Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/208
Sana02.01.2023
Hajmi2,3 Mb.
#897395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208
Bog'liq
psixologik trener asoslari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 







Ma`ruza matni 
1-Mavzu: Psixologik trening haqida tushuncha (2-soat)
Reja: 
1. Psixologik treningni maqsad va vazifalari. 
2. Psixologik trening haqida tushuncha. 
3. Shaxs shakllanishida psixologik treninglarni ahamiyati. 
4. Treningning ta’lim tizimidagi o’rni. 
Barkamol shaxs tarbiyasida barcha psixologik fanlar qatorida psixologik trening asoslari Bizga 
ma'lumki, shaxs taraqqiyotini belgilovchi uning harakatlantiruvchi kuchlari voqelikdagi narsa o’zgarish inson 
va jamiyat talabi tobora rivojlanib borishi tabiiy xoldir.
Trening- bu insonni muloqotga o’rgatish uchun bajariladigan qiyin mashqlari va harakatlari tizimidir. 
Trening jarayoni - bu har bir o’yin mashqida uning rahbari qanday ustanovka berishidan iboratdir.
Treningning asosiy maqsadi 
Shaxsni ruhiy jihatdan ozod qilish, unda tabiiy erkinlikni xis etishni hamda o’z guruxida va undan 
tashharida o’zaro munosabat va aloqa o’rnata olishni shakllantirishdir.
Treningni asosiy vazifalari 
1.Shaxsning ijtimoiy Psixologik bilimdonligini oshirish.
2. Muloqot faoliyatida namoyon bo’ladigan yaqqol bilimlar, malakalar , ko’nikmalar va odatlarni hosil 
qilish. 
3. Samarali muloqatda namoyon bo’ladigan zarur sifatlar, ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirish, 
noadekvatlarni tuzatish. 
4. O’zini - o’zi to’laroq anglash, bilim hamda o’zgalarga nisbatan to’gri munosabatlarni shakllantirish 
qobilyatini o’stirish. 
5. Umuman shaxsning ijtimoiy munosabatlarini faoliyatga , undagi pedogogik va ijtimoiy vaziyatlarga 
nisbatan moslashishni ta'minlash va muvofiqlashtirish.
Psixologik treningning tub ma'nosi – insoniy munosabatlarga o’rgatishdan iboratdir. Odatda trening 
mashgulotlari maxsus xonalarda yoki maxsus tanlangan joylarda o’tkaziladi. Lekin joyning tayyorlanishidagi 
talab shuki, shu gurux a'zolari bir-birlariga xissiyoti yaqin bo’lishlari o’zaro bevosita ta'sir ko’rsatish yoki 
ko’zlariga boqish imkoniyatlariga erishuvlari kerak. Ko’nikma bunday hollarda “Yumshoq stol” atrofida 
kishilarning to’qnashishi nazarda tutiladi. Togri bunday ham bo’lishi mumkin. Eng muhimi shundaki, gurux 
a'zolarining qanday shaklli stol atrofida o’zlarini xis qilishlari ham har hil bo’ladi. 
S
otsial trening- bu insonni muloqotga o`rgatish uchun bajariladigan o`yin mashqlari va xatti-
harakatlari tizimidir. Trening jarayoni - bu har bir o`yin mashqida uning rahbari qanday ustanovka berishidan 
iboratdir. Treningning asosiy maqsadi-shaxsni psixologik ruhiy jixatdan ozod qilish, unda tabiiy erkinlikni xis 
etishni hamda o`z guruhida va undan tashharida o`zaro munosabat va aloqa o`rnata olishni shakllantirishdir. 
Ta'lim tizimiga yangi Psixologik texnologiyalarni tatbiq etish bir-birini
to’ldiruvchi ikki tomonlama jarayon bo’lib, bir tomondan o’qituvchi kasb faoliyatining
texnologiyalashuvi 
bo’lsa, 
ikkinchi 
tomondan 
o’quvchi 
bilim 
olishini 
faollashtirish 
asosida 
texnologiyalashtirishdan iborat. 
Birinchidan, har bir treningning maqsadiga oydinlik kiritilayotganda, uning qaysi toifali kishilarga 
mo’ljallanganligiga qarab taxlil qilish kerak. Masalan, ayrim psixodramatik o’yinlarda kattalar va kichiklar, 
erkaklar va ayollar, xattoki, turli kasb egalari va nasab vakillari aralash ishtirok etilavergan. Lekin bizning 
sharoitimizda agar katta yoshlilar bilan yoshlarni, mansabdorlar bilan oddiy fuqarolarni, erkaklar bilan ayollarni 
qo’shib trening o’tkazish rejalashtirilsa, u o’zining yaxshi samarasini bermasligi mumkin. Bizning tajribalardan 
shu narsa ayon bo’ldiki, treningni boshlashdagi kirish kismida ishtirokchilar o’rtasidagi psixoemotsional 
tanglikning oldini olish uchun erkin muloqot yoki xushomadlar qilish mashqlari ham aralash jinsli 
auditoriyalarda juda qiyinchilik bilan kechdi. Yoki boshliq bilan xodim birga bo’lgan xollarda, tashabbus negadir 
doimo boshliq qo’lida qolaveradi. Odatda rollar almashinuvi mavjud bo’lib, ular sun'iy ravishda o’zgartirilganda 



ham, ular xulqida tortinchoqlik ko'nglidagi bor gaplarni ayta olmasliklarni uchratish mumkin. Shuning uchun 
qisqa vaqt oralig’ida o’tkazilgan treninglarda guruh a'zolarini o’ziga mos toifalarga qo’shish jonliroq 
muloqotlarga sabab bo’ldi. 
Ikkinchidan, treningda ishtirokchilarning yashash shart-sharoitlari, yashash xududi ham hisobga
olinishi zarur. Masalan, shahar va qishloq ishchilar shaharchasi vakili bilan dehqonlar o’rtasidagi muloqotlardan 
tez samara olish ham oson emas. Xattoki, bunday toifali insonlar "tiliga" xos jixatlar ham mavjudki, ular 
muloqot paytida qiyinchiliklar va ruhiy anglashilmovchiliklarni keltirib chiqardi. Uchinchidan, o’yin usullarini 
T-guruhlarda qo’llashda ham kutilgan natijaga erishish uchun milliy qadriyatlar, milliy ta'b va did hisobga
olinishi kerak. Kattalar guruhida o’yinni tashkil etish uchun guruh ishtirokchilarini ko’proq psixoemotsional 
ko’nikishlariga imkon yaratish, bir-birlarini yanada yaxshi tanib olishlariga sharoitlar yaratish zarur. Chunki 
bizning xalqimizda begonalar oldida o’z xissiyotlarini yashirish, tortinchoqlik istixola qilish sifatlari borki, shu 
sababli odam sun'iy o’yin sharoitiga ko’nikish uchun ma'lum vaqt talab qilinadi. Bundan tashqari, o’tkazilgan
ko’zatishlardan shu narsa ma'lum bo’ldiki, bir seansda o’ynagan ro’lga taqlid qilib, uni qaytarish xollari ham 
milliy pedogogik-psixologiyada shaxsan ma'qul bo’lgan xulq shakliga taqlid qilish va ta'sirlanishdan kelib 
chiqadi. Shuning uchun bu holatning oldini olish uchun o’yinchilarga oldindan turli variantli xulq-atvor shakllari 
haqidagi senariylar bilan tanishtirilgani ma'qul, aks holda, kutilganidek ko’p variantli harakatlar modeli vujudga 
kelmaydi. 
To’rtinchidan, azaldan o’zbek oilasi va maxallalar faoliyatida ustuvor
bo’lgan jixat yokii, ayollar va erkaklar alohida etalonlar bilan tarbiyalangan va ko’p hollarda ular faoliyati 
alohida-alohida tashkil etilgan. Shuning ta'sirida bo’lsa kerak T-guruxlarda jinslararo aralashuv ro’y berganda, 
erkin fikrlash yoki harakatlar o’z-o’zidan cheklana boshlaydi. Shuning uchun munozara, baxs yoki rolli o’yinlar 
tashkil etishda ham jinsiy o’ziga xosliklar inobatga olinishi yoki o’yinchilarni maksimal tarzda faollik 
ko’rsatishlari maqsadida guruxlararo jinsiy bo’linishlarni ham hisobga olish darkor. 
Eksperimental kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, masalan, qizlar guruxi alohida o’yin sharoitiga 
qo’yilganda, bemalol, emotsional jixatdan boy treninglar ko’rsatdilar, unda ular ham erkak ham ayol, ham katta, 
ham kichik rollariga bemalol kira oldilar. Yigitlarning sof guruxida ham ikkala rolni uddalash xollari kuzatildi. 
Lekin aralash guruxlar sharoitida bunday samaraga erishish uchun ko’proq vaqt, psixologik-pedogogik maxorat 
va qaytarishlar talab qilindi. Beshinchidan, maxalliy sharoitda shaxsning erkin o’z fikrini oxirigacha bayon 
etishga o’rgatish ma'lum qiyinchiliklar bilan ro’y beradi. Chunki xalq ongida o’zgalar fikri bilan hisoblashish
"obro’li birovning" ishiga taqlid, o’qituvchi aytgan fikrni tanqidsiz qabul qilish an'analari mavjud. Bu jixat ham 
samarali treningni maqsadga muvofiq tarzda tashkil etishga ko’pincha to’siq bo’ladi. Shuning uchun ham 
O’zbekiston sharoitida ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishga juda puxta tayyorgarlik ko’rish, guruxlarni 
shakllantirishda yosh, jins va mavqega bog’liq jixatlarni hisobga olish, mashqlantirishni (trenirovkalarni) 
ma'lum ma'noda o’zroq muddatli qilib tashkil etishga e'tibor berish zarur. Ayniqsa, bu o’rinda boshlovchi-trener 
shaxsiga beriladigan e'tibor katta. Chunki, agar u ko’proq tashabbuskorlik qilib, o’z "eruditsiyasini" namoyon 
qilib qo’ysa, munozara qisqa bo’lishi, yoki tajribasizligi ayon bo’lib qolsa ham muloqot samarasiz yakunlanishi 
mumkin. Shuning uchun ham jiddiy tayorgarlikdan o’tgan, trening tajribasiga ega bo’lgan malakali mutaxassis 
bo’lishi maqsadga muvofiq u nafaqat ayrim shaxslar va guruxlar psixologiyasini, balki milliy psixologiyani 
maxsus ravishda o’rgangan, o’ta kouzatuvchan va bilimdon shaxs bo’lishi zarurO’zbekistonda mavjud bo’lgan 
psixologlar tayyorlovchi oliygoh ham o’z dasturlari doirasida ana shunday nazariy hamda amaliy malakalarga 
ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e'tiborni qaratmoqlari, psixologiya oliygoh1ari va boshqa 
yo’nalishdagi o’quv yurtlarida ham ijtimoiy psixologik trenerning o’sha ixti-soslikka aloqador mashqlarini o’quv 
dasturlariga kiritish lozim. 
Faqat shundagina, biz sinfga kirib o’quvchilardan cho’chimaydigan, balki ular faoliyatini ilmiy jixatdan 
to’g’ri tashkil eta oladigan bilimdon o’qituvchilarni, o’z jamoasidagi har bir a'zo bilan, boshliq yoki 
bo’ysunuvchi xodim (tobe odamlar) bilan to’g’ri munosabatlar o’rnata oladigan ziyoli shaxslarni ijtimoiy 
faoliyatning turli sohalariga oldindan qisman tayyorlagan bo’lamiz. Shu narsani yana hisobga olish lozimki, 
IPTlar mexnat jamoalaridagi ijtimoiy xodimlar - psixolog, sotsiolog va boshqalarning ham odatiy ishlaridan 
biriga aylanishi, joylardagi mutaxassislarni psixologik korrektsiya qilishda treninglardan unumli foydalanish 
kerak. Ana shundagina, mamlakatimizda demokratik jarayonlarga odamlarni va yaxlit guruxlarni tayyorlash ishi 
yanada jadallashadi va sharqona demokratik tamoyillar har bir shaxsning ongi (shuuri)ga aylanadi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish