Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/208
Sana02.01.2023
Hajmi2,3 Mb.
#897395
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   208
Bog'liq
psixologik trener asoslari

Mashqning vazifalari: 
psixologiyadan va psixologikadan olingan bilimlarni mustahkamlash; tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan 
ishlash usuli va metodlarini o’rganish; xulqdagi salbiy o’zgarishlarning ilmiy jihatdan baholashga o’rganish; 
zamonaviy tarbiya metodlarini hayotga tatbiq qilishga o’rgatish. 
Mashq o’tkazish davomida turli o’yinlardan foydalaniladi .O’tkaziladigan mashq-o’yinlar har bir talabaga 
tushuntiriladi. Ular o’yin davomida yo’l qo’yilgan hatolarni yozib boradilar. Masalan, "o’quvchiga" "ota-onaga" 
to’g’ri savol berildimi, to’g’ri diagnoz qo’yildimi, "o’quvchining" xulqini to’g’ri baholadilarmi, tavsiya qilingan 
ishlar maqsadga muvofiqmi va xokazo. 
O’yin davomida psixologika va psixologiya fanidan olingan bilimlarni keng qo’llashga erishish kerak. 
SHaxs, temperament, harakter, o’smirlar psixologiyasiga bog’langan mavzularni amalda qo’llay olish lozim. 
Guruh talabalarining qiziqishlarini, imkoniyatlarini hisobga olgan holda o’yin turli shakl va 
variantlardao’tkazilishi mumkin. 
Mashg’ulotning borishi 
 
Berilgan nazariy ma’lumotlar bilan yaqindan tanishib chiqing. Zarur ishlanmalar (dars konspektlari, 
uslubiy qo’llanmalar, kerakli adabiyotlar) bilan qay darajada ta’minlanganligini yana bir karra tekshirib ko’ring. 
Mavjud qo’shimcha adabiyotlar, manbalarni yaqindan o’rganing. Manbadagi eng muhim jihatlarini ajratib, 
belgilab oling. Bajariladigan ish tuzilishini aniqlang. 
Trening mashqlarini o’tkazish.
Trening talaba tomonidan o’tkaziladi. Quyida treninglarning
ayrimlarining tavsifini keltiramiz: 
1-mashq. «Skarabey» texnologiyasi. 
«Skarabey» interfaol texnologiya bo’lib, u talaba (yoki o’quvchi)larda fikriy bog’liqlik, mantikiy fikrlash, 
xotiralarining rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal kilishda o’z fikrini ochiq va erkin 
ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda o’z bilimlarining sifati 
va saviyasini xolisona baholashga, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni anikdashga 
zamin yaratadi. U ayni paytda turli g’oyalarni ifodalash va ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlashga ham xizmat 
qiladi. 
«Skarabey» texnologiyasi universal texnologiyalardan bo’lib, undan o’quv materiallarini talaba (yoki 
o’quvchi)lar tomonidan egallashning turli bosqichlarida, ya’ni: 
-boshida - o’quv faoliyatini ragbatlantirish sifatida («Akliy hujum») uslubi; 
-mavzuni o’rganish jarayonida - uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; mavzu mazmuni 
ichidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash, mazmunni yanada chuqurroq o’rganish, 
yangi jihatlarini ko’rsatishda; 
-oxirida — olingan bilimlarni mustaxdsamlash va yakunlash maqsadida foydalanish mumkin. 
«Skarabey» texnologiyasi talaba (yoki o’quvchi)lar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning 
fikrlash, bilish xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chikilgan. Texnologiya talaba (yoki o’quvchi)lar 
tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy 
tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega. 
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok kilishnk yengillashtiruvchi chizma shakllardan 
foydalanishni ko’rsatish mumkin. 
«Skarabey» texnologiyasidan yakka holda, kichik guruxdarda va jamog bo’lib yshlashlarida foydalanish 
mumkin. 


67 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish