Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi


-mavzu: Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi. (2 soat)



Download 0,52 Mb.
bet7/78
Sana14.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#797358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
Bog'liq
kichik majmua

2-mavzu: Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi. (2 soat)

Reja:

  1. Maktab oʻquvchilarining jismoniy tarbiyasi.

  2. Oʻquvchi jismoniy tarbiyasining asosiy shakllari va mashgʻulot formalari

Maktab oʻquvchilarining jismoniy tarbiyasi.
«Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayoni biz pedogoglardan maktabda ishlash uchun jismoniy tarbilning asosi nimalardan iboratligi, uning mazmuni, tashkil qilinishini, bolalarni harakatga oʻrgatish myegodikasini bilishni talab kiladi».
Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayonining maqsadi asta-sekinlik bilan ularni jismoniy kamolotga erishishi va shu asnoda hayotga, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlashni nazarda tutadi.
Oʻquvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy va xususiy vazifalar hal qilinadi.
Umumiy vazifalar — bilim berish, jisman tarbiyalash va sogʻlomlashtirishdan iborat boʻlib, xususiylari esa jismoniy tarbiyadan Davlat ta’lim standarti dasturidagi maxsus vazifalar tarzida xal qilinadi.
Xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
1) oʻquvchilar organizmining sogʻligini mustahkamlash, rivojlantirish va chiniqtirish;
2) turli xildagi mehnat faoliyatiga tayyor boʻlish uchun shu yoshga xos boʻlgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
3) hayot uchun kerakli harakat malakalari va koʻnikmalarini rivojlantirish va keyinchalik kerak boʻladiganlari bilan qurollantirish;
4) oʻquvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilimlarni berish;
5) oʻquvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shugʻullanishiga qiziqtirish va unga odatni shakllantirish;
6) oʻquvchilarni jismoniy madaniyat faollari kilib tarbiyalash va bu bilan ularda tashkilotchilik kobiliyatini tarbiyalashdyek vazifalarni hal kiladi.
Bu vazifalar ma’naviy tarbiyaning elementlari hisoblangan axloqiy ruhiy estyetik va mehnat tarbiyalarining vazifalari bilan birgaliqda ukuvchilarni yoshini ulgʻayishi, jisman tayyorgarligiga karab oʻqitishning ayrim etaplarida anikliklar kiritiladi va maktab yoshining quyidagi 3 xil guruhidagi ta’lim tarbiya ishlarida hal qilinadi.
Maktab yoshining 6 (7), (10) 11 yoshlilarda (1-4 sinflar) organizmi tabiiy rivojlanishida boʻladi. Biz uni garmonik rivojlanishini yoʻlga qoʻyishimiz kerak boʻladi. Markaziy nerv tizimidagi boshqarish funksiyasi, harakat tayanch apparati faoliyati ishini, yurak-tomir, nafas olish organlari ishini yanada rivojlantirishga e’tibor beriladi, bulardan tashqari qomatni toʻgʻri tuta bilishga oʻrgatiladi. Bu jarayonga shaxsiy gigIyena qoidalariga oid bilimlar koʻshib berish bilan tarbiya jarayoni yoʻlga qoʻyiladi.
12-15 yoshlilarda (5-9 sinflar) jismoniy mashqlar oʻsayotgan yosh organizmga samarali ta’sir koʻrsatadi. SHuning uchun jismoniy sifatlarni rivojlanishiga quly imkoniyatlar ochilgan boʻladi.
Jismoniy tarbiyaning jismoniy bilimlar berish vazifasi hayotda uchraydigan harakat malakalarini ratsional texnikasi bilan tanishtirish (gimnastika, yengil atletika, sport oʻyinlari, zyelosipyedda yurish va sport taktikasi)ga oid oz boʻlsa ham nazariy tushuncha berishdir. Bu davrda bolalarni «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testining talablari va normalarini topshirishga tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish natijasida sport mahoratini oshayotganligini, jismoniy madaniyatni jamiyatdagi roli va ahamiyatini tushuntirish jarayoni yoʻlga qoʻyiladi. Asta sekinlik bilan tashkilotchilik qobiliyati takomillashtiriladi, musobaqa qoidalari oʻzlashtiriladi, hakamlik qilish magakalari rivojlantiriladi va chiniqtirish maqsadida tabiatning sogʻlomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishga oʻrgatish lozim boʻladi.
16-18 yoshdagi umumta’lim maktabi, akadyemik, kasb-hunar litsyeylari va kollejlarning oʻquvchilari organizmi yoshi ulgʻaygan sari bakuvvatlashadi. Jismoniy tarbiya esa bu jarayonini yanada kuchaytirishga yoʻnaltiriladi. Jismoniy mashqlar bilan tizimli shugʻullanish ta’li.m tizimining shu yoshdagilarida ish qobiliyatini yaxshilash, asosiy harakat faoliyatlari uchun chidamlilik zahiralarini oshirish, oʻz tanasini boshkara olish, kuch, tezkorlik, chakkonlik va boshqa har tomonlama jismonan garmonik tarbiya alomatlarini chukurlashtirishga e’tiborni kara gadi.
Organizm oʻsib borar ekan uning funktsional imkoniyatlarini oshib borishi ham tabiiy. Oldin egallangan harakat malakalari zahirasi bazasida yangi, kyeyin egallanishi lozim boʻlgan xarakat malakalari uchun poydyevor yaratiladi. Bu yoshdagilarda ularning jismoniy madaniyat sohasidagi bilimlarni
boyitish, sport tryenirovkasi asoslari, sportchini oʻz-oʻzini nazorat qilishi koidalariga oʻrgatish maqsadga muvofik boʻladi.
Jismoniy tarbiya vositalari. 6 (7) - (10)11 yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi uchun asosiy vosita kilib asosiy gimnastika, harakatli oʻyinlar, rolikli konkida, vyelosipyedda yurish, ekskursiya va sayohat hamda tabiat qoʻynida oʻynaladigan oʻyinlar va jismoniy mashqlar olingan. Bu yoshdagilarda suzish, tyennis boʻyicha muntazam mashgʻulotlar uyushtirish mumkin. Sogʻligi yomonlashgan bolalarga maxsus mashgʻulotlar — davolash gimnastikasi tarzidagi yoki maxsus tibbiy guruhga ajratilgan bolalar uchun alohida mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyiladi.
16-18 yoshdagilar uchun jismoniy tarbiya vositasi qilib asosiy gimnastika (kichik yoshdagilarga nisbatan ogʻirroq mashqlar bilan), tanani boshkarish mashqlari, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testi mashqlari, toʻsiqlardan oshish, jamoa boʻlib oʻynaladigan harakatli oʻyinlar (osonlashtirilgan qoidada) va boshhalar olinadi. Bu yoshda sport oʻyinlariga, gimnastika, yengil atletika, rolikli konkida yurish, yugurishdyek sport turlarida bolalar yuqori natijalariga erishishlari mumkin. bulardan tashqari ularda turistik poxodlar, piyoda yurish, krosslar hamda dalada oʻynaladigan va harbiylashtirilgan oʻyinlar oʻtkazilishi mumkin.
36-18 yoshdagilar uchun (litseylar) asosiy va sport gimnastikasi va boshka sport turlari vosita boʻladi. Umumiy jismoniy tayyorgarligining koʻrsatkichlari «Alpomish» va «Barchinoy» kompleksi talablari va normalari darajasida boʻlishi lozim. Bulardan tashqari sayir va poxodlar uyushtirilishini tarbiya jarayonidagi samarasi katta boʻlishi mumkin.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish