Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi


Kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi fanidan 4-kurs



Download 0,52 Mb.
bet3/78
Sana14.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#797358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
kichik majmua

Kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi fanidan 4-kurs.
Ma’ruza mashg’ulotlari materiallari:

1-mavzu: Kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining maqsadi va vazifasi.(2 soat)

Reja:

  1. O’zbekiston Respublikasida bolalar jismoniy tarbiyasini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar.

  2. Jismoniy tarbiya tizimining maqsad va vazifalari.

  3. Kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining maqsadi va vazifasi.

  4. Jismoniy tarbiya tizimining umumiy prinsiplari.


O’zbekiston Respublikasida bolalar jismoniy tarbiyasini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar.
O’zbekiston Respublikasida sportni rivojlantirish bo’yicha qonunchilik tizimini yaratilishi. Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan o’sib kelayotgan yosh avlodning jismonan sog’lom hamda aqlan yetuk bo’lib voyaga yetishi uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda mazkur jarayonlarning uzluksiz davom ettirish maqsadida O’zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosat o’zining taraqqiyoti dasturiga asoslangan holda olib borilmoqda. Bugungi kunga kelib O’zbekistonda keng miqyosida sog’lomlashtirish tadbirlari olib borilmoqda. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad - "Sog’lom ona - sog’lom bola" maqsadiga erishishdir. Bola salomatligini eng muhim ko’rsatkichlaridan biri bu uning uyg’unlashgan jismoniy rivojlanishidir. Uyg’unlashgan jismoniy va ruhiy rivojlanishga to’g’ri tashkil qilingan jismoniy tarbiya hamda bolalarning sport bilan shug’ullanishiga keng imkon yaratdi. Respublikamizda o’sib kelayotgan yosh avlod salomatligini shakllantirish va uni mustahkamlashda qonunchilik tizimining yaratilishi hamda bu orhali faoliyatlari ko’lamini yaxshilash masalalari davlatimizning asosiy e'tiborida bo’lib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-oktyabr PF-3154 sonli farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-oktyabrdagi 374-sonli "Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’irisidаgi qarori bu jarayonlarni yanada takomillashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo’lmoqda. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni har bir mahalla, oila qolaversa keng jamoatchilik orasida tatbiq etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. O’quvchi bolalar va yoshlar o’rtasida "Umid nihollari", "Barkamol avlod " va "Universiada" kabi sport musobohalari keng ommalashdi. Shu bilan birga sport inshoatlarini qurilishlariga alohida ahamiyat berildi. Xususan 2003-2010-yillar davomida Xalq ta'limi vazirligi qoshida bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 1151 ta sport muassasalari shu jumladan, 183 ta namunaviy sport obyektlari, 725 ta umumta'lim maktablari qoshida sport zallari qurildi va foydalanishga topshirildi. Shuningdek 242 ta sport zallari va 61 ta suzish havzalari moslashtirilib ta'minlandi. 2003-2010 yillar mobaynida Respublikamizda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobiga 1119 ta bolalar sporti obyektlari jami 18,91 mlrd. So’mlik sport jihozlari va anjomlari bilan ta'mirlangan bugungi kunda Respublikamizda millionlab o’quvchilar sportga jalb etilmoqda. 6 dan 15 yoshgacha bo’lgan o’quvchilarning (34,5%) 1.6 milliondan ziyod sport va jismoniy sog’lomlashtirish bilan shug’ullanishadi. Bu esa 2008-yildagidan 3.5 % ga ko’p demakdir, qizlar orasida bu ko’rsatkich 24.1 dan 30.9 % gacha o’sgan, qishloq joylarda 2010-yil sport mashg’ulotlari va jismoniy sog’lomlashtirish bilan 37.6 % o’g’il bolalar 28.7 % qizlar qamrab olgan (2008 yil bu ko’rsatgich mos ravishda 23.3% va 24.3 % ni tashkil etgan edi). Respublikada sportning ommaviy turlari anchaga ko’paygan bo’lib ularning ayrimlari birinchi marta so’nggi yillarda rivojlana boshlagan (masalan, ayollar futboli, sinxron suzish). Jumladan, 2004-yilgacha bolalar sport seksiyalari va klublarda sportning sakkiz turi bo’yicha shug’ullanishgan (futbol, voleybol, kurash, boks, taekvando, karate, erkin kurash, dzyu-do). Maktab dasturiga yengil atletika turlaridan faqat yugurish va uzunlikka sakrashgina kiritilgan. Bugungi kunda sport zallarining jihozlanish darajasi, sport seksiyalarida uning 23 xil turini, shuningdek, davlat ta'lim standartlarini maktablardagi jismoniy tarbiya bo’yicha talablarning to’laligicha bajarish imkonini bermoqda bolalar uchun belgilangan dasturlar sportning 12 xil turini qamrab olgan. Bular sport va badiiy gimnastika, suzish, yengil atletika, futbol, basketbol, qo’l to’pi, voleybol, kurash, belbog’li kurash, stol tennisi, shaxmot.
Binobarin bugungi kunda o’quvchilar amalda sportning yengil atletikaga doir barcha turlari bilan shug’ullanish imkoniga egadirlar. Respublikamizda ayollar sportining turlari jumladan biddiy gimnastika va sinxron suzish keng omalashib bormoqda.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish