O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIANDIJON VILOYATI O’RTA-MAHSUS KASB-HUNAR
TA’LIM BOSHQARMASI
ANDIJON DAVLAT MASHINASOZLIK INSTITUTI
qoshidagi 2-son AKADEMIK LITSEY
XORIJIY FILOLOGIYA KAFEDRASI
“T a s d i q l a y m a n”
Akademik litsey o’quv ishlari
bo’yicha direktor o’rinbosari
____________ F. Karimova
/___/_________/20___ yil.
“Ingliz tili amaliy kursi” fanidan 2012 – 2013 o’quv yiliga mo’ljallangan
O’quv metodik majmua
Ishchi o’quv dasturi “XORIJIY FILOLOGIYA” kafedrasi yig’ilishida
ko’rib chiqilgan va 2012 yil /___/ ________ dagi majlis
qaroriga asosan maqullangan.
Kafedra mudiri: _________D. Umarova
Fan o’qituvchisi: ________ B. Matkarimov
Jahon axborot maydoni tobora kengayib bora yotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o`rab-chirmab, uni o`qima, buni ko`rma deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini devor bilan o`rab olib hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad, muddaolarimizga ham to`g`ri kelmaydi. Nega deganda biz yuragimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’ldan hechqachon qaytmaymiz.
Islom Karimov
MUNDARIJA
-
Kirish……………………………………………………………..
-
DTS……………………………………………………………
-
TTS…………………………………………………………….
-
Namunaviy dastur……………………………………………..
-
Ishchi o’quv reja/Dastur ……………………………………….
-
Texnologik xaritalar …………………………………………………..
-
Ma’ruza matn ……………………………………………
-
Kurgazmali qurollar……………………………………………
-
Test banki………………………………………………………
10. Uslubiy qullanmalar…………………………………………….
11. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….
KIRISH
«Insonning qiymati emas siymu zar Insonning qimmati ilm ham hunar»
(Bedil)
Kadrlar tayyorlash bo`yicha milliy modelimiz o`z ilmiy salohiyati, ahamiyati chuqur falsafiy ma'noga ega ekanligi bilan xalqaro miqyosda tan olindi va o`z o`rnini topdi.
O`zbekistonda bevosita o`zimizga xos, o`zimizga mos bo`lgan, takrorlanmas buyuk tariximiz, an'analarimizga asoslangan va shu bilan birga hozirgi davr talablariga javob bera oladigan kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi.
Uning asosiy tarkibiy qismlari — shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarishning uzviy birligi va hamkorligi, ularning o`zaro bir-biriga aloqasini aks ettiradi.
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foyda-lanuvchi, ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruv-chidir.
Milliy dasturimizning noyob, takrorlanmas o`ziga xos xususiyatlari-dan biri shundan iboratki, xorijiy tillarni chuqur o`rgatish orqali o`zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta'minlay oladigan, dadil, mustaqil tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda ichki insoniy sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlash maqsadini ko`zlaydi.
Biz yaratgan ushbu dastur ham milliy modelimizga qo`shgan daryo-dan tomchi bolib, komil inson va yetuk malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashda hissa qo`shadi degan umiddamiz.
Hozirgi paytda xorijiy tillarni o`rganish va o`rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyatidan o`ziga munosib o`rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun chet ellik sheriklarimiz bilan hamkorlikda o`z buyuk kelajagini ko`rayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyati asosiy o`rin tutadi.
Ammo shunga alohida urg`u berishimiz zarurki, chet tillarini o`rga-nish va o`rgatish jarayoni ona tilini esdan chiqarish hisobiga bo`lnias-dan, qiyosiy bo`lmog`i lozim.
Ushbu dastur mamlakatimizda xorijiy tillarni o`rganishni milliy asosdagi jadallashtirilgan metodikasini tayyorlashda asos bo`ladi.
Buning natijasida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta'lim olayotgan farzandlarimizga xorijiy tillarning ajib dunyosiga bemalol kirishlari uchun imkoniyatlar to`liq ochib beriladi.
Akademik litsey chet tili kursining o`tilishi umumta'lim maktablari-da o`zlashtirilgan tayanch bilimlari darajasiga asoslangan holda uch yo`nalishda olib boriladi.
Xorijiy tillar ta'limining maqsadi, vazifasi va mazmuni
— o`quvchilar manfaat va kasbiy intilishlari hisobga olingan holda, ularni og`zaki va yozma shakllardagi madaniyatlararo muloqotlarga tayyorlash;
— til imkoniyatlari va nutq madaniyatini, jumladan, ona tilidan amaliy foydalana olish imkoniyatlarini rivojlantirish;
— o`quvchilar umumta'lim va filologik, tilshunoslik va mamlakat-shunoslik sohalaridagi bilimlarini chuqurlashtirish;
— diqqatni ixtiyoriy ravishda to`play olish, mantiqiy xotira va tahliliy tafakkur tabiiy kasb uchun muhim bo`lgan hislatlarni rivojlantirish;
— o`quvchilar umummadaniy saviyasini, ularning turli bilimlar sohasidagi, shu jumladan, kasbiy manfaatlari nuqtayi nazardan muhim bo`lgan aniq fanlar doirasidagi bilimlarni ya'ni ijtimoiy, tabiiy, matematik va umumtexnik fanlar turkumlarining moslashtirilmagan, asl matnlarini o`qishlari orqali kengaytirish.
Xorijiy tillar ta'limining mazmuni til materiallaridan foydalana olish, tilshunoslik va mamlakatshunoslik sohalaridagi bilimlar, nutqiy qobiliyatlar tashkil etadi.
o`quv — intellektual qobiliyatlar, ya'ni eshitish va o`qish jarayonida til hodisalari va faktlari o`rtasidagi sababiy aloqalarini o`rnata olish qobiliyati, turli xildagi asos va ko`rsatkichlardan foydalangan holda o`qish, bu hodisa va faktlami farqlash, umumlashma va xulosalar qila olish ushbu kurs o`qitilishi jarayonida nihoyatda dolzarb masaladir.
o`quv - informatsion qobiliyatlar, ya'ni muammoning jamoaviy muhokamasida qatnasha olish, og`zaki ifoda etiladigan fikrlarni, o`qilgan ma'ruza tezislari, referat va boshqa shu kabilarning rejasini tuzish, yoza olish va hakozo.
Matnlarni o`qish chet tillar ta'limining ushbu kursida nutqiy faoliya-tining yetakchi, ustuvor turi bo`lib hisoblanadi.
Chet tillarda chop etilgan manbalardan o`zlariga keraklisini ajratib o`qish, o`rganish shaklida o`qish, tushunib o`qish, izlanish shaklidagi o`qish.
Nutqiy qobiliyatning yana bir asosi so`zlashishdir.
Dasturdagi mavzular bo`yicha tayyorgarliksiz tasvirlash, hikoya qilish, iikr-mulohaza yuritish, bir-ikki suhbatdosh bilan nutqiy aloqa qilish, taklif etilgan nutqiy vaziyat munosabati yuzasidan o`z fikrlarini bildirish, o`qilgan matnlar yuzasidan axborot berish.
Nutqiy qobiliyatning eshitish va yozish turi ham o'ziga xos aharni-yatga egadir.
Matnlarni, audio-vidio materiallarni eshitish orqali o'quvchilarda eshitib tushunish qobiliyatlari rivojlantiriladi.
O'qish va so'zlashishni o'rganish jarayonida yozish ko'proq yordamchi vazifa sanaladi. Bu faoliyat uchun yozma ishlar o'tkaziladi, diktant, bayon, insho, referat, taqriz, xatlar, taklifnomalar, xizmat doirasiga aloqador bo'lgan qog'ozlarni to'ldirish kabilar kiradi.
Ona tilidan chet tiliga, chet tilidan ona tiliga adabiy, ilmiy-ommabop va ijtimoiy-siyosiy xarakterga ega bo'lgan matnlarni tarjima qilish o'rgatiladi.
Chet tillarni o'qitish quyidagi vazifalardan iborat:
Lug'at, imlo, talaffuz, so'zlar ma'nosi va tillar tizimi shakllanishini bilish sohalarida o'qishning maktab bosqichida shakllangan ko'nikmalar asosida tilni o'zlashtirish saviyasini rivojlantirishni ta'minlash. Chet tilida so'zlar orqali fikrni bera olish imkoni bo'lmagan hollarda til elementlari o'rniga imo-ishora va boshqa shu kabi muloqot vositalaridan foydalana olish.
Yozma va og'zaki shakllardagi iboralarni tuzish uchun o'z gramma-tik shakl va ma'nolarga ega bo'lgan so'zlarni bir-biriga qo'sha olish.
Chet tilida maishiy, o'quv-ishlab chiqarish faoliyatlari jarayonlarida og'zaki va yozma nutq imkoniyatlaridan foydalana olish ko'nikmalarini rivojlantirishni ta'minlash.
Boshqa xalq va davlatlar madaniyatlari, jahon ma'naviy va ilmiy qadriyatlari bilan tanishtirish.
Davlat ta’lim standartiga sharh
O‘quvchilarni tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan
zaruriy talablar
I - kurs
Tinglab tushunish;
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
— mavzular bo‘yicha berilgan savol va ma’lumotlarni tushunish;
— matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;
— matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajratib olish;
— ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash;
— sof ingliz tilida o‘rta tezlik bilan tasmaga yozilgan (100 ta so‘zgacha bo‘lgan) matn, dialog yoki monologlarni tinglab tushunish;
— tovushlarni farqlay olish va ularni yozuvda ifodalash;
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
— tovushlarni farqlay olish va ularni yozuvda ifodalash;
— sinfda qo‘llaniladigan iboralarni tushunish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
— mavzular bo‘yicha berilgan savol va ma’lumotlarni tushuna olish;
— matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglash malakasiga ega;
— matndankerakli, qiziqtiruvchima’lumotniajrataolish;
— ma’lumotlarnitekshiribko‘rishmalakasigaegabo‘lish;
— tovushlarnifarqlashyozuvdato‘g‘riifodalayolish;
Gapirish
O‘quvchilarquyidagibilimlargaegabo‘lishlarizarur:
— oila, sinfxonasivaboshqalarnitasvirlayolish;
— o‘zi yoqtirgan yoki yoqtirmagan narsalar yuzasidan fikrlarini ifoda eta olish.
quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
— tanish mavzular bo‘yicha 3-4 luqmadan iborat qisqa suhbatlarda
(dialog) va 5-6 jumlalardan iborat monologda ishtirok etish;
— o‘qigan yoki tinglagan matnlari yuzasidan savollarga javob berish va gapira olish;
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
— guruhlarda, juftliklarda ishlash jarayonida savollar bera olish;
— salomlashish, xayrlashish, uzr so‘rash va kimnidir tug‘ilgan kuni
bilan tabriklashda xushmuomalalik iboralarini qo‘llay olish malakasiga
ega bo‘lish;
O‘qish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
— alifboni o‘rganish;
— harf birikmalari;
— yangi so‘zlarning ma’nosini anglash uchun darslik, lug‘atlar va qo‘shimcha materiallardan foydalana olish;
— matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;
—matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunish uchun o‘qiy
olish;
— matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajratib olish uchun o‘qiy olish;
quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
— tanish kontekstda berilgan alohida so‘zlarni anglay olish;
— qisqa iboralarni tushunganligini ko‘rsata olish;
— 100 tagacha so‘zni o‘z ichiga olgan qisqa, tanish bo‘lgan matn yoki dialogni o‘qib, mazmunini tushuna olish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
— tanish so‘zlarni ovoz chiqarib o‘qish orqali tovushni yozuv bilan solishtira olish;
— yangi so‘zlarning ma’nosini anglash uchun darslik, lug‘atlar va qo‘shimcha materiallardan foydalana olish.
Yozuv
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
— so‘zlarni alfavit tartibida yoza olish;
— aniq va noaniq artikllar;
— 5-6 so‘zdan iborat bo‘lgan lug‘at-diktant yoza olish;
— oddiy xabarlarni ko‘chirib yozish va so‘zlar bilan nuqtalar o‘rnini to‘ldira olish;
— bosh harflar va nuqtalarni qo‘llagan holda oddiy gaplarni yoza
olish;
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
— oddiy so‘zlarni va o‘rganilgan grammatik hodisalarni tarjima qila
olish:
— oddiy xabarlarni ko‘chirib yozish va so‘zlar bilan nuqtalar o‘rnini to‘ldira olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
— o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida oddiy gaplar tuza olish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
— xotiradagi so‘zlarni to‘g‘ri yoza olish;
— «va», «lekin» bog‘lovchilarini nutqda qo‘llay olish;
— namunalar asosida dialoglar tuza olish;
— oddiy jadvallar tuzish va ularni yozma tasvirlab bera olish;
— tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridanfoydalanib, istaklar bildira olish.
II kurs
Tinglab tushunish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
— tinglanayotgan matnning muhim joylarini o‘ziga belgilab qo‘ya olish;
— kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglash;
— ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni tinglash. quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
— tanish so‘zlardan iborat bo‘lib, 150 tagacha so‘zni o‘z ichiga olgan xabar va dialoglarni tinglab, asosiy mazmunini tushuna olish;
— matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushunish;
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
— matnni tinglib yangi so‘zlarni o‘ziga belgilab qo‘ya olish;
— kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni taqlid qilish uchun tinglash;
— ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash malakasiga ega bo‘lish.
Gapirish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
— o‘qigan yoki tinglagan matnlari yuzasidan ma’lum bir vazifalar asosida savollarga javob berish, gapira olish;
— etiket xarakterdagi qisqa dialoglarda, so‘rov-dialog (intervyu), dialog suhbatlarda ishtirok eta olish.
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
— asosiy mavzuga oid qisqa suhbatlarda ishtirok etish, oddiy so‘zlar
bilan o‘z fikr va tuyg‘ularini 4-5 ta gap bilan mantiqan to‘g‘ri ifoda eta
olish;
— guruhlarda, juftliklarda ishlash jarayonida savollar bera olish, o‘z fikrlarini bildira olish.
O‘qish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
— so‘zlarning ma’nosini tushunish uchun ikki tilli lug‘atlar yoki darslik oxirida beriladigan lug‘atdan foydalana olish;
— o‘qishga oid matnlar yoki qisqa hikoyalarni tanlab olib, mustaqil
ravishda o‘qiy olish va o‘qish yuzasidan berilgan topshiriqni bajara olish;
— matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunish uchun o‘qiy
olish;
— matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;
— ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni o‘qiy olish;
— matnnibatafsilma’lumotolishuchuno‘qiyolish;
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
— 150 tagacha so‘zni o‘z ichiga olgan bosma yoki qo‘lyozma holdagi
matnlarni hamda hikoyalarni o‘qib mazmunini tushuna olish.
— matndan kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni ajratib olish uchun o‘qiy olish;
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
— matnning asosiy joylarini yoki tafsilotini anglay olish;
— ma’naviy ozuqa olish uchun matnlarni o‘qiy olish;
— kontekst yoki kalit so‘zlardan foydalangan holda notanish so‘z ma’nolarini anglab olishni o‘rganish;
— ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun matnni o‘qiy olish;
Yozuv
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
— 3-4 ta o‘zaro bog‘langan gaplarni yoddan, kengroq yoza olish;
— qisqa diktantlar yoza olish;
— gapning uyushiq bo‘laklarida vergulni ishlata olish;
— gaplarni to‘g‘ri ko‘chirib yoza olish;
— tugallanmagan gaplarni o‘rganilgan grammatik hodisalar yoki mazmunan mos so‘zlar bilan to‘ldirib yakunlay olish;
— o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida oddiy gaplar yoza olish;
— muloqotni amalga oshirish uchun do‘stiga xat, oddiy xabarlarni yoza olish;
— oddiy so‘zlarni va o‘rganilgan grammatik hodisalarni tarjima qila
olish.
— tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridan foydalanib istaklar bildira olish;
— oddiy so‘zlarni va o‘rganilgan grammatik hodisalarni tarjima qila olish malakasiga ega bo‘lish.
quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
— namunaviy matndagi so‘z va so‘z birikmalarini boshqa so‘z va so‘z birikmalari bilan almashtirgan holda o‘zgartirib yoza olish;
— so‘zni to‘g‘ri yozganligini tekshirish, unutilgan yoki notanish
so‘zlarni topish uchun ikki tilli lug‘atdan foydalana olish;
— o‘qigan yoki tinglagan matnlari asosida ma’lum bir vazifani yozma
bajara olish.
— namunalar asosida dialoglar tuza olish;
— oddiy jadvallar tuzish, ularni to‘ldirish va yozma ravishda tasvirlab bera olish;
— tili o‘rganilayotgan mamlakatda qabul qilingan nutqiy etiket formulalaridan foydalanib istaklar bildira olish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
— so‘zni to‘g‘ri yozganligini tekshirish, unutilgan yoki notanish
so‘zlarni topish uchun ikki tilli lug‘atdan foydalana olish;
— o‘rganilgan grammatik hodisa yoki namunalar asosida oddiy gaplar
yoza olish;
— ko‘rsatma va yo‘llanmalar yoza olish;
— muloqotni amalga oshirish uchun do‘stga xat, oddiy xabarlarni yoza olish;
— olingan ma’lumotlar asosida qisqa hisobotlarni yoza olish;
— namunalar asosida dialoglar tuza olish;
III kurs
Tinglab tushunish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
— har xil fikrlar ifoda etilgan turli tipdagi nutqni tinglab tushuna
olish;
— multimediya, audio-video lavhalar asosiy mazmunini tushunish;
— matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tinglab tushuna olish;
— kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun tinglab tushunish;
— matnni batafsil ma’lumot olish uchun tinglab tushunish. quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
— telefondagi suhbatdoshinini tinglab tushunish;
— matnni batafsil ma’lumot olish uchun tinglab tushunish;
— ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish uchun tinglash.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
— tanish va tarkibida qisman notanish bo‘lgan materiallarni tinglash, turli muomalalar hamda his-hayajonli gaplarni tushunish;
— telefondagi suhbatni tushunish va savollarga javob berib, muloqotda ishtirok eta olish;
— qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish malakasiga ega bo‘lish.
Gapirish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
— ommaviy axborot vositalarida berilgan matnlarni gapirib bera olish;
— turli holat, guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish;
— mavzu bo‘yicha bahslarda, taqdimotlarda ijobiy yoki salbiy mazmundagi shaxsiy fikrlarini erkin bayon etish.
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
— oldindan tayyorlanmagan mavzular bo‘yicha suhbat qila olish (m-n.: maktabga tashrif buyuruvchilar bilan suhbat qura olish);
— talaffuz va ohang me’yorlariga rioya etgan xolda gapira olish;
— audio-video tasma, CD, multimediya, fonogramma, ovozli film lavhalari orqali eshitgan matnlar asosiy mazmunini hikoya qilib bera olish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
— o‘qish, turli vazifalarga ko‘ra dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish;
— audio-video tasma, CD, multimediya, fonogramma, ovozli film lavhalari orqali eshitilgan matnlarni asosiy mazmuni bo‘yicha o‘z fikrini bildirish malakasiga ega bo‘lish;
— guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish malakasiga ega bo‘lish.
O‘qish
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
— 0,5 bet, 20-30 foizgacha o‘rganilmagan so‘zlarni o‘z ichiga olgan matnlarning asosiy mazmunini o‘qib tushuna olish;
— matnni umumiy ma’lumot olish uchun o‘qiy olish;
— matnning asosiy g‘oyasini (mazmunini) tushunib o‘qish;
— ma’lumotlarnitekshiribko‘rishuchunmatnnio‘qiyolish; quyidagiko‘nikmagaegabo‘lishilozim:
— 10 daqiqada 350 so‘zdaniboratmatnnio‘qiyolish;
— notanishmavzudagimatnlarnio‘qiyolish;
— matndanbatafsilma’lumotolishuchuno‘qish;
— video tasma, CD, multimediya film lavhalaridagi matnni o‘qiy
olish;
— o‘qish orqali leksik va grammatik materiallarni takrorlash hamda ularni nutqda qo‘llay olish.
quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:
— matnlarni o‘qiy olish;
— ommaviy axborot vositalarida berilgan matnlarni o‘qiy olish;
— notanish mavzudagi matnlarni tushunib o‘qiy olish;
— kerakli, qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish malakasiga ega bo‘lish.
Yozuv
O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari zarur:
— o‘qilgan yoki eshitilgan matndan gapirib berish uchun reja yoki tezis yoza olish;
— tuzilgan reja yoki tezislarning mazmunini yoritib bera olish;
— xat (norasmiy), e-mail, eslatma, xabar, hisobot, maqola va kundaliklarni yozishning usul va shakllarini to‘g‘ri qo‘llay olish;
— o‘tilgan va erkin mavzular asosida diktant, insho yoza olish;
— xorijiy tildan ona tiliga, ona tilidan xorijiy tilga 100-120 so‘zli o‘rta
qiyinlikdagi matnlarni yozma ravishda tarjima qila olish.
quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim:
— tinish belgilari va til qurilmalaridan to‘g‘ri foydalangan holda fikrlarni aniq va to‘g‘ri yozma ravishda ifoda eta olish;
— xat (norasmiy), e-mail, eslatma, xabar, hisobot, maqola va
kundaliklarni yozishning usul va shakllarini to‘g‘ri qo‘llay olish ko‘nikmasiga
ega bo‘lish.
O’quv metodik majmua Andijon Davlat Mashinasozlik Instituti qoshidagi 2 son akademik litsey Ilmiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan “_______” ____________ 20____ bayonnoma № ___
O’quv metodik majmua kafedraning “_____” ____________ 20___ yil №1 bayonnomasi bilan muhokama qilingan va qo’llanishga tavsiya etilgan.
Tuzuvchi: ________________
Kafedra mudiri: __________________
O’I.B.D.O’. __________________
Андижон
TECHNOLOGICAL PASSPORT
Total hour: 80
. students – 13-15
Plan of the lesson:
-
Introducing students with theme.
-
Enlightening the aim of the lesson.
-
Handing out the materials.
-
Presenting the topical vocabulary and the text.
-
Learning the text.
-
Finding out the keywords.
-
Using of topical vocabulary answering the questions.
Ending of the lesson
1
Results of activity :
Do'stlaringiz bilan baham: |