An’ana, odat, marosimlar milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida



Download 0,7 Mb.
bet11/13
Sana03.12.2022
Hajmi0,7 Mb.
#878466
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
AN\'ANA VA MAROSIMLAR

Xatna qilish

X atna qilish to’yi – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan yana bir qadimiy o’zbek odatidir (sunnat to’yi). Bu marosim o’g’il bolalar uchun 3, 5, 7, 9 yoshga kirganda, kamdan-kam hollarda 11-12 yoshda o’tkaziladi. Sunnat to’yining o’tkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. O’g’il bolaning tug’ilgan paytidan boshlab uning ota-onasi asta-sekinlik bilan kerakli narsalarning hammasini sotib olib, sunnat to’yiga tayyorgarlikni boshlaydilar. Ko’pincha oddiygina «to’y» ham ataladigan marosimning o’tkazilishidan bir necha oy avval unga bevosita tayyorgarlik boshlanadi. Qarindoshlar va qo’shnilar ko’rpalarni tikishda, to’y sovg’alarini tayyorlashda yordam beradilar. Bularning hammasi ko’p bolali onalarga topshiriladi. To’ydan avval mahallada yashovchi oqsoqollar, masjidning imomi va qarindoshlarning huzurida Qur’on o’qiladi. Dasturxon yoziladi. Shundan keyin Qur’ondan suralar o’qiladi va oqsoqollar o’g’il bolaga duo o’qiydilar. Shundan so’ng katta «to’y» boshlanadi. «To’y» dan avval bolaga qo’shnilar, oqsoqollar, qarindoshlarning oldida sovg’alarni, zar tikilgan kiyimlarni kiydirishadi. O’tmishda toychoqni sovg’a qilish rasm bo’lgan edi, bolani endilikda u jangchi bo’lganligini bildirib, unga bolani o’tqazar edilar. Hamma o’g’il bolani tabriklab, unga pul va shirinliklar sepadi, keyin bularning hammasi ichkarida, ayollarning xonalarida davom etadi. Shu kunning o’zida ayollaring davrasida «taxurar» — ko’rpalar, yostiqlarni supaga taxlash marosimi o’tkaziladi, buni odatda ko’p bolali ona bajaradi. Marosimni mo’l-ko’l dasturxon, jumladan bayram oshi tamomlaydi. An’anaga ko’ra oshdan keyin kechqurun hovlida katta gulxan yoqiladi va odamlar gulxan atrofida o’ynaydilar, turli o’yinlarni uyushtiradilar. Ertasiga bayram davom etadi.15




Motam marosimlari, marhumlar xotirasiga
b ag’ishlangan tadbirlar.

Dafn marosimi — marhumni ko’mish bilan bog’liq bo’lgan marosim va urf-odatlar. Dafn marosimlar insoniyat paydo bo’lganidan buyon geografik muhit, ijtimoiy hayot va kishilarning imkoniyatlari, shuningdek, tabiiy-ilmiy tasavvurlariga va dunyoqarashiga bog’liq holda o’zgarib borgan. Bundan 40—18 ming yil oldingi paleolit davridayoq dafn marosimlari oshkora diniy tus olgan. Keyinchalik dafn marosimlar har bir dinning tarkibiy qismi hisoblangan diniy marosim va urf-odatlar bilan qorishib ketgan. Dafn marosimlar hamma xalqlarda o’ziga xos rasm-rusumlarga, qoidalarga ega. Marhumning qarindoshlari uzoq-yaqindan yig’ilib kelgunga qadar (ba’zan bir kecha-kunduzgacha) kutiladi. Mahalla, qishloqlarga dafn soati to’g’risida xabar beriladi. Yaqin qarindoshlar yig’ilishadi, uydagilar har bir yangi kelgan qarindoshlarga qo’shilib dam-badam marhumga madh aytib, uning fazilatlarini gapirib yig’lashadi. Dafn marosimi odatda, bomdod, peshin yoki asrga mo’ljallanadi. Maxsus yuvuvchi (g’assol, murdasho’y) murdani sartaxtada yuvib (g’usl), oq mato (maxsus doka) dan qilingan kafanga o’raydi. Dafn marosimi qatnashuvchilari yig’ilib bo’lgach, mayyit tobutga olinadi. Tobut eshikdan emas, balki derazadan oyoq tomoni bilan chiqariladi. Masjidda yoki marhumning hovlisida janoza marosimi o’tkaziladi. O’lik go’rga qo’yilgach, kishilar go’rkov tutgan ketmonga bir siqimdan tuproq tashlaganlar. Go’rkov tuproqni marhumning boshi ostiga to’kkan. So’ngra go’rning og’zi berkitilib, tuproq tortilgan. Dafn tugaganidan so’ng go’rkov yoki boshqa kishi dafn marosimlari qatnashuvchilariga murojaat qilib, o’likning nomini aytib: "Qanday odam edi", deb so’raydi, hozir turganlar esa "yaxshi odam edi" degan javobni beradilar. Bu so’roq va javob faqat erkaklarga taalluqli (xotinlar erining ixtiyorida bo’lgani uchun, xotinlarga yaxshi yoki yomon deb baho berishga erdan boshqa hech kimning haqi yo’q). Shundan keyin go’rkov hamma kelganlarga rahmat aytib, tarqalishga ruxsat beradi. Ba’zan dafnga kelganlarga pul, ro’molcha, sochiq, sovun, kiyimlik ulashiladi, bu odatni xayrot, isqot deb ataydilar. Mozorga borganlar marhumning uyiga kelib fotiha o’qib tarqaladilar
Eng muhim ta’sirchan marosimlardan dafn marosimlari turli xalqlarda turlichadir. Xalqimizda dafn marosimlarida, bu dunyoda halol-pok yashash, bir-birini hurmat, mehnat qilib Allohning buyurgan farzlari hamda payg’ambarimiz sunnatlarini bajarish va iymonli bo’lishga da’vat etiladi. Marhumlarning xotiralariga bag’ishlab yigirma, yil oshi, qirq va hokazo marosimlar o’tkaziladi, ularda o’tganlarning ruhi shod bo’lishi uchun Qur’on oyatlaridan tilovat qilinadi. Undan tashqari marhumlar xotirasi yod etiladigan boshqa tadbirlar ham o’tkaziladi, ro’za, qurbon hayiti va to’ydan oldin xudoyi beriladi. Xalqimizda “O’lik to’ymasa, tirik to’ymaydi.” Degan naql ham bor. Shu sababli ularnixotirlab, ruhiga tilovat qilib turish har bir komil farzandning burchi hisoblanadi.
Umr insonga berilgan buyk ne’matdir. Uning qadriga yetish, uni behuda o’tkazmaslik, undan oqilona foydalanish, tiriklikni mazmunli o’tkazish, vaqtning qadriga yetish, qisqa hayot davrida o’zidan yaxshi nom qoldirish uchun xayrli ishlarni qilish har bir fozil insonga xos xususiyatdir.
Inson vafoti munosabati bilan o’tkaziladigan bir qator marosimlarning, ayniqsa, kim o’zarga “osh berishlar”, qabrga hashamatli sag’ana qurishlar, isrofgarchili- bular dinimizda ham bid’at sanaladi. Ko’p joylarda saqlanib qolgan janozada pul ulashish, qarz olib bo’lsada marhum xotirasiga osh tortish va Qur’oni karimda farz qilinmagan boshqa ortiqcha xarajatlarni qilish o’rniga, ularni marhumlarning oilasiga yordam berishga, xotira maydonlari va qabristonlarni ziyoratgohga aylantirishga sarflansa savob ish bo’lardi.
Bunday tadbirda yaqin kishisidan judo bo’lgan insonlarning qarindosh – urug’lari, mahalla ahli, do’stu – birodarlarning hamfikrligi, hamjihatligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Axloq - odobga oid bir necha kitoblar yaratgan Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning “Odob us-solihin” kitobida taziya va musibat odobi haqida yozar ekan, taziya bildirish qoidalari, taziyaning muddati, azada xotinlarning o’zini tutishi, yig’lamay, ovozini baland ko’tarmaslik, marhum qabrinintosh, pishiq g’ishtlar bilan o’rab olmaslik, qabrlarni ziyorat etish, ularni oyoq osti qilmaslik kabi qoidalarni alohida ta’kidlab o’tadi.
Zardushtiylik dinida ham motam marosimlariga ham alohida e’tibor qaratilagan. Xususan murdalarning suyaklari maxsus ostadonlarga solinib saqlanib qo’yilgan. Zardushtiylikda qabristonlar aholi turar joyidan chetda, tepalik joyda bo’lishi kerakligi, uyerga mevali daraxt o’tkazish, o’stirish mumkin emasligi, archa, qayrag’och kabi mevasiz daraxt o’tkazish kerakligi ta’kidlanadi.16
Xulosa
Bugungi kunda butun dunyoda ma’naviyat va qadriyat muammosi ko‘zga tashlanayotganligi sir emas. Negaki, oxirgi ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, jahondagi ellikka yaqin millat o‘z tili va qadriyatidan, demak, o‘tmishidan judo bo‘lish darajasiga yetibdi. Bunga asosiy sabab nima? Bunga asosiy sabab xalqninig beparvoligi, loqaydligi va milliy o’zligini tanimasligidadir. Xalqning milliyligi bu uning milliy tili, dini, urf – odat, marosim va an’analarida ham yaqqol namoyon bo’ladi. Demakkim ellikka yaqin urf – odat, an’analar ham yo’q bo’lish darajasiga yetibdi. Ammo bizning mamlakatda bunday holat also kuzatilmaydi. Sababi bizda milliy qadriyat va urf – odatlarga alohida e’tibor qaratilib, ularga sodiq qolmoqlik yuqori baholanadi. Hatto yurtboshimiz ham “O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li to’rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar:

  1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik.

  2. Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish.

  3. Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi.

  4. Vatanparvarlik.

O’zbekistonni yangilashning oliy maqsadi xalqimizning adolat, tenglik, ahil qo’nshichilik va insonparvarlik kabi an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur shart – sharoit yaratishdir.”17 deb umuminsoniy qadriyat va an’analarga alohida to’xtalib o’tganlar.
O‘zbek xalqi azaldan milliy an’ana va qadriyatlarga, urf-odatlarga boy bo‘lgan qadimiy xalq. Bu xalqning nafaqat biror-bir marosimi, balki butun umri, har bir kuni ma’lum qadriyatlar, milliylik nafasi ufurib turuvch harakatlar asnosida kechadi. Bu xalq har bir qadriyat va an’analarini ulug‘lovchi buyuk xalqdir. Aslida uning buyukligi ham manashundan bo‘lsa kerak. Zero, har bir millat milliy qadriyatlarini, milliyligini va o‘ziga xosligini ko‘z-ko‘z qilish orqali o‘zligini, milliy g‘ururini namoyon qiladi. O‘zlikni anglash milliylikdan boshlanadi. Milliy urf-odatlarga sodiqlik va ularga amal qilish har bir insonning milliy g‘ururidan darak beradi.
An’analar millatimizning nafaqat qadimiyligini, balki mehmondo‘stligi-yu odamshavandaligini ham o‘zida aks ettiradi. Har bir odatimizning o‘ziga xos va o‘zgacha gashti bor. To‘y jarayonida qilinadigan bir qancha milliy rasm-rusumlarimizning har biri o‘zgacha ma’no-mazmunga ega, har birining o‘zgacha xosiyati bor. Masalan, kelin-kuyov uyga kirayotganlarida hayot yo‘llari pok va ravon bo‘lsin deya oyoq ostlariga yangi poyondoz to‘shaladi. Keyin kuyov jo‘ralar tomonidan poyondoz bo‘lib olinadi. Bu kuyov jo‘ralarga ham kuyovlik baxti nasib qilsin, degan ma’noni anglatadi. Chimildiqqa kirishda esa kelin-kuyov boshiga non ushlab kiritiladi. Bu rizq-ro‘z sifatida yosh oilaning rizqi butun, noni halol, hayotlari to‘kis bo‘lishiga ishoradir. 
Ammo so’ngi yillarda avj olib borayotagan kim o’zarga qilinayotgan o’ta dabdabali va hashamatli to’ylar kishini biroz o’yga toldiradi. Haligacha ba’zi bir yurtdoshlarimiz marosim, urf – odatlatlarimizning tub mazmun - mohiyatini anglab yetishganicha yo’q. To’y, marosimlarni ixchamroq o’tkazib tejalgan mablag’larni xayrli ishlarga sarflashsa bu ham xalqimizga xos mehr – oqibat va insonparvarlikning bir ko’rinishi bo’lardi. 18
Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek to’rtta dabdabali to’y qilguncha bitta xalqqa foydasi tegadigan maktab qurish xayrliroqdir. Axir unda o’zimizning farzandlarimiz, hayotimiz davomchilari, xonadonimiz chirog’ini yoqib turuvchi dilbandlarimiz tahsil olishadiku.19 Shu ish orqali ham xalqimizga katta foydamiz tekkan bo’lardi. O’ylaymanki ko’proq ommaviy axborot vositalari orqali maxsus ruknlar va muntazam shu mavzuda kinofilmlar yaratish asosida yutdoshlarimiz dunyoqarashini o’zgartira olamiz.
Xalqimizning milliy qadriyatlarini doimo e’zozlab, qadrlab, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har birimizning burchimizdir. Zero, milliy qadriyat va an’analar millat iftixori, g‘ururi hisoblanadi. Ammo bugungi kunda ko‘plab milliy urf-odatlarimiz unutilib borilayapti, ularga nisbatan bepisandlik bilan qaralyapti. Albatta, bunday beparvolikning xosiyati yaxshi emas.Chunki har bir qadriyatimiz zamirida o‘ziga xos ma’no-mazmun bor. Milliy ma’naviyatimiz shakllanishida, ma’naviy ongimiz yuksalishida milliy odat va an’analarimizning o‘rni beqiyos.Shunday ekan, ularni o‘rganish va amalda qo‘llash orqali ham ma’naviyatimizni yuksaltirishimiz va milliy qadriyatlarimiz umrboqiyligiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish