Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi


Jismoniy tarbiya darslarida oʻquvchilar faoliyatini tashkillash usuliyati



Download 0,52 Mb.
bet14/78
Sana14.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#797358
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78
Bog'liq
kichik majmua

Jismoniy tarbiya darslarida oʻquvchilar faoliyatini tashkillash usuliyati

Umumiy ta’lim maktablari va boshqa ta’lim muassasalarida oʻtkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish mashgʻulotlarida ishtirok etayotgan oʻquvchilarning faoliyati boshqariladi.


Oʻquvchilar faoliyatini boshqarish deganda mashgʻulot davomida oʻqituvchi rejasiga muvofiq jismoniy mashqlarni bajarishni tashkillash uslubiyatini tushunamiz.
Ta’lim-tarbiya jarayonida jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, o’quvchilar faoliyatini jismoniy tarbiya darslarida birvarakayiga (frontal), uzluksiz-ulab, guruhchalarga ajratib, yakkama-yakka va aylanib yurib mashq bajarish uslubiyatlari orhali tashkillaydilar.
1. Oʻquvchi faoliyatini tashkillashning frontal usuliyati deganda guruhdagi barcha oʻquvchilarni birvarakayga oʻqituvchi bilan birgalikda bir xil vazifani hal qilish uchun mashqni yoppasiga bajarishi tushuniladi. Bu uslubiyatning afzalligi mashqni bajarish uchun barcha oʻquvchilarni teng qamrab olinishidir va ularni birvarakayiga band qilishi boʻlib, dars (mashgʻulot)da yuqori zichlikka erishiladi hamda yuklamani sur’ati, intensivligi va me’yori barcha uchun bir boʻlishligidadir. Bu uslubiyatdan asosan darsning tayyorlov va yakunlov qismlarida, yangi materialni oʻzlashtirish, takomillashtirish darslarida, koʻproq kichik yoshdagi oʻquvchilar bilan mashgʻulotlarda foydalaniladi.
2. Oʻquvchi faoliyatini uzluksiz-ulab tashkillash usuliyati. Mashqni bajarish navbatini tushuntirishlarsiz, uslubiy ko’rsatmalarni harakatni bajarish ritmiga moslab, xatolarni tuzatish uchun guruhni toʻxtatmay, yuqori zichlikka erishish maqsadida harakat faoliyatini toʻla bajarish tarzida namoyon boʻladi. Bu uslubiyatning afzalligi yuklama me’yorini, uni hajmini, intensivligini guruhdagi barcha oʻquvchi uchun (jismoniy tayyorgarligidan qat’iy nazar) bir xilda boʻlishligiga erishishdir. Bu bilan sinf, guruh oʻquvchilari umumiy jismoniy tayyorgarligini baholash, ayniqsa, oʻquvchilarning oʻzlari uchun tengdoshlariga nisbatan oʻz harakat imkoniyatlari darajasini taqqoslash, solishtirish imkoniyati yaratiladi. Asosan darsning tayyorlov, yakunlov qismlari hamda yangi materialni oʻzlashtirish boshlangan darsning asosiy qismida koʻproq foydalaniladi.
3. Oʻquv guruhi (sinf)ni guruhlarga ajratish usuliyatining mazmuni jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi, darsda qoʻyilgan vazifalarni turli-tumanligi, uni ha1 qilish uchun lozim boʻlgan jihozlarni hisobga olish bilan, koʻp sonli oʻquvchilar guruhini mayda, kichik guruhlarga ajratishdir. U uslubiyatdan asosan darsning asosiy qismida foydalaniladi. O’quvchi faoliyatini tashkillash, guruhchalarga ajratish uslubiyati ta’lim jarayonida jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligini hisobga olib shugʻullanish imkoniyatini yaratadi. Bu oʻz navbatida oʻqitish jarayonini kuchiga yarasha, jismoniy imkoniyatini hisobga olishdek afzalliklarni vujudga keltiradi va ta’lim jarayoni uchun sarflanayotgan vaqtni tejaydi. Har bir guruh oʻqituvchi topshirigʻi bilan mustaqil, alohida vazifani hal qilishga yoʻnaltiriladi. Bu uslubiyat har bir guruh uchun rahbarlik vazifasini bajara oladigan, oldindan tayyorlangan, mavzuni texnikasidan xabardor, guruhcha faolini tayyorlashni oʻqituvchi zimmasiga yuklaydi.
4. Oʻquvchi faoliyatini yakkama-yakka tashkillash uslubiyatidan asosan o’quv yilining, oʻquv choragining, Davlat standarti dasturidagi boʻlimlarning oʻqitib boʻlingan mavzularini takrorlash darslarida foydalaniladi. Oʻquvchilar faoliyatini yakkama-yakka tashkillash oʻquvchilardan texnik jihatdan ma’lum nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻlishni, oʻz-oʻzini va guruhdoshini xavfisizligini ta’minlay bilish, mashqni koʻrsata olish va eng asosiysi oʻzlashtirilayotgan, tanishtirilayotgan, mustahkalanayotgan va takomillashtirilayotgan o’quv materiali, o’quvchilar uchun oldindan oʻrgatilgan mashq texnikasi tanish material boʻlishi shart. Qolaversa ayrim darslarda xar bir o’quvchi uchun oʻquv yilida oʻzlashtirib ulgurmagan mavzular yoki mashqlaridan vazifalar beriladi. Bu usuliyatdan asosan oʻrta va katta maktab yoshdagi oʻquvchilar bilan oʻtkazilgan darslarda foydalanish tavsiya qilinadi.
5. Oʻquvchi faoliyatini aylanib yurib mashq bajarish usuliyati orhali tashkillash asosan yuqori sinf oʻquvchilari bilan, rejalashtirilgan oʻquv materiali oʻrganib ulgurganidan soʻng, mashqdan-mashqga oʻtish, o’qituvchining buyrugʻi (signali), signalisiz mashqni bajargandan soʻng oʻrin almashtirish maqsadida boshqa jihozga oʻtish tarzida tashkillanadi. Bu usuliyatning samaraliligi shundaki, vaqt tejaladi, oʻquvchilarning barchasi birvarakayiga band boʻladi, ularda mustaqil shugʻullanishga ehtiyoj va instruktorlik malakalari shakllanadi.



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish