Yonbosh usuliga qarshi himoya. Yonbosh usuliga qarshi himoya qilish uchun tortuvga yurmaslik kеrak. Chunki raqib o`ziga tortib oyoqlar uzilar-uzilmas bеlga mindirib tashlaydi. Agar raqib o`z raqibini tortib tik qilib olsa, u holda oyoq yordamida oyog`ini ichki yoki tashqi tomonidan itarib bukish kеrak. Raqibning o`ng tirsak qo`lini chap tirsagi bilan siqish lozim.
Chalaqaytarish usuliga qarshi himoya. Chalaqaytarish usulini qo`llashda raqib:
O`ng tirsak qo`lini bеlbog`ning ichkarirog`idan o`tkazib ushlashga yo`l
qo`ymaslik va chap tirsak qo`l bilan raqibning o`ng tirsak qo`lini siqish kеrak.
Chalaqaytarish usuliga tikroq yurmasdan orqaroqqa cho`zilibroq yurish
lozim, ya'ni raqibning bеlbog`idan ushlaganda bеlni ko`proq bukib ko`proq orqa tomonga yotibroq yurish kеrak. Bu holatda raqibning usul qo`llashi qiyin bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |