egallash.

Harakatlarning istagan bir tomonlarini ularning motor (harakat), sensor (sezgi) va markaziy komponentlari, ya`ni qismlari deb atash mumkin. Ishni amalga oshirishda bajaradigan vazifalariga muvofiq, ular ishni ijro qiluvchi, nazorat qiluvchi, boshqaruvchi deb belgilanishi mumkin. Bu vazifalarning har birini kishi ongli va ongsiz ravishda bajarishi mumkin. Odam talaffo`z qilmokchi bo`lgan gapning grammatik shakli va mazmuni hamisha ong yordamida oldindan payqab olinadi. Odatda, ishdan ko`zlangan maqsad va shuning bilan birga ishning umumiy xarakteri hamma vaqt anglab olinadi. Masalan, velosipedda ketayotgan odam mutlaqo ongsizlik holatida buning uddasidan chiqa olmaydi. YUrish, dorda yurish kabilar ham. Bajariladigan harakatning ma`lum tomonlari dastavval to`la anglab boshqarishni talab qilinadi, undan keyin ishning bajarilishi ongning ishtiroqini borgan sari kamroq talab qilinadi. Bunday hollarda ishning bajarilishi avtomatlashadi. Odamdagi maqsadga muvofiq harakatlarning amalga oshirilishi va avtomatlashuvi malaka deb aytiladi. Ish tuzilishining shunday qisman avtomatlashuvi tufayli o`zgarish imkoniyati quyidagidan iborat:

1. Harakatlarni ijro qilish usullarining o`zgarishi. Bundan avval har biri alohida-alohida bajarilgan bir qator ayrim harakatlar bir butun harakat tarkibidagi oddiy harakatlar o`rtasida hech qanday “to`xtab qolish” va tanaffuslar bo`lmaydigan bitta yaxlit aktga aylanadi. Masalan, mashina haydashni o`rganayotgan haydovchi, yozishni o`rganayotgan bola harakatini ko`rish mumkin.

2. Ishni bajarishda sensor, ya`ni hissiy nazorat usullarining o`zgarishi. Ishni bajarish ustidan qilinadigan ko`rish nazorati ko`p jihatdan muskul (kinestezik) nazorat bilan almashinadi. Masalan, mashinistkaning hat yozishdagi, haydovchi motor ovozidagi , pulat kuyuvchi metal rangining o`zgarishini farq qiladi.

3. Ish-harakatini markaziy boshqaruvchi usullarning o`zgarishi. Diqqat ish-harakatining usullarini idrok qilishdan ozod bo`ladi va asosan ish-amalning hamda natijalarni idrok qilishga qaratiladi. Ayrim hisoblash, qarorga kelish va boshqa intellektual operatsiyalarning tez va birlashgan holda “intuitiv” bajarila boshlaydi. Malaka faoliyat tarkibida o`ziga xos o`rin tutadi. Malaka ish unumdorligini orttirishga vaqtni tejashga, aqliy faoliyatni bir muncha muhimroq narsalarga safarbar qilishga imkon beradi. Malaka quyidagicha hosil qilinadi:

1. Mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini anglash.

2. Harakat namunasini esda olib qolish.

3. Malaka namunalarini ko`p marta bajarish, mashq qilish.

4.Izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi, xatolar kamayadi.

5. Malaka harakatlarni avtomatlashtirish bilan shakllanadi. Ayrim ortiqcha harakat elementlari tushib qoladi.

Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish ko`nikma deyiladi.

Malaka turli yo`llari bilan ko`rsatish, tushuntirish, ko`rsatish va tushuntirishni kushib olib borish orqali hosil qilinishi mumkin.

Har bir ko`nikma va malaka odamning o`z tajribasida avval egallab olgan malakalari asosida yuzaga keladi va amal qiladi. Malakalarning, ko`nikmalarning ayrimlari kishining ko`nikma hosil qilishiga va malakali ishlashiga yordam beradi, boshqa birlari esa halaqit beradi, uchinchilari, yangi ko`nikmalarni o`zgartirib boradi. Bu hodisa psixologiyada malakalarning o`zaro ta`siri deyiladi. Bir malakaning ikkinchi bir malakaning tarkib topishini qiyinlashtirishi - malakalar interferentsiyasi deyiladi. Masalan, SHvetsiyada ko`cha harakatlarining chap tomondan o`ng tomonga o`tkazilishi ko`plab yo`l transport hodisalarning vujudga kelishiga olib kelgan. CHizmachilik darslarida to`g`ri chiziqni yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga qarab chizishda ham interferentsiyani ko`rish mumkin.

Avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalarga ijobiy ta`siri malakalarning ko`chishi yoki malakalar induktsiyasi deb ataladi. Masalan, matematika darsida hosil bo`lgan ko`nikmani, fizikada qo`llash mumkin.

Malakalar samaradorligiga ta`sir etuvchi omillar

Ob’ektiv

Sub’ektiv

Jihozlarning tuzilishi Jihozlarning holati

ish sharoiti

Fiziologik

CHarchoq

(toliqish)

Salomatlik

Faoliyatning yana bir qismi odat bo`lib, ko`nikma va malakalardan hech qanday samara yoki natijaga ega emasligi bilan ajralib turadi.

Samara Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") - Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan.

Odat odam tomonidan beixtiyor, ongsiz tarzda muayyan maqsadga yo`naltirilmagan holda amalga oshiriladi. Ba`zi hollarda odatlar shaxs tomonidan nazorat qilinishi mumkin, lekin har doim ham aqlli va keraqli harakatlar bo`lmasligi mumkin.

4. Faoliyatning asosiy turlari

Odamning faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va taraqqiyoti bilan bog`liq holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida ayni choqda ong tarkib topishi va taraqqiyotining asosi hamda ong mazmunining manbai bo`lib xizmat qiladi. Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi va shu bilan birga faoliyat odam shaxsini tarkib toptiradi. Odamda har xil turdagi faoliyatlarning paydo bo`lishi va taraqqiyoti juda murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning faolligi uning kamoloti davomida faqat asta - sekin ta`lim va tarbiyaning ta`siri ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini ola boradi.

Inson faoliyati asosan uch turga bo`linadi. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati, ikkinchisi ta`lim faoliyati va uchinchisi mehnat faoliyatidir. Bu faoliyat turlari bola shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rol’ uynaydi. O`yin. Bola bir yoshga to`lgandan boshlaboq unda faoliyatning eng sodda shakllarini egallash uchun shart - sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Unday shart - sharoitlardan birinchisi o`yindir. O`yin faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham uchratish mumkin. Hayvonlarning yosh bolalarida kuzatiladigan o`yin faoliyatiga har xil narsalar bilan shug`ullanish, yolg`ondakam urushishlar, yugurishni va shu kabilarni kiritish mumkin. Bolalarda ham o`yin ularning hayotiy faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shaklidir. Sof holdagi o`yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj bo`lsa, uning manbai taqlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan, rolli, qoidali, harakatli, didaktik, mazmunli o`yinlarni o`ynaydilar. O`yin narsa va hodisalarning mazmunini bolaning o`z tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi.

Ta`lim. O`yin faoliyatining pirovardida ta`lim faoliyati yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi ma`lum axborotlarni - bilimlarni harakatlar va amallarni o`zlashtirishdan iboratdir. Odamning o`z maqsadiga ko`ra batamom o`rganish va o`zlashtirishdan iborat bo`lgan mana shunday maxsus faoliyati ta`lim faoliyati deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, ta`lim faoliyati o`z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi: ma`lum bir nazariy va amaliy faoliyat to`rini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ob`ektiv olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o`zlashtirish, bu jarayonning mahsuloti bilimlardir.

Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.

Mana shu faoliyatni, ya`ni bilimlarni almashtirishda yuzaga keladigan usul va operatsiyalarni egallash, bu jarayonlarning mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Ta`lim faoliyatining tarkibi juda ham murakkab bo`lib tarkibiga - ilmlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi.

Ta`lim faoliyati maxsus ravishda tashqil etilgan sharoitda amalga oshiriladi. Katta yoshli kishilar bolalarning taraqqiyotlariga faol ta`sir etib, ularning ta`lim faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan bog`liq bo`lgan xatti - harakatlarni tashqil qiladilar. Bu faoliyat va harakatlarni insoniyat ijtimoiy tajribasini o`rganish tomoni yo`naltirilishidir. SHunday qilib, ta`lim faoliyati katta kishilar tomonidan tashqil qilinib boshqariladi va tizimli ravishda nazorat qilib boriladi. Ma`lumki, ta`lim faoliyati bilan tarbiya ishlari uzviy bog`liqdir. Bizning maktablarimizda har qanday ta`lim jarayoni hamma vaqt tarbiyaviy xarakterga ega. Bolalarga u yoki bu fan bo`yicha ta`lim berar ekanmiz, shuning bilan birga ularni biz tarbiyalashimiz kerak. Maktabimizdagi tarbiyaviy ishlarni asosan tushuntirish, ishontirish, ko`rsatish, ragbatlantirish, talab qilish, vazifa berish va jixozlash kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Maktablarimizdagi barcha tarbiyaviy ishlarni asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Mehnat. Mehnat - ma`lum ijtimoiy - foydali, moddiy yoki madaniy ma`naviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma`lum maqsadga qaratilgan bo`lib, har doim ijtimoiy tabiatga ega bo`ladi. Mehnat faoliyatining maqsadi kishilarning iste`mol qiladigan narsalar va shunday iste`mol qilinadigan narsalarni, ya`ni non va mashinalarni, mebel’ va ish qurollari, kiyimlar, avtomobillar va boshqa shu kabi narsalarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo`lishi mumkin. Mehnat faoliyati o`z mohiyati jihatidan ham ijtimoiydir. Mehnat taqsimoti tufayli, birorta kishi ham o`ziga kerak bo`ladigan narsalarni faqat ishlab chiqarishga qatnashmay, balki deyarli hech qachon hatto birgina narsani boshidan oxirigacha ishlab chiqarishda ham qatnashmaydi. SHuning uchun odam hayoti uchun zarur bo`lgan hamma narsalarni jamiyatdan oladi, o`z ehtiyojlarini qondiradi.

Xulosa qilib aytganda, faoliyat kishi hayotida, o`quvchilar hayotida juda muhimdir. Faoliyat - bu faollikdir. Demak, biz yoshlarni faol yashashga, faol o`qishga, mustaqil davlatimizni rivojiga o`z hissalarini qo`shishga da`vat qilishimiz, buning uchun ularni dunyoqarashlarini shakllantirimiz, harakat qilishga undashimiz zarur.


Download 21,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish