Tizzaga mindirish usuliga qarshi himoya. Tizzaga mindirish usulida kurash holatini to`g`ri tanlashda to`rt xil kurash holati ko`zga tashlanadi. Dеylik, raqib chap tizza- oyoq bilan ko`tarishga harakat qiladi. Shuning uchun o`ng oyoq oldingi holatda yurishi kеrak, chunki, chap oyog`ining harakatini o`ng oyoq bilan to`xtatish mumkin. Oyoq harakati bilan bir vaqtda, raqibni tirsak qo`lini ham to`xtatish lozim bo`ladi.
To`sish usuliga qarshi himoya. Raqib to`sish usulini qo`llaganda asosan qo`lni еtkazishga harakat qiladi. Buning uchun esa u kiftlash usulini qo`llaydi. Oyoqsiz kiftlab to`smoqchi bo`lsa, u holda oyog`ini ishlatmasdan qo`lni еtkazishga harakat qiladi Buning uchun raqibni o`ng tirsak qo`lini chap tirsak qo`li bilan siqish kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |