1.
|
O’quv materiallari
1.1. Ma’ruzalar matni .
1.2. Amaliy mashg‘ulotlar ishlanmasi
1.3. Laboratoriya mashgulotlari ishlanmasi
1.4. Seminar mashg‘ulotlar ishlanmasi
|
4
1-114
115-129
130-162
163-201
|
2.
|
Mustaqil ta’lim materiallari
|
|
3.
|
Glossariy
|
|
4.
|
Ilovalar
- Fan dasturi
- Ishchi o‘quv dasturi
- Tarqatma materiallar
- Testlar..
- Baholash mezonlari
- Boshqa materiallar
- O‘UMning elеktron varianti
|
|
1-mavzu. Fanga kirish. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish nazariyasi va metodikasi kursi va uning bo’lajak fan o’qituvchisining uzluksiz ta’lim tizimidagi o’rni.
Reja:
«Informatika» fan va o’quv predmeti sifatida O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimida informatika yo’nalishdagi fanlar Informatika o’qitish uslubiyoti kursining va uning bo’lajak fan o’qituvchisining uzluksiz ta’lim tizimidagi o’rni
Tayanch tushunchalar: Metod, metodika, texnologiya, Informatika fanlarini o’qitish metodikasi, Uzluksiz ta’lim, O’quv reja, Ishlab chiqarish sohasi, O’quv dastur.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining to’xtovsiz rivojlanishi va turli sohalarda joriy qilinishi shubhasiz, jamiyat taraqqiyotiga olib keladi. Zero, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda esa «Jahon sivilizatsiyasiga dahldor bo’lgan zamonaviy bilimlarni egallamay turib mamlakat taraqqiyotini ta’minlash qiyin».
Informatika fanlarini o’qitish metodikasi - bu informatikani o’quv predmeti sifatida hamda turli yoshdagi o’quvchilarga informatika fanlarini o’rgatish jarayonining qonuniyatlarini o’rganadigan fandir.
Informatika o’qitish metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, O’zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllandi. Bunga asosiy omil bo’lib umumo’rta maktablarga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanining kiritilishi bo’ldi.
Informatika o’qitish metodikasi bo’yicha birinchilar qatorida akademiklar V.Қobulov, M.Kamilov, T.Bekmurodov, professorlar M.Ziyoxo’jaev, A.Abduqodirov, M.Aripov, U.Sh.Begimqulov, U.YUldoshev, F.Zakirova, R.Boqiev, M.Begalov, dotsent T.Azlarov va boshqalar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borildi va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishildi.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga yangi bo’g’in, o’rta-maxsus va kasb-hunar ta’limining kiritilishi bilan, informatika o’qituvchilari uchun «Informatika o’qitish metodikasi» fanini yaratish dolzarb muammolardan biri bo’lib qoldi.
Bo’lajak informatika o’qituvchisi yangi axborot texnologiyasini, zamonaviy pedagogik dasturiy vositalarni chuqur o’rgangan, shuningdek, jamiyatni, ta’limni axborotlashtirilayotgan sharoitda ishlash uslublarini egallagan bo’lishi lozim.
Informatika o’qituvchisiga pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi qilib, bugungi kun, qator vazifalarni qo’yadi, jumladan, informatika fanlarini o’qitish jarayonida aynan axborot kommunikatsion kompetentlikni shakllantirish uchun muhim sharoit yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |