Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi



Download 0,52 Mb.
bet2/78
Sana14.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#797358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
kichik majmua

Jismoniy madaniyat nazariyasi va
metodikasi kafedrasi mudiri: Niyazov Saxibjon Sabirjonovich _________p.f.n.dotsent
“30” avgust 2021 yil
Jismoniy madaniyat
fakulteti dekani: Jumaqulov Zoxidjon Patidinovich_________p.f.n.dotsent
“30” avgust 2021 yil
KELISHILDI:
O’quv uslubiy boshqarma
boshlig’i: Z.Raimjonov ____________ dotsent.
“30” avgust 2021 yil


Fakultet dekani: Z.P.Jumaqulov___________ p.f.n.dotsent
“30” avgust 2021 yil
MUNDARIJA


SO’Z BOSHI
I. O’quv materiallar


Ma’ruza mashg’ulotlari materiallari…………………………......6-96


Amaliy mashg’ulotlar materiallari……………………………97-97


Seminar mashg’ulotlari materiallari………………….….........97-98


II. Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari……………...……………......98-99


III. Glossariy……………………………………………….….……100-107


IV. Ilovalar


Tarqatma materiallar…………………………………………….108-119
Testlar…………………………………………………………..…120-142


Fan dasturi……………………………………………………..…143-155
Ishchi fan dasturi………………………………………………...156-172
Kalendar-reja…………….……………………………...............173-177
So’z boshi

Kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi bola shaxsining shakllanish va jismoniy tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Bu fan umumiy jismoniy tarbiya nazariyasining g’oyaviy va metodologik asoslaridan kelib chiqadi va uning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi o’quvchilarda jismoniy barkamollikni, har tomonlama taraqqiy etgan yuksak madaniyat va axloqni tarbiyalash bo’yicha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda qurishni belgilaydi. Bu amaliy fan o’qituvchisini boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy barkamolligining vositalari, shakllari va usullari to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantiradi, unda maxsus va tegishli harakat ko’nikmasi hamda malakalarini shakllantiradi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga ega bo’lib, jismoniy tarbiyalash qonuniyatlarini hamda shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonida rivojlantirishni boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o’rganadi.


Shuningdek, umumiy ma’lumotlar, amaliy va ilg’or tajribalarni umumlashtiradi, tegishli jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, jismoniy tarbiya jarayonini uyushtirishning samarali vositalari va uslublarining maqsadga muvofiq shakllarini majmuali ravishda ochib beradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi doimo jismoniy tarbiya amaliyotiga tayangan holda taraqqiy qiladi va takomillashadi. Uning metodologik asosi ana shu amaliy ilmiy tadqiqot natijalarini o’zlashtirish orhali hamisha boyib boradi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya predmeti qotib qolishi mumkin emas, u rivojlanib va mukammallashib boradi. Yosh avlodni ongli, milliy g’ururli, yuksak madaniyatli qilib, ya’ni sog’lom, baquvvat, chiniqqan, tadbirkor, o’z xarakatlarini yaxshi boshqara oladigan, badantarbiya va sport mashg’ulotlarini sevadigan, har qanday vaziyatda ham o’zini tuta biladigan va mustaqil xarakat qila oladigan, xayotda faol, ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli qilib tarbiyalaSh jismoniy tarbiyaning muhim vazifasi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi boshlang’ich sinflarda har bir yosh bosqichidagi bolaning yashirin imkoniyatlari qonuniyatlarini o’rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-tarbiya majmuasi, ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko’nikma va malakalar, jismoniy sifatlar, ba’zi sodda bilimlarni) ko’zda tutadi.
Ularni o’zlashtirish bolalarning kelajakdagi zaruriy harakat faoliyatlarini tez egallash imkoniyatlarini ta’minlaydi. SHu bilan birga, dasturning bolalar tomonidan o’zlashtirilishida qat’iy izchillikka rioya qilinadi. Bunda bolaning yoshiga nisbatan rivojlanish xususiyatlari va hayotining har bir bosqichidagi imkoniyatlari, organizmning butun tizimlari (suyak-muskul, yurak-tomir, nafas olish va boshhalar) va organlari (boshqarish, eshitish, ko’rish, nutq va boshhalar) hisobga olinadi. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalashda muxim komponent hisoblanadi, ayni paytda u shu jarayonda aqliy va axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi.
Jismoniy tarbiya o’qituvchilarining, sport mutaxassislarning, ustoz-murabbiylarning chuqur bilim, yuksak malaka, boy tajriba va mahoratga ega bo’lishi, har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol kadrlar tayyorlash garovidir. Zero ustozlar har jixatdan shogirdlariga namuna bo’la olsagina kelajakka ishonchli zamin tayyorlanadi. Bunga erishish uchun o’qituvchilar tinimsiz izlanishlari, o’z bilim va malakalarini oshirib borishning barcha imkoniyat va vositalardan samarali foydalanishlari zarur. Rivojlangan mamlakatlar o’quv muassasalaridagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ilg’or tajribalar bilan tanishishlari, uni o’quv yurtlarida qo’llay bilishlari lozim.
Xalqimizning “Tani sog’liq – tuman boylik” degan naqliga amal qilgan holda aytish joizki, eng to’g’ri yo’l – bu yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga yo’naltirishdir. Agar yosh avlod bo’sh vaqtini sportga bag’ishlasa, demak, u o’zining ezgu-niyatlarini ro’yobga chiqarishga bag’ishladi degani. Yosh avlodning tani sog’lom bo’lgani sayin uning aqli va tafakkurlash qobiliyati tiniqlashadi, ya’ni ma’naviy pok va jismonan baquvvat avlod tarbiyalangan bo’ladi. Mustaqil O’zbekiston Resupublikasining strategik vazifalaridan biri - kelajakdagi barcha ezgu ishlarni amalga oshirishga qadar bo’lgan jismoniy sog’lom va ma’naviy barkamol shaxsni voyaga yetkazishdan iborat.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun o’quv ishlarni rejalashtirishda va samarali olib borishda yangicha hamda ijodiy qarashimiz lozim, ishga tashabbuskorlik bilan yondashishmog’imiz kerak. Biz tavsiya qilayotgan o’quv qo’llanma, ma’ruza matnlari asosida tuzilib jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari, xilma-xil vositalari va shakllari bilan birgalikda maktabda ayniqsa boshlangich sinflardan boshlab mustahkam "Salomatlik" poydevorini qurish uchun zarur bo’lgan usullari, metodlari bayon qilingan.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish