Darslik. Darslik o’quv jarayonining asosi. Darslik o’quvchining uydagi muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, darslik, ya’ni fan ob’ektiv borliqo’rtasidagi muhim qonuniyatli bog’lanishlarini aks ettiradi, darslikdagi bilimlar tizimi o’zaro ichki, mantiqiy bog’lanishlarga ega bo’lib, ular didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan.Darslik quyidagi talablarga amal qilgan holda yaratiladi:
1. Har bir o’quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi va uning hajmi dastur talablariga sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos kelishi kerak.
2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari, g’oyaviy yo’nalishlari tizimli va izchil bo’lishi talab qilinadi. Ular hayotdan olingan, ishonarli bo’lishi lozim. Keltirilgan fakt va dalillarning ishonchli bo’lishi, ular to’g’ri taxlil, aniq ta’rif etilishi tegishli xulosalar chiqarilishi lozim. Shu holdagina o’quvchilardagi ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi.
3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’langan bo’lishi kerak.
4. Darslikda mavzu sodda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va ta’riflari berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va bezatilishi o’quvchining yoshiga mos, fanning xarakteriga monand bo’lmog’i zarur.
5. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo’lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak.
Mamlakatimizda pedagogika ilmi ham, amaliyoti ham yangilanib bormoqda. Ma’lumki, har qanday millatning yangilanishi yoshlar tarbiyasidan boshlanadi.
Pedagogika o’quvchilarning ruxiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o’ziga xosliklarini to’liqhisobga olgandagina yuqori samaradorlikka erishishi mumkin.
Hozirgi davrda yaratilayotgan darsliklarning asosiy kamchiligi millatimiz bolalarining psihologik o’ziga xosliklarini, fikrlash tarzini to’liqhisobga olishga erisha olinmayotganida, deb bilamiz. Bizning mutaxassislarimiz didaktik vositalar orqali o’quvchilarga hamma gapni aytib berishga odatlanib qolishgan. Holbuki, o’quvchini o’qitish kerak emas, uni o’zini o’qiydigan holatga olib kelish lozim. Toki bolaning o’zi izlanmas ekan, ta’limda yutuqa erishish mumkin emas. Demak, yaratilayotgan didaktik vositalar jumboqli xarakterga ega bo’lishi, o’quvchilarni o’ylanishga, izlanishga, sinab ko’rishga da’vat qiladigan tarzda tuzilishi lozim.
5110700 - Informatika o’qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejasi va fan dasturlari umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabalarning quyidagi majburiy fanlar bloklarini o’zlashtirishini nazarda tutishi zarur:
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy;
matematik va tabiiy-ilmiy;
umumkasbiy;
ixtisoslik;
qo’shimcha.
Kasb faoliyati ko’nikmalarini egallash uchun malaka amaliyotlari o’tilishi nazarda tutilishi shart.
O’quv rejalar majburiy o’quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham o’z ichiga olishi shart.
Bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejaci va fanlar dasturlarini o’zlashtirishda talabalarning o’quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo’yicha mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim.
Bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga muvofiq ravishda yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart.
O’quv reja fanlari bloklari mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar
Do'stlaringiz bilan baham: |