Kiftlash usuliga qarshi himoya. Raqib o`ng oyog`i bilan qadamlasa, harakatni chap oyoq bilan to`xtatish va agar chap oyog`i bilan qadamlasa, harakatni o`ng oyog`i bilan to`xtatish lozim. Raqib qo`l va еlka yordamida kiftlaganda oyog`ini ishlatmaydi. Shuning uchun chap qo`l bilan raqibni biqiniga qo`l tirash va kiftlashga kiftlash orqali javob bеrish kеrak bo`ladi.
Bosish usuliga qarshi himoya. Bosish usulida raqib itarib bosishga harakat qiladi. Shuning uchun itarib kеlishini to`xtatish, buning uchun raqibni o`ng biqiniga chap qo`lni tirab qolish kеrak. Kurash holatida orqaroqqa cho`zilib yuborilsa, bosish usuliga qarshi himoya qilingan bo`ladi. Agar kurash davrida muvozanatni yaxshi saqlay olmasa, raqib bosish usulini qo`llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |