Jismoniy tarbiya darsida xatolar va ularni aniqlash va bartaraf etish usuliyati
Jismoniy tarbiya jarayonidagi mashgʻulotlar jumladan, maktab darslarida o’quvchilar tomonidan xatolar sodir boʻlishi kuzatiladi. Bunday xatolar asosiy va asosiy boʻlmagan xatolar deb guruhlanadi. Asosiy xatolar deganda oʻrganilayotgan harakat faoliyati yoki jismoniy mashqning texnikasi asosida qoʻyilgan xatolar, asosiy boʻlmagan xatolar esa harakat akti texnikasining zvenolari yoki detallarida sodir boʻlgan xatolar tushuniladi.
Ularni sodir boʻlishining sabablari turlicha: mashq texnikasini tushuntirishdagi e’tiborsizlik; mashq texnikasining asosi haqida toʻla tasavvurga ega boʻlmaslik; mashqni yoki uni texnikasini tasavvuriga ega boʻla turib uni bajarish uchun jismoniy tayyorgarligini va harakat koordinatsiyasi zahirasini kamligi; oʻqituvchi tanlangan oʻqitish uslubiyatini ta’lim jarayoni uchun moye emasligi va h.k.lar...
Ta’lim jarayonida sodir boʻlgan xatolarni aniqlash va ularni toʻgʻirlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga koʻra eng avvalo harakat texnikasi tarkibidagi asosiy xatolar soʻng, asosiy boʻlmagan xatolar aniqlanadi va ular shu ketma-ketlikda toʻgʻrilanadi. Ta’lim jarayoni amaliyoti shundan guvohlik beradiki asosiy xatolarni toʻgʻrilanishi asosiy deb hisoblanmagan xatolarni oʻz-oʻzidan toʻgʻrilanib ketishiga olib keladi. Demak, avval asosiy xatolar aniqlanadi va tuzatiladi, soʻngra ikkinchi darajali ya’ni harakat faoliyati texnikasining zvenolari va detallaridagi xatolar tuzatiladi.
5-mavzu: O’quv kun tartibida sog’lomlashtirish tadbirlari. (2 soat)
Reja:
Umum ta’lim maktablarida jismoniy tarbiyani rivojlanishi.
Kun tartibidagi sog’lomlashtirish tadbirlari.
Mashg’ulotgacha gimnastika mashqlari.
Umum ta’lim maktablarida jismoniy tarbiyani rivojlanishi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida bolalar jismoniy tarbiyasiga va bolalar sportiga katta e’tibor berilmoqda: “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonun, “Sog’lom avlod uchun” - Prezident farmoni “O’zbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirish”- Vazirlar Maxkamasining qarori va shu kabilar biz, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislariga kuch-quvvat, iroda, intilish beradi.
Bu davlat direktiv xujjatlarini amalga oshirish uchun biz butun dili-jonimiz bilan ham nazariy, ham amaliy bilimlarni yuqori darajada berishga intilamiz, o’quvchilarning salomatligini mustaxkamlash yo’llarini qidiramiz, bolajonlarda jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqishni uyg’otish ularni sog’lom, jismonan baquvvat qilib kamolga yetkazish bizning burchimizga tushadi. Jismoniy tayyorgarlik va “Salomatlik” poydevorini eng kichik yoshdan qurishni boshlash kerak. Bu yoshdagi bolalarda harakat ko’nikma va malakalarining shakllanishi shiddatli bo’ladi. Ularning bo’yi va muskul kuchlari ortadi, harakat koordinatsiyalari yaxshilanadi. Harakat amplitudasini, tezligini, yo’nalishini, ritmini va ifodaliligini ajrata bilish ko’nikmasi takomillashadi, harakatini taxlil qilish qobiliyati ma’lum fazalarga ajratilgan holda rivojlanadi. O’z-o’zini nazorat etish va o’zining hamda o’rtoqlarining harakatlarini baxolash qobiliyatlari rivojlanadi. Bola harakat natijalarini bajarish sifatiga bog’liqligini tushunadi, yaxshi natijalarga erishish uchun harakat qiladi.
Boshlang’ich ta’lim maktablarda bolalar faoliyatining asosiy bo’limlaridan birini jismoniy tarbiya bo’yicha olib boriladigan ishlar tashkil etadi. Bu ish o’qituvchilar tomonidan hamda shifokor va boshqa mutaxassislar musiqa raxbarlari va boshhalar qatnashgan xolda maxsus dastur bo’yicha amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi bolalarni xar tomonlama garmonik rivojlangan, jismonan baquvvat, xayotga, mehnatga, Vatanni ximoya qilishga tayyor qilib voyaga, kamolga yetkazishdir.
Maktab yoshidagi o’quvchilarni tarbiyalash vazifalari O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya tizimining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib 3 ta asosiy:
a) sog’lomlashtirish
b) ta’limiy
v) tarbiyaviy guruxlarga bo’linadi.
Bolaning sog’ligini aks ettiruvchi ko’rsatgichlaridan biri tana bo’limlarining o’zaro nisbatining to’g’riligidir: yoshi o’sishi bilan og’irligi, bo’yi va ko’krak qafasining aylanasi propotsional o’zgarishi lozim.
Oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor berilishi tufayli bolalar uchun hamma shart-sharoitlar yaratilmoqda: sport majmuasi, alohida stadionlar, sport zallar, xavzalar, tennis maydonchalari va boshhalar, sport anjomlari va uskunalar. Shunday bo’lsa ham olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining taxlili maktab yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligining pastligini, dastur talablariga yetarlicha javob beraolmasligini takidlaydi. Eng kichik yoshdan boshlab harakatsizlik oshib bormoqda. Buning asosiy sababi maktabgacha tarbiya muassasalarida, boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya masalalari yuqori darajaga ko’tarilmagan. Bog’cha tarbiyachilari hamda boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bu masala bo’yicha nazariy va amaliy bilimi yetarli darajada emas. Jismoniy tarbiyaning hamma shakllari amalga oshirilmaydi, bajarilsa ham yetarli darajada emas.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotidan tashqari muntazam kun tartibidagi sog’lomlashtirish tadbirlarini qat’iy tartibda olib borilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |